Научная статья на тему 'GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLAR REPRODUKTIV FAOLIYATINI RAG‘BATLANTIRISHDA QO‘LLANLADIGAN OZUQAVIY QO‘SHIMCHA “VILOFOSS” NI HAZM ORGANLARIDA BO‘LADIGAN FERMENTATSIYA JARAYONIGA TA’SIRI'

GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLAR REPRODUKTIV FAOLIYATINI RAG‘BATLANTIRISHDA QO‘LLANLADIGAN OZUQAVIY QO‘SHIMCHA “VILOFOSS” NI HAZM ORGANLARIDA BO‘LADIGAN FERMENTATSIYA JARAYONIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yangi O‘zbekiston ustozlari
Область наук
Ключевые слова
Golshtin zotli / reproduktiv / dispanser / bo‘g‘ozligi / lipaza / rag‘batlantirish / VILOFOSS / ratsion / makka silosi / bug‘doy somoni / paxta sheluxasi / paxta shroti / omuxta yem / osh tuzi / beda pichani / yo‘ldosh / bachadon subinvolyutsiyasi / tuxumdonlar gipofunksiyasi / endometrit / kaliy / kalsiy / natriy / magniy / ammoniy / proteaza / katepsin / jelatinaza / ximozin / kalsiy ionlari

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — O‘rinov H. S., Salohiddinova N.S, Kuldashev O.U

Maqolada Golshtin zotli sigirlar reproduktiv faoliyatini rag‘batlantirishda qo‘llanladigan ozuqaviy qo‘shimcha “VILOFOSS” ni hazm organlarida bo‘ladigan fermentatsiya jarayoniga ta’siri bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLAR REPRODUKTIV FAOLIYATINI RAG‘BATLANTIRISHDA QO‘LLANLADIGAN OZUQAVIY QO‘SHIMCHA “VILOFOSS” NI HAZM ORGANLARIDA BO‘LADIGAN FERMENTATSIYA JARAYONIGA TA’SIRI»

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

UDK:616.071:636.082.454:636.2:618

GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLAR REPRODUKTIV FAOLIYATINI RAG'BATLANTIRISHDA QO'LLANLADIGAN OZUQAVIY QO'SHIMCHA "VILOFOSS" NI HAZM ORGANLARIDA BO'LADIGAN FERMENTATSIYA JARAYONIGA TA'SIRI

O'rinov H.S. - tayanch doktoranti Salohiddinova N.S. - izlanuvchi Kuldashev O.U. ilmiy rahbar v.f.d Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

Annotatsiya: Maqolada Golshtin zotli sigirlar reproduktiv faoliyatini rag'batlantirishda qo'llanladigan ozuqaviy qo'shimcha "VILOFOSS" ni hazm organlarida bo'ladigan fermentatsiya jarayoniga ta 'siri bayon qilingan.

Kalit so'zlar: Golshtin zotli, reproduktiv, dispanser, bo'g'ozligi, lipaza, rag'batlantirish, VILOFOSS, ratsion, makka silosi, bug'doy somoni, paxta sheluxasi, paxta shroti, omuxta yem, osh tuzi, beda pichani, yo'ldosh, bachadon subinvolyutsiyasi, tuxumdonlar gipofunksiyasi, endometrit, kaliy, kalsiy, natriy, magniy, ammoniy, proteaza, katepsin, jelatinaza, ximozin, kalsiy ionlari

Mavzuning dolzarbligi. Oxirgi yillarda qoramolchilik fan yutuqlari va ilg'or tajribalar asosida rivojlantirish maqsadida nasilchilik ishiga, ozuqa bazasini mustahkamlashga va mahsulot ishlab chiqarish hamda uni qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirishga katta e'tibor qaratildi. Dunyo genofondiga xos xo'jalikga foydali belgilari bilan boshqa zotlardan keskin farq qiladigan golshtin, simmental, shvits kabi zotlar mamlakatimizning turli hududlariga xorijdan keltirilmoqda. Joylarda qoramolchilikka ixtisoslashgan zamonaviy fermer xo'jaliklari bunyod etilyapti. Bularga qaramasdan xo'jaliklardagi mahsuldor sigirlar orasida reproduktiv a'zolar kasalliklari va funksiyalarining buzulishi oqibatida bepushtliklarning kuzatilishi mahsuldorlik va sigirlardan bola olishning kamayishi, yuqori mahsuldor hayvonlardan xo'jalikda foydalanish muddatlarining qisqarishi hisobiga katta iqtisodiy zararga sabab bo'lmoqda.

