Научная статья на тему 'YEM-XASHAK UCHUN YETISHTIRILGAN KROTALARIYANING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI'

YEM-XASHAK UCHUN YETISHTIRILGAN KROTALARIYANING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
24
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Crotalaria juncea L. / ko‘k massa va pichan hosili / ekish me’yori

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Negmatova Surayyo Teshaevna, Yoqubov G‘Ayrat Quvondiqovich, Nurullaeva Manzura Shavkatovna, Yoqubov Shuxrat Quvandiqovich

Mazkur maqolada Xorazm viloyati o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida noan’anaviy dukkakli ekin krotalariya (Crotalaria juncea L.) yem-xashak uchun yetishtirilganida o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish me’yorlarining ta’siri bayon qilingan bo‘lib, krotalariya gektariga 18 kg dan urug‘ ekilganda gektaridan 17,9-34,9 sentnergacha qo‘shimcha pichan hosili olinishi ilmiy asoslab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YEM-XASHAK UCHUN YETISHTIRILGAN KROTALARIYANING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

YEM-XASHAK UCHUN YETISHTIRILGAN KROTALARIYANING O'SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI 1Negmatova Surayyo Teshaevna, 2Yoqubov G'ayrat Quvondiqovich, 3Nurullaeva Manzura Shavkatovna, 4Yoqubov Shuxrat Quvandiqovich

1PSUEAITI, q.x.f.d., kat.i.x. 2UrDU, q.x.f.n., dotsent 3UrDU, q.x.f.f.d.(PhD) 4UrDU, magistr https://doi.org/10.5281/zenodo.8007267

Annotatsiya. Mazkur maqolada Xorazm viloyati o'tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida noan'anaviy dukkakli ekin krotalariya (Crotalaria juncea L.) yem-xashak uchun yetishtirilganida o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish me'yorlarining ta'siri bayon qilingan bo'lib, krotalariya gektariga 18 kg dan urug' ekilganda gektaridan 17,9-34,9 sentnergacha qo'shimcha pichan hosili olinishi ilmiy asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: Crotalaria juncea L., ko'k massa va pichan hosili, ekish me 'yori.

Mamlakatimizda saqlanib kelayotgan qator dolzarb muammolardan biri bo'lgan chorva ozuqa bazasini mustahkamlashdagi vaziyat ham davlatimiz rahbari tomonidan izchil tahlil qilinmoqda. Jumladan, qishloq xo'jaligi tarmoqlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida quyidagi ma'lumotga e'tibor qaratildi: Mamlakatimizda chorva ozuqasiga bo'lgan talab 120 million tonnani tashkil etadi, ammo o'tgan yilda atigi 47 million tonna ozuqa ishlab chiqarilib, ehtiyoj 40 foizga qondirilgan. Butun dunyodachorvanioziqlantirishdaasosan silos vaomuxta yem ishlatiladi. Yangi yo'l tumanida takroriy ekin sifatida makkajo'xorining intensiv navidangektariga 50-60 tonna silos olingandauning 1 kilogrammitannarxi bor-yo'g'i 150 so'mnitashkiletgan. Vaholanki, 1 kg sheluxaningbozordaginarxi 2 mingso'mdanoshadi. Ya'ni, shrot-sheluxaga nisbatan 10 baravar arzon ozuqani bemalol chorvadorlarning o'zi yetishtirsa bo'ladi..Tarmoq korxonalariga buyil ozuqa uchun 137 ming gektar o'rnigaamalda 5 ming gektar yer berilgan [7].

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda chorvachilikda ozuqa ratsionini kengaytirish maqsadida almashlab ekish tizimida yangi noan'anaviy ekin-Srotalaria juncea ni asosiy, takroriy va oraliq ekin sifatida kiritish va yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biridir.

