Научная статья на тему 'GLOBALLASHUV SHAROITIDA MA’NAVIYAT VA MILLIY DAVLAT SUVERENITETI'

GLOBALLASHUV SHAROITIDA MA’NAVIYAT VA MILLIY DAVLAT SUVERENITETI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
globallashuv / milliy davlat / suverenitet / ma'naviyat / ma'naviy suverenitet / yumshoq kuch / axloq / din / san'at.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sanjar Samiyevich Hamroyev

Mazkur maqolada bugungi globallashuv sharoitida milliy davlatlar suverenitetini mustahkamlashning ma'naviy asoslari yoritilgan bo'lib, bunda din, axloq, san'at inson, jamiyat va davlatning ma‟naviy o'zligini anglashga ta‟sir ko'rsatuvchi vositalar sifatida tahlil qilingan. Bunda vesternizatsiya jarayonlarining milliy ma‟naviy qadriyatlar transformatsiyasiga ta‟siri kuchayayotgani falsafiy tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GLOBALLASHUV SHAROITIDA MA’NAVIYAT VA MILLIY DAVLAT SUVERENITETI»

„ , , , . , , . .. , . O'zbekiston - 2030 strategiyasi:

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti . . ,. . , , , . . , . , -

inson salohiyatini ro yobga chiqarish imkoniyatlari

m ■■ .C..TJ- v rv ■ Uzbekistan - 2030 Strategy:

Tashkent State University of Economics

Opportunities to Realize Human Potential

GLOBALLASHUV SHAROITIDA MA'NAVIYAT VA MILLIY DAVLAT

SUVERENITETI

Sanjar Samiyevich Hamroyev

Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Ijtimoiy-siyosiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi, Falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada bugungi globallashuv sharoitida milliy davlatlar suverenitetini mustahkamlashning ma'naviy asoslari yoritilgan bo'lib, bunda din, axloq, san'at inson, jamiyat va davlatning ma'naviy o'zligini anglashga ta'sir ko'rsatuvchi vositalar sifatida tahlil qilingan. Bunda vesternizatsiya jarayonlarining milliy ma'naviy qadriyatlar transformatsiyasiga ta'siri kuchayayotgani falsafiy tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: globallashuv, milliy davlat, suverenitet, ma'naviyat, ma'naviy suverenitet, yumshoq kuch, axloq, din, san'at.

Globallashuv jamiyatning barcha sohalarida aks etar ekan, uning milliy davlat suverenitetiga ta'sirini ham baholash bugungi kundagi asosiy masalalardan biriga aylandi. Chunki yuksak taraqqiy qilgan davlatlarning globallashuv markazlari sifatidagi faoliyati taraqqiyotga kirib borayotgan va undan orqada qolayotgan mamlakatlarni ham o'z domiga tortishi, ularning milliy «qiyofasi»ni, siyosatini ham o'zgarishiga olib kelishi mumkinligini e'tibordan chetda qoldirib bo'lmaydi. To'g'rirog'i globallashuv taraqqiy qilgan mamlakatlarning o'zlari darajasiga yetib kelmagan mamlakatlarga nisbatan tahdidlar o'tkazishlari uchun sharoit yaratmoqda va ularning suverenitetlariga xavf kuchayishiga olib kelmoqda.

Suverenitet tushunchasini dastlab XVI asrda fransuz ma'rifatparvari Jan Boden davlatning mutloq va doimiy hokimiyatini ifodalash uchun ishlatgan [2; 19]. Uning qarashlariga muvofiq suverenitet faqat davlatga tegishli bo'lib, cheklanmagan, bo'linmas, hokimiyatning ajralmas asosiy belgisi ekanligi e'tirof etiladi. Garchand oradan ancha vaqt o'tgan bo'lsada, Bodenning fikrlari hozir ham o'z ahamiyatini yo'qotmaganligini ko'rishimiz mumkin. Faqat bugun globallashuvning shiddati davlatlar hayotida suverenitetga nisbatan boshqacha qarashlarni ham paydo qilmoqda. Xalqaro aloqalar va hamkorlikning mustahkamlanishi davlatlar suverenitetini o'z xohishlariga binoan cheklashlariga olib kelmoqda. Bu esa suverenitetning cheklanmasligi haqidagi qarashlarga muvofiq kelmaydi. Rossiyalik olim V.M.Gessen buni chiroyli tarzda tavsiflagan: «Ilgari hukmdorlar suverenitet uchun kurashishgan, endi professorlar u

