UDK:619.617.999.192.616
SIMMENTAL ZOTIGA MANSUB SIGIRLARDA PERSISTENT SARIQ TANA KASALLIGINI DAVOLASHDA MAGISTROFAN VA SURFAGON
PREPARATLARINING SAMARASI
Suvanov S.A. - tayanch doktoranti Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti sardor. suvanov. 96@mail .ru
Annotasiya: Ushbu maqolada bugungi kunda fermer xo'jaliklari sharoitida parvarishlanayotgan mahsuldor sigirlarda persistent sariq tana tufayli yo'zaga keladigan bepushtliklarni davolashda magistrofan va surfagon preparatlarining samarasi bayon etilgan.
Kalit so'zlar: bachadon, tuxumdon, qin, jinsiy yo'llar, bachadon shoxlari, endometrit, matsion, ratsion.
Kirish. Davlatimiz agrar siyosatining asosiy jabhalaridan biri Respublikamizda chorvachilikni xususiy mulkchilik asosida jadal rivojlantirish va rentabelli sohalardan biriga aylantirish, aholi turmush darajasini oshirish, ichki bozorni go'sht, sut kabi hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror to'ldirishga katta e'tibor qaratilishi hisoblanadi.
Aholining chorvachilik mahsulotlariga bo'lgan talabini yanada yaxshiroq qondirish davlatimiz agrar siyosatining asosiy jabhalaridan biri hisoblanadi. Respublikamiz Prezidentining qator farmonlari va vazirlar mahkamasining qarorlarida aholining chorvachilik mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish iqtisodiy hamda siyosiy masala deb ta'kidlanadi.
Bugungi kunda dunyo miqyosida qoramolchilik xo'jaliklarida parvarishlanayotgan yo'qori mahsuldor sigirlarda patologik persistent sariq tana tufayli qoramollar bosh sonini ko'paytirish va reja asosida olinadigan buzoq bosh sonini oshirishga to'sqin bo'lmoqda.
D.V.Mixaylov ma'lumotlariga (2006) ko'ra, sigirlarda jinsiy a'zolarning kasalliklari boshqa tizim kasalliklariga nisbatan ko'p qayd etilib, umumiy kasalliklarning o'rtacha 23,2% - 42,% ni tashkil etadi. Hayvonlar bog'lamasdan parvarishlanganda yo'ldoshni ushlanib qolishini 3,9%, bachadon subinvolyutsiyasini - 3,9%, endometritlarni - 7,6%, tuxumdonlarning kasalliklarini - 12,7% kamayishi, abortlar sonining esa 2,6% ga ortishi qayd etilgan.
E.S.Sedleskaya, G.P.Dyulger (2012) ma'lumotlariga ko'ra, tuxumdonlar gipofunksiyasi har uchta yangi to'qqan sigirda (35,4%), birinchi martta yangi to'qqan 40-60 % sigirda uchraydi. Sigirlarda tuxumdonlar funksiyasining buzilishlari tarqalish darajasiga ko'ra yoshiga bog'liq bo'ladi. Yoshi katta sigirlarga nisbatan yangi to'qqan sigirlarda ikki marta ko'proq ro'yxatga olingan.
S.G.Kondruchina (2004) ma'lumotlariga ko'ra, sigirlarda tuxumdonlar gipofunksiyasi keng tarqalgan bo'lib (15,1-17,7% ) ni tahkil etadi. Doimiy sariq tana 2,75 - 4,0% qayd etilgan va 0,8 - 1,6% podada tuxumdon kistalariga to'g'ri keladi.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
(Eshburiyev.B.M 2020) ma'lumotlariga ko'ra persistent sariq tanani davolashda 2 turdagi davolash usullaridan foydalaniladi simtomatik va operativ. Simtomatik vositalarga ovariolizat yaxshi natija beradi. Ushbu preparat teri ostiga 1015 ml dan 2 kun oralatib, 5 martta inyeksiya qilinadi.
(Eshburiyev.B.M 2020) ma'lumotlariga ko'ra persistent sariq tanani davolashda bepusht sigirlarga prostaglandin F-2 alfa (magestrofan, estrofan) preparatlardan biri 2 ml dozada bir martta inyeksiya qilinadi. Shu bilan birgalikda jinsiy sikl sinxronligini va otalanishni yaxshilash maqsadia urug'lantirilgandan kiyin gonodatropinlar (follimag, folligon) 1000 XB dozada qo'llaniladi.