Tadqiqot materiallari va uslublari. Ilmiy-tadqiqot ishlari Buxoro viloyati Jondor tuman "Bo'ston Nazar" chorvachilik fermer xo'jaligida 120 bosh qoramollarda akusher-ginekologik dispanser tekshirish ishlari olib borilib tekshirishlar davomida sigirlarni oylar bo'yicha bo'g'ozligi va yaqinda qochgan, tuqqanlari hamda bepushtlari ajratilib alohida guruh qilib davolash ishlarini olib borildi. 50 bosh sigir har xil ginekologik kasalliklar bilan kasallanganligi 19 bosh endometrit bilan kasallangan, 13 bosh sigirlarda yo'ldosh ushlanib qolishi, 5 bosh sigirlarda tuxumdonlar gipofunksiyasi, 13 bosh sigirlarda bachadon subinvolutsiyasi bilan zararlanganligi aniqlandi va davolandi. Aynan shu chorvachilik fermer xo'jaligida "Golshtin zotli sigirlarda reproduktiv faoliyatini rag'batlantirish usullarini takomillashtirish" mavzusi bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda,

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

qo'shimcha sifatida ilmiy ishlarni muvofiqiyatli borishi uchun, Golshtin zotli sigirlar reproduktiv faoliyatini rag'batlantirishda qo'llanladigan ozuqaviy qo'shimcha "VILOFOSS" ni hazm organlarida bo'ladigan fermentatsiya jarayoniga ta'siri nomli ilmiy ishlar olib borildi tajriba uchun tuqganiga 15-20 kun bo'lgan 40 bosh Golshtin zotli sigirlar tanlab olindi ularni akusher gnekologik dispenser tekshirishlardan o'tkazib oziqa ratsioniga "VILOFOSS" oziqa qo'shimchasini qo'shib oziqlantirib sinovdan o'tkazdik. Tajribada 20 bosh va nazoratda 20 bosh yangi tuqganiga 15-20 kun bo'lgan sigirlar oziqasiga xar bir boshga 100 gr dan "VILOFOSS" oziqa qo'shimchasi qo'shib sinovdan o'tkazildi.

Tadqiqot natijalari. Nazoratda bo'lgan 20 bosh sigirlar xo'jalik ratsioni asosida boqildi oziqa qo'shimchasi qo'shilmadi. Tajribada va nazoratda bo'lgan sigirlarni tana harorati, yurak urishi, pulslar soni, katta qorin harakati, nafas olishi, teri va junning holati, oyoq va tirnoqlar holati, ajratilayotgan metabalit axlat tekshirishlardan o'tkazilib yozib borildi.

Nazorat guruhida bo'lgan sigirlarga xo'jalik ratsionidagi oziqalar bilan oziqlantirildi xo'jalik ratsionidagi oziqalar makka silosi, bug'doy somoni, paxta sheluxasi, paxta shroti, omuxta yem, osh tuzi, beda pichani va hokoza. Nazoratda bo'lgan 20 bosh sigirlardan 13 bosh sigirlarda ginekologik kasalliklarni namoyon bo'lganligi shuning bilan birgalikda sigirlarda kuyga kelishning 45-50 kunga cho'zilganligi tajribalarda yaqol namoyon bo'ldi.

