UDK 619:618.17-002:636.22/28.
FERMALARDA AKUSHER-GINEKOLOGIK KASALLIKLARINI OLDINI
OLISH CHORA-TADBIRLARI
Kuldashev O.U. - ilmiy rahbar, veterinariya fanlari doktori Xamraev Sh. - mustaqil tadqiqotchi Ochilov J.N. - mustaqil tadqiqotchi Saloxiddinova N.S. - katta laborant Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Annatatsiya: Maqolada sigirlarning bepusht bo'lib qolishining sabablari, akusher-ginekologik kasalliklar bo'lib, Respublika xo'jaliklarida 15-25% va undan ham ko'proq mahsuldor sigirlar aborti, yo'ldosh ushlanib qolishi, o'tkir va surunkali endometritlar tufayli bepusht bo'lib qolmoqda. Mavjud bo'lgan fan yangiliklari (yutuqlari) amalga oshirilsa 80% sigirlar tuqqandan 60 kun o'tgach otalanishi va har 100 bosh sigirlardan 90-95 ta dan ziyod buzoq olish mumkinligi yoritilgan.
Аннатация: В статье причинами бесплодия коров являются акушерско-гинекологические заболевания, а 15-25% и более продуктивных коров в хозяйствах республики остаются бесплодными вследствие абортов, отслойки плаценты, острого и хронического эндометрита. При внедрении имеющихся научных инноваций (достижений) через 60 дней после отела можно получить 80% коров, а от каждых 100 коров можно получить более 90-95 телят.
Summary: In the article, the causes of cow infertility are obstetric and gynecological diseases, and 15-25% or more of productive cows in the republic's farms remain infertile due to abortions, placental abruption, acute and chronic endometritis. With the introduction of existing scientific innovations (achievements), 60 days after calving, it is possible to obtain 80% of cows, and from every 100 cows it is possible to obtain more than 90-95 calves.
Kalit so'zlar: Fetoplasent, korreksiyalash, yo'ldosh, Ixglyukovit-vet, tug'ruq xonalar, bo'g'oz, jinsiy a'zolar, apteka, manej, operatsion, qo'ralar, ginekologik, ratsion, matsion va ko'pgina kamchiliklar birgalikda kuzatiladi.
Qishloq xo'jalik xayvonlarining bepusht qolishi eng muxim muammolardan biri bo'lib, Respublika xo'jaliklariga juda katta iktisodiy zarar yetkazib kelmokda.
Xorijiy mamlakatlarning mutaxassislari va shu jumladan bizning olimlari ham qoramollarning sonini ko'paytirishni xar tomonlama muntazam ravishda o'rganilib, ko'pgina ilmiy izlanishlari sigir va g'unojinlarning akusher-ginekologik kasalliklariga bag'ishlagan bo'lib, bu kasalliklar bepushtlikning eng asosiy sabablaridan biri deb kelmokdalar.
Bunda mollarning yashirin bola tashlashlari (embrion o'lim), yo'ldoshning ushlanib qolishi va ko'p xollarda genital a'zolarning va ayniqsa bachadonlarning yallig'lanish chorvachilikni rivojlanishda juda katta to'siqlardan biri bo'lib kelmokda.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
Shu sababli akusher-ginekologik kasalliklar chorvachilik sohasining asosiy muammolaridan bo'lib, har doim, barcha chorvachilik bilan shug'urlanuvchi mutaxassis va chorvadorlarning diqqat etiboridadir.
Respublika xo'jaliklarida 15-25% va undan ham ko'proq mahsuldor sigirlar aborti, yo'ldosh ushlanib qolishi, o'tkir va surunkali endometritlar tufayli bepusht bo'lib qolmoqda, mavjud bo'lgan barcha vosita va usullar bilan samarali davolanmasligi natijasida podani tiklashga yaroqsiz bo'lib qoladi.
