Научная статья на тему 'GOLUBIKA O‘SIMLIGI YASHIL QALAMCHALARINING ILDIZ OLUVCHANLIGIGA EKISH MUDDATINING TA’SIRI.'

GOLUBIKA O‘SIMLIGI YASHIL QALAMCHALARINING ILDIZ OLUVCHANLIGIGA EKISH MUDDATINING TA’SIRI. Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
15
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Golubika / nav / ko‘chat / yashil qalamcha / IMK (indolil moy kislota) / eritma / suv / substrat / tuproq / kallus / ildiz.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Qurbonmurodov Akbar Choriyevich, Nabijonov Ilxom G‘ofurjon O‘g‘li, Xomidjonov Abdumo‘min Abduvoxid O‘g‘li

Maqolada golubika o‘simligini yashil qalamchasidan ko‘paytirish uchun qalamchalarni avgust oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunligida ekish tavsiya etiladi. Ushbu muddatda ekilgan qalamchalarda eng yuqori regenaratsiya ko‘rsatkichlari qayd etiladi: ildiz hosil bo‘lishi – 18-19 kun, novda chiqara boshlashi – 22-23 kun, ildiz oluvchanlik 85-87% bo‘lganligi to‘g‘risida ilmiy asoslangan ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GOLUBIKA O‘SIMLIGI YASHIL QALAMCHALARINING ILDIZ OLUVCHANLIGIGA EKISH MUDDATINING TA’SIRI.»

UO'K: 634.739.1

GOLUBIKA O'SIMLIGI YASHIL QALAMCHALARINING ILDIZ OLUVCHANLIGIGA EKISH MUDDATINING TA'SIRI.

1Qurbonmurodov Akbar Choriyevich, 2Nabijonov Ilxom G'ofurjon o'g'li, 3Xomidjonov

Abdumo'min Abduvoxid o'g'li

1q.x.f.d., (PhD). Toshkent davlat agrar universiteti, 2tayanch doktorant. Toshkent davlat agrar universiteti, 3tayanch doktorant. Toshkent davlat agrar universiteti

E-mail: 1qurbonmurodovakbar2702@gmail.com, 2ilxomnabijonov08@gmail.com,

3a.xomidjonov@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10933085

Annotatsiya. Maqolada golubika o'simligini yashil qalamchasidan ko'paytirish uchun qalamchalarni avgust oyining ikkinchi va uchinchi o'n kunligida ekish tavsiya etiladi. Ushbu muddatda ekilgan qalamchalarda eng yuqori regenaratsiya ko 'rsatkichlari qayd etiladi: ildiz hosil bo'lishi - 18-19 kun, novda chiqara boshlashi - 22-23 kun, ildiz oluvchanlik 85-87% bo'lganligi to'g'risida ilmiy asoslangan ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Golubika, nav, ko'chat, yashil qalamcha, IMK (indolil moy kislota), eritma, suv, substrat, tuproq, kallus, ildiz.

Аннотатсия. В статье для размножения растения голубики зелеными черенками рекомендуется высаживать черенки во второй и третьей декаде августа. у черенков, посаженных в этот период, отмечаются наиболее высокие показатели регенерации: корнеобразование - 18-19 дней, начало прорастания - 22-23 дня, приводятся научно обоснованные данные о том, чтоукореняемость составляет 85-87% данных.

Ключевые слова: Сорт голубики, рассада, зеленый карандаш, ИМК (индолилмасляная кислота), раствор, вода, субстрат, почва, каллус, корень.

Abstract. in the article, it is recommended to plant the cuttings in the second and third ten days of August to propagate the golubika plant from green cuttings. in cuttings planted during this period, the highest regeneration indicators are recorded: root formation - 18-19 days, the beginning of sprouting - 22-23 days, scientifically based information that the rooting rate is 8587% data is provided.

Keywords: Blueberry variety, seedling, green pencil, IMK (indolyl butyric acid), solution, water, substrate, soil, callus, root.

