Научная статья на тему 'HADIS VA HIKMATLARDAN TARBIYA JARAYONIDA FOYDALANISH VA ULARNING TA’LIM JARAYONIDA QO’LLANILISHI'

HADIS VA HIKMATLARDAN TARBIYA JARAYONIDA FOYDALANISH VA ULARNING TA’LIM JARAYONIDA QO’LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
islom dini / payg’ambarlar / hadis / hadisshunoslik / sahobalar / tobeinlar / roviy / sanad / musnad. / Islam / prophets / Hadith / Hadith studies / sahabas / tobeins / roviy / sanad / musnad.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Karimov N.

Hadis ilmining paydo bo'lishini Payg'ambar alayhissalomning vafotidan bir asr o'tgandan keyin bilan bog'lash to'g'ri bo'ladi. Chunonchi Payg'ambar hayot vaqtlarida uning so'zlari-yu, qilgan ishlarini avval boshda faqat eshitish va mushohada qilish bilan chegaralangan bo'lsa, so'ngroq ularni naql etib rivoyat qilina boshlandi. Bu insonlarning ma’naviy olami uchun katta ozuq bo’ldi. Payg'ambardan hadis eshitgan sahobalar ham har xil sharoitda bo'lganlar-qay birlari ko'proq, boshqalari kamroq eshitganlar. Bu hol esa naql va rivoyatga ehtiyojning oshishiga sabab bo'lgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE USE OF HADITHS AND WISDOM IN THE EDUCATIONAL PROCESS AND THEIR APPLICATION IN THE EDUCATIONAL PROCESS

It would be correct to associate the emergence of the science of Hadith with a century after the death of the Prophet. And when the Prophet chunun (peace be upon him) said to him during his lifetime, what he had done was first limited to hearing and observing only in the head, then it began to be narrated to narrate them. This has become a great weight for the spiritual world of people. The companions who heard hadith from the prophet were also in different conditions-which one heard more and the other less. This was the reason for the increased need for narration and narration.

Текст научной работы на тему «HADIS VA HIKMATLARDAN TARBIYA JARAYONIDA FOYDALANISH VA ULARNING TA’LIM JARAYONIDA QO’LLANILISHI»

Karimov N.

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti Gumanitar fanlar kafedrasi assissenti

HADIS VA HIKMATLARDAN TARBIYA JARAYONIDA FOYDALANISH VA ULARNING TA'LIM JARAYONIDA

QO'LLANILISHI

Annotatsiya. Hadis ilmining paydo bo'lishini Payg'ambar alayhissalomning vafotidan bir asr o'tgandan keyin bilan bog'lash to'g'ri bo'ladi. Chunonchi Payg'ambar hayot vaqtlarida uning so'zlari-yu, qilgan ishlarini avval boshdafaqat eshitish va mushohada qilish bilan chegaralangan bo'lsa, so'ngroq ularni naql etib rivoyat qilina boshlandi. Bu insonlarning ma 'naviy olami uchun katta ozuq bo 'ldi. Payg'ambardan hadis eshitgan sahobalar ham har xil sharoitda bo'lganlar-qay birlari ko'proq, boshqalari kamroq eshitganlar. Bu hol esa naql va rivoyatga ehtiyojning oshishiga sabab bo'lgan.

Kalitso'zlar: islom dini,payg'ambarlar, hadis, hadisshunoslik, sahobalar, tobeinlar, roviy, sanad, musnad.

Karimov N. assistant

Department of Humanities Andijan Institute of Agriculture and Agrotechnologies

THE USE OF HADITHS AND WISDOM IN THE EDUCATIONAL PROCESS AND THEIR APPLICATION IN THE EDUCATIONAL

PROCESS

Annotation. It would be correct to associate the emergence of the science of Hadith with a century after the death of the Prophet. And when the Prophet chunun (peace be upon him) said to him during his lifetime, what he had done was first limited to hearing and observing only in the head, then it began to be narrated to narrate them. This has become a great weight for the spiritual world of people. The companions who heard hadith from the prophet were also in different conditions-which one heard more and the other less. This was the reason for the increased need for narration and narration.

Keywords: Islam, prophets, Hadith, Hadith studies, sahabas, tobeins, roviy, sanad, musnad.

