Научная статья на тему 'GRAMMATIK TUSHUNCHANI O‘ZLASHTIRISH USTIDA ISHLASH METODIKASI'

GRAMMATIK TUSHUNCHANI O‘ZLASHTIRISH USTIDA ISHLASH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
188
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nutqiy jarayon / nutqiy ko‘nikma / nutq o‘stirish / grammatik tushuncha / leksik material / yozma nutq / o‘quv-topshiriqlar.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Nodira Masharipova Raxmanovna

O‘quvchiningtilmaterialivavositalarininutqdaqo‘llaybilishiuchunyetarlibilimnio‘zlashtirishi, muayyanbirxabarniyokima’lumotniturlishakllardaberaolish, badiiy, ilmiyasarlarnio‘rganib, ularhaqidagifikr-mulohazalariniog‘zakihamdayozmashakllardato‘g‘ribayonetaolishtalabetiladi. Bu borada ona tili ta’limida kommunikativ yondashuvni qo‘llash, o‘z tiliga oid bilimlarni puxta egallash ona tili sohasi oldidagi zaruriy vazifa hisoblanadi. Maqolada o‘quvchilarning ona tili darslarida grammatik tushunchalarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar va buning natijasida yozma nutqiy xatoliklarning yuzaga kelishi, bunday kamchiliklarni oldini olish yo‘llari, o‘quv-topshiriqlarning o‘rni, qo‘llash usullari bo‘yicha metodik tavsiyalar berib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GRAMMATIK TUSHUNCHANI O‘ZLASHTIRISH USTIDA ISHLASH METODIKASI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

GRAMMATIK TUSHUNCHANI O'ZLASHTIRISH USTIDA ISHLASH

METODIKASI

Nodira Masharipova Raxmanovna

TAFU "Pedagogika" kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.13292422 Annotatsiya: O'quvchining til materiali va vositalarini nutqda qo'llay bilishi uchun yetarli bilimni o'zlashtirishi, muayyan bir xabarni yoki ma'lumotni turli shakllarda bera olish, badiiy, ilmiy asarlarni o'rganib, ular haqidagi fikr-mulohazalarini og'zaki hamda yozma shakllarda to'g'ri bayon eta olish talab etiladi. Bu borada ona tili ta'limida kommunikativ yondashuvni qo'llash, o'z tiliga oid bilimlarni puxta egallash ona tili sohasi oldidagi zaruriy vazifa hisoblanadi. Maqolada o'quvchilarning ona tili darslarida grammatik tushunchalarni o'zlashtirishdagi qiyinchiliklar va buning natijasida yozma nutqiy xatoliklarning yuzaga kelishi, bunday kamchiliklarni oldini olish yo'llari, o'quv-topshiriqlarning o'rni, qo'llash usullari bo'yicha metodik tavsiyalar berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Nutqiy jarayon, nutqiy ko'nikma, nutq o o' quv-topshiriqlar.

1 KIRISH

Inson tafakkuri nutq orqali yuzaga chiqadi va uning natijasi tilda qayd etiladi. Kishilar o'rtasidagi aloqa, fikrlashish, so'zlashishni amalga oshirishda nutqiy jaroyon muhim. Nutqiy jarayon ikki ko'rinishda amalga oshadi: og'zaki hamda yozma. Bu ikkala nutq bir-biri bilan chambrchas bog'liq. Og'zaki nutq bevosita muloqot jarayonida yuzaga kelsa, yozma nutq esa og'zaki nutqning har qanday vaziyatda oq qog'ozdagi muallifning xayolidahi suhbatidir. Ona tili ta'limi bolaning tafakkur dunyosini og'zaki hamda yozma nutqida bayon qila olish, o'zgalar fikrini anglash, kishilar bilan muloqotga kirisha olish ko'nikma va malakalarni takomillashtirib borishga xizmat qiladi. O'quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivonlantirib borishda o'rganilayotgan material muhimdir. Bu material esa mukammal qilingan o'quv-topshiriqlaridir. "O'quv topshiriqlarini takomillashtirish, avvalo, ona tili ta'limining maqsadi, vazifalari,umuman, mazmuniga bevosita bog'liq, zero o'quv topshirig'i o'quvchini fikrlashga, o'quv materiali ustida mustaqil ishlay olishga, zarur Nutqiy ko'nikma va malakalarni (matnni anglash, fahmlash, nutq so'zlash, Yozish) rivojlantirish uchun mashq qildira olishga, hosil bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalrni qulay va aniq baholashga xizmat qilish kerak"1. Agar material qanchalik to'liq, boy va qimmatli bo'lsa, uning bayoni ham, albatta, shunchalik mazmunli bo'ladi.