Tajriba guruhida bo'lgan 20 bosh sigirlarga xo'jalik ratsionidagi oziqalariga "VILOFOSS" oziqa qo'shimchasidan har bir bosh sigirga 100 gramdan aralashtirib berildi hazim organlarida fiziologik normal jarayon kechishi o'rganildi oshqozon shirasining tarkibi tiniq, rangsiz, muhiti kislotali suyuqlik tarkibida organik va anorganik moddalar borligi, ularni anorganik moddalaridan kaliy, kalsiy, natriy, magniy, ammoniy elementlarining fosforli, karbonatli va sulfatli tuzlari va xlorid kislotasi tashkil qiladi. Xlorid kislota hazim jarayonida muhim rol o'ynaydi. Jumladan u boshqa organik kislotalar bilan birga shiraga kislotali muhit beradi. Pepsin fermenti esa faqat kislotali muhitda faol bo'ladi. Xlorid kislota oshqozonda achish-bijg'ish jarayonlarining ro'yobga chiqishida, xilma-xil mineral moddalarning erishida, medadan o'n ikki barmoqli ichakka oziqa o'tkazilishini boshqarishda ishtirok etadi. Bu kislota oqsillarni bo'rttiradi va hazm bo'lishiga yordam beradi. Shira tarkibida o'rtacha 0,4-0,5% atrofida xlorid kislota bo'ladi. U erkin va organik moddalar bilan birikkan holda uchraydi. Oshqozon shirasi tarkibida sezilarli miqdorda xlorid kislota bo'lsa ham, uning devoriga zararli tasir qilmaydi. Oshqozon shirasi fermenti shira tarkibidagi oqsillarni parchalaydigan -proteazalar va yog'larni parchalaydigan lipaza fermentlari bo'ladi. Proteazalar jumlasiga pepsinlar, katepsin, jelatinaza va ximozin (renin) kiradi. Oshqozon bezlari uchta proferment, ya'ni faol bo'lmagan ferment oldi modda-pepsinogenlarni ishlab chiqaradi. Ulardan biri oshqozonning hamma qismlaridagi hujayralarda hosil bo'ladi. Ikkitasi esa oshqozon tubida joylashgan bezlarning hujayralari orqali ishlab chiqariladi. Pepsinogenlar xlorid kislota ta'sirida faol bo'lgan pepsin fermentiga aylanadi. Pepsin pH=0.8-1 bo'lgan muhitda faol bo'ladi, harorat esa 38-400C atrofida bo'lishi lozim. Shundagina pepsin gidroliz yo'li bilan oqsillarni albumoza va peptonlargacha parchalaydi. Ximozin (shirdon fermenti) kuchsiz kislotali, kuchsiz ishqoriy va neytral muhitlarda,

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida \ TO'PLAM — 2/24

kalsiy ionlari ishtirokida faol bo'ladi. Katepsin kuchsiz kislotali muhitda hayvonlarni meda shirasida faol bo'lib oqsillarni peptidlargacha parchalaydi. Jelatinaza proteolitik fermentlar qatoriga kiradi. Uning miqdori judakam bo'lib biriktiruvchi to'qima oqsilli-jelatinni parchalaydi.

Lipaza-fermenti asosan yosh hayvonlar uchun ahamyatli bo'lib neytral yog'larni glitserin va yog' kislotalariga parchalaydi. Emulsiya holidagi sut yog'lariga lipaza yaxshi ta'sir qiladi. Ushbu fermentlarning faoliyatini kuchaytirsh uchun ularga aktivatorlik ta'sir ko'rsatuvchi moddalar vitamin va mikro elementlarning roli yuqori hisoblanadi tajriba uchun qo'llanilayotgan oziqaviy qo'shimcha asosini vitamin va mikroelementlar tashkil qiladi. Tajriba guruhidagi sigirlarda 9 boshida bachadon subinvolyutsiyasi 25-30 kunga cho'zilib kuyga kelib otalanishi (servis davri) 60-65 kun tashkil etdi. Tajribadan ko'rinib turibdiki oziqaviy qo'shimcha hayvon organizmiga ijobiy ta'sir ko'rsatib fiziologik holatning meyor doirasida namoyon bo'lishga asos bo'ldi.

Xulosa Tajribadan shu xulosa kelib chiqadiki tuqganiga 10-15 kun bo'lgan sigirlar oziqa ratsioniga "VILOFOSS" oziqa qo'shimchasidan xar bir bosh sigirga 100 grammdan qo'shib berilsa sigirlarni reproduktiv faoliyatini fiziologik normal holatda namoyon qilishi akusher-ginekologik kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo'luvchi omillarni hosil bo'lmasligi, bachadon subinvolyutsiyasi, tuxumdonlar gipofunksiyasi, sariq tanasi, endometritlar va boshqa shu kabi kasalliklardan profilaktika qiladi, sigirlarni kuyga kelib otalanishi ikki oydan oshmasligiga erishiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Suvanov, S. A., & Qo'ldashev, O. U. (2023). SIGIRLARDA PERSISTENT SARIQ TANA KASALLIGINI DAVOLASHDA FERTADIN PREPARATINING SAMARASI. GOLDEN BRAIN,, 1(1), 99-103.

2. Kuldoshev, O. U., & Urinov, H. S. (2023). Morphophysiological Changes in Reproductive Organs of Cows During the Gestation and Postpartum Periods. International Journal of Formal Education, 2(8), 91-94.

