Научная статья на тему 'Грамматические категории в разговорной речи английского и узбекского языков'

Грамматические категории в разговорной речи английского и узбекского языков Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
93
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
грамматические категории / стиль речи / лексика. / grammatical categories / style of speech / vocabulary.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Саида Нумонова

Статья посвящена комплексному методологическому анализу актуальных вопросов развития функционального аспекта английского и узбекского языков. Естественно, выполнение такой большой функциональной нагрузки языка неизбежно повлияет на расширение его грамматической формы, словарного запаса и методологического применения.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Grammar categories in colloquial speech of English and Uzbek languages

This article is devoted to a comprehensive methodological analysis of current issues of development of the functional aspects of the English and Uzbek languages. Naturally, the fulfillment of such a large functional load of the language will inevitably affect the expansion of its grammatical form, vocabulary and methodological application.

Текст научной работы на тему «Грамматические категории в разговорной речи английского и узбекского языков»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Grammar categories in colloquial speech of English and Uzbek languages

Saida NUMONOVA1

Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received May 2021 Received in revised form 20 May 2021 Accepted 15 June 2021 Available online 15 July 2021

Keywords:

grammatical categories, style of speech, vocabulary.

This article is devoted to a comprehensive methodological analysis of current issues of development of the functional aspects of the English and Uzbek languages. Naturally, the fulfillment of such a large functional load of the language will inevitably affect the expansion of its grammatical form, vocabulary and methodological application.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Ingliz va o'zbek tili so'zlashuv nutqida grammatik kategoriyalar

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar:

grammatik kategoriyalar, so'zlashuv uslubi, lug'at tarkibi.

Ushbu maqola ingliz va o'zbek tilining funksiyonal aspekti rivojlanishining dolzarb muammolarining har tomonlama uslubiy tahlil qilishga bag'ishlangan. Tabiiyki, tilning bunday katta funksional yuklama vazifalarini bajarishi uning grammatik ko'rilishi, lug'at tarkibi va uslubiy qo'llanilishining kengayishiga ta'sir etmay qolmaydi.

Грамматические категории в разговорной речи английского и узбекского языков

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

грамматические категории, стиль речи, лексика.

Статья посвящена комплексному методологическому анализу актуальных вопросов развития функционального аспекта английского и узбекского языков. Естественно, выполнение такой большой функциональной нагрузки языка неизбежно повлияет на расширение его грамматической формы, словарного запаса и методологического применения.

1 Lecturer, Department of Interfaculty Foreign Languages, Andijan State University, Andijan, Uzbekistan.

Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida olib borilgan o'zgarishlar mamlakat ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy, ma'rifiviy va ilmiy sohalarda sezilarli yutuqlarga erishishimizga zamin bo'ldi. Mazkur siyosatning bir qismi sifatida til siyosatida qo'yilgan ijobiy qadamlar haqida aytib o'tish ta'bir joyizdir. Davlat tili bo'lish o'zbek tili bilan bir qatorda jahonning rivojlangan chet tillarini o'rganish, ular ustida ilmiy tadqiqotlar olib boorish yuqori saviyaga ko'tarildi.

Mazkur maqola ingliz va o'zbek tilining funksiyonal aspekti rivojlanishning dolzarb muammolarining har tomonlama uslubiy tahlil qilishga bag'ishlangan. Juda ko'p davlat-larda rasmiy darajada maktab maorifi, ilmiy-fan, matbuot, radio, televideniye, davlat apparati, biznes va san'at, jamoat tashkilotlarining ishlari ingliz tilida olib borilishi ingliz tilining har tomonlama taraqqiy etishi va funksional chegarasining yanada kengayishi uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Tabiiyki, tilning bunday katta funksional yuklama vazifalarini bajarishi uning grammatik ko'rilishi, lug'at tarkibi va uslubiy qo'llanilishining kengayishiga ta'sir etmay qolmaydi.