Kirish. Dunyoda golubikani ko'paytirish va etishtirish bilan bog'liq ilmiy-tadqiqotlar asosan uni yangi areallarga introduksiya qilish, qimmatli yovvoyi turlarini madaniylashtirish, uning yuqori hosildor yangi navlarini yaratish, ko'chat va hosil etishtirishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish yo'nalishlarida olib borilmoqda. Bu borada uning 5 ta turi madaniylashtirilgan: ingichka barg va kanada golubikasi (pakana golubikalar), qalqonsimon va janubiy golubika (baland bo'yli golubikalar) hamda Eshi golubikasi («quyon ko'z»). Bugungi kunda oddiy golubikaning introduksiya qilingan areali shimoliy yarim shardagi barcha mamlakatlar, Xitoy, shuningdek Markaziy Amerika, Osiyo va Afrikadagi ko'plab mamlakatlarni egallagan.

Golubika (Vaccinium uliginosum L.) dunyo iste'mol bozorida katta talabga ega bo'lgan mevali o'simliklardan biri hisoblanadi. Shimoliy Amerikada golubikanning madaniy navlari keng tarqalgan qimmatbaho oziq-ovqat va dorivor o'simlikdir. Golubika mevalari tarkibida 8% gacha qand moddalari, 2,7%gacha organik kislotalar, 0,6%gacha pektin moddalar, 1%gacha oqsil,

1,6%gacha kletchatka, 63mg% gacha C, 0,02mg%gacha B1, 550mg%gacha PP vitaminlar va 0,25mg%gacha karotin bor [2; 28-29 b.], [3; 16-17 b.].

Golubika mevasi tarkibidagi qand va kislotalar pektin va oshlovchi moddalar bilan birgalikda golubika mevalarining o'ziga xos ta'mini xosil kiladi. Bundan tashkari, ular ishtaha ochuvchi, oshqozon va oshqozon osti bezi shirasi ishlab chiqarishini kuchaytiradi, ichaklar peristaltikasini (xarakatini) rag'batlantiradi (kuchaytiradi) [5; 23-29 b.], [2; 29-30 b.], .

Golubika mo'tadil o'sishi va rivojlanishi uchun ishqorli tuproqqa muhtoj. Daraxtlar ildiz tizimining maxsus tuzilishi tufayli pH ko'rsatkichi 4-4,5 oralig'idagi darajada ishqorlikka ega bo'lgan tuproqni talab qiladi.

Meva va rezavor mevali o'simliklarning yashil va yarim yog'ochlangan qalamchasidan ko'paytirish so'ngi yillarda mevachilikda muvaffaqiyatli qo'llanilmoqda. Vegetativ yo'l bilan ko'payishga moyil bo'lmagan birqancha mevali o'simliklar o'sishni boshqaruvchi moddalar bilan ishlov berish orqali ko'chatlarini etishtirish so'ngi yillarda ko'pgina olimlarning tajribalarida isbotlandi.

Tadqiqot uslubiyati. Mavzu bo'yicha ilmiy-tadqiqotlar Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi Axborot va maslahat markazi (Extension center) ning tajriba maydonida olib borildi. Tajriba uchun yuqoridagi tajribada qo'llanilgan golubikaning Dyuk navidan foydalanildi. Tajribada golubika o'simligi ona tuplaridan qalamchalar turli muddatlarda tayyorlandi va har xil substratlarga ekildi. Tajriba quyidagi sxema bo'yicha to'rt qaytariqda olib borildi:

a) substrat turining golubika o 'simligi yashil qalamchalarining ildiz oluvchanligiga ta 'siri:

1. yirik daryo qumi + biogumus (nazorat);

2. yirik daryo qumi + torf;

3. yirik daryo qumi + qarag'ay daraxti taxtasi qirindisi

b) ekish muddatining golubika o 'simligi yashil qalamchalarining ildiz oluvchanligiga ta 'siri:

