Научная статья на тему 'GRAFIKA SAN’ATI ASARLARINING KO‘RINISHLARI'

GRAFIKA SAN’ATI ASARLARINING KO‘RINISHLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
67
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
grafika san’ati / dastgoh grafikasi / illustratsiya / kitob grafikasi / kompozitsiya / plakat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdulaziz Ahmadxo’Jayevich Akbarxo’Jayev

Ushbu maqolada grafika asarlari oʻzining bajaradigan funksiyasi va mazmuniga koʻra turlari, dastgoh grafika san’ati asarlarining koʻrinishlari, kitob hamda gazeta-jurnal grafikasining koʻrinishlari haqida toʻliq bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GRAFIKA SAN’ATI ASARLARINING KO‘RINISHLARI»

GRAFIKA SAN'ATI ASARLARINING KO'RINISHLARI

Abdulaziz Ahmadxo'jayevich Akbarxo'jayev Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn Instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada grafika asarlari o'zining bajaradigan funksiyasi va mazmuniga ko'ra turlari, dastgoh grafika san'ati asarlarining ko'rinishlari, kitob hamda gazeta-jurnal grafikasining ko'rinishlari haqida to'liq bayon qilingan.

Kalit so'zlar: grafika san'ati, dastgoh grafikasi, illustratsiya, kitob grafikasi, kompozitsiya, plakat

VIEWS OF WORKS OF GRAPHIC ART

Abdulaziz Ahmadkhojaevich Akbarkhojayev National Institute of Fine Arts and Design named after Kamoliddin Behzod

Abstract: In this article, the types of graphic works according to their function and content, the views of the works of graphic art, the views of book and newspaper-magazine graphics are fully described.

Keywords: graphic art, machine graphics, illustration, book graphics, composition, poster

Kirish:

Grafika - yunoncha so'z bo'lib o'zbek tilida yozaman, chizaman degan ma'noni bildiradi. Grafika rasm va rasm san'atiga asoslangan, ammo o'z tasvir va ifoda vositalariga ega bo'lgan bosma badiiy asar hisoblanadi. Grafika termini dastlab xat va xattotlik san'ati ma'nosida foydalanilgan. XIX asr oxiri - XX asr boshlaridan yangi ma'no kasb etdi, poligrafiya sanoatining rivoji, fotomexanikaning vujudga kelishi bilan grafika tasviriy san'at turiga aylanadi.

Grafika san'ati - tasviriy san'atning eng keng tarqalgan hozirjavob va jangovar turi sanaladi. Grafika san'atida voqelik asosan chiziqlar, shakllar va oq-qora ranglar yordamida tasvirlanadi. Bu san'at turida doimo ham turli ranglar foydalanavermaydi, ishlatilganida ham asar mohiyatini ochib berishda muhim vazifani olmaydi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya:

Grafika asarlari o'zining bajaradigan funksiyasi va mohiyatiga ko'ra, dastgoh grafikasi, kitob va gazeta-jurnal grafikasi, plakat, shuningdek amaliy grafika san'atiga bo'linadi. Dastgoh grafika san'atiga mustaqil xarakterga ega bo'lgan, o'zida tugal fikrni anglata oladigan, yangi fikrlarni dastlabki suradigan grafika asarlariga aytiladi. Dastgoh grafika san'ati asarlarining ko'rinishlaridan biri estampdir.

I fci^lS^^Bl 81 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Dastgoh grafikasi asarlarida biron-bir mohiyat, odamlarning xatti-harakati, tabiat ko'rinishi yoritiladi. Kitob va gazeta-jurnal grafïkasi turi dastgoh grafikasidan farq qilib, bevosita kitob va jurnal mazmuni bilan bog'liq bo'ladi, shuningdek ularning maqsad va mohiyatini to'laroq ochib berish uchun xizmat qiladi. Kitob va gazeta-jurnal grafikasiga rassom tarafidan kitob va gazetalarga chizilgan turli rasmlar, bezaklar, harf kompozitsiyalari kiradi. Kitob hamda gazeta-jurnal grafikasining ko'rinishlaridan biri bu illustratsiyalar hisoblanadi.

Illustratsiya badiiy asar bilan bog'liq bo'lib, ushbu asarda tasvirlangan biron-bir lavhaning tasvirini aks ettiradigan rasmga aytiladi. Rassom biror-bir hikoya yoki kitobga illustratsiya ishlashga o'tishdan oldin uni sinchiklab o'qiydi, matnda tasvirlangan har bir obrazning xarakterini, voqea sodir bo'layotgan joyning xususiyatlarini o'rganib chiqadi, shundan keyingina unga illustratsiya ishlashga kirishadi.