Kirish. Payg'ambar alayhissalom vafotlaridan keyin, sahobalar islom diniga kirgan yangi-yangi mamlalatlarga kengayib, yoyilib ketgach, Payg'ambar hadislarini bilishga bo'lgan ishtiyoq va zarurat tobora osha boshlagan. Yillar o'tishi bilan bu ehtiyoj brogan sari kuchayib xilma-xil shar'iy ahkomlarni bilish

va Qur'oni karim mazmunlarini ma'nan idrok etib chuqur anglashga ehtiyoj kuchayadi. Mana shu sabablarga ko'ra hadislarni izlab topish, ularni aniqlash talabida turli o'lkalarga har xil safarlar va rihlatlar ko'payadi. Vaqt o'ta borishi bilan hadis roviylarining bisyorligidan ularni aniq bilish, sanadini tekshirib ko'rish, ular o'rtasidagi tafovut va farqlarning qaysinisi to'g'riligiga ishonch hosil qilish kabi birqator masala va bahsli holatlar paydo bo'ldiki, bularni o'rganadigan maxsus ilm-- hadis ilmlari vujudga keldi. Hadis ilmining barcha uchun tushunarli va ravon bo'lishi biroz qiyinroq bo'lganligi uchun, hamma ham uni birdek tushunib, to'g'ri qabul qilishga qiynalgan holatlar ko'paygani bois,

--Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literatura review). Muhammad (s.a.v) vafotidan keyin uning so'zlari og'zaki tarzda yetkazilgan. Islom an'analariga ko'ra, ikkinchi xalifa Umar ibn al-Xattob barcha hadislarni bir jildga jamlash ishlarini boshlagan, ammo „Qur'on musulmonlar tomonidan e'tiborsiz qolishidan qo'rqib» bu harakatdan voz kechgan (Muhammad (s.a.v) so'zlariga ko'ra). Zubayr Siddiqiy).

Umaviylar xalifasi Umar ibn Abdulaziz (umar II, milodiy 717-720 yillarda hukmronlik qilgan) ham barcha hadislarni to'plashga harakat qila boshladi. Hadislarni o'rgatish va to'plash uning musulmon jamiyatining ma'naviy hayotini yangilash rejasining bir qismi edi. U fiqh o'qituvchilarini qo'llab-quvvatlagan, badaviy qabilalariga o'qituvchilar yuborgan, Hijozda haftalik hadis ma'ruzalarini buyurgan, Misr va Shimoliy Afrikaga hadis olimlarini yuborgan (Muhammad Zubayr Siddiqiyga ko'ra).

Umar (r.a) Madinaning buyuk olimi Abu Bakr ibn Hazmga Umar ibn al-Xattobning barcha hadislarini, xususan, Oisha roziyallohu anho rivoyat qilgan hadislarni yozishni buyurdi. U bu hadislarni Umaviylar imperiyasi bo'ylab tarqalgan kitoblarda to'plagan. Garchi bu kitoblar bugungi kunda yo'qolgan bo'lsa-da, Ibn an-Nadimning sharhlari ularning fiqh kitoblari, masalan Imom Molikning Muvattosi, birinchi yirik hadislar to'plami tuzilganligini ko'rsatadi. Imom Molikning o'zi, ehtimol, Umar (r.a) buyurgan ilk hadis kitoblardan birinchisini yozgandir.

Hadisshunoslikda sahih bo'lmagan hadislarning ko'payishi sodir bo'lganidan keyin eng mashhur hadis to'plovchisi va «ilm al-hadis» amaliyotchisi Muhammad al-Buxoriy tomonidan 16 yoshdan kattaroq vaqtida 600 000 ga yaqin yig'ilgan hadislari tufayli rivojlandi. Hadis ilmining taraqqiyot bosqichlari haqida to'xtalsak, quyidagilarni qayd qilish lozim bo'ladi.41

-- Tadqiqot metodologiyasi (Research methodology). 1.Payg'ambar alayhissalom davrida hadis ilmi. Bu davrdagi hadis ilmi, yuqorida qayd etilganidek, sahobalarni Payg'ambardan eshitgan hadislari va uning holatlarini mushohada etganlari bilan belgilanadi. Keyin ular (sahobalar) g'oyib bo'lganlarga u hadislarni yetkazganlar. Shu boisdan ham bu dastlabki

https ://uz.wikipedia. org/wiki/Hadis_ilmi

41

bosqichda hadis ilmi rivoyat, yodda saqlash (hifz) va g'oyiblarga yetkazish kabi xususiyatlarga ega bo'lgan.