Chorvachilik fermer xo'jaliklarida bunday salbiy holatlarni (vaziyatlarni) ishlab chiqarilgan zamonaviy biotexnologiya usullarga asoslanib bartaraf etish mumkin.
Chorvachilikni tiklash biotexnologiya usullari tug'ish davridan to yangitdan tug'ish davriga (bosqichlarga) bo'linadi va mollarni qochirishga tayyorlash, jinsiy a'zolar faoliyatini kuchaytirish (qo'zg'atish) zigota va homilalarni saqlab qolish hamda ginekologik kasalliklarni oldini olishdan iborat.
Mavjud bo'lgan fan yangiliklari (yutuqlari) amalga oshirilsa 80% sigirlar tuqqandan 60 kun o'tgach otalanishi va har 100 bosh sigirlardan 90-95 ta dan ziyod buzoq olish mumkin. Ishlab chiqarilgan zamonaviy veterinariya texnolgiyalari mollarning bo'g'ozlik davridan boshlab ularning mahsuldorligini oshirishga va iqtisodiy chiqimlarni kamayishiga dastlabki shart-sharoit yaratadi.
Tug'ishdan oldin olib borilgan veterinariya chora-tadbirlar tug'ishdan keyingi choralaridan o'n barobarlab ko'proq iqtisodiy samara beradi.
Bunda professor U.Nosirov aytishicha(2009) eng birinchidan xo'jalikdagi binolar, maydonchalar, mol saqlanadigan joylari turli infeksiya va boshqa kasalliklar manbalaridan xoli bo'lishi, yotib dam olish joylari, harakat bo'lib motsion olish maydonchalari, suv ichish va oziqlantirish joylari yetarli miqdorda bo'lishi zarur.
Ikkinchi umumiy kamchiliklardan oziqlantirish norma va ratsionlarning mollarni mahsuldorlik me'yoriga xos bo'lib, konsentrat va shirali ozuqalar hamda makro-mikroelnment va vitaminlar bilan ta'minlanishi lozim.
Bu degani har bir mintaqa hududida joylashgan chorvachilik ferma va fermer xo'jaliklar mollardan maksimal holda foydalanishi uchun ularning ozuqa tarkibida bor protein va shirali moddalar hamda makro-mikroelementlar miqdorini aniqlashi lozim. Shunga asoslanib ozuqa ratsionlarni kerakli element va vitaminlar bilan boyitib, mollarni oziqlantirishi kerak.
Bundan ko'rinib turibdiki, hayvonlarning ratsionlarida kerakli, organizm uchun zarur mikroelementlar - marganes, rux, ayniqsa kobalt va mis moddalari yetishmasligi tufayli modda almashinuvini buzilishiga olib keladi, u esa o'z navbatida tabiiy chidamliligini (rezistentnostini) va mollarning nasl berish qobiliyatini pasaytiradi, jinsiy a'zolarning yallig'lanishlariga va uzoq vaqt kechadigan pushtsizlikka olib keladi. Hayvonlar kechayu-kunduz uzluksiz molxonalarda ko'pincha yayratmasdan bir joyda saqlanishi, tug'ruq xonalar zoogigienik talablariga javob bermasligi, sun'iy qochirish punktlarining qoniqarsizligi tufayli tug'ayotgan sigirlarning kuchanish darajasining pasayishiga, qiyinchilik bilan tug'ishlari, yo'ldoshlarining ushlanib qolishlari va bachadon subinvolyusiyasiga olib kelib, bachadon yallig'lanishlariga olib keladi.
Fermer xo'jalikdagi sigirlarning akusher - ginekologik kasalliklari ichida jinsiy a'zolarning yallig'lanish jarayonlari katta o'rinni egallayapti. Ular patogen va shartli patogen mikroflaralar ta'siridan vujudga kelmoqda.