Mazkur mavzuni yoritishda bu hozirgi zamon tilshunosligini qator muhim masalalari haqida so'z yuritishga to'g'ri keladi, bular jumlasiga til normasi, stilistik norma ham va grammatik norma kiradi. Bu kabi katta nazariy ahamiyatga ega bo'lgan masalalarni yoritishda bu mazkur sohaning dongdor bilimdon olimlarining ishlariga murojaat qilamiz.

Grammatik normalarning funksional tabiati til vositalarini tanlash va qo'llash qonuniyatlarini nutq stillarini tipologiyasi muammolari bilan uzviiy aloqadorlikda baholashni, nutq uslubiy elementlarining maqsadga muvofiqligini, stilistik qiymatini nolingvistik me'zonlar orqali faxmlashni taqozo etadi. Funksional grammatik normalari matnning real logik mazmuninigina emas, balki uni uyut orqali yaratilgan kommunikativ uslubning va boshqa tovlanishlarning sosiolingvistik, psixolingvistik asoslarini hisobga oladi.

Bu grammatik normalarni til elementlari qo'llanilishining va matn yaratishning umumiy obyektiv qonuniyatlari xamda jamiyat a'zolarining bu qonuniyatlarga zid ijtimoiy tajribasi va bilimlari yig'indisi sifatida tavsiflashga xam imkon beradi, biroq funksional uslublar va ular uchun xoslangan vositalarni qat'iy belgilab qo'yish va o'zaro aniq chegaralash, aniq bir matndan ma'lum funksional uslub normasining to'liq o'ziga xos tomonini topish qiyin.

Mazkur maqolaning asosiy maqsadi o'zbek va ingliz tili og'zaki so'zlashuv nutqida grammatik turkumlarni qo'llashda norma masalalarini har tomonlama va kompleks tarzda tadbiq etish va bu uslubning boshqa uslubiy farq va umumiy tomonlarini ochib berishdir. Mana shu asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda bu mazkur maqolada asosiy masalalar belgilandi: ingliz va o'zbek tili og'zaki so'zlashuv nutqida grammatik kategoriyalarni qo'llashda norma masalalarini atroflicha tahlil qilish. (Qarang: Гальперин И.Р. 1975, Арнольд И.В. 1973, Куриц А.В, Скребнев Ю.Н. 1969, Бобохонова Л. 1992, Тошалиев И. 1992 va boshqa ishlar. ^ушанский Г.В. Объективность существования языка. М. 1978. З Ашурова Д.У. Лингвистическая природа художественного сравнения, АКД, М. 1970).

Stilistik me'yorlarning turli variantlari, xilma-xil individual situativ tovlanishlarini rad etmaslik xususiyati ularni mutloq hodisa sifatida asoslashni va qoidalashtirishni murakkablashtiradi. Shu sababli stilistik tavsiyalarning barcha holatlar uchun bir xilda ishlatilishi mumkin. Bu har bir funksional uslubning, odatda, ma'lum aloqa sohasiga, jamiyat, ya'ni sosial sferaga muljallanganligi va shu soxa uchun kabul kilingan, anglangan normativlikning mavjudligi bilan boglik.

Demak, funksional stilning o'zi til birliklarni tanlash va qo'llashni tashkil etuvchi, stilistik normani belgilovchi asosiy faktor hisoblanadi. Chindan ham, biror voqeani