Grafika san'ati eng demokratik san'at sanaladi. U goh plakat tarzida, goh gugurt qutichasining yuzasiga ishlangan tasvir tariqasida, goh gazeta sahifalaridagi surat tarzida o'lkaning uzoq chekkalariga kirib boradi, o'sha yerlarda ma'rifat tarqatadi, kishilarni bo'layotgan yangiliklar bilan tanishtiradi. Shuning uchun ham grafika san'ati yuqori g'oyaviy-siyosiy ahamiyatga egadir.

Grafika hayot hodisalarini tezroq aks ettirishi bilan ommaviylik xususiyatiga ega. Uni ko'rgazmalarda namoyish etish bilan birga ko'p narsalarda ko'paytirib tarqatish mumkin. Grafika o'z mohiyati va maqsadiga muvofiq dastgohli va amaliy ko'rinishlarga ega. Dastgohli ko'rinishi nisbiy mustaqil bo'lib unda suv bo'yoqli, yumshoq rangli qalam, musavvir yaratgan bosma shakldan nusxa ko'chirish, o'yib solingan, maxsus taxtachaga o'yib tushirilgan ko'rinishlarida yog'och, metall, ko'mir, karton va boshqa ashyolarda ifodalanadi.

Amaliy grafika badiiy ijod turlari bilan bog'liq ravishda sanoat grafikasi kitoblarga tushirilgan rasmlar ko'rinishida ham amal qiladi. Kitob grafikasi bezakli bo'lishi bilan birga asar mohiyatining adabiy qiyofalar teranligini ochib berishga ham xizmat qiladi. Muallif badiiy rejasi va uslubiga mos bo'ladigan haqqoniy va mahorat bilan ishlangan kitob bezaklari badiiy asar mazmunini anglash va uni chuqur his-tuyg'u bilan idrok qilishga yordam beradi.

Natijalar:

Bugungi vaqtda umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitiladigan tasviriy san'at o'quv fani o'z mohiyatiga ko'ra integrativ fan sanaladi. Sababi uning mohiyatida tasviriy san'atdan tashqari amaliy bezak san'ati, badiiy hunarmandchilik, me'morlik va dizaynga doir o'quv materiallarini o'zlashtirish belgilab qo'yilgan. Shuningdek, tasviriy san'at ta'limining mohiyati o'qitilishida muayyan tafovutlar mavjud va tasviriy san'atning uzluksiz tizimi mantiqiy takomillashib borish prinsipi asosiga quriladi.

I fci^lS^^Bl 82 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Bo'yoqlar kishilarni jalb etishi yoki chaqiriq vazifasini bajarishi mumkin. Shuning uchun ham bu sohada ikki uch xildan ortiq bo'yoq deyarli foydalanilmaydi. Grafika san'ati o'z o'rnida quyidagi turlarga bo'linadi. Masalan: dastgoh grafikasi turiga, ijodkorning mustaqil badiiy faoliyatini anglatish bilan birga yangi g'oya va fikrlarni ilgari suradigan asarlar kiradi.

Kitob grafikasi san'atida esa kitobning turiga ko'ra muqova, titul muqova kabilar hisobga olinadi. Kitob grafikasi shu kitobning mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Kitob, gazeta-jurnal grafikasi va bulardan tashqari, ana shu kitob grafikasining o'ziga xos bir turi gravyura san'ati deb ataladi. Gravyura ham o'z o'rnida mazkur turlarga bo'linadi.

1. Litografiya - asosan toshga maxsus qalam bilan ishlanadi.

2. Linogravyura - linoleumga o'yib ishlanadi.

3. Ksilografiya-yog'ochga o'yib ishlanadi.

4. Ofort - alyuminiy va boshqa metalllarga o'yib ishlanadi.

Grafika san'atining yana bir turi plakatlar chizish sanaladi. Siyosiy plakatlar, reklama afishalar, satira va yumoristik asarlar shular jumlasidandir. Sanoat grafikasiga esa yorliq, ramz va boshqalar kiradi. Arxeografiyada loyiha, reja, uy sxemasi, manzil bo'yicha yo'nalish kabilar tasvirlanadi.