2. Sahobalar davrida hadis ilmi. Bu davr, asosan Payg'ambar vafotlaridan keyin boshlanadi, chunonchi shu paytdan boshlab hadis rivoyat qilishga alohida talab paydo bo'ladi va avvalroq zikr qilganimizdek, shu maqsad yo'lida boshqa shahar va mamlakatlarga safarlar ham boshlanadi. Ayni vaqtda sahobalar katta e'tibor bilan rivoyat qilinadigan hadislarga biror xato voqe' bo'lishdan ham ogoh bo'la boshladilar. Chunonchi bu xususda Payg'ambar alayhissalomning »kimki menga nisbatan yolg'onni so'zlasa, shubhasiz u jahannamdan joy oladi», degan ochiq-oydin hadislari ham bor edi. Darvoqe rivoyatning to'g'ri (haqiqat) ekanligi, uning shartlari, xillari, ahkomlari, roviylarning holatlariyu sharoitlariga doir hadis ilmidagi turli-tuman masalalarni tadqiq qiladigan maxsus soha bo'lib, uni ilm ud-diroya deb ataladi.

Tahlil va natijalar (Analysis and results). Anashu paytdan e'tiboran roviylarning rivoyatlarini aniqligi, ular Payg'ambarni ko'rganlari yoki undan bevosita eshitganligi haqida shohidlarni talab qilish, bu haqda hatto qasam ichirish kabi masalalar ko'tarila boshladi. Bunga qo'shimcha rivoyat qilinadigan hadisning matnini tadqiq etishga ham alohida e'tibor berildi. Bu hol keyinchalik hadisshunoslikda matnni tanqidiy (ilmiy) tarzda o'rganish (ya'ni naqd al-matn) deb ataladi. Mazkur holatlarda matnni aniqlashda islom dini asoslari-Qur'oni karim oyatlari yoki boshqa shu mavzuga dahldor hadislarga asoslanib, yetarli dalil va isbotlarga tayangan holda xulosa chiqarilardi. Mana shu jarayonda sahobalar Payg'ambar alayhissalomdan hadislar rivoyat qilishlik naqadar katta mas'uliyatni va ayni vaqtda g'oyatda muhim va hatarli ekanligini angladilar. Chunki hadislarni ishonchli, to'g'ri rivoyat qilmay uni xato yoki yolg'on, noto'g'ri holda keltirilishi jamiyat uchun muhimligi ayon bo'ldi. Halol va harom tushunchalari, hamda boshqa shar'iy ahkomlarni to'g'ri talqin qilish uchun endi sanad zarurati ham tug'ildi. Bunga ayniqsa, musulmonlar orasida har xil siyosiy fitnalar va mojarolar paydo bo'la boshlagach, tobora ehtiyoj kuchaya boshladi. Bu masalani aniqlash uchun boshqa shaharlarga borishlar ham avj olaboshladi. Hatto bitta hadisni aniq bilish uchun qanchadan-qancha masofa, cho'li-biyobonlarni bosib o'tishga to'g'ri keladi. Masalan, Payg'ambar alayhissalomning suhbatida necha martalar bo'lib undan ko'pdan-ko'p hadislar eshitgan Abu Ayub al-Ansoriy Madinai Munavvaradan atigi bitta hadis eshitish uchun Misrga, Aqaba ibn Omir huzuriga borgan va o'sha hadisni eshitgach, yana uloviga minib o'z shahri Madinaga qaytib kelgan. Hijriy ikkinchi asrdan boshlab, sahobalar davri tugab hadislarni ham matn, ham sanad jihatidan chuqur o'rganib tadqiq etishga ehtiyoj yanada kuchaydi. Bu masala ayniqsa islom olamida turli-tuman firqalar (guruhlar) va mazhablar paydo bo'lgandan keyin yanada katta ahamiyat kasb etdi. Shu maqsadda hadisshunoslikda jarh va ta'diyl ilmi paydo bo'lib, u roviylarning holatlarini tadqiq etib ular aytganlarini qabul qilish yoki rad etishni o'rganardi. Hadis roviylarining tarixlari va ularning to'liq tarjimai hollarini o'rganish bilan

shug'ullanadigan olimlar paydo bo'lib, bu sohada alohida asarlar yarata boshladilar.42

