Научная статья на тему 'GLOBALLASHUV SHAROITIDA MAMLAKATIMIZDA STRATEGIK SAVDO SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI'

GLOBALLASHUV SHAROITIDA MAMLAKATIMIZDA STRATEGIK SAVDO SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Xalqaro iqtisodiyot / Bretton-Vuds valyuta tizimi / Jahonsavdo tashkiloti / YeOII / subsidiyalash / GATT / volyusiyasi / iqtisodiy tazyiq / integratsiya / biznes forum

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nurova N.N

Ushbu maqolada xalqaro iqtisodiyotning chuqurlashuvi natijasida turli iqtisodiy tashkilotlarning faoliyatini xalqaro darajada joriy etish, Xalqaro valyuta fondining tashkil topishiga nazariy va tahliliy ma`lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GLOBALLASHUV SHAROITIDA MAMLAKATIMIZDA STRATEGIK SAVDO SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

GLOBALLASHUV SHAROITIDA MAMLAKATIMIZDA STRATEGIK SAVDO SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH

YO'NALISHLARI

Nurova N.N

Iqtisodiyot kafedrasi o'qituvchisi Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakul'teti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11402100

Annotatsiya. Ushbu maqolada xalqaro iqtisodiyotning chuqurlashuvi natijasida turli iqtisodiy tashkilotlarning faoliyatini xalqaro darajada joriy etish, Xalqaro valyuta fondining tashkil topishiga nazariy va tahliliy ma lumotlar keltirilgan.

Kalit so^zlar: Xalqaro iqtisodiyot, Bretton-Vuds valyuta tizimi, Jahonsavdo tashkiloti, YeOII, subsidiyalash, GATT, volyusiyasi, iqtisodiy tazyiq, integratsiya, biznes forum.

Mamlakat iqtisodiyotining barqaror o'sishi va uning jahon bozoriga kirib borishini ta'minlovchi asosiy omillardan biri mamlakatning xalqaro savdo salohiyati hisoblanadi. Shu sababli ham rivojlangan va rivojlanayotgan har bir mamlakat o'z daromadini yuksaltirish va valyuta oqimini ko'paytirish maqsadida xalqaro savdoni strategik jixatdan amalga oshirishga harakat qiladi. O'z navbatida bu maqsadga erishishda mamlakat barcha imkoniyatlardan foydalangan holda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hamda bozorga taklif qilishni ko'paytirishga harakat qiladi. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida "Respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026 yilda respublika eksport hajmlarini 30 milliard AQSH dollariga yetkazish" bilan bog'liq ustuvor maqsad va vazifalar belgilab berilgan1. Mazkur vazifalarning samarali ijrosini ta'minlash respublikamiz sanoat korxonalarida eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish bo'yicha ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni talab etadi.

Ikkinchi jahon urushidan so'ng global iqtisodiy integratsiyaning kengayishi yuzaga kela boshladi. Xalqaro iqtisodiyotning chuqurlashuvi natijasida turli iqtisodiy tashkilotlarning yuzaga kelishi yuz berdi.

Ikkinchi jahon urushidan so'ng global iqtisodiy integratsiyaning kengayishi yuzaga kela boshladi. Xalqaro iqtisodiyotning chuqurlashuvi natijasida turli iqtisodiy tashkilotlarning yuzaga kelishi yuz berdi.

Jumladan, Bretton-Vuds valyuta tizimining vujudga kelishi asnosida Xalqaro valyuta fondining tashkil topishi bunga misol bo'ladi. Jahon savdo tashkiloti (JST) 1995 yilda tashkil etilgan bo'lsa-da, uning tarixi bevosita 1947 yilda tuzilgan "Savdo va tariflar bo'yicha umumiy kelishuv (General Agreement on Tariffs and Trade, GATT)"ning evolyusiyasi natijasida vujudga kelgan. Mazkur kelishuvning asosiy maqsadi xalqaro savdoda to'siqlarni bartaraf etish bo'lib, unga ko'ra notarif to'siqlarni kamaytirish, import kvotalarini shakllantirish va savdoni subsidiyalash kabilarni oldini olishdan iborat bo'lgan.