Tadqiqotlar obekti va usullari. Ilmiy tadqiqotlarning tajribalar qismi mahsuldor sigirlarda patologik persistent sariq tana tufayli yuzaga keladigan bepushtliklarning oldini olishda va profilaktika maqsadida magistrofan va surfagon preparatlarining sigirlar kuyga kelishini va reproduktiv faoliyatini stimullashni o'rganish maqsadida Samarqand viloyati pastdarg'om tumani "Bobur chorvasi" fermer xo'jaligiga qarashli chetdan keltirilgan simmental zotiga mansub 15 bosh, 2-tug'um tug'ruqdan 90 kundan oshgan sog'in sigirlarda olib borildi.
Dastlab sigirlar ajratib olinib ultratovushli tekshirish apparati yordamida tuxumdonlari va bachadon holati urganildi, tuxumdonlarda surilmay qolgan sariq tana borligi aniqlandi sungra tajriba ishlari olib borildi.
Tajribalar uchun har birida 5 boshdan sigirlar bo'lgan 3 ta guruh tashkil qilindi. Birinchi tajriba guruhidagi sigirlarga magistrofan preparati 2 ml, E-selen 15 ml, surfagon 5 ml muskulga yo'borildi va rektalni to'g'ri ichak orqali 4-5 daqiqa masaj qilindi, ikkinchi tajriba guruhida 4-5 daqiqa masaj va E-selen preparati 15 ml qo'llanildi, uchinchi tajriba guruhidagi sigirlar rektalni to'g'ri ichak orqali 4-5 daqiqa masaj qilindi.
Olingan natijalar tahlili. Tajribada bo'lgan sigirlardan I tajriba guruhidagi sigirlarda magistrofan 2 ml, E-selen 15 ml, surfagon 5 ml va masaj qilingandan sung tajribaning 5-8 kunlari tajribadagi sigirlar kuyga keldi va urug'lantirildi.
II tajriba guruhidagi sigirlarga E-selen 15 ml va masaj qilingandan sung tajribaning 7-10 kunlari 3 bosh sigirlarda kuyikish ko'zatildi.
Nazorat guruhidagi faqat masaj qilingan sigirlar 10 kundan sung 2 bosh sigirda kuyikish ko'zatildi.
Otalantirilgandan 1 oy utib tajribadagi sigirlar ultratovushli tekshirish aparati yordamida bug'ozligi tekshirildi va otalanish % aniqlandi.
Guruhlar Sigirlar bosh soni Qo'llanilgan vositalar Kuyg si ;a kelgan girlar Ota si langan »irlar
I tajriba 5 Magistrofan 2 ml muskulga Masaj 4-5 daqiqa Surfagon 5 ml E-selen 15 ml 5 100% 4 80%
II tajriba 5 4-5 daqiqa masaj va E-selen preparati 15 ml qo'llanildi 3 60% 2 40%
Nazorat 5 4-5 daqiqa masaj qilindi. 2 40% 1 20%
A. B. D.
a- patologik sariq tananing ko'rinishi, b- patologik sariq tananing ultratovushli tekshirish apparatida ko'rinishi, d- homilani 30-kundagi ultratovushli tekshirish apparatidagi ko'rinishi.
Xulosa. Mahsuldor sigirlarda persistent sariq tana tufayli yuzaga keladigan bepushlik oqibatida qoramollar qisr qolmoqda va mahsuldorlik keskin pasaymoqda.
Fermer xo'jaliklar sharoitida parvarishlanayotgan mahsuldor sigirlarda akusher ginekologik kasalliklar va ular oqibatida yuzaga keladigan bepushtliklar salmoqli urin egallamoqda.
Ushbu kasallikni davolashda zamonaviy usullardan foydalangan holda qoramollar bosh sonini ko'paytirish bugungi kun talabi.
Persistent sariq tanani davolashda magistrofan va surfagon gormonal preparatlari birgalikda yo'qori samaradorlikka ega va bepushliklarni oldini olish va davolashda keng tasr doirasiga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Исаев, М., & Кулдошев, О. (2018). Факторы увеличения отела коров. in Library, 18(2), 32-33.
2. Ачилов, Д., & Кулдошев, О. (2019). Профилактика отслойки плаценты у коров. in Library, 19(2), 309-312.
3. Балиев, Ш., & Кулдошев, О. (2019). Меры профилактики акушерско-гинекологических заболеваний у коров и коров. in Library, 19(2), 61-62.
4. Балиев, Ш., Кулдошев, О., Исаев, М., Очилов, Ж., & Зарпуллаев, П. (2019). Ветеринарно-санитарные требования к искусственному побегу животных. in Library, 19(3).