Hadislar Qur'oni karimdagi oyatlarni tushuntiradi, sharoitga tatbiq etadi. Shunga ko'ra ular o'z ahamiyati jihatidan Qur'oni karimdan keyingi eng muhim qo'llanmalardir. Hadislarni yig'ish payg'ambarimiz davrlaridan boshlangan. Lekin vaqt o'tishi bilan ularni saralash, ishonchlilarini ishonchsizlaridan ajratib olish qiyinlashib borgan. Islomni obro'sizlantirish, musulmonlarni chalg'itish uchun uning dushmanlari soxta hadislar to'qib tarqatganlar. Shuning uchun bu hadislarning kim tomonidan aytilganligiga va ularning shaxsiga alohida e'tibor berilgan. Hadisshunoslik degan fan hadislarning «sahih» (ishonchli)larini «nosahih» (ishonchsiz)laridan ajratish bilan shug'ullangan. Payg'ambarimiz so'zlari - hadislar roviylardan yig'ilgan. «Roviy» ma'lumot beruvchi, aytuvchidir. Roviylar, asosan, ikki xil bo'lgan: sahobalar, tobeinlar. Sahoba deb payg'ambarimizni ko'rgan va u kishi bilan suhbatda bo'lgan izdoshlariga aytilgan. Tobeinlar esa payg'ambarimizni emas, sahobalarni ko'rib, ulardan eshitganlarini aytuvchilardir. Hadis ikki qismdan - sanad va matndan tashkil topgan. Sanad - payg'ambarimiz so'zlarining qachon, qanday sharoitda, kimlar huzurida aytilganligi hujjati bo'lsa, matn uning mazmunidir. Imom Buxoriy mana shunday hadis ilmining Buxorodan yetishib chiqqan va butun dunyoga shuhrat taratgan allomasi edi. U kishining hayot yo'llari ham ibratlidir.43 Talabalarda Yassaviy hikmatlarini o'rganish orqali bir-biriga mehr- muhabbat, muruvvat va oqibat, saxiylik, saxovat diyonat, qanoat, himmat, adolat, sabr- toqat, mehribonlik, rostgo'ylik fahm - farosatlilik, ziyraklik kabi manaviy-axloqiy sifatlar rivojlanib borganligiga guvoh bo'ldik. Yassaviy yoshlarga murojaat qilib, bilim egallash oson emasligini, buning uchun esa yillar davomida har qanday qiyinchiligu mashaqqatlarga qaramasdan tinmay izlanish va o'z ustida qunt bilan ishlash kishidan irodali bo'lishni talab qiladi. Shunday xulqqa ega bo'lgan Shaxsgina bilim va fan chmqqilarini yillar davomida egallab olishini ta'kidlaydi.44

--Xulosa va takliflar (Conclusion/ Recommedations) Xulosa qilib aytganda, ta'lim-tarbiya jarayonida, o'tilayotgan mavzularga mos bo'lgan hikmatli so'z, aforizmlar va hadislardan foydalanish yaxshi samara beradi. deya ko'rsatiladi. Hadislar tarbiya manbai hisoblanadi. Hadislarni eshitib, tanishish,ko'rish, yodlash, mazmunini anglash, o'rganish orqali hayotimizda hadislardan ibrat olgan holda,ularni amalda hayotimizda qo'llab, ko'p o'zimizni tarbiyamizdagi kamchiliklarni tuzatishimizga yordam beradi. Undan tashqari o'z ona Vatanimizga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug'lash, halollik, poklik, do'stlik, oliyjanoblik, rahmshafqatlilik, kamtarlik, rostgo'ylik va vijdonlilik kabi

42 http://www.fikr-uz.narod.ru/b/11.html

43 5-sinf adabiyot. S. AhMedov, B. QosiMov, R. Qo'chqorov, Sh. Rizayev, «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati ToshkenT - 2015

44 Sayyora Muxammadiyeva. Ahmad Yassaviyning ta'limiy axloqiy qarashlaridan yosh avlod tarbiyasi. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 2 / April 2023

xislatlar kiritiladi. Bundan tashqari, insonning o'zini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham o'z aksini topganki, bularning barchasi Qur'oni Karimda qayd etilgan ko'rsatmalarga asoslanilgan va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon bo'lib xizmat qiladi.45

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. https: //uz.wikipedia.org/wiki/Hadis_ilmi

2. http: //www.fikr-uz.narod.ru/b/11.html

3. 5-sinf adabiyot. S. AhMedov, B. Qosímov, R. Qo'chqorov, Sh. Rizayev, «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati ToshkenT -2015

4.file: ///C: /Users/Windows/Downloads/5200

45 file:///C:/Users/Windows/Downloads/5200

%D0%A2%D0%B5%D0%BA%D1%81%D1%82%20%D1%81%D1%82%D0%B0%D1%82%D1%8C%D0%

B8-12804-1-10-20220224%20(1).pdf

384

"Экономика и социум" №5(120)-1 2024

www.iupr.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.