Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali
№17
BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINIRIVOJLANTIRISH
Darmenov Janjayxan Abuovich
Ajiniyoz nomidagi NDPI docenti Sarsenbaev Aziz Jumabaevich
Ajiniyoz nomidagi NDPI magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7546823
Annotatsiya: Maqolada bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarini kasbiy kompetentligini rivojlantirishda tasviriy san'at nazariyasidan foydalanish, yorug', soya, perspektiva qonun qoidalari va tasvirni metodik ketma-ketlikda to'g'ri bajarish haqida bayon etilgan.
Kalit so'zlar: tasviriy san'at, kasbiy kompotentlik yorug6, ranglar soya, perspektiva qonun qoidalari, kompozitsiya, buyumlarning nisbatlari.
Tasviriy san'at o'qitish metodikasi mashg?ulotlarida fanning nazariyasi va o'qitish usullari, shuningdek, tasviriy san'at asoslari hamda uning tarixi masalalariga alohida e'tibor berilgan. Amaliy mashg'ulotlarda talabalar qalam yordamida tasvirlashning oddiy asoslaridan boshlab murakkab narsalarni tasvirlashgacha bo'lgan chuqur bilim va amaliy malakalami o'zlashtiradi, rangtasvir va kompozitsiya bo'limlarida rang bilan ishlash xususiyatlarini amalda bajarish, badiiy asarlarga esa illyustratsiyalar ishlashni o'rganadilar. Shuningdek, umumta'iim maktablarining dasturlariga muvofiq talabalar mavzuli-tasvirli rejalar, dars turlariga ishlanmalar tuzadi, ularga didaktik materiallar tayyorlaydi hamda badiiy bezak san'ati va amaliy grafik ishlar, haykaltaroshlik bilan shug'ullanish nazarda tutilgan.
Rasm chiza bilish va hamma masalalarga ijodiy yondashish barcha sohalarda zarurdir. Ijodiy yondashish butunlay yangi g'oyalar va iasawurlami vujudga. keltiradi, shaxsni badiiy rivojlantirishda muhim o'rinni egallaydi. Metodika ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchining o'quvchilar bilan ishlash usullarining mazmunining xususiyatlariga qarab chiqadi. Ma'lumki, maktabda o'qitishning xilma-xil metodlari qoilaniladi. Bu yerda ta'lim usuli, o'quv materiallarining joylashishi (o'quv, reja, dastur), ta'lim prinsiplari va yana (so'ngida), o'quv tarbiyaviy ishlarning umumiy maqsad va vazifalari eng muhim ahamiyatga egadir.
Hozirgi kundagi rasm o'rgatish metodikasi birdaniga kelib, shakllangan emas, bunga qadar mazkur metodika shakllanishi va murakkab taraqqiyot yoiini bosib o'tdi. Respublikamizda tasviriy san'atni o'rgatish metodikasining shakllanishida mahalliy olimlar, metodistlaming qator izlanishlari, o'quv qoilanmalaming ahamiyati juda katta o'rin tutadi. Badiiy pedagogika metodika sohasidagi so'nggi yutuqlari
"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №17
ko'rsatilgan va talabalami pedagogik faoliyatga tayyorlash, ulami metodik bilim va mahoratlar bilan qurollantirish, o'qitish san'atini egallashsga yordam berishni o'ziga asosiy maqsad qilib qo?ygan.
Tasviriy san'atning eng qiziqarli janrlaridan biri bo'lgan matizara janriga deyarli barcha rassomlar murojaat etadilar. Chunki ijodkor uchun tabiat ko'p narsa beradi. Chizishni endi o'rganayotgan bo'lajak yosh rassom-o'qituvchilar ham tabiat ko'rinishlarini tasvirlash orqali ko'p bilim va ko'nikma, malakalarni o'zlashtirib oladilar. Ular o'z faoliyatlarida ma'lum bir qiyinchiliklarga ham duch keladilar. Manzaradagi suvda atrof-muhitning aks etishi, undagi narsalarning ko'rinishi qanday ifoda qilinishi haqidagi masala ham shular jumlasidandir. Suv-daryo, ko'l, hovuz yoki yo'l o'rtasidagi ko'lmak manzaraga qanday go'zallik bahsh etishi barchamizga ma'lum. Aks etayotgan tasvirni to'g'ri chizish uchun ular qanday tuzilishini va qurilishini yahshi bilib olish lozim. Shuning uchun uni quyidagi asosiy holatlarini chizmalar yordamida tahlil qilish foydadan holi bo'lmaydi; suvning aynan yonida turgan narsalarning tushayotgan aksini chizish - agar rassom ularga nisbatan suv sathi balandligida turgan bo'lsa, unchalik qiyin emas.
Agar rassom daryo ustiga qurilgan taxta ko'prikni chizayotgan bo'lsa, suvda aks etayotgan tasvirda uning ko'zga ko'rinmas, suvda turib esa ko'rish mumkin bo'lgan pastki qismidagi yog'ochlarni ham ilg'aydi. Masalan: agar u suv ustiga egilgan majnuntolni chizayotgan bo'lsa, aslida ko'rinmay turgan, suv sathi ustiga engashgan shohlarning suvga tushayotgan aksini ko'radi va ularni rasmda tasvirlaydi. E'tibor bilan qaralganda narsalarning aks etayotgan tasviri ancha rangsiz, engil, xiraroq ko'rinishini sezish mumkin. Chunki bu erda ham fazo perspektivasiga hos bo'lgan holat kuzatiladi, ya'ni: predmetlarning suvdagi aksidagi ranglarning tiniqligi va ta'sirchanligi aslidagisiga nisbatan bir qadar kamroq bo'ladi.