Hozirgi kunda ham JST 1986-1994 yillarda Urugvay raundida qabul qilingan qoidalar va GATT bo'yicha me'yorlarga amal qilgan holda savdolarni tashkil etishni kuzatib keladi. Shu boisdan, mamlakatlar o'rtasidagi umumiy savdo kelishuvi va proteksionizm bo'yicha yagona yondoshuvga erishilmagan va bu bo'yicha Doha raundida (Qatar) muzokaralar davom etmoqda.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Ta'kidlash kerak, rivojlanayotgan mamlakatlarga savdo imtiyozlarini qo'llash rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ko'proq amal qiladi.

GATTning amal qilishi va JSTning tashkil topishi natijasida bojxona tariflari va notarif to'siqlarning bir necha barobar pasayganligini qayd etish lozim. Bu esa, mamlakatlar o'rtasida xalqaro savdoni tartibga solish va tomonlarning manfaatlarini himoya qilishga va rivojlantirishga qaratilgan jarayonlarni o'zida aks ettiradi.

Hozirgi kunda keng jamoatchilik va ba'zi ekspertlar tomonidan O'zbekistonni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo bo'lib kirishi ortidan JSTga a'zo bo'la olmasligi yoxud jarayon qiyinlashishi mumkinligi haqida asossiz fikrlar berilmoqda. Bu borada, o'zbek-amerika biznes forumida ham to'xtalib o'tildi. Ya'ni, O'zbekistonni YeOIIga a'zo bo'lishi JSTga qo'shilish jarayonini murakkablashtirishi va ma'lum bir darajada Rossiya tomonidan mamlakatimizga siyosiy bosimlar paydo bo'lishi mumkinligi haqida asossiz ravishda fikrlar bildirildi.

Ta'kidlash lozimki, JST va YeOII turli iqtisodiy tashkilotlar bo'lsa-da, ular o'z faoliyatlari natijasida bir-birlarini to'ldirib turishlarini unutmasligimiz kerak.

Birinchidan, O'zbekiston YeOIIga a'zo bo'lishi yoki bo'lmasligidan qat'iy nazar, bunday qarash noto'g'ri. Chunki, Hukumatimiz aholi farovonligi va tinchlik-xotirjamligini ta'minlashga xizmat qiladigan mavjud barcha xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro manfaatli aloqalar o'rnatishga harakat qilmoqda. Yangi O'zbekistonni yangicha qarashlar, ochiqlik va shu kabi muhim demokratik tamoyillar asosida qayta kashf etilayotganligi - uni jahon hamjamiyatiga integratsiyasini kuchaytirish yo'lidagi zaruriy qadamlardan biri sifatida e'tirof etish o'rinlidir. Bu jarayonlarni so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlardan va iqtisodiyotni bozor qonunlari asosida rivojlantirishga harakat qilinayotganligidan ko'rish mumkin.

Ikkinchidan, YeOIIning iqtisodiy tashkilot ekanligini ta'kidlash joizdir. Bu jihat tashkilotga a'zo davlatlar suverenitetiga ta'sir etmasligi, davlatlarning biri tomonidan boshqasiga iqtisodiy tazyiq o'tkazilishi mumkin emasligi ravshan deb qarash lozim. Bu tashkilotning asosiy maqsadi o'zaro manfaatdorlikdan iborat, shubhasiz, bu tashkilotga a'zo bo'lish masalasini muhokama qilish o'rinlidir.

Agar bu tashkilotga siyosiy tus berishga urinishlar bo'lsa, nega YeOII davlatlari bilan AQSh o'rtasida ikki yoqlama strategik hamkorlik tuzilgan.