Krotalariya - qisqa vaqt ichida ko'p miqdordagi biomassani ishlab chiqarishga qodir tropik dukkakli o'simlik hisoblanadi. U siderat sifatida ishlatilganda tuproqda 60 kg/ga N (azot) to'playdi [3]. Shuningdek, ekilganidan keyin 60-90 kunda gektariga 1125-1350 kg biomassa va 27-32 kg azot to'playdi. K. Cantrell va boshqalar [2] ning ma'lumotlarida esa o'simlik ekilganidan 3 oydan keyin biomassa uchun ishlatiladi.

Orwa va boshqalarni [6] ta'kidlashicha,Srotalaria juncea yem-xashak uchun yetishtirilganda ekilgandan keyin 6-8 xafta o'tgach, gullash davrida o'rib olish mumkin. Boshqa bir ma'lumotga ko'ra, Srotalaria juncea erta gullash davrida, ekishdan 1,0-2,0 oy o'tgach pichan uchun o'rish mumkin.

Krotalariyada biomassa hosili kun uzunligiga, ekish muddatiga, temperaturaga bog'liq bo'ladi[5].krotalariyani pichan hosiliga ekish muddatlarini ta'siri H. Harry va boshqalar [4]tomonidan Pemonte va Djordjini qirg'oqlari tekisligida o'rganilganda o'simlik aprel-may

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

muddatlarida ekilganda biomassa va azot miqdori iyun-iyul muddatida ekilganga nisbatan yuqori bo'lganini aniqlashgan.

Krotalariyaqishloq xo'jaligida yerlarning meliorativ holatini yaxshilashi, tuproq degradatsiyasini kamaytirishi va unumdorligini oshirishi bilan ahamiyatli bo'lib, chorvachilikda yuqori kaloriyali ozuqa hamdir. Ozuqa sifatida quritilgan poyalari va pichani ishlatilib, bir amal davri davomida 4-5 martagacha pichan hosili olish mumkin. Pichani tarkibida protein darajasi juda yuqori (18% dan 22% gacha) bo'lib, chorvachilikda yuqori kaloriyali yem-xashak hisoblanadi va bu xo'jalik rentabelligiga bevosita ta'sir qiladi[1].

Tajriba 2017-2019 yillarda Xorazm viloyatining o'tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida olib borilib, krotalariya ko'k massa hosili uchun parvarishlanganda uning o'sishi, rivojlanishiga va hosildorligiga ekish me 'yorlarining ta'siri o'rganildi. Tajribada krotalariya aprel oyining uchinchi o'n kunligida uch xilme 'yorda (10; 14; 18 kg/ga) ekibparvarishlandi.

Krotalariya ko'k massa hosili uchun parvarishlanganda ko'chat qalinligi amal davri boshida, har bir o'rimdan oldin va amal davri oxirida aniqlandi. Olingan natijalarga ko'ra, amal davri boshida ko'chat qalinligi variantlar bo'yicha 210,0-408,0 ming tup/ga bo'lsa, 1-o'rimdan avval aniqlanganda ko'chatlar soni kamayib, 208,0 -398,6 ming tup/ga ni tashkil etgan. Har o'rimdan ko 'chatlar soni kamayib borib, 2-o'rimdan avval 206,3-396,6 ming tup\ga; 204,3-393,4 ming tup\ga va amal davri oxirida 203,0-388,0 ming tup\ga ko'chat qolgan. Amal davri oxirida ko'chatlarni kamayishiga amal davri davomida texnikani kirishi, noqulay ob-havo, zararkunanda hashoratlar kabi omillar sabab bo'lishi bilan birga har bir o'rimda ham ko'chat soni kamayishi aniqlandi. Amal davri oxirida ko'chatlarning saqlanuvchanligi 96,7-96,3% bo'lib, ekish me'yori oshishi bilan ko'chatlarning saqlanuvchanligi kamayib borishi kuzatildi.

Krotalariya ekilgandan keyin gullash davrida ko'k massasi uchun o'rib olingan. Krotalariya o'rib olinganidan keyin yana ko'karib chiqish xususiyatiga ega bo'lib, har 4-6 haftada o'simlik holatiga qarab ko'k massasini yig'ishtirib olish mumkin. Krotalariya o'rilmasdan 1-2 kun avval krotalariya parvarishlangan dalada fenologik kuzatuvlar olib borilgan (1-jadval).