Predmetlarning o'z yoritilganligiga qaraganda suvda aks etayotgan tasvirning yoritilganlik quvvati ancha kam bo'lishi ham tabiiy holdir. Chunki qora predmetlar suvdagi aksida aslidagidek - qora bo'lib emas, balki nisbatan ochroq bo'lib ko'rinadi. Rasmdagi tasvirlar mukammal bo'lishi kerak, aks holda turli ranglar ham oddiy ko'rinadi va elementning ko'rinishini va hajmini malakali ifoda eta olmaydi. Ob-havo sharoitiga qarab rangning nozik o'zgarishini ifodalovchi ko'p rangli bo'yoqlar ham fazoviy kenglikni o'z- o'zidan ifodalay olmaydi. Faqat perspektiva qoidalariga to'g'ri amal qilgan holda tasvirlangan ranglavhalar yanada jozibali qiladi. Predmetlarning suvdagi tarhlari ham aniq-tiniq ko'rinishga ega emas. Narsaning suvdagi aksidagi yorug'lik va soya o'rtasidagi farqlar ham uning aslidagidek aniqravshan bo'lmaydi. Ko'rinayotgan bo'laklarning soni va ko'rinarliligi darajasi aslidagiga qaraganda bir muncha kamroq bo'lib ko'rinadi va ular ko'zga unchalik ham ilg'anavermaydi.
Predmetlarning suvga tushayotgan aksidagi hajmini ham aslidagidek qabul qilish qiyin. Bo'lajak rassom-o'qituvchilar suv tasvirlanayotgan qalamsuratni ishlar
oggo-- O • o.-oggo
<pTr>
"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali ^ №17
ekan har qanday suvning sathi awalambor gorizontal tekislikdan iborat ekanligini unutmasligi kerak. Bunday manzaraning haqqoniy nusxasiga esa quyidagi amallar orqali erishiladi, ya'ni: tasvirlashda havo va chiziqli perspektiva qonunlari albatta hisobga olinadi. Suv sathi mavjlar va shu'lalar, shuningdek suvdan chiqib turgan, uning yuzasida suzib yurgan narsalar- barglar, cho'plar, o'tlar va hakozolar orqali ham bo'rttirib ko'rsatiladi. Ular oldingi qismda tabiatan kattaroq ko'rinib, rassomdan uzoqlashgan sari kichkinalashadi. Suv sathining tarhi qirg'oq chizig'i orqali ko'rsatiladi, shuningdek suv va qirg'oqning tutashgan erining yaqindigisi kuchli, ko'zdan yiroqdagisi esa engil, kuchsiz chiziqlar vositasida tasvirlanadi. Agar suv havzasi daraxtlar bilan o'ralgan bo'lsa, ularning ustiga albatta soya tushadi va u ayniqsa quyoshli kunlari aniq ko'zga tashlanadi. Soyalarni batafsil tasvirlash esa ancha qiyin, ammo suv sathining barcha o'ziga xos hususiyatlarini bo'rttirib ko'rsatishda ularning hizmati kattadir.
Yuqorida bayon etilgan ma'lumotlardan shu narsa ayonki, demak manzarada suv havzasi bo'lsa-yu uni bo'lajak rassom-o'qituvchilar tasvirlasa, buning uchun ularda etarli darajada bilim, ko'nikma va malaka bo'lishi zarur. Bu boradagi tajriba ham atrof-muhitni haqqoniy tasvirlash yo'lida qilingan ko'plab mashqlar orqali orttiriladi. Shu sababli oliy ta'lim tizimida joriy etilgan mustaqil ishlar vazifalariga manzaradagi suv tasviri hamda unda akslanayotgan atrof-muhit va barcha predmetlar haqqoniy ifodalanishiga oid mavzular berilishi, shuningdek bir xaftalik shahar amaliyoti o'quv dasturiga ham aloxida vazifalar kiritilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida aytib o'tilganlardan kelib chiqqan holda5 o'quvchilarning badiiy-ijodiy bilimlari, ko'nikmalari va ijodiy ko'nikmalarini to'g'ri shakllantirish va takomillashtirish, yuqorida qayd etilgan maqola mazmunidagi takliflar asosida tasviriy san'at asarlarini tahlil qilishga tayyorgarlik ko'rish, bir qator vazifalarni amalga oshirish jarayonida samarali natij alarga erishish imkonini beradi va shu bilan umuman pedagogik kompitetsiyaning muvaffaqiyatini ta'minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abdirasilov S.F., Tolipov N.X. Tasviriy sanfat ofqitish metodikasi. - T.? «Aloqachi», 2007.
2. Boymetov B.B.? Abdirasilov S.F. Chizmatasvir. -T.? «Gfafur Gfulom»? 2004.
3. Nabiev M.N. Rangshunoslik. T., «Ofqituvchi»? 1995