Xamidova.M.A. Buxoro davlat pedagogika instituti, magistr, Nurullayev.F.G. Buxoro davlat pedagogika instituti, musiqa va tasviriy
san’at kafedrasi dotsenti
Annotasiya: Maqolada O‘zbek qo‘shiqchiligi va opera san’atiga bebaho hissa qo‘shgan san’atkorlardan biri Halima Nosirova haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan. Halima Nosirova o‘zbek milliy ashula va qo‘shiqlarini betakror ijrochisidir.
Kalit so‘zlar: Qo‘shiq, ashula, musiqa, balet, teatr, opera ,kuy, sozanda, diapazon; tovush xususiyatlari; ijro etish texnikasi, san’at, iste’dod, ovoz.
ЯРКОЕ ИСКУССТВО ХАЛИМЫ НАСИРОВОЙ Хамидова М.А. Бухарский государственный педагогического института, магистр, Нуруллаев Ф.Г. Бухарский государственный педагогический институт, доцент кафедры музыки и изобразительного искусства
Аннотатция: Статья посвящена одной из великих узбекских артисток, внесших неоценимый вклад в узбекское певчество и оперу Халиме Носировой. Халима Носирова - уникальная исполнительница традиционных национальных песен Узбекистана.
Ключевые слова: Песня, напев, музыка, балет, театр, опера, мелодия, музыкант, диапазон; звуковые характеристики; исполнительская техника, искусство, талант, голос.
BRIGHT ART OF HALIMA NASIROVA
|r«ano<
Khamidova M.A. master’s student at Bukhara state pedagogical institute, Nurullaev F.G. BukhSPI. Associate professor of the department of
music and fine arts
Annotation. The article is dedicated to one of the great Uzbek artists who made an invaluable contribution to Uzbek singing and opera, Halima Nosirova. Halima Nosirova is a unique performer of traditional national songs of Uzbekistan.
Keywords: Song, tune, music, ballet, theater, opera, melody, musician, range; sound characteristics; performing technique, art, talent, voice.
O‘zbek qo‘shiqchiligi va opera san’atiga bebaho hissa qo‘shgan san’atkorlardan biri Halima Nosirovadir. Halima Nosirova ayniqsa o‘zbek opera san’atida alohida maktab yaratdi va bu noyob san’at rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. Halima Nosirova 1913 yilda Qo‘qon yaqinidagi Tog‘lik qishlog‘ida tavallud topdi. Otasi Muhammadnosir aka kosib bo‘lsada, qo‘shiq va she’rlardan xabardor bo‘lib, yosh Halima qalbida san’atga havas uyg‘otdi. Otasining bevaqt vafotidan so‘ng qiyin ahvolda qolgan oila onasi Xosiyatxon va opalari Xojar va Oyishalar bilan Qo‘qon shahriga ko‘chib kelishadi. Yosh Halimani bolalar uyiga topshirishadi. 1929 yilda Toshkentdagi xotin-qizlar bilim yurtiga o‘qishga qabul qilinadi. Shu yerda Ali Ardobus rahbarlik qilayotgan badiiy havaskorlik to‘garagiga dugonalari Shohida Maxsumova, Nazira Aliyevalar bilan qatnay boshlaydi. Tezda ustozlarning nazariga tushgan Halima Nosirova 1925 yilda bir guruh yosh san’atkorlar bilan Bokudagi teatr bilim yurtiga o‘qishga yuboriladi. Ish faoliyatini hozirgi milliy akademik teatrda boshlaydi. Qator obrazlarni yaratadi. So‘ngra Moskva Davlat konservatoriyasi qoshidagi o‘zbek opera studiyasida ta’lim oladi. 1929-1939 yillar mobaynida o‘zbek musiqali drama teatrida ijod qildi va xilma-xil obrazlarni yaratdi. 