HALDUN TANERNING "MOTORLI KEMACHADAGI SARGUZASHT" HIKOYASI TARJIMASIGA DOIR
d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-299-304
Filol.f.n. Lolaxon AMINOVA, TDSHU dotsenti. Toshkent, O'zbekiston Tel: 97 761 65 56; E-mail: lolahonim@mail.ru
Annotatsiya: Ushbu maqola Turk yozuvchisi Haldun Tanerning "Motorli kemachadagi sarguzasht" hikoyasining tarjimasiga bag'ishlangan. Tarjima maqola avtori tomonidan amalga oshirilgan. Maqolada tarjimonning mahorati, tarjima qilinayotgan til, ya 'ni turk tilidagi ba 'zi bir sohalarga oid so 'zlarning o'zbek tilida muqobilini berilishi haqida alohida to 'xtalingan. Qolaversa, badiiy asar tarjimasining o 'ziga xos murakkab jihatlari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: geografik xususiyatlar, kema, paluba, atama, uslub, sheva, milliy adabiy meros.
Аннотация. Эта статя посвящается переводу истории турецкого писателя Халдуна Танера «Приключение в моторной лодке» . Перевод был произведен автором стати. В стате акцентируется внимание на умениях переводчика, на переводимом языке, то ест на предоставлении узбекских алтернатив словам, относящимся к некоторым областям турецкого языка. Кроме того, были обсуждены уникалные сложные аспекты перевода художественного произведения.
Ключевые слова : географические особенности, корабл, палуба, термин, стил, диалект, нatsiоналное литературное наследие.
Abstract. This article is devoted to the translation of the story of the Turkish writer Haldun Taner "adventure on a motor ship ". The translation was carried out by the article author. The article separately discusses the skill of the translator, the language being translated, that is, the provision of an alternative in the Uzbek language of words related to certain areas of the Turkish language. In addition, there is an opinion about the specific complex aspects of the translation work.
Keywords: geographical features, ship, deck, term, style, dialect, national literary heritage.
"Badiiy asarlar tarjimasi xususiyati shundaki, u chinakam nafis narsadan bahramand etishdan tashqari, xususan, estetik tuyg'uni o'stirishga, did paydo qilishga va nafis narsa to'g'risida haqqoniy tushuncha tarqalishiga xizmat qiladi" - deydi G'. Salomov [1,11].
Ma'lumki, tarjima asarlari millatlarni, xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Biror bir tildan o'zbek tiliga tarjima qilingan asarlarni o'qir ekanmiz, o'sha xalqning tarixi, urf-odatlari, geografik xususiyatlari, qo'llayotgan iborayu maqollari haqida ko'plab ma'lumotga ega bo'lamiz. Shu bilan bir qatorda o'sha asarni qadrlab o'z milliy adabiy xazinamizga qo'shib ham qo'yamiz. Demak asarlar qaysi tilda yozilmasin, tarjima qilingandan so'ng boshqa xalqning adabiy merosiga aylanadi. Lekin bu jarayonda tarjimonning xizmati beqiyosdir, albatta. Faqat mohir tarjimongina asarning qiymatini oshiradi. Bu borada G'. Salomov ham quyidagicha fikrlarni bayon etgan. "Tarjimon ikki milliy adabiyot o'rtasidagi aloqachi. Voqealar oqimini asar muallifi qanday tasavvur qilsa, u ham shu oqim ichiga avtor singari kirib borishi lozim" [2,142].
Asar qanchalik yaxshi yozilmasin, tarjimon uni maromiga yetkazib o'gira olmasa, asar yaxshi baholanmaydi. Shuning uchun ko'pgina magistrlik, nomzodlik dissertatsiyalarida ham bir tildan boshqa tilga tarjima qilingan asarlarni tadqiq qilish masalalari dolzarb mavzulardan biri deb qaralmoqda.
Azaldan o'zbek kitobxoni turk yozuvchilarining asarlarni o'zbek tilida zavq bilan o'qib kelishgan. Va ko'pgina turk adiblarining roman va qissalari o'zbek xalqi tomonidan juda sevib qabul qilingan. Hozirgi kunda esa, o'zimizning eng sara asarlar ham turk va boshqa tillarga muvafaqqiyatli o'girilib, juda ko'p yozuvchilarimiz chet davlatlarda tanilib ham ulgurdi. Shu o'rinda aytish joizki, tarjima masalalariga davlatimiz tomonidan ham juda katta e'tibor qaratilmoqda, yaxshi sharoitlar yaratilib, qo'llab quvvatlanmoqda. Garchi shunday ekan, chet tili mutaxassislari shunday imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda tarjima ishlarini samarali yo'lga qo'yishlari lozim.