548

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

haqida bahslashmoqdalar. Ilgari uni himoya qilish uchun qonlarini ham ayamagan bo'lishsa, endi buni tushuntirishga siyohlarini ayashmayapti» [1; 56]. Gessenning kinoya bilan aytilgan fikrlari chindan ham hozirda o'z isbotini topayotganligini ko'rishimiz mumkin. Chunki endilikda faqat «qog'oz»dagina suvereniteti tan olingan bir qator davlatlar mavjudligi oydinlashmoqda va ularda istiqomat qiluvchi xalqlar, millatlarning keyingi taqdiri masalasi ham so'roq ostida qolmoqda.

O'zbekiston yuridik ensiklopediyasida: «Suverenitet (fr. souverainete - oliy hokimiyat) - davlatning boshqa davlatdan, uning ichki va tashqi ishlari hamda tashqi munosabatlarda to'la mustaqilligi»[4; 412] deb ta'riflanadi hamda uning davlat suvereniteti, milliy suverenitet va xalq suvereniteti kabi shakllari mavjudligi e'tirof etilgan. Unga muvofiq: «milliy suverenitet - millatning to'la hokimligi, uning siyosiy erkinligi, o'z milliy hayotini belgilashning real imkoniyatlari va birinchi galda mustaqil davlatning ajralib chiqishi va shakllanishini siyosiy jihatdan o'zi belgilashga layoqatliligi», deb ta'riflagan. Ko'rinib turganidek, yuridik tomondan suverenitetni tasniflashda milliylik prinsipiga ham amal qilingan. Suverenitetning uchta shakli ham bir-birini inkor etmaydi, aksincha to'ldirishga xizmat qiladi. Bunda ustuvorlik xalq suverenitetiga beriladi, lekin xalq ham muayyan millat vakillaridan iboratligini, o'zining milliy qadriyatlari borligini, qolaversa, o'z vakillari orqali yoki bevosita hokimiyatni amalga oshirishini inobatga olsak, davlat suvereniteti bilan chambarchas bog'liqligini ko'ramiz. Chunki aksar demokratik konstitutsiyalarda «xalq - davlat hokimiyatining birdan bir manbai» ekanligi ta'kidlangan. Jumladan, O'zbekiston Konstitutsiyasining 7-moddasida ham ushbu norma mustahkamlangan. Fransiya Respublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasida esa: «Milliy suverenitet xalqniki bo'lib, xalq uni o'z vakillari va referendum orqali amalga oshiradi», deya e'tirof etilgan. Suverenitet haqida gap ketganda mustaqillik tushunchasiga ham to'xtalib o'tish joizdir. Chunki mustaqillik suverenitetning o'zagi, negizidir. Aksar adabiyotlarda ushbu tushunchalarni tasniflashda ularni bir-biridan ayro holda ifodalamaydilar. Zero, suverenitet va mustaqillik mohiyatan bir-biridan farq qilmaydi. «Ma'naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug'ati»da Mustaqillikka quyidagicha ta'rif beriladi: «Mustaqillik (arab. - tobe va qaram bo'lmagan holat, ixtiyori o'zidalik) - insonning erkin va ozod ravishda, o'z ixtiyori bilan boshqalarga bo'ysunmasdan ish yurita olishi»[3 ; 224]. Albatta, bu yerda, avvalo, shaxs erkinligi nazarda tutilgan, lekin buni davlat, yoki milliy mustaqillik sifatida ham e'tirof etish o'rinlidir. Chunki har qanday davlat, avvalo insonlardan tarkib topgan jamiyat asosida paydo bo'lishini inobatga olsak, davlat mustaqilligi, yoki milliy mustaqillik deganda, millatning erkin va ozod ravishda, o'z ixtiyori bilan boshqalarga bo'ysunmasdan ish yurita olishi anglashiladi. Suverenitet va mustaqillik tushunchalarining o'zaro bog'liqligi ham shu yerda namoyon bo'ladi. Lekin huquqiy