Adabiyot ma'lumotlariga ko'ra Rossiyaning Leningrad viloyatidagi xo'jaliklarida tuqqan sigirlarning 65% akusher-ginekologik kasalliklarga duchor bo'ladilar, Vladimir viloyatida - 44,8, Kalugada - 51,2, Kaliningrad viloyatida -80, Tataristonda 51,2% sigirlar ginekologik kasalliklariga duchor bo'ladilar (2).
Molxonalarning dizinfeksiyasi kasalliklarni oldini olishda asosiy qismni egallaydi. Afsuski bungako'pchilik xo'jaliklarda kerakli ahamiyat berilmaydi. Bu eng muhim choralar butunlay qilinmaydi, yoki qo'lning uchi bilan eskirgan 30-40 yillik loyihalar bilan o'tkazilayapti. Hozir zamonaviy, juda keng spektrli dezenfektantlar chiqarilmoqda. Bularning bittasi delegol - juda keng spektorli kompleks, yuvish effektiga ega preparat. Bu birdan bir preparat tarkibida 8 ta aktiv komponentlarni qamrab olib, barcha mavjud bo'lgan virus, bakteriya va zamburug'lardan xoli bo'lish garovini o'z ichiga oladi.
Sigir va tanalarning akusher - ginekologik kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlari ularning bug'ozlik davridan boshlanadi.Hayvonlarning yo'ldosh ushlanib qolishlarini va bola tashlashlaridan hamda patologik tug'ish jarayonlaridan saqlash uchun ularga maxsus tartib tuziladi. Bunda sigirlarni tug'ishiga 60 kun qolganida ular sut sog'ishdan to'xtatilib to'q bug'oz mollar guruhiga o'tkaziladi-suxostoy (sutdan chiqarilgan davr).
Har kuni bug'oz mollarni maxsus haydab yuradigan yo'laklarda kamida 3-5 km yurgizish lozim. Bug'oz mollarning oziqlantirishiga alohida etibor berish kerak, ayniqsa tug'ishgacha 45-60 kun qolganida silos, senaj, barda, jom va boshqa achchiq oziqalarni kamaytirish lozim. Tug'ishiga 15-20 kun qolganida esa ularni butunlay ratsiondan chiqarish kerak. Bu davrda ayniqsa qish va bahor fasllarda yog'da eriydigan vitaminlar - trivit, tetravit, multivitlarning qo'llash juda foydali. Bizning sharoitda yuqorida ko'rsatilgan makro va mikroelementlar yetishmaydi. Shuning uchun ratsionlarning kobalt, rux, marganes va mis elementlari bilan boyitilishi lozim. Albatta xo'jaliklardagi barcha yem-xashaklarning tarkibida bu elementlarning hajmini kimyo laboratoriyasiga tekshirilishi lozim.
Buning uchun kerakli elementlar bilan boyitilgan bentonit (gilmoya) qo'llash mumkin - 1% ratsiondagi quruq yem xashak hisobidan bentonit qo'shiladi.
Ma'lumotlarga qaraganda o'sib chiqqan (nishlangan) bug'doydan tayyorlangan mahsulotlar organizmning immunitetini kuchaytiradigan radioproteptor, antikanserogen, yaralarni davolash va shu jumladan reproduktiv faoliyatini tuzatadigan xususiyatlarga ega. Shuning uchun hayvonlarga o'sib chiqqan, nishlangan bug'doyni yedirishni tashkillashtirish ijobiy natijalar beradi. Sigirlarning fetoplasentlar tizimini korreksiyalash va yo'ldosh ushlanib qolishining oldini olish uchun ularning bo'g'ozlik davri 260-264 kundan boshlab mushak orasiga 0,5% selenning natriyli tuzi eritmasini 7-10 ml dan bir marta yuborish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun selen preparatini ham 10-ml dan ishlatish mumkin, bundan tashqari sigirlar tug'ishiga 15 kun qolganda va tuqqan kuni muskul orasiga 15-20 ml dan Ixglyukovit-vet preparatidan yuborish kerak.. Ferma va chorvachilik
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
xo'jaliklaridagi tug'ruq xonalarini uskunalash lozim va stanoklarni tayyorlab issiq suv va samonli, qipiq - qirindi to'shamalarni tashkillashtirish kerak.
