Научная статья на тему 'GLOBALLASHUV JARAYONIDA YOSHLARNING MA’NAVIYATINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNI BARTARAF ETISH BO’YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR'

GLOBALLASHUV JARAYONIDA YOSHLARNING MA’NAVIYATINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNI BARTARAF ETISH BO’YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tarbiya / ma’naviyat / globallashuv / yoshlar / mutaxassis / qonun / maqsad / vaqt / pedagoglar / jamiyat.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mamayusupova Dildora Rasuljon Qizi, Akramov Mirzoqosim Baxtiyorjon O’G’Li

Hozirgi globallashuv jarayonida yoshlarning ta’lim-tarbiya jarayonlarini har doim birdek nazorat qila olish mushkul ish ekanligi hammamizga ma’lum , shuningdek ularning yuksak ma’naviyatli va komil inson bo’lib yetishishlari uchun hammamiz ma’sulmiz. Zamon shiddat bilan rivojlanayotgan bir vaqtda ertangi kunimiz egalari bo’lgan yoshlarning yuksak ma’naviyatli qilib , ularni zamon talablariga munosib tarzda o’z fikriga ega , kreativ fikrlovchi shaxslar sifatida shakllanishlari uchun yetarli darajada imkoniyatlar yaratib berishimiz lozim . Ushbu maqolada ham yoshlar ta’lim –tarbiyasi va ma’naviyatini oshirish masalalari haqida yoritib beradi. Zero , yuksak ma’naviyatli , bilimli va jamiyatni yengib bo’lmaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GLOBALLASHUV JARAYONIDA YOSHLARNING MA’NAVIYATINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNI BARTARAF ETISH BO’YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR»

GLOBALLASHUV JARAYONIDA YOSHLARNING MA'NAVIYATINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNI BARTARAF ETISH

BO'YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR 1Mamayusupova Dildora Rasuljon qizi, 2Akramov Mirzoqosim Baxtiyorjon o'g'li

1QDPI Maktab menejmenti 2-bosqich talabasi 2QDPI Maktab menejmenti 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10885553

Annotatsiya. Hozirgi globallashuv jarayonida yoshlarning ta'lim-tarbiya jarayonlarini har doim birdek nazorat qila olish mushkul ish ekanligi hammamizga ma'lum , shuningdek ularning yuksak ma'naviyatli va komil inson bo 'lib yetishishlari uchun hammamiz ma'sulmiz. Zamon shiddat bilan rivojlanayotgan bir vaqtda ertangi kunimiz egalari bo'lgan yoshlarning yuksak ma'naviyatli qilib , ularni zamon talablariga munosib tarzda o'z fikriga ega , kreativ fikrlovchi shaxslar sifatida shakllanishlari uchun yetarli darajada imkoniyatlar yaratib berishimiz lozim . Ushbu maqolada ham yoshlar ta'lim -tarbiyasi va ma'naviyatini oshirish masalalari haqida yoritib beradi. Zero, yuksak ma 'naviyatli, bilimli va jamiyatni yengib bo'lmaydi.

Kalit so'zlar; tarbiya, ma'naviyat, globallashuv , yoshlar, mutaxassis , qonun , maqsad , vaqt, pedagoglar, jamiyat.

Abstract. We all know that it is difficult to always control the educational processes of young people in the current globalization process, and we are all responsible for their development as a highly moral and perfect human being. At a time when the times are rapidly developing, we should make the young people, who are the owners of our tomorrow, highly moral, and create enough opportunities for them to be formed as creative and creative thinkers in accordance with the requirements of the time. In this article, the issue of raising the education and morale of young people is explained. After all, a highly spiritual and educated society cannot be defeated.

Keywords; education, spirituality, globalization, youth, expert, law, purpose, time, pedagogues, society.

Аннотация. Все мы знаем, что в условиях современного процесса глобализации трудно всегда контролировать образовательный процесс молодежи, и мы все несем ответственность за ее развитие как высоконравственного и совершенного человека. В то время, когда время стремительно развивается, мы должны воспитывать у молодых людей, которые являются хозяевами нашего завтрашнего дня, высоконравственные и создавать для них достаточно возможностей для формирования как творческих и креативных мыслителей в соответствии с требованиями времени. . В данной статье раскрывается вопрос повышения образованности и морального духа молодежи. Ведь высокодуховное и образованное общество невозможно победить.