Fenologik kuzatuvlardan olingan natijalarga ko'ra, 1-o'rimdan avval o'simlik bo'yi 84,495,6 sm, yon shoxlar soni 5-8 dona va hosil elementlari soni 8-12 donagacha bo'lib, yuqori natijalar krotalariya 22 aprel muddatida gektariga 18 kg urug' ekilgan variantda o'simlik bo'yi 95,6 sm ni tashkil qildi.

Barcha kuzatuv sanalarida ham o'simlikning bo'yi gektariga 18 kg urug' ekilgan variantlarda kuzatilib, boshqa variantlarga nisbatan 10,0-11,0 sm gacha yuqori bo'lgan. 2-o'rimdan oldin olingan natijalarga ko'ra o'simlik bo'yi 1-o'rimdagi o'simlik bo'yidan 3,6-4,6 sm past bo'lsada yon shoxlar soni esa 1-2 donaga ko'p bo'lgan. Shu sababli ham 2-o'rimda ko'k massa hosili 1-o'rimga nisbatan mo'lroq chiqqan.

Keyingi kuzatuvlarga ko'ra, krotalariyani bo'yi ham, yon shoxlari ham, hosil elementlari soni ham kamayib borgan. Oxirgi o'rim oldidan o'simlik bo'yi o'lchanganda 40,8-58,0 sm, yon shoxlar soni 1-2 dona, hosil elementlari 2-3 dona bo'lib, ko'pchilik o'simliklarda yon shoxlar va hosil elementlari rivojlanmagan.

1-jadval

Yem-xashak uchun parvarishlangan krotalariyani o'sishi va rivojlanishi

Variant-lar

1-o'rimdan avval

2-o'rimdan avval (01.08)

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

(28.06.2019)

O'sim-lik bo'yi, sm Yon shoxi, dona guli, dona O'simlik bo'yi, sm Yon shoxi, dona Guli, dona

1-variant 84,4 8,0 10,0 82,0 9,0 8,0

2-variant 88,0 7,0 12,0 84,0 8,0 10,0

3-variant 95,6 5,0 8,0 92,0 6,0 6,0

3-o'rimdan avval 03.09. 4-o'rimdan avval

(10.10 )

1-variant 77,0 7,0 4,0 47,0 2,0 2,0

2-variant 80,0 5,0 6,0 50,0 2,0 2,0

3-variant 88,0 3,0 3,0 58,0 - -

2-jadval

Crotalaria junceaning ko'k massa va pichan hosildorligi, s/ga

Variant-lar Ko'k Pichan Ko'k Pichan Ko'k Pichan

massa hosili, massa hosili, massa hosili,

hosili, s/ga hosili, s/ga hosili, s/ga

s/ga s/ga s/ga

1-o'rim, 30.06.2019 2-o'rim, 01.08. 3-o'rim, 05.09.

4-variant 148,0 42,9 162,8 47,7 153,3 44,4

5-variant 162,4 46,8 180,0 53,6 169,2 49,1

6-variant 182,0 52,8 200,0 58,0 188,4 54,7

Variant-lar 4-o'rim, 12.10. Umumiy hosil Ekish me'yoriga

nisbatan qo'shimcha

pichan hosil, s/ga

4-variant 13,3 4,0 477,4 139,0 -

5-variant 25,5 7,4 537,1 156,9 +17,9

6-variant 30,0 8,4 600,4 173,9 +34,9

Demak, Xorazm viloyati o'tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida krotalariyadan mo'l ko'k massa hosili yetishtirish uchun uni aprel oyining uchinchi o'n kunligida gektariga 18 kg dan ekish maqbul muddat va me'yor hisoblanadi.

Olib borilgan tajribalarda ham krotalariyani ko'k massa va pichan hosildorligi aniqlandi. Dukkakli ekinlar yem-xashak uchun yetishtirilganida ularni yig'ishtirib olish gullash va keyingi fazalarida o'tkazilishi kerak. Shunda tuproqni azotga boyitish darajasi yuqori bo'ladi.