549

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

tomonlama bu ikki tushunchaning o'z qo'llanilish o'rni bo'lib, bunda shubhasiz suverenitet yaqqol ustuvor ahamiyat kasb etadi. Bunga sabab: birinchidan, har qanday mustaqillik suverenitet darajasiga ko'tarila olmasligi mumkin. Chunki, ba'zi mustaqil sub'ektlar faqat muayyan sohalardagina mustaqil bo'lishi mumkin. Suverenitet esa barcha sohalarda to'la mustaqillikni anglatadi. Misol uchun, federativ davlatlar tarkibidagi sub'ektlar faqat ichki siyosatdagina mustaqillikka ega bo'lib, tashqi siyosatni mustaqil amalga oshira olmaydi. Buni Rossiya federatsiyasi tarkibidagi Checheniston, Tatariston, Dog'iston kabi sub'ektlar misolida ko'ramiz; ikkinchidan, suverenitet maqomini olish uchun qator shart-sharoitlar talab etiladi. Misol uchun, davlat suvereniteti ichki va tashqi siyosatda mustaqillikni, xalqi himoyasini ta'minlashni, urush va tinchlik masalalarini hal qilishni, hududining dahlsizligini, chegaralar xavfsizligini, qonunlarni qabul qilish, sud hokimiyatini amalga oshirish, davlat ramzlariga, mustaqil moliya, pul-kredit tizimiga ega bo'lish kabilarni taqozo qiladi. Agar ular ichidan birontasida kamchilik bo'ladigan bo'lsa, ushbu sub'ektni to'la suveren deb e'tirof etib bo'lmaydi. Umuman olganda bugungi kun jahon geosiyosatida «mutlaq suverenlik» tobora nisbiy ahamiyat kasb etmoqda, desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki jahonda har bir davlat qaysidir xalqaro tashkilot, yoki muayyan shartnomaviy tashkilotlar, alyanslarga kirish orqali o'z suverenitetini «ixtiyoriy-majburiy» tarzda o'sha tashkilotlarga taqdim qilmoqda, yoki cheklamoqda va bunga ob'ektiv hodisa sifatida qaralmoqda. Bunda esa globallashuv jarayonlarining ta'sirini ko'rishimiz mumkin. Quyida dunyo olimlari tomonidan globallashuv sharoitida suverenitet masalasida bildirgan fikrlarini keltirib o'tamiz.

Bugungi kun o'zbek jamiyatida "ma'naviyat" tushunchasiga nisbatan bir qator ziddiyatli munosabatlar kuzatilmoqda. Olamning doimo o'zgarish va rivojlanishda ekanligidan kelib chiqsak, har qanday g'oya ham vaqti soati kelib islohot qilinmasa, o'sha davr qadriyatlarini o'zida aks ettirmasa tanqidning obyektiga aylanadi va borabora inkor etilishiga olib keladi. Shunday ekan "ma'naviyat" ham qotib qolgan aq idalar yig'indisi yoki dogma emas. Ushbu tushuncha paydo bo'lgan davrda borliqdagi voqeliklarning ichki dunyosi, insonning ruhiy olamini anglatuvchi ezgu sifatlar yig'indisi sifatida taqdim qilindi. Zero, insonning xatti-harakatlarida ma'no-mazmun bo'lmasligining o'zi imkonsiz. Chunki unda tafakkur qilish qobiliyati bor. Agar inson harakatlari ma'no-mazmunli bo'lib uning o'z manfaatlariga ham, jamiyat va davlat manfaatlariga ham mos kelsa unda uni "ma'naviyat sohibi" ya'ni "ma'noli harakat qiluvchi shaxs" desak mubolag'a qilmaymiz. Bordiyu uning harakatlarida egoistik, individualistik jihatlar ustuvorlik qilib, jamiyat va davlat manfaatlarini mensimasa, yoki boshqacha aytganda axloq va huquq bilan hisoblashmasa unda "ma'naviyatsizlik" belgilari namoyon bo'la boshlaydi. Chunki insonning bu dunyoda mavjudligi faqatgina

