Научная статья на тему 'GRAFIKA SAN’ATINI O'QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH'

GRAFIKA SAN’ATINI O'QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
191
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
GRAFIKA / METODIKA / ME'MORLIK / HUNARMANDCHILIK / INTERFAOL / KO'NIKMA

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Toxirova G.Q.

Ushbu maqolada grafika san’atini o'qitishda interfaol metodikasidan foydalanish eng yaxshi samarali usullardan ekanligi to'liq bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF INTERACTIVE METHODS IN TEACHING GRAPHIC ARTS

This article is interactive in teaching graphic arts It is clear that the use of the technique is one of the best effective methods described.

Текст научной работы на тему «GRAFIKA SAN’ATINI O'QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH»

Toxirova G. Q.

Andijon davlat universitetiningpedagogika instituti san'atshunoslik fakulteti tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi 4-bosqich talabasi

GRAFIKA SAN'ATINI O'QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN

FOYDALANISH

Annotatsiya: Ushbu maqolada grafika san'atini o'qitishda interfaol metodikasidan foydalanish engyaxshi samarali usullardan ekanligi to'liq bayon etilgan.

Kalit so'zlar: grafika,metodika, me'morlik,hunarmandchilik, interfaol, ko'nikma.

Toxirova G.Q.

4th year student graphic direction faculty of fine arts and engineering Pedagogical Institute of Andijan State University

USE OF INTERACTIVE METHODS IN TEACHING GRAPHIC ARTS

Annotation: This article is interactive in teaching graphic arts It is clear that the use of the technique is one of the best effective methods described.

Key words: graphics, methodology, architecture, crafts, interactive, ability.

Ma'lumki hozirgi kunda yurtimizda bo'layotgan islohotlar, ulkan bunyodkorlik ishlari, ta'lim-tarbiya sohasiga qaratilayotgan e'tibor, mazkur sohada qabul qilinayotgan qonun va qarorlar, ishlab chiqilayotgan yangidan yangi g'oyalar, "Milliy dastur"imizda belgilab berilgan buyuk maqsadlar bugungi kun pedagoglaridan yanada ko'proq kuch-g'ayrat, shijoatni talab qilmoqda. Bugungi kunda o'qituvchilar tomonidan zamonaviy ta'lim texnologiyalarining mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta'lim berish jarayonida samarali qo'llay olishlari, shuningdek, ta'lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodkorlik bilan yondashishlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.Shu jumladan grafika san'atini o'qitish metodlari ham keng ko'lamda rivojlanib bormoqda. Aslini olganda esa grafik tasvirga bo'lgan ehtiyoj ibtidoiy jamoa davrida paydo bo'la boshlagan. Ibtidoiy odamlarning bizgacha saq langan mehnat qurollari va buyumlarida qo'llanilgan bezaklar hamda qoyatoshlarga o'yib ishlangan ko'plab tasvirlar bundan guvohlik beradi.

Grafika- yunoncha so'z bo'lib o'zbek tilida yozaman, chizaman degan ma'noni anglatadi. Grafika rasm va rasm san'atiga asoslangan, lekin o'z tasvir

va ifoda vositalariga ega bo'lgan bosma badiiy asardir.Grafika termini dastlab xat va xattotlik san'ati ma'nosida qo'llangan. XIX asr oxiri — XX asr boshlaridan yangi ma'no kasb etdi, poligrafiya sanoatining rivoji, fotomexanikaning vujudga kelishi bilan grafika tasviriy san'at turiga aylanadi.Hozirgi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitiladigan tasviriy san'at o'quv fani o'z mazmuniga ko'ra integrativ fan hisoblanadi. Chunki uning mazmunida tasviriy san'atdan tashqari amaliy bezak san'ati, badiiy hunarmandchilik, me'morlik va dizaynga oid o'quv materiallarini o'zlashtirish belgilab qo'yilgan. Shuningdek, tasviriy san'at ta'limining mazmuni o'qitilishida muayyan tafovutlar mavjud va tasviriy san'atning uzluksiz tizimi mantiqiy rivojlanib borish prinsipi asosiga quriladi.