2 NUTQNI O'STIRISHDA TILGA OID BILIMNING O'RNI

Umumiy o'rta ta'lim maktablariona tili darslarida mustaqil fikrlash, Nutqiy bilimlarni og'zaki va yozma tarzda to'g'ri ifodalash masalasi ustuvor mavqega ega. Xususan, A.G'ulomov, B.Qobilovalarning "Nutq

1 X,aMpoeB Fo^up X,acaHOBHH OHa mm TaMHMuga yKyB TonmHpHKjiapHHH umnaö HHKumHHHr nuHraogHflaKTHK acooiapHHH TaKOMHrniamTHpum, aftoreferat,13-b

'stirish, grammatik tushuncha, leksik material, yozma nutq,

o'stirish mashg'ulotlari"2, ona tili ta'lim mazmunida metodik va nazariy ta'lim bo'yicha tadqiqotchi olimlar R. Sayfullayeva, B. Mengliyev, L. Raupova3, I.Azimova4, K.Mavlonova5 va boshqalar tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar metodik muammolarni hal etishda muhim adabiy manbalar hisoblanadi. Nutqni o'stirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini yaratishdan iborat, chunki yaxshi nutq namunasi idrok etishga sharoit yaratadi hamda o'rganilgan til vositalaridan foydalanib, o'z fikrini bayon eta oladi. O'rganilgan til vositalari esa tilga oid grammatik bilim, grammatik tushunchalarni o'zlashtirilishi bilan bog'liq. O'quvchi tilga doir qonun-qoidalarni yaxshi anglasagina, nutq bexato tuziladi. Har bir o'rganilayotgan material orqali o'quvchi ona tiliga oid bilimni egallay borishi zarur. Ishlab chiqilgan material zamirida tilga tegishli bilim yotsagina qo'yilgan maqsad amalga oshadi. O'quvchi til vositalarini grammatik tushunchalar orqali anglarkan, uning og'zaki nutqida ham, yozma nutqida ham bevosita xatolik uchramaydi. Bizga ma'lumki, bola tilni nutqiy faoliyat jarayonida o'zlashtiradi. Buning o'zi yetarli emas, albatta. Qachonki, bola maktab ta'limida ona tilining sir-asrorlarini (fanga oid bilim) o'rganar ekan, uning nutqi keng va mukammal tuzila boshlaydi. Grammatik tushunchani o'zlashtirish uzoq vaqt davom etadigan jarayon va bu jarayon o'quvchilar uchun ham murakkabligi bilan ajralib turadi. Chunki grammatik tushuncha til hodisalarining muhim belgilari umumlashmasi hisoblanadi. O'qituvchi muayyan bir tushunchani o'zlashtirishga oid ishlarda uning muhim belgilarini ajratib olmog'i kerak, dastur talabidan kelib

2 A.G'ulomov, M.Qodirov Ona tili o'qitish metodikasi.-T.:O'qituvchi, 2001.

3 R.Sayfullayeva, B. Mengliyev, L.R.Raupova Hozirgi o'zbek tili. Darslik. -Toshkent, 2002.

4 Azimova I. O'zbek tilidagi gazeta matnlarining mazmuniy persepsiyasining psixolingvistik tadqiqi: F.f.n.dis. monografiya. -Toshkent, 2008.

5 K.Mavlonova Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integratsiyalab o'qitish metodikasini takomillashtirish:ped.fan.dok. ...dis.-Toshkent, 2019.