1. qalamchalarni iyul oyining birinchi o'n kunligida ekish;

2. qalamchalarni iyul oyining ikkinchi o'n kunligida ekish;

3. qalamchalarni iyul oyining uchinchi o'n kunligida ekish;

4. qalamchalarni avgust oyining birinchi o'n kunligida ekish;

5. qalamchalarni avgust oyining ikkinchi o'n kunligida ekish;

6. qalamchalarni avgust oyining uchinchi o'n kunligida ekish;

7. qalamchalarni sentyabr oyining birinchi o'n kunligida ekish;

8. qalamchalarni sentyabr oyining ikkinchi o'n kunligida ekish;

9. qalamchalarni sentyabr oyining uchinchi o'n kunligida ekish.

Tajribalar X.Ch.Buriev va boshqalarning «Mevali va rezavor mevali o'simliklar bilan tajribalar o'tkazishda hisoblar va fenologik kuzatuvlar metodikasi», F.Ya. Polikarpova va V.V. Pilyuginaning «Выращивание посадочного материала зеленым черенкованием» nomli adabiyotlarida keltirilgan uslub bo'yicha o'tkazildi. Tadqiqot natijalarining statistik tahlili «Excel 2010» va «Statistica 7.0 for Windows» kompyuter dasturlarida, 0,95% ishonchlilik oralig'i bilan B.A. Dospexov uslubi bo'yicha hisoblanadi. Vegetatsiya so'ngida ko'chatlar amaldagi davlat standartlari talablariga muvofiq saralandi.

Tadqiqot natijalari. Ushbu tajribada avvalgi tajribalarimizda o'zining yuqori ildiz oluvchanligi bilan ajralib turgan IMK ning 40 mg/litr suvli konsentratsiyasi va sun'iy substrat sifatida esa yirik daryo qumi + torfdan foydalanildi. Tajriba avvalgi tajribadagi kabi Dyuk navi yashil qalamchalarida olib borildi. Ushbu tajribada tadqiqot dasturiga muvofiq golubikaning yashil qalamchalari turli muddatlarda tayyorlandi va indolilmoy kislotasining 40 mg/l suv

konsentratsiyali eritmasi bilan ishlov berilgandan so'ng ular yirik daryo qumi + torfdan iborat sun'iy substratlarga ekildi.

Ekish muddatining golubika o'simligi yashil qalamchalarida regeneratsiya jarayonlarining borish tezligiga ta'sirini aniqlash bo'yicha tajribalarimiz shuni ko'rsatdiki, dastlabki ildiz bo'rtmalarining nazoratga nisbatan eng erta hosil bo'lishi yashil qalamchalar avgust oyining ikkinchi va uchinchi o'n kunligida ekilgan tajriba variantida qayd etildi. Ushbu tajriba variantida dastlabki ildiz bo'rtmalarining hosil bo'lishi ekilgandan keyin 15-17 kun o'tgach kuzatildi. Yashil qalamchalarni bundan erta yoki aksincha kechiktirib tayyorlash va ekishda samaradorlik ortmadi. Ya'ni golubikaning Dyuk navi yashil qalamchalari iyuldan avgustgacha muddatda tayyorlab ekilganda dastlabki ildiz bo'rtmalarining hosil bo'lishi chiziqli ravishda tezlashib bordi, ammo yuqorida ta'kidlangan variantdan pastroq ko'rsatkichlarda bo'ldi. Binobarin, qalamchalar iyul oyining birinchi o'n kunligida ekilganda dastlabki ildiz bo'rtmalari 21 kundan so'ng paydo bo'lgan bo'lsa, avgust oyining birinchi o'n kunligiga kelib u 18 kunni tashkil etdi.