Metodika -grekcha so'z bo'lib, «Tadqiqot yo'li» «bilish usuli "ma'nosini anglatadi.Metodika ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchining o'quvchilar bilan ishlash usullarining mazmunining xususiyatlariga qarab chiqadi. Maktabda ham o'qitishning xilma-xil metodlari qo'llniladi. Bu yerda ta'lim usuli, o'quv materiallarining joylashishi, ta'lim prinsiplari va yana, o'quv tarbiyaviy ishlarning umumiy maqsad va vazifalari eng muhim ahamiyatga egadir. Pedagogik o'qitish metodlari deganda, maktab o'quvchilaming bilim, mahorat va malakalarini egallashida, ulaming ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda va dunyoqarashini tarkib toptirishda o'qituvchilaming qolgan ish usullari tushuniladi.Metodika so'zi avvalo ta'lim va tarbiyaning samarali usullarini majmui ma'nosini bildiradi.umumta'lim maktablarining boshlangich sinflarda tasviriy san'atni o'qitish metodikasining bir qator jihatlari ko'rib chiqiladi.Har qanday 'qitish metodlari o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilimlarining mazmuniga monand tarzda ta'lim maqsadiga, o'quvchilaming yosh va fiziologik xususiyatlariga bog'liq.Umumiy yo'nalishga qaratilgan ma'lum bir o'qitish metodlari va usullarining majmuasidan o'qitish tizimi tuziladi.Tasviriy san'at o'qitish metodikasi pedagogik ilmiy fan sifatida tajribada sinalgan ishlaminig nazariy qismlarini umumlashtirib, amaliyotda samarali natijalar bergan o'qitish metodlarini taqdim etadi. Metodika, asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san'atshunoslikning tadqiqot natijalariga asoslanadi. U tasviriy san'atni o'rgatish qonun qoidalarini ta'riflab beradi, kelajak avlodni tarbiyalashning zamonaviy metodlarini belgilaydi.Amaliy metodika, ta'lim va tarbiyaning rivojlanish jarayonini o'rganadi. Pedagogik mahorat ko'nikmalarini o'rganish uni egallashga qaratilgan ma'lum iste'dod, qobiliyatlar va ishtiyoqlar mavjud bo'lishini talab etadi, chunki metodika fani san'at pedagogikasinin g mashaqqatli murakkab va juda mas'uliyatli sohasidir.Demak, grafika san'atini o'qitish metodikasi fani pedagogika ilmining o'quvchilarni grafik san'atga o'rgatish mazmuni, vazifalari, metodlarini aniqlovchi, ijodiy ishlardagi oqilona usullarini o'rganuvchi, ta'lim va tarbiyaning maqsad va vazifalariga tayangan holda samarali o'quv jarayonini tashkil etuvchi, shakl va yo'llarini tadqiq etuvchi sohasidir.Grafika san'ati metodikasi metodika fanining boshqa sohalari kabi

umumiy va xususiy turlarga ajratiladi.Bulardan intefaol metodi eng samaralisidir.

Interfaol metod - ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida ta'lim oluvchi bo'lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo'llanilganda ta'lim beruvchi ta'lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta'lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi.Tasviriy san'at o'qitish metodikasi mashg'ulotlarida fanni yanada chuqurroq o'rganadi. Shuningdek, umumta'iim maktablarining boshlang'ich sinf dasturlariga muvofiq talabalar mavzuli-tasvirli rejalar, dars turlariga ishlanmalar tuzadi, ularga mukammal materiallar tayyorlaydi hamda badiiy bezak san'ati va amaliy grafik ishlar, haykaltaroshlik bilan shug'ullanish nazarda tutilgan.Interfaol metodlarni qo'llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta'limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o'tkazish, o'quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma'ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko'pligi, o'quvchilar tashabbus ko'rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo'lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo'lib, ular ta'lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o'ziga xos ahamiyatga ega. Interfaol mashg'ulot samaradorligi omillari hozirda ta'lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo'nalishlardan biri interfaol ta'lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o'qituvchilari dars mashg'ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.Chunki interfaol usullarni qo'llash natijasida o'quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o'z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog'lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko'nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan.

Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol ta'lim bir vaqtda bir nechta masalani hal etish imkoniyatini beradi. Bulardan asosiysi-o'quvchilarning muloqot olib borish bo'yicha ko'nikma va malakalarini rivojlantiradi, o'quvchilar orasida emostional aloqalar o'rnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, o'z o'rtoqlarining fikrini tinglashga o'rgatish orqali tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini ta'minlaydi.Shu bilan birga, amaliyotdan ma'lum bo'lishicha, dars jarayonida interfaol metodlarni qo'llash o'quvchilarning asabiy zo'riqishlarini bartaraf qiladi, ular faoliyatining shaklini almashtirib turish, diqqatlarini dars mavzusining asosiy masalalariga jalb qilish imkoniyatini beradi.Shu jumladan o'quvchi va o'qituvchi o'rtasidagi ishonchni yanada mustahkamlaydi. Shunday ekan nafaqat grafik san'atni o'rgatishda balki barcha sohani o'qitishda interfaol metodlardan foydalanish nur ustiga a'lo nur bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Ochilova M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi. Nasaf. 2000

2. Tolipov O'. Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. Toshkent "Fan" 2005

3. Abdullayev N. San'at tarixi 2-jildlik, 2/1 tom.-Т., 2001.

4.Abdirasilov S.F. Tasviriy san'at metodikasi. -Т., «I!m-Ziyo», 2006.

5. Abdirasilov S.F., Tolipov N.X. Tasviriy san'at o'qitish metodikasi. -Т., «Aloqachi», 2007.

6.Boymetov B.B., Abdirasilov S.F. Chizmatasvir. -Т., «G'afur G'ulom», 2004.

7. Nabiyev M.N. Rangshunoslik. Т., « 0 'qituvchi», 1995

8.Hasanov R.X. Maktabda tasviriy san'at o'qitish metodikasi. «FAN», 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.