"¿J PPSUTLSC-2024

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

chiqqan holda o'quvchilarga tushunchaning qanday belgilari bilan tanishtirishi zarur. Foydalanganda ham samarali natija beruvchi leksik materialni, metod va usullarni tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Grammatik tushunchani o'zlashtirish boshlang'ich ta'limdan shakllanib boradi, dastur talabidan kelib chiqib o'rgatilinadi. Keyingi yillarda ta'lim sohasida olib borilayotgan keng ko'lamli islohatlar, ta'lim mazmunini yangilash va takomillashtirishga oid hukumat qarorlari ta'limni hayot bilan bog'lashni, o'qitish samaradorligini oshirishni, tez sur'atlar bilan taraqqiy etib borayotgan jamiyat uchun barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishni talab qiladi. Ona tili ta'limida ham tilga doir bilimni berish yo'llarini yangilash va uni takomillashtirib borish zarur. Albatta, buni amalga oshirishda o'qituvchidan katta bilim hamda mahorat talab etiladi. Tilga oid bilimni berishda o'qituvchi grammatik bilimga va uni bera olish usullariga ega bo'lmog'i kerak. O'quvchi o'z ona tilining grammatik qonun-qoidasini to'g'ri anglay olsagina, fikrini to'g'ri tuza oladi, nutqida kamchiliklarga yo'l qo'ymaydi. Grammatika tilning o'lchovi ekan, uni o'rganishda bir qancha mukammalliklar zarur, ya'ni nazariy bilimni amalda qo'llay olishdir.

3 METODIK TAVSIYALAR

Maktab sharoitida daslabki nutqni rivojlantiruvchi material bu - berilgan savolga javob bera olishi. Agar beriladigan savol bolaning mantiqiy fikrlashga undasa, topshiriqni to'g'ri berishning ilk qadami deya olamiz. O'ylashga majbur qiladigan savollar o'quvchi dunyoqarashini shakllantirishda muhim vositadir.

Topshiriq. O'quvchilarga quyidagi savollarni berish orqali mantiqiy fikrlashlarini oshiradi.

Savol: 1. Odam 4 ta narsani yo'qotgandan keyingina qadriga yetarkan. Bular...

2. Insonni abgor (nochor, xarob) qiluvchi,ya'ni yemirib boruvchi xususiyat?

Shunga o'xshash Savollar ro'yxatini davom ettirish mumkin. Salollarga javobni og'zaki yoki yozma tarzda berilishi o'qituvchiga bog'liq.

Yozma nutqda o'quvchilarning eng ko'p imloviy xatolik turiga kiruvchi h va x harflarini yanglish holatda qo'llashlari hisoblanadi. Chunki o'quvchi h, x harflariga oid grammatik tushunchani yaxshi anglamaganligidadir. Hosil bo'lish o'rniga ko'ra X undoshi - til undoshi ekani, h esa bog'iz undoshi ekanligini yaxshi anglashlari, qattiq yoki yumshoq tovush deyilishi emas, balki qoida asosida bittasi tilda, bittasi bo'g'izda talaffuz qilinishini to'g'ri ajrata olsagina, bundan tashqari imlo lug'ati orqali to'g'ri talaffuz etilsagina, o'quvchi ikkala harfni yanglish holatda qo'llamagan bo'lardi. Afsuski, tan olish kerakki hatto o'qituvchini ham ba'zan chalg'itadigan ushbu harflarning o'rgatilinishidagi noto'g'ri yondashuvdir. Misol uchun, xijolat va haqiqat so'zlarini oladigan bo'lsak, birinchi o'rinda o'qituvchi o'quvchilarga "taqqoslash" metodi orqali tushuntirib berishi kerak.

www.in-academy.uz

xijolat haqiqat

til undoshi bo'g'iz undoshi

chuqur til orqada talaffuz qilib qiyoslash bo'g'izda talaffuz qilish orqali qiyoslash

bo'g'izda aytish orqali nomutanosiblikni taqqoslash Chuqur til orqada aytish orqali nomutanosiblikni solishtirish

Buning uchun o'qituvchining o'zi to'g'ri talaffuz qilishi, bolalarga bir nechta so'zlar orqali taqqoslab berishi, diktant so'zlar olishi va bu jarayonda talaffuz orqali o'quvchining ajrata olishi natijasida savodsizlikning oldi olinadi. O'quvchi yumshoqmi yo qattiqmi deb ikkilanganidan ko'ra nutq a'zolarining ishtirokiga ko'ra ajratishi ancha qulaydir. Bora-bora o'sha to'g'ri yozilgan so'z xotirada muhrlanadi hamda to'g'ri talaffuz qilinadi._