Bug'oz mollarni tug'ruqxonaga tug'ishga 10-15 kun qolganida sanitariya qoidalariga rioya qilib o'tkaziladi (teri, tananing orqa qismi, tashqi jinsiy a'zolar va tuyoqlari dezenfeksiyalanib yuviladi).
Davolash chora-tadbirlardan yuqori samara olish uchun fermada statsionar yoki davolash punkti bo'lishi lozim va ularda apteka, manej, operatsion va yordamchi xonalar bo'lishi kerak.
Statsionarlar mollarni yayratish qo'ralar bilan biriktirilishi . Statsionarlarda va ularda mollarni davolash uchun kerakli shart-sharoitlar bo'lishi kerak: kanalizatsiya, vodoprovod, isitish uskunalari, dori-darmonlar, oziqa zaxiralari, xizmatchilar va hokazolar. Davolash va oldini olish choralari o'z vaqtida bajarilsa unda yuqori samara olish mumkin.
Sigirlarning yo'ldosh ushlanib qolishini oldini olish chora - tadbirlari.
Ginekologik kasalliklardan 60-80 foizni jinsiy a'zolarining har xil yallig'lanishlariga to'g'ri keladi, qaysiki ko'pincha sigirlarning yo'ldosh ushlanib qolishidan paydo bo'ladi (3,7). Ko'pincha 20-40% tuqqan sigir va g'unojinlarda yo'ldoshi ushlanib qoldi. Umuman olganda amaliyotda yo'ldosh ushlanib qolishidan, bachadon subinvolyusiya va endometritlardan xolis xo'jaliklar kuzatilmaydi.
Odatda sigirlarda yo'ldosh tuqqandan keyin 5-6 soat o'tgach tushishi kerak. Agarda yo'ldosh tuqqandan so'ng 7-8 soat ayniqsa 10-12 soat va undan ko'proq vaqtda tushsa bu me'yorga mos emas va bu molning organizmida modda almashinuvi buzilganligi yoki oziqlantirish va parvarishlardan noto'g'ri foydalanganlikdan darak beruvchi dalil deb hisoblash kerak.
Mollarning yo'ldosh ushlanib qolishi ko'proq bachadon atoniya va gipotoniyasi hamda uning retreksion (qisqarish) faoliyatining buzilib susayishda, yoki xorion va bachadon karunkolarning jipslashib payvan bo'lishidan paydo bo'ladi.
Ratsionlar yetarli darajada bo'lmasligi yoki ularning tarkibida yuqorida ko'rsatilgan moddalarning kamchililigi, yoki butunlay yetishmasligi, matsionning yo'qligi, yuqumli va yuqumsiz kasalliklar mollarning yo'ldosh ushlanib qolishiga moyil qiladilar. Xo'jaliklarda bu illatlar bitta emas ko'pgina kamchiliklar birgalikda kuzatiladi.
Shunga asoslanib sigirlarning yo'ldosh ushlanib qolishining choralari ishlab chiqildi. Ular kompleks agronomik, zootexnik tashkiliy xo'jalik va veterinariya choralarini qamrab olib umumiy mollarning tabiiy chidamliligini oshirishga bag'ishlangan (3). Undan tashqari sigirlarning yo'ldosh ushlanib qolishining oldini olish uchun mahsus tayyorlanga polimerli "karbokaz" preparati yoki bo'lmasa Ixglyukovit-vet preparati qo'llanildi. Buning uchun sog'ishdan chiqarilgan bo'g'oz sigirlarning mushak orasiga preparat "Karbokaz"- 2 marta, 15-20 kun oraliq bilan yuborildi. Natijada 20 bosh tuqqan sigirlardan faqat 1 bosh molda (5%) yo'ldosh saqlanib qolgan. Aynan shu vaqtda nazoratdagi 32 bosh bo'g'oz sigirlardan 6 - tasi (18,8%) yo'ldoshi ushlanib qolgani ro'yxatga olindi.