Fikrimizcha, YeOIIga a'zolik masalasini tahlil qilishimiz bilan birga, parallel ravishda, bu tahlillarimizni O'zbekistonning JSTga a'zoligiga qo'yilayotgan muhim qadam sifatida baholashimiz mumkin. Chunki, milliy tovar-mahsulotlarimizni YeOII hududi bo'ylab erkin sota olishimiz imkoni paydo bo'lishi va yurtimizga a'zo mamlakatlar mahsulotlarining erkin kirib kelishi raqobatbardoshligimizni oshirishga xizmat qiladi.

Shuni ham qayd etish kerakki, YeOII hududida mahsulotlarga (markirovka, sifat, sanitariya normalari va boshqalar) nisbatan bo'lgan alohida me'yorlar tizimi ishlab chiqilgan. Shu kabi talablar turli mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida turli sifat o'zgarishlarini kiritishni talab etadi. Mazkur holat monopol deb hisoblanadigan ayrim tarmoqlarning faoliyatini xavf ostida qoldirishi mumkin. Ehtimol, bizda ham menejment va ishlab chiqarish jarayonlarini sifat jihatdan tubdan o'zgartirish davri yetib kelgandir. Ushbu jarayonlar, o'z-o'zidan O'zbekistonni JSTga a'zo bo'lishiga ham xizmat qilishiga asos bo'ladi.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev mamlakat tashqi siyosatidagi ayrim jihatlarga to'xtalib, jumladan quyidagilarni ta'kidladi: "...izlanishdamiz, mana, biz katta-katta integratsiyalarga qo'shilmoqchimiz. Hamma har xil aytayapti: mustaqillikni berib qo'yamiz.. Hech kim hech qachon mustaqillikni, o'zbek millati, kim bo'lishidan qat'iy nazar endi bermaydi. Bobolarimiz

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

boshlab bergan kurash hozir ham davom etadi. Lekin jilov o'zimizning qo'limizda. Biz bozor iqtisodiyotida manfaat nuqtai nazaridan qaysi yo'l to'g'riligini hisob-kitob qilishimiz kerak. Har kuni. Albatta, bizning eng katta harakatimiz - eng ma'qul, eng to'g'ri iqtisodiy manfaat yo'liga kiramiz. Kim bilan borishimizni xalqimizning o'zi deputatlar bilan maslahat qilib... Deputat degani - u xalqimizning ovozi, xalqimizning ko'zi, xalqimizning dardi. Xalqimiz bilan maslahatlashib qilamiz. Yo'limizning to'g'riligiga ishonsak, qilamiz"2.

Demak, O'zbekiston JST, YeOII kabi iqtisodiy tashkilotlarga a'zo bo'lsa, bu jarayon hayotimizga katta o'zgarishlar olib kelishi, shubhasiz. Biz uchun asosiysi, ushbu o'zgarishlarda millatimiz manfaatini himoya qilib, halqimiz farovonligi va tinchlik-xotirjamligini ta'minlashimiz muhimdir.

Shu bilan birga, O'zbekistonni JSTga a'zo bo'lishi to'g'risida xalqaro ekspertlar ham o'z munosabatini bildirib o'tganlar.

Amerikalik konsultant, AQSh Savdo vakolatxonasi (USTR) va Qo'shma Shtatlarning Jahon Savdo Tashkilotidagi missiyasida uzoq yillar mas'ul lavozimlarda ishlagan Mark Linskott JSTga a'zo bo'lish O'zbekiston uchun nega kerakligiga uchta sababni aytdi.

Birinchidan, jahonda JSTga kirmagan davlatlar juda kam qolgan (164 ta davlat a'zo -tahr.). Markaziy Osiyodan faqat Turkmaniston va O'zbekiston hozircha tashkilot a'zosi emas.

JSTga qo'shilishga qiziqish bildirmayotgan KXDRni hisobga olmaganda, hatto urushlardan keyin tiklanayotgan mamlakatlar - Sudan, Janubiy Sudan, Iroq kabilar ham tashkilotga kirish tomon harakat qilmoqda.