Tarjima jarayonida, hoh u badiiy asar tarjimasi bo'lsin, hoh publisistik yoki she'riy matn tarjimasi bo'lsin, tarjimonning til bilish mahorati oshadi, qalami o'tkirlashib so'zlari sayqallashadi. Chunki inson yashar ekan, har kuni yangi narsa o'rganadi, kechagi kunga nazar solib o'zining kamchiliklarini payqaydi. Garchi shunday ekan, amalga oshirgan tarjimalarimiz natijasida o'sha chet tilini yanada mukammalroq o'rganar ekanmiz. Azaldan ustozlarimiz bekorga aytishmagan "ko'p kitob o'qisang, so'z boyliging oshadi" deb.
Ushbu kichik tadqiqot ishimizda turk yozuvchisi Haldun Tanerning "Motorli kemachadagi sarguzasht" (Bir motôrde dort ki§i) nomli hikoyasining tarjimasi va tarjima jarayonida duch kelgan muammoli jihatlarga e'tibor qaratmoqchimiz.
Avvalo aytish kerakki, ushbu hikoyaning hajmi kichik bo'lsada, asar barcha badiiy vositalar, syujet, kulminatsiya va yechim kabilarni o'z ichiga olgan. Asarda voqealar bayoni juda chiroyli boshlanib, hikoya o'z mazmun mohiyatini ochib bergan holda hotima topadi.
Ma'lumki, Turkiya uch tomonlama dengiz bilan o'ralgan, geografik nuqtai nazardan o'ziga xos davlat hisoblanadi. Shunday ekan, ushbu geografik xususiyatlar istar-istamas tilda ham o'z aksini topadi, albatta. Misol uchun, dengiz bilan bog'liq so'zlarda turk tilining lug'aviy boyligining ko'pligini alohida e'tirof etmasak bo'lmaydi. Lekin O'zbekistonda dengiz bo'lmaganligi sababli shu sohaga oid so'zlarning qo'llanish doirasi juda ozdir. Masalan, o'zbek tilidagi "kema" so'zining turk tilida bir qancha sinonimlari qo'llaniladi. Ular nafaqat sinonim, balki bajarayotgan vazifasiga ko'ra ham farqlanadi. "Kema" so'zining turk tilidagi muqobili "gemi" so'zi bo'lib, ushbu so'z barcha dengiz transportlarining umumiy nomi bo'lishi bilan bir qatorda, eng katta kema uchun ham qo'llaniladi. Masalan, "titanic" kemasini turk tilida "gemi" deb atash mumkin. "Gemi" ning vazifasi ham insonlarni hamda katta yuklarni tashish hisoblanadi. Endi "vapur" so'ziga to'xtalsak, ushbu so'z ham o'zbek tiliga "kema" deb o'giriladi. Lekin "vapur" ning "gemi" dan farqi uning biroz kichikroqligida va faqat yo'lovchi tashish uchun xizmat qilishidadir. Bundan tashqari, turk tilida "tekne", "motor", "yat" kabi so'zlar mavjud bo'lib, bularning hammasini ham "kema" deb tarjima qilishga majbur bo'lamiz. Bu kabi so'zlar sinonimining yetishmasligi matn tarjimasida tarjimonni biroz chegaralab qo'yadi. Ushbu jarayonni hikoya misolida tahlil qilamiz.
"Dôrdu de son vapuru kaçirmi§, bu uykulu kaptanin istedigi be§er lirayi hemen verip motôre atlami§lardi". [3. Haldun Taner. Butun hikayeleri.- Ankara. Bilgi yayinevi. Uçuncu baski. 1983. - 140s.]
"To'rttalovi ham oxirgi yo'lovchi kemaga ulgurolmay, uyqusirab yotgan kema kapitaniga besh liradan berib, uni motorli kemachada yo'lga tushishga ko'ndirishgan edi".