5. Кулдошев, О., Очилов, Ж., & Хамракулов, Н. (2022). Изменения эндометрия после отела коров и их профилактика. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 1(1), 183188.
6. Кулдошев, О., Исаев, М., Очилов, Ж., & Салохиддинов, Н. (2022). Эффективность карбоксаза при лечении острого гнойно-катарального эндометрита у коров. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 1(1), 189-194.
7. Кулдошев, О. У., Сувонов, С. А., & Рузимов, М. (2022, November). СИГИРЛАР туккандан КЕЙИНГИ ГИНЕКОЛОГИК КАСАЛЛИКЛАРНИ
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
ДАВОЛАШДА ВА РЕПРОДУКТИВ ФАОЛЯТИНИ РАЕБАТЛАНТИРИШДА ПРЕПАРАТЛАР САМАРАСИ. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 11, pp. 102-108).
8. Кулдошев, О. У., Расулов, У. И., & Рузимов, М. (2022). РАСПРОСТРАНЕНИЕ ИНВАЗИОННЫХ БОЛЕЗНЕЙ, ДЕЙСТВИЕ ПРОИЗВОДИМЫХ ИМИ ЯДОВ НА ОРГАНИЗМ ЖИВОТНЫХ. Journal of new century innovations, 10(5), 30-41.
9. Suvanov, S. A., & Qo'ldashev, O. U. (2023). SIGIRLARDA PERSISTENT SARIQ TANA KASALLIGINI DAVOLASHDA FERTADIN PREPARATINING SAMARASI. GOLDEN BRAIN,, 1(1), 99-103.
10. Kuldashev, O. U., & Xamrayev, S. O. (2024). SIGIRLARDA ALIMENTAR BEPUSHTLIKLARNING SABABLARI, TARQALISHI VA DIAGNOSTIKASI. AMALIY VA TIBBIYOT FANLARIILMIY JURNALI, 3(3), 258260.
11. Балиев, Ш., Суванов, С., & Кулдашив, О. (2024). Диагностика патологий, возникающих в яичниках коров, современными методами. in Library, 2(2), 1922.
12. Кулдашев, О., Оринов, X., Бобомуродов, Р., & Кулдашев, О. (2024). Эффективность современных препаратов в профилакти
13. Кулдашев, О., Оринов, X., Бобомуродов, Р., & Хамраев, Ш. (2024). Причины, лечение и профилактика алиментарного бесплодия коров. in Library, 2(2), 269-274.
14. Qo'ldoshev, O. U. Mavlanov SI Sigirlar qisir qolishining oldini olish. Zooveterinariya, 9, 19-20.
15. Кулдошев ОУ, Э. Д. Корамоллар акушер-гинекологик касалликларини даволаш ва олдини олиш. In Сам КгХИ.. Цишлоц хужалик ишлаб чицаришни ривожлантиришда инновацион технологияларининг роли. Профуцитув. Илмий амалий конф (Vol. 1).
16. Кулдошев ОУ, М. С. (2012). Сигирлар акушер-гинекологик касалликларини даволаш. Zooveterinariya, 10, 33-34.
17. Муртазин, Б. Ф., Исматова, Р. А., Кулдашев, О. У., Салохиддинова, Х. С., & Тухтаева, Р. А. (2004). Профилактика задержания последа у коров и нетелей. In Свободные радикалы, антиоксиданты и здоровье животных: материалы Международной научно-практической конференции. Воронеж (pp. 259-262).
18. БФ, К. О. М., & Бобоев, Т. М. (2011). Лечения и профилактика акушерско-гинекологических заболеваний коров полимерными соединениями антисептических препаратов. In Туртинчи халцаро илмий конференция УзВИТИ. Самарцанд.
19. Хакимов, Б. Н., Кулдошев, О. У., Хакимов, М. Б., & Суванов, С. А. (2023). ИТЛАРДА ЦЕНУРОЗ КАСАЛЛИГИНИ КУЗЕАТУВЧИСИ ЧУЛ ^УДУДИДА МУЛЬТИЦЕПТОЗЛАР ЧУПОН ИТЛАРИДА ТАРКДЯИШИ. RESEARCH AND EDUCATION,, 2(1), 277-280.
20. Болиев, Ш. К., & Кулдашев, О. У. (2018). СТИМУЛИРОВАНИЕ ВОСПРОИЗВОДИТЕЛЬНОЙ ФУНКЦИИ У КОРОВ. In НАУКА XXI ВЕКА-ВЗГЛЯДВ БУДУЩЕЕ (pp. 120-122).