Ikkinchidan, O'zbekiston xorijdan investitsiya jalb etishga, o'z mintaqasidan tashqari hududlarda ham savdo aloqalarini o'stirishga katta e'tibor qaratmoqda. JSTga a'zolik O'zbekistonga kirayotgan investorlar va mamlakatning savdo hamkorlariga kafolatlar va oshkoralikni taqdim etadi.

Uchinchidan, JSTga a'zo bo'lish O'zbekistonga boshqa davlatlarning o'ziga aloqador tijoriy qarorlari ustidan (masalan, chegara va bojlar masalasida) shikoyat qilish imkonini beradi. Misol uchun, Antigua va Barbuda JST orqali AQShning savdo cheklovlariga qarshi chiqqandi. Yoki Markaziy Amerika mamlakatlari Yevropa davlatlari tomonidan banan importiga joriy etilgan cheklovlarning bekor qilinishiga erishishgan edi.

Qolaversa, O'zbekiston JSTga qo'shilib, uning to'laqonli a'zosi sifatida xalqaro savdo qoidalarini ishlab chiqishda qatnashish imkoniga ega bo'ladi. Ta'kidlash lozimki, Jahon Savdo Tashkilotiga asos solingan 1995 yildan buyon hali birorta davlat undan chiqib ketmagan.

Shuningdek, YeOII a'zo bo'lgandan so'ng, O'zbekistonni Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a'zo bo'lishi savol ostida qolmaydi. Sababi, 1994 yil 21 dekabrda JSTga a'zo bo'lish yuzasidan ishchi guruh tuzilgan, lekin 2005 yilga kelib ushbu muzokaralar to'xtab qolgan edi. Shunday bo'lsa-da, 2019 yil boshiga kelib, ushbu ishchi guruhning ishi jonlantirildi va O'zbekiston JSTga a'zo mamlakatlar bilan "Tashqi savdo rejimi" kelishuvini imzolashi nazarda tutilgan. Shu kunga qadar mamlakatimiz qator JSTga a'zo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakuniga yetkazmoqda.

2O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017-yil 13-apreldagi PF-5012-son Farmoniga hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017-yil 13-apreldagi PQ-2887-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Shu o'rinda tashqi iqtisodiy siyosat respublikaning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlashga, uning to'lov balansini yanada yaxshilashga, qulay investitsion muhitni yaratishga yo'naltirilishi kerak. Bizning uchun respublikamizda zarur bo'lgan shart-sharoitlar mavjud.

O'zbekistonning tashqi savdosida, shuningdek, iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarida quyidagi yo'nalishlar ustuvor sanaladi:

• Respublikaning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, o'ziga xos strategik savdo siyosatini shakllantirish.

• Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ochiqlik siyosatini amalga oshirishdan avval hududiy savdo-iqtisodiy bloklarga a'zo bo'lish orqali raqobat muhitiga moslashish va o'z mavqeyini egallashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

• Eksport tarkibini xom-ashyo resurslari va qishloq xo'jalik mahsulotlaridan ilmfan talab qiladigan tarmoqlarda ishlab chiqariladigan mahsulotlarga o'zgartirish.

• Nafaqat ichki bozorda balki jahon bozorida ham xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishni ta'minlash.

Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonni JST va YeOII kabi xalqaro iqtisodiy tuzilmalarga integratsiyalashuvi va a'zo bo'lib kirishi mamlakatimizning tashqi savdodagi o'rnini mustahkamlashga, har tomonlama manfaatga yo'naltirilgan hamkorlikni amalga oshirishga to'liq imkon berishi bilan ajralib turadi.

REFERENCES

1. Abdulloyev, A. (2023). Methodological foundations for evaluating the efficiency of agrocluster management. ЦЕНТР РУЧНЫХ ПУБЛИКAЦИЙ (buxdu. uz), 42(42).

2. Abdulloyev, A. (2023). AГРОКЛAСТEР ФAОЛИЯТИНИ БОШ^РИШНИНГ 'ÏA3ABM" MОДEЛИ BA УНИНГ ХУСУСИЯТЛAРИ. ЦЕНТР РУЧНЫХ ПУБЛИКAЦИЙ (buxdu. uz), 42(42).