1-jadval

Golubika o'simligining yashil qalamchalarida ildiz bo'rtmalarining paydo bo'lish adalligiga ekish muddatining ta'siri

Yashil qalamchalarni ekish muddati Tadqiqot yillarida ildiz bo'rtmalarining paydo bo'lish jadalligi, kun:

2020 2021 2022 Mo'r

1-10 VII 20 22 21 21

11-20 VII 19 20 21 20

21-30 VII 19 18 20 19

1-10 VIII 17 18 19 18

11-20 VIII 15 14 16 15

21-31 VIII 16 18 17 17

1-10 IX 18 17 19 18

11-20 IX 19 18 20 19

21-30 IX 20 21 19 20

Golubika yas hil qalamchalarning yalpi ildiz hosil qila boshlashi ham ildiz bo'rtmalari ka

ekish muddatiga bog'liq ravishda variantlar o'rtasida o'zaro farqlandi. Bunda eng tez yalpi ildiz chiqara boshlash yashil qalamchalar avgust oyining ikkinchi va uchinchi o'n kunligida ekilgan tajriba variantida qayd etildi. Ushbu tajriba variantida qalamchalar ekilgandan keyin 18-19 kun o'tgach yalpi ildiz hosil bo'la boshlandi.

Yuqoridagi jadval ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, ekish muddatini bundan erta yoki kech boshlash ushbu samaradorlikni bermadi, ya'ni qalamchalar ertaroq ekilganda yalpi ildiz hosil bo'la boshlash ekilgandan keyingi 21-26 kundan boshlangan bo'lsa, kechiktirib ekilganda esa qalamchalar ekilgandan so'ng 20-24 kun o'tgach yalpi ildiz hosil qila boshladi.

Ekish muddati yashil qalamchalarda birinchi barg va novdalar hosil bo'lish tezligiga ham sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Bunda yashil qalamchalarda ilk o'sish alomatlari, ya'ni barg va novda chiqarish qalamchalar avgust oyining ikkinchi va uchinchi o'n kunligida ekilgan variantda eng tez kechdi. Ushbu tajriba variantida dastlabki novdalar ekilgandan so'ng 20-23 kun o'tgach hosil bo'la boshlaganligi kuzatildi. Yashil qalamchalar ertaroq ekilganda barg va novda chiqara boshlash ekilgandan keyin 28-30 kundan so'ng boshlangan bo'lsa, kechiktirib ekilganda esa ushbu fenologik faza ekilgandan so'ng 25-28 kun o'tgach boshlanganligi qayd etildi.

2-jadval

Golubika o'simligining yashil qalamchalarida ildiz bo'rtmalarining paydo bo'lish adalligiga ekish muddatining ta'siri, 2020-2022 yillar

Yashil qalamchalarni ekish muddati Regeneratsiya jarayonlarining kechishi, kun: Jami ildiz hosil qilgan qalamchalar, %

yalpi ildiz hosil qila boshlash birin chi barg chiqishi qalamch alarni novda chiqara boshlashi

1-10 VII 26 28 30 62

11-20 VII 24 27 29 73

21-30 VII 22 22 27 74

1-10 VIII 21 23 25 79

11-20 VIII 18 20 22 85

21-31 VIII 19 21 23 87

1-10 IX 20 22 24 84

11-20 IX 21 23 26 81

21-30 IX 24 25 28 77

Ekish muddati golubika yashil qalamchalarining ildiz hosil qilish ko'rsatkichiga ham yuqori darajada ta'sir ko'rsatganligi aniqlandi. Tajriba ma'lumotlari shuni ko'rsatdiki, jami ekilgan qalamchalar soniga nisbatan ulardan ildiz hosil qilganlari miqdori qalamchalar avgust oyining ikkinchi va uchinchi o'n kunligida ekilgan variantda eng yuqori ko'rsatkichlarda bo'ldi. Ushbu tajriba variantida jami ildiz olgan qalamchalar miqdori 85-87% ni tashkil etdi. Yashil qalamchalar ertaroq ekilganda jami ildiz chiqarganlari miqdori tajriba variantlari bo'yicha 62-79% ni tashkil etdi. Kechroq ekilgan tajriba variantlarida esa ushbu ko'rsatkich 77-84 % atrofida bo'lganligi aniqlandi.