Ключевые слова: образование, духовность, глобализация, молодежь, эксперт, право, цель, время, педагоги, общество.

Insoniyat taraqqiyotining rivojlanish bosqichida azaldan ma'naviyat sohasi dolzarb masala sifatida alohida e'tibor qaratib kelingan. Shu o'rinda, ma'anaviyat insonni o'zligini anglatuvchi betakror mo'jizaviy kuch - qudratga egadir. Ma'naviyat shunday qudratli kuchdirki, u har qanday xalq va millatni buyuk va ulug'vor maqsadlar sari birlashtirishga da'vat etadi. Yuksak ma'naviyat , sifatli ta'lim va odob yonma - yon tursagina har qaysi jamiyatda rivojlanish bo'ladi. Shu bilan birga hozirgi vaqtda mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirish,

odamlarning dunyoqarashini o'zgartirish, yetuk va zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni davr talabi bo'lib qolmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz inson manfaatlari yuqoriga ko'tarish , huquq-erkinliklari, qonun ustuvorligi kafolatlashda mamlakatimiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik ta'minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirishdir. Mustaqillik yillaridan so'ng yurtimizda ko'zga ko'rinadigan o'zgarishlar bo'ldi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Bizning bosh strategik maqsadimiz qat'iy va o'zgarmas bo'lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin va demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat» deb ta'kidlagan edilar. Erkin va ozod vatanimizni istiqbolli rejalar asosida kelajak sari ildam qadam tashlash uchun bizga sog'lom , ilm fan taraqqiqyotiga hissa qo'shuvchi jamiyat kerak . [1] Har bir sohada yuksak istiqbolga erishish uchun biz yana Abu Rayhon Beruniy , Ibn Sino , Ibrat , Munavvar Qori Abdurashidxonov va Abdulla Avloniydek shaxslarni yana qayta kashf etishimiz kerak. Bunday barkamol avlodni yetishishtirishda mahalla, oila, jamoat tashkilotlari va ta'lim muassasalari alohida o'rin egallaydi. Kelajak avlod haqida qayg'urish, sog'lom, barkamol avlodni voyaga yetkazishga intilish xalqimizga xos milliy xususiyatlardandir. Oilada sog'lom muhit mavjud bo'lgandagina, ularda har tomonlama sog'lom, barkamol inson shakllanadi. Yoshlar tarbiyasi xususan jismonan baquvvat, aqlan sog'lom, umuminsoniy madaniyat darajasi yuqori, zamonaviy bilim va kasbga ega bo'lgan kelajak avlodni voyaga yetkazishda oila ma'naviyatining tutgan o'rni alohidadir. Barkamol avlodni tarbiyalash yoshlarning ma'naviyatini, tafakkurini shakllantirish asosidir. O'zbekiston yoshlar mamlakatidir. Shu jihatdan olib qaraganda, davlatimiz kelajagi, millat taraqqiyoti bugungi yoshlarning bilimiga, g'ayrat-shijoatiga, dunyoqarashiga, vatanparvarlik tuyg'usining qanchalik yuksakligiga, komillik darajasiga bog'liq.

Yoshlarning ma'naviyatini oshirish , uning dunyoqarashi , bilimi va axloqini ham boyitib boradi . Yoshlar ma'naviyatini yuqoriga olib chiqishdan asosiy maqsadimiz , ularni ona Vatan oldidagi burchi, o'z taqdiri uchun mas'ul ekanligi, mahalla, mehnat jamoasi, oila va yaqin kishilari hayoti uchun javobgarlik hissini tarbiyalashdan iborat. Lekin texnika taraqqiyoti davrida yashar ekanmiz , axborot bugungi kunda inson qalbiva ongini turli yo'nalishlarda ta'sir o'tkazuvchi qudratli vositasi eng kuchli qurolga aylangan. Chunki, «Kimki axborotga ega bo'lsa u dunyoga egalik qiladi», - degan fikr bugungi kunda barcha tomondan e'tirof etilmoqda[2. ]Ayniqsa, dunyo miqyosida axborot almashinuvining kuchayishi yoshlarni hamisha axborot oqimi ta'sirida bo'lishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlarida inson qalbi va ongiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi vebsaytlar 10 mingdan, axloqsizlik va behayolikni targ'ib qilishga qaratilgan veb-saytlar 50 mingdan oshganligi [3 ]bilan namoyon bo'lmoqda