1939 yildan boshlab to kuchdan qolgunga qadar A.Navoiy nomidagi o‘zbek opera va balet akademik teatrida ijod qildi va ushbu qutlug‘ dargohida o‘z ijrochilik maktabini yaratdi. “Layli va Majnun”, “Gulsara”, “Karmen”, “Bo‘ron”, “Maysaraning ishi”, “Zaynab va Omon”, “Xorazm qo‘shig‘i”, “Ulug‘bek” singari o‘nlab operalardan bosh obrazlarni qo‘shiqlarini kuyladi. Halima Nosirova o‘zbek milliy ashula va qo‘shiqlarini betakror ijrochisidir. Uning ijrosida “Ushshoq”, “Chorgoh”, “Bayot”, singari xalq ashulalari alohida o‘ziga xos uslub bilan ijro etiladi. Men o‘zbek kuy va ashulalarini, maqomlarini sevimli hofizlarimiz va ustoz sozandalarimiz Mulla To‘ychi Toshmuhammedov, Xoji Abdulaziz, Muhiddin Qori Yoqubov, Domla Halim Ibodov, Yusufjon Qiziq, Usta Olim Komilov, Abduqodir Ismoilov, Ahmadjon Umrzoqov, Madrahim She’roziydan o‘rgandim, - deydi Halima Nosirova. San’atkor tushunchasida qo‘shiq insonning mehnatida, hayotida, taqdirida doimiy yo‘ldoshidir. Xalqning sevimli san’atkori Halima Nosirova katta Farg‘ona, Toshkent, Chirchiq kanallari, Kattaqo‘rg‘on suv ombori, Farxod GES qurilishlarida. Mirzacho‘l, Qarshi, Jizzax, cho‘llarini o‘zlashtirishda,
|r«ano'
dahshatli urush yillarida xalq ruhini ko‘tarishda o‘z san’ati bilan faol qatnashdi. Halima Nosirova “O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan “Asal”, “Frontga sovg‘a”, “Maftuningman”, filmlarida obrazlar yaratdi va kino sohasiga ham hissa qo‘shdi. Halima Nosirovaning yorqin san’ati va iste’dodidan ta’sirlangan bir qancha xorijiy tanqidchilar uning san’atiga yuksak baho berganlar. Suriyada chiqadigan “Lison ash shaab” va Hindistonda bosiladigan “Steystmen” gazetalari o‘zbek qo‘shiqchisini nihoyatda yoqimli va jozibador, dillarni rom qiluvchi ovozi haqida 1956 yilda samimiy satrlarni yozgan. Uning bulbulsifat ovozi o‘zbek san’atkori timsolida Hindiston, Birma, Livan, Misr, Eron, Xitoy, Kanada kabi o‘nlab mamlakatlarda yoyilgan. Halima Nosirova hayotligidayoq ikki ajoyib narsasi bilan o‘ziga haykal o‘rnatdi. Biri chinakam xalqchil san’ati, ikkinchisi shogirdlari, izdoshlari bilan ulug‘ baxtga erishganligidir. Uning san’atdagi xizmatlari munosib baholangan bo‘lib, “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi. Mustaqillik sharofati bilan “Buyuk xizmatlari uchun” ordenini ko‘kragiga taqish baxtiga muyassar bo‘ldi. O‘zbek san’atining ulug‘ namoyandasi, betakror ovoz sohibasi Halima Nosirova 90 yosh umr ko‘rib 2002 - yilda Toshkent shahrida vafot etdi.
Adabiyotlar
1. Шашмакрм сабоклари. / Макола ва маърузаларнинг биринчи туплами. - Т., 2005. - 136 б.
2. Nurullayev F.G. “Bolalarning musiqiy ta’limi” o‘quv qo‘llanma-BuxDU; Durdona nashriyoti 2021yil.
3. F. To‘rayev. “Shashmaqomxon ustoz”- Buxoro shashmaqomi:Tarixiy-nazariy va amaliy masalalari mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya.-BuxDU; Durdona nashriyoti 2019yil.
4. Шашмаком сабоклари. / Макола ва маърузаларнинг иккинчи туплами. - Т., 2005. - 224 б.
5. Matyoqubоv, О. “Maqоmot”. Tоshkеnt Musiqa nashriyoti, 2004 y.
|rwano<