Ushbu parchadagi "vapur" so'zini "yo'lovchi kema", "motor" so'zini esa "motorli kemacha" deya o'girildi. Vaholangki, ushbu ikki so'zning vazifalari farqlidir. "Vapur" dengizda avtobus vazifasini bajarib, yo'lovchilarni manziliga elitsa, "motor" dan esa ko'pincha baliqchilar foydalanishadi. Hikoyadagi qahramonlar yo'lovchi kemaga ulgurolmaganliklari uchun motorli kemachaga o'tirishga majbur bo'lishgan. O'zbek tilida ushbu ikki so'z uchun alohida so'z bo'lmaganidan, ularni faqat sifatlariga ko'ra, ya'ni "yo'lovchi kema" va "motorli kemacha" deya aniqlashtirib o'girishga to'g'ri keldi.
Yana bir parchaga e'tibor qaratamiz: "Güverteyi aydinlatan hüzünlü ampülün i§ignda dort ki§iydiler" [3,140]. "Kema palubasini yoritib turgan nursiz shamchiroq yorug'ligida to'rt kishi ketardilar".
Yuqoridagi "güverte" so'zi kemaning ochiq qismi, ya'ni ayvonchasini bildirib, rus tilidagi "paluba" so'ziga to'g'ri keladi. "Paluba" so'zi o'zbek tilida qo'llansada, uning sof o'zbekcha muqobilining yo'qligi tarjimonni biroz qiynaydi. Chunki badiiy asarni o'zbek tiliga o'girar ekanmiz, uning har bir parchasini sof o'zbekcha bo'lishini hohlaydi kishi. Avvaliga ushbu so'z "kema ayvonchasi" deya o'girildi. Lekin bu so'z birikmasi orqali o'quvchi darrov palubani tushunishi mushkulroq bo'lgani sababli, hamda ma'nodan yiroqlashmaslik maqsadida "güverte" so'zini ruscha atama bilan, yani kema palubasi deya tarjima qilishga qaror qildik. Xuddi shunga o'xshash bir vaziyat: "Bordoya vuran kü£ük dalgalarin serpintisi ara sira mu§amba §ilteleri íslatiyordu" [3,140].
"Kema bortiga urilayotgan kichik to'lqinlar yerga to'shalgan sholchalarni ham ho'llayotgan edi".
Yuqoridagi "bordo" so'zi kemaning bort qismini bildirmoqda. Kemaning bu qismining ham o'zbekcha nomi yoq afsuski. Parchadagi "mu§amba" so'zi rus tilidagi "linolium" so'ziga to'g'ri keladi. Lekin tarjimada ushbu so'zni o'zbek tiliga "linolium" deya o'girmay, "yerga to'shalgan", yani kemaning "yer" qismi deya tarjima qilishni afzal deb topdik. Chunki hikoyadagi birgina gapning o'zidayoq ham "bort", ham "linolium" kabi ruscha atamalarning qo'llanilishi, o'zbek tilini buzib gapirganday fikr tug'dirib, tarjimaning qiymatini tushuradi chamamizda.
Ma'lumki badiiy asar uslubi boshqa uslublardan ancha farq qiladi. Asarlarda qo'llaniladigan so'zlar, atama va iboralar kundalik hayotda ko'p
ham ishlatilavermaydi. Yozuvchilar har bir so'zni tarozuda tortib, chertib -chertib ishlatadilar. Bundan tashqari ba'zi sohaga oid so'zlarning ko'pini yaxshi bilmaymiz ham. Masalan, chorvadorlikka oid so'zlarning ko'pini kundalik hayotda ko'p ham qo'llayvermaymiz. Faqat o'sha soha vakillarigina har bir so'zning ma'nosini aniq bilishadi. Shu o'rinda hikoyadagi quyidagi parchaga e'tibor qaratmoqchimiz: "Kasaba gelince o hem fistik yiyor, hem toptancinin yolladigi son faturayi du§unuyordu. "Hadi karamana yuz elli yazdigi neyse ne, fakat daglici ne demeye yuz seksenden hesap ediyor herifçioglu" [3,140]. "Qassobga kelsak, u yong'oq yeb, ulgurji savdogarning yuborgan fakturasini tahlil qilardi. "Hop mayli, katta yog'li qo'y uchun bir yuz elli lira yozibdi, lekin duragay qo'yni qanaqasiga bir yuz saksondan hisoblayapti, u muttaham!".