Tasviriy san'atning bu turiga oddiy qora qalamda chizilgan surat, mavzuli kompozitsiyalar, kitobning ichki va tashqi tarafiga ishlangan turli rasmlar, illyustratsiya, plakat, karikatura, sharj, etiketka, marka, ekslibris va boshqalar kiradi. Grafika san'ati asarlari hajm jihatdan uncha katta bo'lmay, asosan qog'ozga ishlanadi. Grafikaning xarakterli tomonlaridan biri, uning seriyali qilib ishlanishi, ya'ni voqeani bir necha qog'ozda tasvirlanishidir. Bunday seriyali rasmlar o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lib, ma'lum bir mohiyatni ochib beradi.

Muhokama:

Tasviriy san'at tushunchasi keng ma'noga ega. XIX asrgacha me'morchilik, haykaltaroshlik va rangtasvir tasviriy san'atning turlari bo'lib sanalgan. Asrning oxirlarida esa grafika tasviriy san'atning eng asosiy va hozirjavob turlaridan biriga aylandi. Oxirgi 20 yil ichida san'atning dizayn kabi turi ham o'z o'rnini topdi. Tasviriy san'atning barcha turlari bir-biriga juda yaqin va ularning bir qator o'xshashliklari mavjud.

Grafika san'ati hozirjavob san'at hisoblanadi. Masalan, rassomlik asarlari yaratilishi uchun uzoq vaqt zarur bo'ladi, grafika san'ati asarlarida esa shu bugun sodir bo'lgan voqea shu bugunoq o'z aksini topishi mumkin. Grafika asarlari o'zining bajaradigan funksiyasi va mohiyatiga ko'ra, dastgoh grafikasi, kitob va gazeta-jurnal grafikasi, plakat, shuningdek amaliy grafika san'atiga bo'linadi.

Dastgoh grafika san'atiga mustaqil xarakterga ega bo'lgan, o'zida tugal g'oyani anglata oladigan, yangi g'oyalarni ilgari suradigan grafika asarlariga aytiladi.

I fci^lS^^Bl 83 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Dastgoh grafikasi asarlarida biron-bir mohiyat, insonlarning xatti-harakati, tabiat ko'rinishi yoritiladi. Kitob va gazeta-jurnal grafikasi turi dastgoh grafikasidan farq qilib, bevosita kitob va jurnal mohiyati bilan bog'liq bo'ladi, shuningdek ularning maqsad va mohiyatini to'laroq ochib berish uchun xizmat qiladi.

Grafika san'atining turlaridan yana biri plakat janri sanaladi. Plakat lotincha so'zdan olingan bo'lib, «e'lon», «guvohnoma» degan ma'noni anglatadi. Grafika san'atining nihoyatda keng tarqalgan turlaridan biri amaliy grafika hisoblanadi. Turli xildagi etiketkalar, konvert yuzasiga ishlanadigan bezak rasmlar, tabriknoma, telegrammalar, markalar grafikaning shu turiga mansubdir

Amaliy grafika shunchaki bezak uchun foydalaniladigan san'at emas, u ham san'atning boshqa turlari kabi ijtimoiy hayotda faol qatnashadi, jamiyatda bo'layotgan yangiliklar bilan ommani tanishtiradi. Hukumatning fikrlarini xalq orasida targ'ib qiladi. Grafika san'ati eng demokratik san'at hisoblanadi. U goh plakat tarzida, goh gugurt qutichasining yuzasiga ishlangan tasvir tariqasida, goh gazeta sahifalaridagi surat tarzida o'lkaning uzoq chekkalariga kirib boradi, o'sha yerlarda ma'rifat tarqatadi, kishilarni bo'layotgan yangiliklar bilan tanishtiradi.

Xulosa:

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, grafika san'ati asosan chiziq, shakl va oq qora ranglar yordamida tasvirlanadi. San'atning ayrim turlarida bo'yoqlardan ham qo'llaniladi, ammo asar mohiyatini ochib berishda muhim vazifani o'tamaydi, faqat insonlarni jalb etishi yoki chaqiriq vazifasini bajarishi mumkin. Shuning uchun ham bu sohada ikki uch xildan ortiq bo'yoq deyarli foydalanilmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh.Shoyoqubov. Zamonaviy O'zbekiston miniatyurasi. T. -2006 .

2. Qodirxojev P. T. Badiiy bezak san'ati. -T: "Iqtisod moliya" 2007.

3. Qodirxojev P. T. Maktabda badiiy bezak ishlari. -T: O'qituvchi 2001.

4. Xolmatov B.Q. Kompozisiya. -T: "Iqtisod-moliya", 2007.

84

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.