Научная статья на тему 'GIDROPONIKA TEXNOLOGIYASI ASOSIDA UY SHAROITIDA KO‘K OZUQA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI'

GIDROPONIKA TEXNOLOGIYASI ASOSIDA UY SHAROITIDA KO‘K OZUQA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Farg‘ona fermer chorvachilik

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Boboyev Bahromjon Kenjayevich, Mahammadaliyev Mahmudjon Botirjon O‘G‘Li

Respublikada va Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklarida va aholi qo‘l ostidagi chorva hayvonlaridan yuqori mahsuldorlikka erishish ko‘p jixatdan ozuqa zaxirasining mustaxkamligiga bog‘liq.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GIDROPONIKA TEXNOLOGIYASI ASOSIDA UY SHAROITIDA KO‘K OZUQA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI»

GIDROPONIKA TEXNOLOGIYASI ASOSIDA UY SHAROITIDA KO'K OZUQA

YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI 1Boboyev Bahromjon Kenjayevich, 2Mahammadaliyev Mahmudjon Botirjon o'g'li

1Q.x.f.n.,dotsent Farg'ona davlat universiteti 2Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11181579

Hozirgi paytda Respublikamizdagi chorva hayvonlarning asosiy qismi axoli xonadonlarida boqilib ko'paytirilib kelinmoqda. Chorvachilik xo'jaliklarida bo'lgani kabi axoli xonadonlarida ham chorva hayvonlarini sifatli va shu bilan birga arzon ozuqa bilan ta'minlash dolzarb mavzu hisobanadi. Ayni vaqtda axoli xonadonlaridagi qoramollar, qo'y-echkilar va parrandalarning asosiy ozuqalari bug'doy somoni, beda pichani, makkajo'xori silosi, bug'doy va makkajo'xori doni, kunjara va bug'doy kepagi xisoblanadi. Bu ozuqalarning narxi yil davomida mavsumga bog'liq xolda o'zgarib borishi mumkin. Shunday sharoitda ayniqsa qish va bahor mavsumlarida chorva hayvonlarini arzon ozuqa bilan ta'minlash masalasi dolzarb muammo bo'lib kelmoqda.

Respublikada va Farg'ona viloyatida faoliyat ko'rsatayotgan chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo'jaliklarida va aholi qo'l ostidagi chorva hayvonlaridan yuqori mahsuldorlikka erishish ko'p jixatdan ozuqa zaxirasining mustaxkamligiga bog'liq. Bunda kuz, qish va bahor mavsumlarida ekin maydonlarida yetarli ozuqabop ekinlar bo'lmagan davrda gidroponika texnologiyasi asosida ko'k chorva ozuqasini yetishtirish va chorva hayvonlarining mahsuldorligini oshirish va chorvachilik mahsulotlarini ko'paytirish hamda axolini arzon va sifatli chorvachilik mahsulotlari bilan ta'minlash hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda. Axoli uchun hozirgi kunda chorva ozuqasi yetishtirish uchun ekin maydonlari deyarli yo'q yoki juda ham kam miqdorda. Bunday sharoitda chorva hayvonlari uchun ozuqasini sotib olish kerak bo'ladi. Shu sababli chorva mahsulotlarining narxi hozirgi kunda ko'tarilib borayotganini ko'rishimiz mumkin. Axoli xonadonlarida chorva bosh soniga qarab kichik gidroponika texnologiyasi asosida bug'doy, arpa va boshqa boshoqli ozuqalar donini yetishtirib chorva ozuqa zaxirasini mustaxkamlash mumkin. Buning afzallik jixati shundan iboratki 1 kg dondan 4-5 kg gacha ko'k ozuqa yetishtirish mumkin. Yetishtirilgan ozuqalarning kimyoviy tarkibida doniga nisbatan oqsil, uglevodlar, makroelementlar va mikroelementlarning yuqoriroq bo'lishini ko'rish mumkin. Bundan tashqari gidroponika usulida yetishtirilgan ko'k ozuqalarning hazmlanishi donga nisbatan osonroq bo'ladi va hazmlanishga ketadigan energiyaning ko'p miqdori mahsulot ishlab chiqarishga sarflanib, mahsuldorlikning oshishiga olib keladi.

Ozuqa xom-ashyosining kimyoviy tarkibi.