Yuqoridagi parchada "karaman" so'zi qo'llanilgan bo'lib, bu so'zning turk tili izohli lug'atida quyidagicha ochiqlamasi berilgan. "Karaman -O'rta Onado'lida yetishtiriladigan, dumi katta bo'lgan yog'li bir qo'y turidir". O'zbek tilida aynan shu sifatlarga to'g'ri keladigan qo'y nomini topa olmadik. Balki soha vakillarining bilishi ehtimoldan holi emasdir, lekin oddiy xalq so'zlashuv tilida ushbu qo'y turining nomlanishini bilmaydi. Shuning uchun tarjimada "karaman" so'zining muqobili sifatida "katta yog'li qo'y" birikmasini berishga to'g'ri keldi. Vaholangki, o'zbek tilida "hisori qo'y" atamasi ham mavjud. Lekin bu safar ushbu atamaning o'zbek izohli lug'atida ochiqlamasini topa olmadik. Shu sababli yuqoridagi sifatga to'g'ri kelish yoki kelmasligi xavotiri bilan, qolaversa, oddiy o'quvchining osonroq tushunishi niyatida "katta yog'li qo'y" deya o'girdik. Yana aynan shu parchada "dagliç" so'zi ham keltirilgan bo'lib, buning turk tili izohli lug'atidagi ma'nosi quyidagicha: "Dagliç" - jingalak junli qo'y bilan katta yog'li qo'yning chatishmasidan tug'ilgan qo'ydir. O'zbek tilida ham aynan shu sifatga to'g'ri keladigan "duragay qo'y" atamasi mavjud. O'zbek tilining izohli lug'atida: "Duragay - irsiy belgilari jihatidan o'zaro farqlanuvchi ikki yoki undan ortiq organizmni chatishtirish, duragaylash yo'li bilan olingan nasl, chatishma, gibrid", -deya izohi keltirilgan. Ushbu izohga tayangan holda "dagliç" so'zining tarjimasini "duragay qo'y" deb berdik.
"Milliylik - adabiyotshunoslik muammosi. Biroq bir milliy adabiyotga mansub san'at asarini boshqa tilga tarjima qilganda bu muammo tamomila
yangilik, "originallik" kasb etadi. Adabiy til, uslub, she'riyat va boshqa juda ko'p masalalar xususida ham shuni aytish kerak" [4,33]. E.Ochilovning ushbu fikrining davomi sifatida aytish mumkinki, ba'zi asarlarda faqat o'sha millatgagina xos bo'lgan so'zlar, atamalar, taom yoki kiyim kechak nomlari keltiriladi. Bunday so'zlarni tarjimada berish juda qiyin. Bu kabi so'zlarni tarjima qilmay "original"ida berib, havolada ochiqlamasi keltirilgan ko'pgina asarlarga duch kelganmiz. Ushbu tahlil qilayotgan hikoyamizda ham shunga o'xshash vaziyat mavjud. Hikoya turk adabiy tilida yozilgan bo'lsada, bir o'rinda kema kapitanining "qora dengizlilar" shevasida gapirgan nutqi bor. Kapitanning so'zlarini yozuvchi ataylab, adabiy tilda emas, balki o'z shevasida beradi. Bu esa hikoyaga o'zgacha fayz bergan. Chunki qora dengiz hududida yashovchi turklarning shevasi o'zgacha shiralidir. Lekin bu hududning o'ziga xos bo'lgan tilini tarjimada berish imkonsiz, afsuski.
" - Teprenmeyun be! Ne oliysiniz? Motoru paturacaksiniz" " -To'pillamang, ey baraka topkurlar, kemani cho'ktirib yuborasizlar!".
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tarjima - bu zargarlik ishi kabidir. Tarjimonning mashaqqatli mehnati natijasida zargarlik mahsuloti kabi bebaho asarlar dunyoga keladi. Zero, bu dunyoda har bir narsani ko'pchilik bilan baham ko'rishlik eng afzal ishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati
1. Саломов G' . Адабий анъана ва бадиий таржима. - Тошкент: Фан, 1980.
2. Саломов G'. Таржимон маИорати. - Тошкент: Фан, 1979.
3. Haldun Taner. Butun hikayeleri. - Ankara. Bilgi yayinevi. U?uncu baski. 1983.
4. Очилов Э. Таржимашуносликнинг назарий масалалари. - Тошкент, 2014.
5. Kayumova, M. (2022). Methodological Commonality in Uzbek and Turkish Drama. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 9(3), 230-238.