3. Junaydulloyevich, A. A., & Rasulovna, K. N. (2021). Price Formation in Marketing: A Tool for Price Formation and Change. Academicia Globe, 2(6), 142-146.

4. Таирова, M. M., & Дустова, A. К. (2020). Роль гостиничных сетей в индустрии туризма. In Прорывные научные исследования: проблемы, закономерности, перспективы (pp. 5759).

5. Gafurova, S. K. (2023). Quality Management In Education: A Systematic Approach. Educational Research In Universal Sciences, 2(17 SPECIAL), 126-129. ortance of Strategy. ЦЕНТР НAУЧНЫХ ПУБЛИ^ЦИЙ (buxdu. uz), 8(8).

аирова, M. M., & Гиязова, Н. Б. (2016). Поддержка предпринимательской деятильности в Узбекистане. International scientific review, (2 (12)), 105-107.

аирова, M. M., & Кодирова, Н. Р. К. (2020). Инновация-концептуальная основа модернизации. Наука и образование сегодня, (2 (49)), 35-36.

10. Qayimova, Z. (2023). Ways to Develop Economic Infrastructure in Uzbekistan. Центр Научных Публикаций (Buxdu. Uz), 27(27).

11. Kadirovna, S. N. (2024). Importance of Foreign Experience for Uzbekistan in the Transition to a Green Economy. EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN SOCIETY, 4(4), 48-51.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

12. Giyazova, N. (2023). The share of world countries in the textile industry and the importance of marketing in its development. Центр Научных Публикаций (Buxdu. Uz), 27(27).

13. Niyozova, I. (2023). The Reforms Implemented In The Higher Education System Of The Republic Of Uzbekistan And Their Achievement Of Financial Independence. Центр Научных Публикаций (Buxdu. Uz), 38(38).

4.Таирова, М. М., & Гиязова, Н. Б. (2016). Поддержка предпринимательской деятильности в Узбекистане. International scientific review, (2 (12)), 105-107. аирова, М. М., & Кодирова, Н. Р. К. (2020). Инновация-концептуальная основа модернизации. Наука и образование сегодня, (2 (49)), 35-36.

аирова, М. М., Абдуллаев, А. Ж., & Гиязова, Н. Б. (2016). Особенности маркетинга в агропромышленном комплексе. In Современное экологическое состояние природной среды и научно-практические аспекты рационального природопользования (pp. 3871-

nism of Implementation of Mandatory Health Insurance in Uzbekistan under Conditions of

Increasing Integration Processes. Центр Научных Публикаций (Buxdu. Uz), 7(7).

ation in the Economy and Ways to Increase their Competitiveness. Miasto Przyszlosci, 84-86.

1.Усманова, А. (2022). The Current State And Analysis Of The Tourist Potential Of The Bukhara Region. Центр Научных Публикаций (Buxdu. Uz), 15(15). avruz-Zoda, Z. (2023). Development Of Self-Employment Of The Population As A Factor Of Ensuring Economic Stability. Центр Научных Публикаций (Buxdu. Uz), 33(33).

ustova, A. (2022). Stimulating The Economic Growth Of Territories Through The Development Of Regional Tourism. Центр Научных Публикаций (Buxdu. Uz), 12(12).

25. Хаирова, Д. Р., & Сайфуллаева, М. И. (2021). Тенденции развития цементной индустрии в Узбекистане. Бюллетень науки и практики, 7(6), 358-362.

26. Сайфуллаева, М. (2023). РАЗВИТИЕ СТРОИТЕЛЬНОЙ ОТРАСЛИ БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ КАК ФАКТОР СТАБИЛЬНОГО РОСТА. Nashrlar, 368-371.

27. Qayimova, Z. (2023). Theoretical Aspects of the Development of the Socio-Economic Infrastructure of the Country. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 27(27).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.