550

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

uning o'z dunyosi va "ego"si borligi bilan belgilanmaydi. Hazrat Alisher Navoiy ta'biri bilan aytganda: "Odami ersang demagil odami, Onikim yo'q xalq g'amidin g'ami". Shunday ekan "ma'naviyat" tushunchasi nafaqat insoniylikning eng muhim sifati, balki davlat suverenitetining ham mustahkamlanishida birlamchi omillardandir. Faqat uni inson manfaatlari bilan uyg'unlashtirish kifoya. Zero bugungi kunda insoniyat hamjamiyati intilayotgan "demokratiya", "erkin fuqarolik jamiyati" kabi konsepsiyalar ham paydo bo'lgan davrida juda katta qarshiliklar, noroziliklar , tanqidlar va kulgiga ham qolgan. Biroq zamona zayli bilan ushbu g'oyalarning qadr-qimmati oshib umuminsoniy ahamiyat kasb eta boshladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, milliy davlat suverenitetini mustahkamlashning ma'naviy asoslari deganda, davlatning axloq, din, san'at kabi ijtimoiy ongning ajralmas qismi hisoblanmish milliy qadriyatlarni saqlab qolish, mustahkamlash, rivojlantirish orqali o'z suverenitetini turli tahdidlardan himoya qilish mexanizmini tushunamiz. Chunki inson ruhiy olami aynan yuqorida sanab o'tilgan vositalar orqali "oziqlana"di, ma'naviy ehtiyojlari qondiriladi. Shunday ekan ruhan tetik inson uchun millat, davlat kelajagi, mustaqilligi milliy o'zligining saqlanishi va mustahkamlanishi uchun kafolat hisoblanadi. Boshqacha aytganda "Ma'naviy suvereniteti" ta'minlanadi. Bugungi milliy davlatlar oldida "ma'naviy suverenitet"ni ta'minlashda qator islohotlarni amalga oshirish dolzarb masalaga aylandi. Buning uchun birinchi navbatda ma'naviyat sohasini zamon talablaridan kelib chiqib inson manfaatlari bilan uyg'unlahtirishni; ikkinchidan, inson ma'naviyat orqali o'zligini yarata oladigan g'oyalarga ega bo'lishini; uchinchidan, ma'naviyatning iqtisodiy samarasini aniqlashtirishni; to'rtinchidan, davomiy, barqaror moddiy resurslar bilan ta'minlashni; beshinchidan, tolerantlik ruhida qayta ko'rib chiqishni; oltinchidan, qonunlarga hurmat, inson huquq va erkinliklari bilan hamohang bo'lishni; yettinchidan, ma'naviyatni tabiatni asrab-avaylash, zo'ravonlikka qarshi kurash kabi global, aktual masalalar bilan qayta ko'rib chiqib, boyitishni taqozo qiladi. Inson shu kabi g'oyalar ta'sirida o'z kelajagini qura olsa, farovonligini ta'min etsa u bu sharoitni yaratib bergan davlati uchun, uning suvereniteti uchun moli tugul jonini ham ayamaydi. Aks holda o'zgalardan najot izlashga majbur bo'ladi.

References / Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Gessen V.M. Общее учение о государстве. - SPb., 1912. - S.56.

2. Levin I.D. Suverenitet. Sankt-Peterburg.: Yuridicheskiy sentr press, 2003. 19 s.

3. Ma'naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug'ati. T.: G'afur g'ulom, 2013. - B.224

4. O'zbekiston yuridik ensiklopediyasi. T.: Adolat, 2011. - B.412.

551

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.