Ekish muddati golubika yashil qalamchalarida biometrik rivojlanish ko'rsatkichlariga ham sezilarli darajada ta'sir ko'rsatganligi kuzatildi. Olib borilgan tajriba ma'lumotlari shuni ko'rsatdiki, golubika o'simligi yashil qalamchalari avgust oyining ikkinchi va uchinchi o'n kunligida ekilgan variantda eng ko'p 1-tartib ildizlar hosil bo'ldi. Ushbu tajriba variantida 1-tartib ildizlarning o'rtacha soni 9-11 donani tashkil etdi.

Yashil qalamchalar ertaroq ekilganda ularda hosil bo'lgan 1-tartib ildizlar soni tajriba variantlariga mos ravishda 6 dan 8 donagacha ortib borganligi qayd etildi. Kechroq ekilgan tajriba variantlarida esa ushbu ko'rsatkich tajriba variantlariga mos ravishda o'rtacha 5-6 dona atrofida bo'lganligi kuzatildi.

Yashil qalamchalar ildiz olgach, ulardan o'sib chiqqan yangi novdalarda shakllangan barglarning soniga ham qalamchalarni ekish muddati sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Bunda golubika yashil qalamchalari ertaroq ekilganda eng ko'p sondagi barglar hosil bo'ldi. Golubika o'simligi ildiz olgan yashil qalamchalarida barglar soni ushbu qalamchalarni erta ekishdan kech ekishga qarab chiziqli ravishda kamayib bordi Eng ko'p shakllangan barglar soni bilan birinchi variant yuqorida turdi va 11 donani tashkil etdi. Kechroq ekilgan tajriba variantlarida esa ushbu ko'rsatkich 8 donagacha tushib ketdi.

3-jadval

Golubika o'simligining yashil qalamchalarida regeneratsiya jarayonlariga ekish muddatining ta'siri, 2020-2022 yillar

№ Yashil qalamchalarni ekish muddati 1-tartib ildizlar soni, dona Ko'chatdagi barglar soni Ko'chat bo'yi, sm

1 1-10 VII 6±1,15 11±1,55 31±1,90

2 11-20 VII 6±1,20 11±1,50 29±1,85

3 21-30 VII 8±1,35 10±1,40 27±1,65

4 1-10 VIII 8±1,30 10±1,35 25±1,55

5 11-20 VIII 11±1,45 10±1,35 23±1,45

6 21-31 VIII 8±1,20 9±1,25 21±1,30

7 1-10 IX 6±1,10 9±1,20 19±1,25

8 11-20 IX 5±1,0 8±1,20 17±1,20

9 21-30 IX 5±0,5 8±1,15 13±1,10

EKF05 0,2 0,3 0,7

Sx, % 0,04 0,05 0,12

Ushbu jadval ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, golubika yashil qalamchalarini turli muddatlarda ekish ulardan rivojlangan ko'chatlarning bo'yiga ham ta'sir ko'rsatdi Bunda ko'chatlarning bo'yi erta ekishdan kech ekishga qarab chiziqli ravishda ortib bordi Eng baland bo'yli o'simliklar qoidaga muvofiq, erta ekilgan birinchi variantda 31 sm ni tashkil etgan bo'lsa, eng kech kilgan tajriba variantida esa ushbu biometrik ko'rsatkich 13 sm gacha pasayib ketganligi kuzatildi.