Zamonaviy axborot maydonidagi harakat shunchalar tig'iz, shunchalar tezkorki, endi ilgarigidek, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo'q, deb beparvo qarab bo'lmaydi. Sir emas, ba'zan beozorgina bo'lib tuyulgan musiqa, oddiygina multfilm yoki reklama lavhasi orqali ham ma'lum bir mafkuraviy - g'oyaviy maqsadlar va intilishlar ifodalanadi. Shuni nazarda tutgan holda axborot texnologiyalar taraqqiyoti natijasida internet tarmoqlarida tarqatilayotgan ma'lumotlar, «ommaviy madaniyat»ning turli xil ko'rinishlaridan himoyalanishga qaratilgan qoidalar tizimini yaratish, bunda davlat va nodavlat tashkilotlar vazifalarini aniq belgilab qo'yish zarurati mavjud. Bunday vaziyatda yoshlar ongini salbiy g'oyalardan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi, «Axborot xavfsizligi doktrinasi yoki strategiyasi»ni ishlab chiqish, ta'lim muassasalarida olib borilayotgan AKT mashg'ulotlariga internetdan foydalinish madaniyati va axborot xavfsizligiga qaratilgan mavzularni o'qitishni mukammallashtirish zarur va

yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirishga , zamonaviy texnologiyalardan to'g'ri foydalanishga undaydi. Buning uchun , jamiyatning yuragi bo'lgan oila ta'lim tarbiya maskani bo'lib, milliy g'oya va ma'naviyatni yoshlar ongi va qalbiga singdirish aynan oilada yana ham osonlashadi . Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi va bu jarayon yuksak ma'naviyatli bo'lishlikni talab etadi.[4 ;7] Har qachongidan ko'ra ko'proq ichki va tashqi go'zallikning axloq bilan birlashuviga ahamiyat kuchaygan. Yoshlarga vatan ozodligi va mustaqilligi yo'lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz ko'rsatgan vatanparvarlik va qahramonlik, ulardagi sadoqat, fidoyilik, matonat hamda jasorat kabi xislatlarni, shuningdek, yurt, oila, ota-ona va farzandlar himoyasi xalq va ajdodlar xotirasi oldida muqaddas burchlari borligini yoshlar ongiga singdirish , yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda ro'y berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish ko'nikmalarini, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog'i orqali tarqatilayotgan g'arazli axborotlar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar, yoshlarni zalolatga boshlovchi buzg'unchi g'oyalarga qarshi sog'lom dunyoqarashni shakllantirish lozim . Yoshlarni ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda odob-axloq me'yorlarida amal qilgan holda foydalanishga o'rgatish va ularda o'z ustilarida ishlash va erkin fikrlovchi shaxs bo'lib yetishishlarida yordam berishimiz kerak.[5] Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek ''G'oyaga qarshi g'oya , fikrga qarshi fikr , jaholatga qarshi ma'rifat bilan yuksalamiz. '' Yoshlarimizga turli mafkuraviy g'oyalarda uzoq bo'lishlari uchun ularda kuchli fikrlash , yuksak ma'naviyat shakllanga bo'lishi lozim .Buning uchun biz yoshlar ta'lim -tarbiyasi masalasiga alohida e'tibor qaratish lozim . Yoshlarni tarbiyalash va ularning shaxsini har tomonlama kamol toptirish barcha umumta'lim maktablari zimmasiga yuklatilgan. Bu vazifalar o'quvchilarda barcha qobilyatni o'sishiga, ijodiy intilishni vujudga keltirishga asosiy omil bo'lib hisoblanadi. [6] Ilg'or g'oyalarni davrimizda ro'y berayotgan o'zgarishlarni, shuningdek, tarixiy mavzularni zamonaviy ruhda tushuntirish o'g'il va qizlarda g'oyaviy e'tiqodni ma'naviy dunyoqarashni tarbiyalash uchun boy manba bo'lib hisoblanadi. Shundagina yosh avlod ruhiga his-hayajonli ta'sir ko'rsatadigan ularda mardlik, jasurlikni, tashabbuskorlikni tarbiyalaydigan mustahkam milliy tarbiya tizimi tarkib topadi. Ta'lim tarbiya jarayonlarini yuqoriga ko'tarish uchun avval ta'kidlab o'tkazimizdek umum ta'lim muassasalaridagi mavjud muammolarini bartaraf etishimiz shuningdek , o'quvchilarni kelgusi hayotga tayyorlash va ularga o'z bilim va ko'nikmalaridan amaliyotda foydalanishni o'rgatuvchi malaka talablarini sinflar kesimida ishlab chiqish ,fanlararo o'zaro aloqadorlik va sinflar kesimida davriylikka to'liq rioya qilgan holda o'quv dasturlari o'rtasida uzviylikni ta'minlash, o'quvchilarning fan bo'yicha egallagan bilimlari bilan bir qatorda savodxonlik, kompetensiya va shaxsiy sifatlarini baholash hamda kasblarga bo'lgan qiziqishini aniqlash tizimini joriy etish kabi ishlarni amalga oshirish lozim.[7;8]