Birinchi o'rim krotalariya ekilganidan 2 oy o'tgach ya'ni, o'simlik to'liq gulga kirganida o'rildi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, birinchi ko'k massa hosili 2019 yilda 30 iyunda o'rib olib, variantlar bo'yicha ko'k massa hosili 148,8-182,0 s/ga ni; pichan hosili esa 42,9-52,8 s/ga ni tashkil etib, yuqori hosildorlik krotalariyaaprel oyining 20-25 sanalarida gektariga 18 kg urug' ekilgan 3-variantda aniqlanib, ko'k massa hosili-182, 0 s/ga va pichan hosili-52,8 s/ga ni tashkil etdi (2-jadval).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Ikkinchi o'rimdan birinchi o'rimga nisbatan 14,8-18,0 s\ga ko'k massa va 4,8-5,2 s\ga pichan hosili ko'proq yig'ishtirib olindi. Oktyabr oyining o'rtalarida hosilni 4-o'rimi yig'ishtirilib, unda variantlar bo'yicha 13,3-30,0 s/ga ko'k massa yoki 4,0-8,4 s/ga pichan hosili olindi.

Krotalariya yem-xashak uchun ekilganda bir amal davri davomida 477,4-600,4 s/ga ko'k massa; 139,0-173,9 s/ga gacha pichan hosili olish mumkin. Yuqori natija olingan 22 aprel muddatida gektariga 18 kg urug' ekilgan 3-variantdan gektariga 10 kg urug' ekilgan 1-variantga nisbatan 123,0 s/ga; gektariga 14 kg urug' ekilgan 2-variantga nisbatan 63,3 s/ga ko'k massa yuqori hosil olindi.

Xulosa. Xorazm viloyatini o'tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida Crotalaria juncea o'simligidan yuqori kaloriyali pichan hosili olish uchun uni aprel oyining 20-25 sanalarida gektariga 18 kg urug' ekish maqbul me'yor hisoblanib, boshqa me'yorlariga nisbatan o'simlikning o'sishi va rivojlanishi yuqori bo'lib, 17,9-34,9 s/ga gacha qo'shimcha pichan hosili olindi.

REFERENCES

1. Негматова С.Т., Ёкубов ЕД., Нуруллаева М.Ш. Crotalaria juncea дан юкори пичан х,осили олишда экиш муддат ва меъёрларининг таъсири. Хоразм Маъмун академияси ахборотномаси: илмий журнал. - №2 (86), 2022 й. 60-65 б. - 488 б.

2. Cantrell K. B., Bauer P. J. and Ro K. S. "Utilization of summer legumes as bioenergy feedstocks," Biomass and Bioenergy, vol. 34, no. 12, 2010. Pp. 1961-1967.

3. Clark A. Sunn hemp: Crotalaria juncea. In: Managing cover crops profitably. 3rd ed. Sustainable Agriculture Research and Education, College Park, MD. 2007.

4. Harry H. Schomberg, Nicole L. Martini, Juan C. Diaz-Perez, Sharad C. Phatak, Kipling S. Balkcom and Harbans L. Bhardwaj. Potential for Using Sunn Hemp as a Source of Biomass and Nitrogen for the Piedmont and Coastal Plain Regions of the Southeastern USA. Agronomy Journal. 2007. Volume 99, Issue 6. Pp. 1448-1457.

5. MosjidisJ. D., Balkcom K. S., Burke J. M., Casey P., Hess J. B. and Wehtje G. Production of the Sunn Hemp Cultivars; "AU Golden" and "AU Durbin". Auburn University, Auburn, Alabama. Technical Report 328, 2013. Pp. 1-7

6. Orwa C., Mutua A.,Kindt R.,Jamnadass R., Anthony S.Agroforestree Database: a tree reference and selection guide version 4.0. World Agroforestry Centre, Kenya. 2009.

7. https://uza.uz/uz/posts/-13-11-2019 .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.