Ko'rsatgichlar Gidroponik ko'k ozuqa (1 kg) Arpa doni (1 kg)

Protein, g 206,87 106,15

Lizin, mg 7,36 4,00

Metionin, mg 3,66 1,8

Serin, mg 6,29 0,49

Sistin, mg 2,47 1,25

Glyukoza, g 206, 3 5,61

Klechatka, g 129,62 48,26

Kul, g 50,11 27,42

Kalsiy, g 8,07 0,60

Fosfor, g 8,12 3,5

Magniy, g 1,47 0,95

Natriy, mg 0,25 0,11

Selen, mg 0,29 0,05

Vitamin Bi, mg 13,68 0,78

Vitamin B2, mg 18,90 1,25

Vitamin BC, mg 8,09 1,27

Vitamin E, mg 325,75 13,71

Karotin, mg 55,12 3,25

Gidroponika texnologiyasini uy sharoitida tashkil qilish uchun metalldan yoki yog'ochdan qatorlarga bo'lingan uskuna yasaladi. Har bir qatorga yelim doska qo'yiladi va tozalangan donlar shu doska yuzasiga yoyiladi.

Uy sharoitida gidroponika usulida ko'k ozuqa yetishtirish uchun dastlab yetishtiriladigan donlar tozalanadi (mayda toshlar, siniq donlar, qipiq). Agarda siniq donlar miqdori ko'p bo'lsa keyinchalik unish vaqtida ko'k massa mog'orlashi mumkin, bu esa ozuqaning sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Donlar tozalangandan so'ng suvda 24 soat davomida ivitiladi. So'ngra ivitilgan donlar mahsus yuzaga yoyib chiqiladi. Donlarning unuvchanligi uchun 18-20 daraja iliq harorat optimal xisoblanadi. Dastlabki 3 kun qorong'ulikda saqlanadi. 3 kundan keyin maxsus LED chiroqlar yordamida yoritiladi. 5-6 kundan keyin 1 kg dondan 4-5 kg ko'k ozuqa yetishtirish mumkin. Bu jarayonni yil davomida o'tkazish mumkin. Yetishtirilgan ko'k ozuqani chorva hayvonlari qoramol, qo'y-echkilar, parrandalar va quyonlarni oziqlantirish uchun foydalanish mumkin. Bu chorva uchun ozuqa yetishtirishda ortiqcha ko'p mehnat, yer maydoni va ishchi kuchini talab etmaydi. Shu sababli bu usul juda foydali xisoblanadi.

REFERENCES

1. Usmonov O, Boboyev B, Mahammadaliyev M. Chet eldan olib kelingan qoramollar bilan ishlashga doir tavsiyalar. International scientific journal. 372-375 2023

2. Usmonov O, Boboyev B, Mahammadaliyev M. Qoramollarning to'g'ri harakatlanishi mahsuldorlik garovidir. International scientific journal. 52-56 2023

3. Usmonov O, Boboyev B, Mahammadaliyev M. Baxriddinov F. Chorvachiligi rivojlangan davlatlarda olib borilayotgan naslchilik ishlari. Journal of new century innovations. 57-61 2023

4. Boboyev B, Baxriddinov F, Urokov B. Chorvachilikni yangi innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish istiqbollari. Journal of new century 2022-yil.

1. 5.Boboyev B, Baxriddinov F, Urokov B. Ю^ОРИ САМАРАЛИ ГИДРОПОНИК ТЕХНОЛОГИЯСИ АСОСИДА ЧОРВА ОЗУ^АСИНИ ИШЛАБ ЧЩАРИШ УСКУНАЛАРИ ВА ОЗЩЛАНТИРИШ УСУЛЛАРИ

5. Усмонов, О. К., Бобоев, Б. К., Бахриддинов, Ф. Б. (2023) СОВРЕМЕННАЯ РАБОТА В СКОТОВОДСТВЕ-ЗАЛОГ ВЫСОКОЙ РЕНТАБЕЛЬНОСТИ. Jornal of new century innovations 41(2), 62-66.

6. Усмонов, О. К., Бобоев, Б. К., Бахриддинов, Ф. Б. (2023) QORAMOLLARNI SUNIY URUGLANTIRISHDA JINSI AJRATILGAN URUGLARDAN FOYDALANISH TEHNOLOGIYASI. Jornal of new century innovations 41(2), 52-56

7. Boboyev B, Baxriddinov F, Urokov B. Chorvachilikni yangi innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish istiqbollari. Journal of new century 2022-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.