Turonzaminda azal-azaldan inson ma'naviy kamoloti, axloqiy fazilatlar tarbiyasi ajdodlarimiz diqqat markazida bo'lib kelganini yoshlarning tafakkuriga singdirishga erishish zarur. Yoshlarda aynan ijtimoiy munosabatlarga kirishish uchun lozim bo'lgan ma'naviy-axloqiy kategoriyalar, normalar, qadriyatlar tizimi haqida bilim hosil qilish hamda ulardan amaliy faoliyatda foydalanish ko'nikmalari takomillashtirilishi muhim o'rin tutadi. Bu o'rinda o'qitiladigan tarbiyaga oid fanlarda ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari (suhbat, bahs-munozara, muammoli ta'lim)dan unumli foydalanish maqsadga muvofiq. Yoshlarda yuksak ma'naviyat bo'lishi kuchli jamiyat yaratishimizga katta yordam beradi.Zero , ma'naviyati yuksak bo'lgan jamiyatni zinhor yengib bo'lmaydi .

REFERENCES

1. Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон хдёт - пировард максадимиз. Т.: Узбекистан. 2000. 8-жилд. -Б-331.

2. Зиёвуддинова Н.М., Хаитов Ш.Н., Уринов Й.М. Ёшларга оид давлат сиёсатини амалга ошириш стратегияси: мавжуд вазият ва ривожлантириш истикболлари (укув кулланма) - T: -Tafakkur-Bo_stonil, 2019. - Б.216.

3. «Учинчи ренессанс: илм-фан ва таълим тараккиёти истикболлари». Илмий маколалар туплами. - Т.: Узбекистан: www.oriens.uz. 2021. - Б. 274.

4. Раматов, Ж. С., Баратов, Р. У., Султанов, С. Х., Муратова, Д. А., Хасанов, М. Н., & Эрниёзов, У. К. (2022). ЁШЛАР ЗАМОНАВИЙ МАДАНИЙ КИЁФАСИ ВА УМУМИНСОНИЙ КАДРИЯТЛАР ТУШУНЧАСИНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 376-386.

5. http://lex.uz//uz/docs/-6518238 Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida

6. I.A.Karimov . ''Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch .''

7. Mamayusupova Dildora Rasuljon qizi. (2024). XALQ TA'LIMI MUAS SASALARIDAGI TA'LIM SIFATIGA TA'SIR KO'RSATAYOTGAN MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH BO'YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR. https://doi.org/10.5281/zenodo.10800003

8. Rakhmonova Manzura Shokirovna. (2023). ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC MECHANISMS OF ADMINISTRATIVE ACTIVITY IN THE FIELD OF EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(11), 1041-1044. Retrieved from https://giiri.com/index.php/giirj/article/view/5969

9. Rahmonova Manzura Shokirova. (2023). 1^оп kаpitаlini rivоjlаntirishning mеnеjmеnti уо'па^Ыап. Open Academia: Journal of Scholarly Research, 1(6), 1-5. Retrieved from https://academiaone.org/index.php/4/article/view/209

10. Sultonmurodovna O. M. Setting goals in a time management system //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2023. - Т. 11. - №. 11. - С. 111-115.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.