Sigirlarning endometrit kasalliginig oldini olish chora - tadbirlari.
Sigirlarni o'tkir endometritlarini oldini olish uchun yuqorida ko'rsatilgan kompleks chora-tadbirlar bilan bartonellalarni bartaraf etadigan azidin va diamidin asosida tayyorlangan keng ta'sir qamroviga ega preparatlar kompleksi ishlab chiqildi.
Sigirlar tug'ishiga 10-15 kun qolganda ularning mushak orasiga 10-12 ml Ye selen yoki 20 ml dan Karbokaz yoki Ixglyukovit-vet preparati yuboriladi. Tuqqandan keyin esa yuqorida ko'rsatilganidek neyrogormonal preparatlar ( Gonodin, fertodin, prozerin, karboxolin, furamon, sinestrol, estradiol, oksitotsin) yo'riqnomalariga asoslanib, og'iz suti bilan birgalikda qo'llaniladi. Keyinchalik sigirlarning yo'ldoshlari tushishi bilan ularni bachadoniga "Karbokaz" preparati yuboriladi, har 100 kg tirik vazniga 5 ml dan, bir marta yuboriladi.
Tadqiqotlar natijasida preparatlarning profílaktik xususiyati baland ekanligi aniqlandi. Bunda tajribadagi mollar tuqqandan keyin 1,5-2,5 oyda otalandilar, Shu vaqtning o'zida tuqqan nazorat guruhidagi mollar 3-4 oy mobaynida 30% otalandilar
(4).
Sigir va g'unojinlar bola tashlashining oldini olish.
Qoramollarning bola tashlashi pushtsizlikning asosiy muammolardan biri bo'lib, ko'p mutaxassis va chorvadorlarning e'tiborini jalb qiladi. Hayvonlarda abortlarning ko'pchiligi spesifík va nospetsefík infeksiyalardan paydo bo'lishi belgilangan. Shundan ma'lumki nasilli buqalarning urug'larida brusellyoz, tuberkulyoz, leptospiroz, trixomonoz, oqsil, vaginitlarning chiqaruvchi mikrob va viruslar hamda shartli patogen mikrofloralar topildi (1). Ular sigir va g'unojinlarning abort va jinsiy a'zolarining yallig'lanish jarayonlariga olib kelishi mumkin. Yashirin abortlar ya'ni embrion o'limini oldini olish uchun mollarning tabiiy chidamliligini oshiradigan hamda neyrogormonal preparatlar qo'llaniladi. Amaliyotda buning uchun yog'da eriydigan A, D, Ye vitaminlar, kaliy yodid, metalosot va boshqa mineral moddalarxolinemimetik preparatlar (prozerin, karboxolin, furamon) qo'llaniladi. Undan tashqari embrion o'limini oldini olish uchun fertodin, gonodin progesteron va boshqa preparatlardan biri yoki oksitotsin, trixomonadlarga hamda kampilobakteriylar va shartli patogen mikroblarga qarshi chiqarilgan antibiotik va antiseptiklar qo'llaniladi. Chorvachilik fermalarida barcha chora-tadbirlarga qaramasdan to'xtamay kechadigan abortlar kuzatilib kelmoqda. Bunday hollarda maxsus tayyorlangan polimerli korbakaz suspenziya yoki bo'lmasa Ixglyukovit-vet preparati gonodin yoki fertodin preparatlarini bittasi bilan birgalikda qo'llaniladi. Preparat 3-4 marta, har 10-15 kunda qo'llanilganda abortlar to'xtaydi va fermalarda tirik va sog'lom buzoqlar tug'ila boshlaydi (4).