Xokandoz Hamnafas

Xodim Halol-harom

Xalaqit Husndor

Xush(ma'no orqali farqlash) Hush(paronimlarni faqrlash0

Shox Shoh

Shu kabi diktant so'zlarni darslar davomida olib turilishi, o'quvchilarning yozma nutqidagi imloviy xatoliklarga yo'l qo'yilishining oldini oladi, bundan tashqari paronimlar orqali solishtirish gap va matnlarda o'quvchining so'zni to'g'ri tanlovini yuzaga keltiradi. Ko'rishimiz mumkinki, yuqoridagi misollar o'quvchilarning grammatik tushunchani yaxshi o'zlashtirishi yozma hamda og'zaki nutqqa qay darajada ta'sir qilmoqda, grammatik ta'rifni o'zlashtirilishi bilan bog'liq holda kechmoqda. "O'zbek tili mazmunida tilshunoslikning ilmiy asoslarini o'rgatish, nutqiy ko'nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi"6. Faqat mana shu nazariy qismni o'quvchiga yetkazib berish usulini, o'qitishga doir yondashuvni biroz o'zgartirish lozim. O'quvchi grammatik qoidani yodlab olmashdan, o'zi mustaqil ravishda "kashf etishi"ga erishish lozim, ya'ni qoidani idrok qilishi, tushunishi - bilimga ega bo'lishi, egallangan bilimni qo'llay olsagina maqsadga erishilgan bo'ladi. Olima M.Abduraimova shunday ta'kidlaydi: "grammatizmga asoslangan o'qitish usuli o'quvchi-yoshlarning ko'pchilik qismida ijodiylik, mustaqil fikrlash, vaziyatga qarab fikr ifodalash ko'nikmalarining past bo'lishiga olib keldi. Mavjud holat ko'p jihatdan ona tili ta'limining maqsadi,mazmuni va usuliga aloqador bo'lib, uni yangilash hayotiy zaruratga aylandi"7. Darhaqiqat, eski va yangi darsliklarni qiyoslaydigan bo'lsak, eski darsliklarda grammatik qoidalarga ko'proq urg'u qaratilgan o'qitilish tizimida ham bir xil qolipda qotib qolingan edi, yangi darsliklarda esa grammatik

6 L.R.Raupova L.Raupova O'zbek struktural tilshunosligi asoslari. O'quv qo'llanma. T.: "Innovatsiya-ziyo", 2019.

7 M.Abduraimova. Ona tili ta'limi takomili. "Ta'lim taraqqiyoti". O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi axborotnomasi. 2001-yil 3-4-son 66-69-betlar

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT. Ö-8 MAY 2024

www.in-academy.uz

qoidadan oldin, material ustida ishlanadi, ya'ni o'quvchi o'rganilayotgan grammatik tushunchani topshiriqlar asosida tasavvur qilinib, keyingina tasavvurdagi bilim qoida asosida mukammallashadi, xulosalanadi. Ya'ni tilga oid bilimlar topshiriqlar orqali berilib, umumiy bilimlar esa grammatik qoidalar orqali o'rganilayotgan tushuncha mustalikamlanadi.

; J4 "Iqlim o'zgarlshl va global Isish1 mavzusida anborot matnl yozlng.

■z a Bo'sh o'rlnlarni kerakll so'zlar bilan to'ldirib, gaplarni o'qing. Berilgan gaplarda sifatning :vV qanday darajalarl qo'llanayDtganinl ariqlang va ularni zohlang.

Qo'ylsh uchur so'zlar: eng зи'эу, eng (hé), pmoq, щ pasi, ytiqoriroq

Yerdagi... havo harorati 1983-yil 21 -lyulda Antarktidaning "Vostok^ slansiyaslda qayd etilgan, o'sharida maxsus temometr -89,2 °C ni ko'rsatgan Bu metaorologik kuzatuvlar tarixidagi eng past haroratdlr.

... havo harorati 1922-yilda Liviyada qayd etilgan Unga ko'ra, Yerdagi eng yuqori harorat +57,8 vc deb belgilangan.

ПЗОП

uchur ... hiarorat +20...+25 daraja.

Yer yuzidagi insonlar o'rtacha ha™ harorati -50 va +50 daraja oraliqdaglsharoiida yashay olish munnkin. lekln ayrlm hududdagi insonlar -50 darajadan . va +50 darajadari . koïsatkichlarga ega sharoltda ham jon saqlay oladllar

/---------------------------------------------------------,

Belg! blldlruvchl so zlar darajalanlsh jiususlyatlga ega.