suhbatdoshlarga og'zaki so'zlab berish bilan uni yozib tushuntirish bir xil emas. Do'stga bitilgan xat bilan rahbar nomiga yozilgan arizani bir o'lcham - andoza bilan o'lchab bo'lmaydi. Oddiy gaplashuvda uka, tog'a, opa, va xattoki, xu muylov, rasmiy muomalada esa urtok, grajdanin, bobir Arslanbekovich tarzida murojaat etish odatdagi xol. Nutk sharoitiga karab, ayni bir kishiga nisbatan buyurtmachi (ishlab chiqarishda), obunachi (tahririyatda), yulovchi (transportda), bemor (shifoxonada), tomoshabin (kinoteatrda), xyranda (oshxonada), xaridor (savdo do'konlarida), ishqiboz (stadionda), mijoz (go'zallik salonlarida), obonent (ATSda) so'zlarini qo'llash mumkin. Sotuvchi, pochtachi, xaydovchi so'zlari o'rnida savdo xodimi, transport xodimi atamalarini ishlatishda ham shunga o'xshash uslubiy ayirmalar bor. Aloqa vositalarining qo'llanishidagi mana shu turli xil tafovutlar asosida funksional uslublar (xususan, kommunikativ aktlar) tipologiyasining sosiolingvistik alomatlari va normativlik muammolari yotadi. Har bir funksional uslub amal qiladigan aloqa sohasi ma'lum kommunikativ umumiylikka ega bo'ladi va shu xususiyat bilan u boshqalardan farqlanadi. Masalan, tibbiyotga yoki ximiyaga oid maxsus atamalar shu fan sohalari kishilari uchun umumiy va tushunarlidir. Shu sababli ular ilmiy ommabop nutqlar, badiiy va publisistik uslublar uchun xarakterli emas.

Umumiy me'yor tushunchasi funksional-uslubiy maydonda ma'lum nutqiy aloqa soxasi ramkasidagi kommunikativ umumiylikni, muayyan funksional uslubga xos normativlikni bildiradi. Grammatik jihatdan stilistik norma so'zlovchi (yozuvchi) va tinglovchi (o'quvchilarning tildan aloqa sohasi talabiga muvofiq foydalana olish va uni to'g'ri tushuna bilish imkoniyati hamdir. Adabiy til doirasida kommunikativ umumiylik-ning funksional nutq tiplari bo'yicha mana shu tarzda darajalanishi va o'zaro farqlanishi stilistik normalar tabiatini belgilab beradi.

Stilistik normalar ham umumadabiy til vositalarining ichki tabaqalanishi, nutq uslublariga ixtisoslashuvi bilan, har bir funksional uslubning tipik, regulyar uslubiy lingvistik belgilari bilan bog'lik ichki xususiy normativ sistemalardan iborat bo'ladi. Rasmiy xujjatlar uslubiga xos vositalar umumadabiy normalarga mosligi, standart-lashganligi, badiiy-tasviriy vositalarning individual qo'llanishlarning ishlatilmasligi bilan ajralib turadi. Ilmiy nutqda maxsus terminologik leksikaning, turli tipdagi formulalar, shartli belgilar va sxemalarning qo'llanishi, so'z va ifodalarning umumlashgan, abstrakt ma'nolarda ishlatilishi, bayonning mantiqiy izchilligi, ob'ektivligi va shaxssizligi harakterli xususiyatdir. Tushunchalar sistemasining qat'iy terminlashtirilishi va internasional-lashtirilishi nutqning ma'lum soha mutaxassislari uchungina mo'ljallanganligi bilan bog'liq. Bu stilda obrazli tasviriy vositalardan foydalanish xarakterli xususiyat emas. Ilmiy ommabop matnlarda esa ko'pchilikka notanish, tushunilishi qiyin atamalarni qo'llashdan qochiladi: badiiy elementlaridan keng foydalaniladi.

Xulosa qilib aytiladigan bo'lsa, badiiy va publisistik uslublar funksional jihatdan bikik emas, ularda barcha stillarga xos elementlar ishlatilishi mumkin. Publisistik uslub ijtimoiy-siyosiy aloqa soxasi bilan bog'liq ommaviy axborot vositalari kompleksi ifoda formasi sifatida o'ziga xos xususiyatlarga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. I.A. Karimov. "Kuch - bilim va ma'rifatda" 2003-yil, 7-may, "Ma'rifat" gazetasi №37.

2. ^ушанский Г.В. Объективность существования языка. М. 1978.

3. Ашурова Д.У. Лингвистическая природа художественного сравнения, АКД, М. 1970.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.