Shunday qilib, akusher-ginekologik kasalliklar (abort, yo'ldosh ushlanib qolishi, bachadon subinvolyusiyasi, o'tkir va surunkali endometrit va hokazolar) simptomatik pushtsizligining asosiy sabablaridan biri bo'lib turibdi Ayniqsa sigir va tanalarni sifatsiz oziqlantirish, hayvonlarni asrashda zoogigienik shart-sharoitlarni, ya'ni mikroiqlim parametrlarning noqulayligi, yetarli darajada matsionning bo'lmasligi hamda tug'ishga yordam bermaslik va qochirishda vetsanitariya qoidalarga rioya qilmaganida va tug'ishdan keyinga ginekologik kasalliklarini o'z vaqtida sifatli davolash chora-tadbirlarini o'tkazmaslikdan paydo bo'ladi.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
Olingan buzoqlarning soni sut va go'sht mahsulotlarini kamayishi natijasida paydo bo'lgan ulkan iqtisodiy zararlarni oldini olish uchun xo'jaliklarda hayvonlarning tabiiy chidamliligini oshirish, neyro-gormonal faoliyatini tartibga solish va kasallikning asosiy qo'zg'atuvchilarni bostirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir..
Sigirlarning tug'ishdan keyingi endometritlarmi oldini olishda "Ixglyukovit-vet", "Karbokaz" preparatlari neyrogormonal preparatlari va og'iz suti bilan birgalikda qo'llanilganda samarasi umumiy vosita va usullardan 1,5 -2 barobar yuqori natija berdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Салохиддинова, Н., Муртазин, Б., & Кулдошев, О. (2007). Симптоматическая импотенция. in Library, 2(2), 18-18.
2. Мавланов, С., Кулдошев, О., Мамутов, А., & Бобоназаров, Э. (2016). Влияние ветеринарно-санитарных и зоогигиенических норм на физиологические и продуктивные показатели животных. in Library, 16(1), 146148.
3. Мавланов, С., Кулдошев, О., Хужамов, Ж., & Кувватов, Х. (2016). Современные меры по предотвращению голодной смерти скота. in Library, 16(2), 149-151.
4. Кулдашев, О. (2016). Меры лечения и профилактики бесплодия коров. in Library, 16(4), 31-32.
5. Мавланов, С., Кулдошев, О., Хужамов, Ж., & Кувватов, Х. (2017). Профилактика голодания скота. in Library, 17(3), 29-30.
6. Исаев, М., & Кулдошев, О. (2018). Факторы увеличения отела коров. in Library, 18(2), 32-33.
7. Ачилов, Д., & Кулдошев, О. (2019). Профилактика отслойки плаценты у коров. in Library, 19(2), 309-312.
8. Салохиддинова, Н., Кулдошев, О., Исаев, М., Очилов, Ж., & Хдмрокулов, Н. (2019). Результаты применения препарата плацентина на репродуктивную активность коров и лечение половых заболеваний. in Library, 19(4), 33-34.
9. Салохиддинова, Н., Кулдошев, О., Исаев, М., Очилов, Ж., & Хдмрокулов, Н. (2019). Использование препарата плацентина в репродуктивной деятельности коров и при лечении половых заболеваний. in Library, 19(2), 3031.
10. Балиев, Ш., & Кулдошев, О. (2019). Меры профилактики акушерско-гинекологических заболеваний у коров и коров. in Library, 19(2), 61-62.
11. Балиев, Ш., Кулдошев, О., Исаев, М., Очилов, Ж., & Зарпуллаев, П. (2019). Ветеринарно-санитарные требования к искусственному побегу животных. in Library, 19(3).
12. Кулдошев, О., Очилов, Ж., & Хамракулов, Н. (2022). Изменения эндометрия после отела коров и их профилактика. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 1(1), 183188.