1-rasm. Golubikani yashil qalamchasidan o'stirishda standart ko'chat chiqish miqdoriga ekish muddatining ta'siri

Ma'lumki, mevali o'simliklarni yashil qalamchasidan ko'paytirishda maydon birligidan standart ko'chat chiqishi muhim ko'rsatkich hisoblanadi. Avvalgi tajribalarimizda o'zining yuqori ildiz oluvchanligi bilan ajralib turgan IMK ning 40 mg/litr suvli konsentratsiyasi va sun'iy substrat sifatida esa yirik daryo qumi + torfdan foydalanilganda rivojlangan standart ko'chatlarning chiqishi qalamchalarni ekish muddatiga bog'liq ravishda farqlandi.

Turli muddatlarda ekilgan yashil qalamchalardan rivojlangan standart ko'chatlarni hisob qilish shuni ko'rsatdiki, ularning eng yuqori miqdori yashil qalamchalar avgust oyining ikkinchi

va uchinchi o'n kunligida ekilgan variantda eng ko'p bo'ldi. Ushbu tajriba variantida inshootning bir metr kvadrat foydali maydoni birligidan olingan standart ko'chatlar miqdori (ekish sxemasi 10 x 10 sm) 61-64 donani tashkil etganligi qayd etildi. Golubika yashil qalamchalari ertaroq muddatlarda ekilganda olingan standart ko'chatlar soni tajriba variantlariga mos ravishda 46 donadan 58 donagacha ortib bordi. Kechroq ekilgan tajriba variantlarida esa garchi ildiz olgan qalamchalar soni yuqori bo'lsada, standart talablariga javob beruvchi ko'chatlarning o'rtacha soni 44-46 donadan oshmadi va qolgan qalamchalarni kelgusi yil etiltirib olishga qoldirish taqozo etildi.

Xulosa. Golubika o'simligini yashil qalamchasidan ko'paytirish uchun qalamchalarni avgust oyining ikkinchi va uchinchi o'n kunligida ekish tavsiya etiladi. Ushbu muddatda ekilgan qalamchalarda eng yuqori regenaratsiya ko'rsatkichlari qayd etiladi: ildiz hosil bo'lishi - 18-19 kun, novda chiqara boshlashi - 22-23 kun, ildiz oluvchanlik 85-87%.

Golubika o'simligi yashil qalamchalarini avgust oyining ikkinchi va uchinchi o'n kunligida ekishda eng yuqori biometrik ko'rsatkichlar ham qayd etiladi: birinchi tartib ildizlar soni - 8-11 dona, shakllangan barglar soni - 10 dona, ko'chatlarning o'rtacha bo'yi 21-23 sm, inshootning foydali maydoni birligidan standart ko'chat chiqishi 61-64 dona.

REFERENCES

1. Вечернина Н.А., Таварткиладзе О.К., Эрст А.А., Горбунов А.Б. Ускоренное размножение голубики топяной in vitro // Вестн. Алтайсикий государственный аграрный университета. - 2008. - №6 (44). - С. 21-25.

2. Снакина Т.И. Интродукция голубики топяной (Vaccinium uliginosum L.) в Западной Сибири: автореф. дис. канд. биол. наук. - Новосибирск, 2007. - 16 с.

3. Яковлев А.П., Ходасевич Л.В. Опытное выращивание Vaccinium uliginosum L. на выработанных торфяниках севера Белоруссии // Раст. ресурсы. - 1998. - Т. 34, вып. 2.

- С. 23-29.

4. Normuratov Ilkhom, Namozov Ikhtiyor, and Dilnoza Ergasheva. E3SWeb of Conferences 284, 03022 (2021).

5. Khasanov Ozod Saidvalievich, Enileev Nazhdat Shavkatovich, Namozov Ikhtiyor Chorievich. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal. Vol. 11, Issue 5, May 2021. 1214-1220 p.

6. Vater G., Arena M. In vitro propagation of Rubus geoides // N. Z. J. Crop Hort. Sci. - 2005.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- V. 33. - P. 277-281.

7. http://prodgid.ru/poleznye-svoystva/yagody/golubika/.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.