Sllatning quyldagi to'rt xil darajasi nnavjud

1. oddly daraja: issiq. kuchli

2. Qlyosiy daraja: ko'chs Marfan Isslqroq: Aziz Wibga лвйэш kuchli.

3. Orttirrra daraja: juda issiq, eng kuchli, lang ûclu'q, yam-yasbil, bus-bulun, kap-kalta, ïuppa-lû'g'rl.

4. Ozaytlrma daraja: sal issiq, .■ :ч :.. kuchli, piclig L-sîL-r? xiyQl > ,'i rtimpushb, ûch ' sann ko'kimtir. kob'sh, ko'kchil

Belgini blidlruvchi so'zlarning ayrimlariga -roq qo'shimchasini qo'slia olmaymlz Bunday so'zlar daraja ko'rsatish Imkcnlyatiga ega etnas: longgi, samoviy, farzandll. !

Ikkinchi tomonini ham hisobga olish zarur. Darslikda keltirilgan grammatik qoidani o'quvchiga yetkazib berishda berilayotgan topshiriq yoki qoidadan tashqari o'qituvchi bilimi hamda mahorati muhimdir. Berilgan tushunchani o'quvchilarga tushuntirib berish, o'rganilayotgan bilimni yetkazish usullarini yetarlicha bilmasa, darsga qo'yilgan ta'limiy maqsad amalga oshmaydi. O'qituvchi yangi bilimni berishda darslikdan tashqari o'zi qo'llaydigan usullar ham muhim. Masalan, sifat mavzusini o'rgatishda "Meni o'chir" metodidan foydalanishi mumkin. Bunda o'qituvchi barcha so'z turkumlariga oid so'zlarni aralash holatda yozib chiqadi, o'quvchi berilgan so'zlar ichidan belgini bildiruvchi so'zlarni topib, belgilab chiqishlari kerak. Ushbu metod taqqoslash, farqlash qobiliyatini yanada takomillashtiradi. Bu metodni doskada ham bajartirilsa, yanada qiziqarli bo'ladi.

4 XULOSA

Ona tili ta'limida grammatik tushunchalarni o'rgatishda topshiriqlarni mukammal berilishi, hozirgi davr o'quvchisini oson o'zlashtirishi va to'liq qiziqtira olishi kerak. Bunda, albatta, o'qituvchidan katta mehnat, bilim, metodika talab etiladi. Tushunchani o'rgatishda o'qituvchi oson yetkazish mexanizmini ishlab chiqishi, o'quvchi xotirasida saqlanib qolishi uchun mustahkamlash va takrorlash jarayonini muntazam yo'lga qo'yishi, darslikda berilgan topshiriqlardan tashqari qo'shimcha topshiriqlarni ishlab chiqishi ( bu albatta, o'z ustida yanada ishalshga hamda izlanishga olib keladi), tushunchani o'zlashtirishda qiyinchilikni yuzaga keltirayotgan sabablarni o'rganish va uni bartaraf etish yo'llarini ishlab chiqmog'i lozim. O'quvchilarning yozma nutqini o'stirishga asoslangan topshiriqlarni berishda mavzuni qamrab olishi, bilimlarni yanada mustahkamlashiga qarab ishlab chiqilishi zarur. Berilayotgan topshiriq mavzuni qanchalik qamrab olsa, o'rganilayotgan Tushuncha o'quvchi xotirasida uzoq saqlanib qoladi.

ADABIYOTLAR:

1) Дамроев Fофир Дасанович Она тили таълимида укув топширщларини ишлаб чщишнинг лингводидактик асосларини такомиллаштириш,aftoreferat, 13 -b.

2) A.G'ulomov, M.Qodirov Ona tili o'qitish metodikasi.- T.:O'qituvchi, 2001.

3) R.Sayfullayeva, B. Mengliyev, L.R.Raupova Hozirgi o'zbek tili. Darslik. -Toshkent, 2002.

4) Azimova I. O'zbek tilidagi gazeta matnlarining mazmuniy persepsiyasining psixolingvistik tadqiqi: F.f.n.dis. monografiya. -Toshkent, 2008.

5) K.Mavlonova Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integratsiyalab o'qitish metodikasini takomillashtirish:ped.fan.dok. .dis.-Toshkent, 2019.

6) L.R.Raupova L.Raupova O'zbek struktural tilshunosligi asoslari. O'quv qo'llanma. T.: "Innovatsiya-ziyo", 2019.

7) M.Abduraimova. Ona tili ta'limi takomili. "Ta'lim taraqqiyoti". O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi axborotnomasi. 2001-yil 3-4-son 66-69-betlar.

8) 6-sinf Ona tili. Darslik. - Toshkent , 2022, 38-bet.

: 6-sinf Ona tili darslik, Toshkent - 2022, 38-bet.

8

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.