13. Кулдошев, О., Исаев, М., Очилов, Ж., & Салохиддинов, Н. (2022). Эффективность карбоксаза при лечении острого гнойно-катарального
эндометрита у коров. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 1(1), 189-194.
14. Bobomurodov, R. I., Xamraev, S. O., & Kuldashev, O. U. (2024). SIGIRLARDA ALIMENTAR BEPUSHTLIKLARNING KELTIRIB CHIQARUVCHI SABABLARI VA PROFILAKTIKASI. Ustozlar uchun, 1(1), 269274.
15. Bobomurodov, R. I., & Kuldashev, O. U. (2024). SIGIRLAR GINEKALOGIK KASALLIKLARNI OLDINI OLISHDA PREPARATLAR SAMARASI. Ustozlar uchun, 1(1), 275-278.
16. Балиев, Ш., Суванов, С., & Кулдашив, О. (2024). Диагностика патологий, возникающих в яичниках коров, современными методами. in Library, 2(2), 1922.
17. Кулдошев ОУ, Э. Д. Корамоллар акушер-гинекологик касалликларини даволаш ва олдини олиш. In Сам КгХИ.. Цишлоц хужалик ишлаб чицаришни ривожлантиришда инновацион технологияларининг роли. Профуцитув. Илмий амалий конф (Vol. 1).
18. Кулдошев ОУ, М. С. (2012). Сигирлар акушер-гинекологик касалликларини даволаш. Zooveterinariya, 10, 33-34.
19. Муртазин, Б. Ф., Исматова, Р. А., Кулдашев, О. У., Салохиддинова, Х. С., & Тухтаева, Р. А. (2004). Профилактика задержания последа у коров и нетелей. In Свободные радикалы, антиоксиданты и здоровье животных: материалы Международной научно-практической конференции. Воронеж (pp. 259-262).
20. БФ, К. О. М., & Бобоев, Т. М. (2011). Лечения и профилактика акушерско-гинекологических заболеваний коров полимерными соединениями антисептических препаратов. In Туртинчи халцаро илмий конференция УзВИТИ. Самарцанд.
21. Хакимов, Б. Н., Кулдошев, О. У., Хакимов, М. Б., & Суванов, С. А. (2023). ИТЛАРДА ЦЕНУРОЗ КАСАЛЛИГИНИ КУЗЕАТУВЧИСИ ЧУЛ ^УДУДИДА МУЛЬТИЦЕПТОЗЛАР ЧУПОН ИТЛАРИДА ТАРКДЯИШИ. RESEARCH AND EDUCATION, 2(1), 277-280.
22. Кулдашев, О. У. (2018). СИМПТОМАТИЧЕСКОГО БЕСПЛОДИЯ КРУПНОГО РОГАТОГО СКОТА В УЗБЕКИСТАНЕ. In НАУКА XXI ВЕКА-ВЗГЛЯДВ БУДУЩЕЕ (pp. 125-128).
23. Кулдашев, О. У., Мавлонов, С. И., Исаев, М. Т., Очилов, Ж. Н., & Хамракулов, Н. Ш. (2021). НОВОЕ СРЕДСТВО ДЛЯ ПРОФИЛАКТИКИ ЗАДЕРЖАНИЯ ПОСЛЕДА У КОРОВ. In НАУЧНОЕ ОБЕСПЕЧЕНИЕ УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ АГРОПРОМЫШЛЕННОГО КОМПЛЕКСА (pp. 1387-1390).
24. Исаев, М., & Кулдошев, О. (2022). Эффективность гидролизата белка при лечении незаразных болезней телят. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 1(1), 123-125.
25. Болиев, Ш. К., & Кулдашев, О. У. (2018). СТИМУЛИРОВАНИЕ ВОСПРОИЗВОДИТЕЛЬНОЙ ФУНКЦИИ У КОРОВ. In НАУКА XXI ВЕКА-ВЗГЛЯДВ БУДУЩЕЕ (pp. 120-122).