3. RI, H. U. B., & Kuldashev, O. U. (2024). TREATMENT AND PREVENTION OF POSTNATAL ENDOMETRITIS IN PRODUCTIVE COWS. UNIVERSAL JOURNAL OF ACADEMIC AND MULTIDISCIPLINARY RESEARCH, 2(9), 107114.

4. Kuldashev, O. U., & Xamrayev, S. O. (2024). SIGIRLARDA ALIMENTAR BEPUSHTLIKLARNING SABABLARI, TARQALISHI VA DIAGNOSTIKASI. AMALIY VA TIBBIYOT FANLARI ILMIY JURNALI, 3(3), 258260.

5. Кулдашев, О. У., Хамраев, Ш. О., & Бобомуродов, Р. И. (2024). СИГИPЛAP КОНИНИНГ ШAKЛЛИ ЭЛEМEНТЛAPИГA TOA^HTm nPEnAPATHHH TAЪСИPИHИ УPГAHИШ. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 3(5), 1-6.

6. O'rinov, H. S., Bobomurodov, R. I., & Kuldashev, O. U. (2024). SIGIRLARDA BACHADON VA TUXUMDONLAR FAOLIYATINI RAG'BATLANTIRISHDA PREPARATLAR

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

SAMARASI. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 3(5), 7-9.

7. Kuldashev, O. U., & Suvanov, S. A. (2024). SIMMENTAL ZOTIGA MANSUB SIGIRLARDA JINSIY ORGANLAR FUNKSIYALARINI STEMULLASH VA SINXRONLASH. THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY, 2(21), 168-171.

8. Rustam, B., & Otamurod, K. (2024). SIGIRLARDA KATARAL-YIRINGLI MASTITNI ETIOPATOGENEZI, DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH. Innovations in Technology and Science Education, 3(22), 33-42.

9. Ochilov, J. N., & Kuldashev, O. U. (2024). SIGIRLARDA HOMILA YO 'LDOSHINING USHLANIB QOLISHINI DAVOLASHDA ROOTIKAN PREPARATINING SAMARASI. Ustozlar uchun, 7(1), 264-268.

10. Bobomurodov, R. I., Xamraev, S. O., & Kuldashev, O. U. (2024). SIGIRLARDA ALIMENTAR BEPUSHTLIKLARNING KELTIRIB CHIQARUVCHI SABABLARI VA PROFILAKTIKASI. Ustozlar uchun, 1(1), 269274.

11. Bobomurodov, R. I., & Kuldashev, O. U. (2024). SIGIRLAR GINEKALOGIK KASALLIKLARNI OLDINI OLISHDA PREPARATLAR SAMARASI. Ustozlar uchun, 1(1), 275-278.

12. Балиев, Ш., Суванов, С., & Кулдашив, О. (2024). Диагностика патологий, возникающих в яичниках коров, современными методами. in Library, 2(2), 1922.

13. МУЛЬТИЦЕПТОЗЛАР ЧУПОН ИТЛАРИДА ТАР^АЛИШИ. RESEARCH AND EDUCATION,, 2(1), 277-280.

14. Кулдошев, О. У. (1996). Сравнительная эффективность некоторых препаратов при пироплазмидозах крупного рогатого скота и возможности профилактики (экспериментальные исследования.

15. Балиев, Ш., Кулдошев, О., Мавланов, С., & Курбонов, Ф. (2016). Определение эффективности препаратов при лечении мастита. in Library, 16(2), 63-65.

16. Балиев, Ш., Муртазин, Б., Кулдашев, О., & Очилов, Ж. (2017). Значение биологических препаратов в профилактике бесплодия крупного рогатого скота. in Library, 17(2), 32-34.

17. Кулдашев, О., Очилов, Ж., & Хамракулов, Н. (2022). Влияние зоогигенических и технологических режимов на организм животных в условиях жаркого климата. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 1(1), 176-182.

18. Кулдашев, О. У. (2022, April). ЛЕЧЕНИЯ И ПРОФИЛАКТИКИ ХРОНИЧЕСКИЙ ЭНДОМЕТРИТА У КОРОВ. In E Conference Zone (pp. 107110).

19. Болиев, Ш. К., & Кулдашев, О. У. (2018). СТИМУЛИРОВАНИЕ ВОСПРОИЗВОДИТЕЛЬНОЙ ФУНКЦИИ У КОРОВ. In НАУКА XXI ВЕКА-ВЗГЛЯДВ БУДУЩЕЕ (pp. 120-122).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.