Научная статья на тему 'GERMANIYA BO'YLAB SAYOHAT'

GERMANIYA BO'YLAB SAYOHAT Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Berlin / shtat / iqlim / ekologiya / ko'priklar / shahar / daryo va kanallar / avtomobil markalari / bosma kitob va jurnallar / qadimiy obidalar / akademiya / davlat tili

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zebo Ilhom Qizi Xamdamova, Ziyoda Zaripova

Germaniya dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri bo'lib, dunyoda o'zining siyosiy va iqtisodiy mavqeyiga ega. Uning o'ziga xos iqlimi, sanoati, iqtisodi, tarixi va tarixiy obidalari mavjud. Ushbu maqolada Germaniya haqida yanada ko'proq ma'lumotlar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GERMANIYA BO'YLAB SAYOHAT»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogika^niVBBiitiH

GERMANIYA BO'YLAB SAYOHAT

Zebo Ilhom qizi Xamdamova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Turizm fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo'nalishi 22.11 guruh talabasi Ilmiy rahbar: Ziyoda Zaripova

ANNOTATSIYA:

Germaniya dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri bo'lib, dunyoda o'zining siyosiy va iqtisodiy mavqeyiga ega. Uning o'ziga xos iqlimi, sanoati, iqtisodi, tarixi va tarixiy obidalari mavjud. Ushbu maqolada Germaniya haqida yanada ko'proq ma'lumotlar beriladi.

Kalit so'zlar: Berlin, shtat, iqlim, ekologiya, ko'priklar, shahar, daryo va kanallar, avtomobil markalari, bosma kitob va jurnallar, qadimiy obidalar, akademiya, davlat tili

Germaniya— Markaziy Yevropadagi davlat bo'lib, Shimoliy Boltiq dengizi sohillarida joylashgan. Poytaxti — Berlin shahri. Germaniya ma'muriy jihatdan 16 shtatga, shtatlar okruglarga, okruglar tumanlarga, tumanlar jamoalarga bo'linadi. 1990-yil 3-oktyabrga o'z mustaqilligiga erishgan[1].

Iqlimi mo'tadil va sernam bo'lib, qish odatda juda past haroratga ega, ya'ni -150 C dan 00 C atrofida. Yozi esa aksincha salqin, 200-260 C darajada. Ekologik jihatdan dunyoda yetakchi o'rinlardan birini egallagan Germaniya turistik shahar hisoblanadi. Aholisining qariyb 10 tasidan 8 tasida velosiped bor, ular hattoki qishda ham velosipedda shahar bo'ylab sayohat qilishni yoqtirishadi. Bu har tomonlama qulay bo'lib, birinchi navbatda, insonlar salomatligi, qolaversa, ularning sog'lom turmush tarziga rioya etishlari, shuningdek, atmosferaga zararli gazlar chiqishining va ekologiya zaharlanishining oldini olishda muhim omildir. Bundan tashqari, Germaniyada har bir uyning 3 tadan axlat qutisi bo'lib, har bir shaharchada ko'plab yashil nuqtalar mavjud.

Berlin-Germaniyaning poytaxti va eng yirik shaharlaridan biri hisoblanadi. Bu shahar Shpre daryosi Xafel daryosiga quyiladigan yerda, Shimoliy va Boltiq dengizlariga chiqiladigan kanallar bo'yida joylashgan. Berlinda 1700 ta ko'priklar mavjud. Hatto suvda joylashgan shahar Venetsiyadagidan ham ko'p. Birgina Berlin ko'prigi bir necha daryolar va kanallar ustidan o'tkazilgan bo'lib, uning umumiy uzun-ligi 180 kilometrni tashkil etadi.

Davlat tili nemis tili bo'lishiga qaramasdan aholisining deyarli yarmi ingliz

April 23-24, 2024

365

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

tilini mukammal darajada biladi. Dunyoda 180 millionga yaqin kishi nemis tilida gaplashadi. Yevropa Ittifoqida 90 million odam nemis tili asosiy til deb biladi. Nemis tiliga aloqador ajoyib ma'lumotlardan biri bu- nemis tilidagi eng uzun so'z 80 ta harfdan iborat ekanligidir.

Ko'p sohalarda birinchilikka harakat qilayotgan Germaniya tarixda ilk bor bosma kitoblarni nashrdan chiqargan. 1663-yilda ilk marotaba birinchi bosma kito-blar kitobxonlar qo'liga yetib borgan. Hozirgi kunda ham Germaniya eng ko'p kitob bosib chiqaradigan mamlakat bo'lib, yiliga 93 ming kitob dunyo yuzini ko'radi.

Shuningdek, Mersedes-Benz, Audi, BMW, Porsche avtomobil markalari ham aynan Germaniyaga tegishli bo'lib, avtomobil eksporti bo'yicha ham yetakchi o'rinlarda ekanligi hech kimga sir emas.

Germaniya poytaxti hisoblangan Berlin mamlakatning iqtisodiy va siyosiy markazi hisoblanadi. Qolaversa, Berlin Yevropaning yirik sanoat markazlaridan biri-dir. Berlinda yirik bank va kredit muassasalari joylashgan. Berlin mamlakatning eng yirik transport yo'llari tuguni, bir necha vokzal va aeroportlar bor.

Shaharda o'rta asr yodgorliklaridan gotika uslubiga xos Mariyenkirxe va Klosterkirxe cherkovlari (XIII-XIV asrlar), barokko uslubidagi Nemis tarixi muzeyi (1695—1706), Brandenburg darvozasi (1788—1791), klassitsizm uslubidagi opera teatri, drama teatri (1819—1821) hozirgacha saqlanib qolgan. Shaharda ko'plab zamonaviy savdo-sotiq binolari, saroy, uy-joylar barpo etilgan. Metropoliten qurilgan. Shuningdek, Yevropa Kino akademiyasi, Germaniya Fanlar akademiyasi, A.Gumboldt nomidagi universitet (1809) va maxsus o'quv yurtlar ham aynan Berlin shahrida joylashgan. Madaniy-maishiy muassasalar: teatrlar, muzeylar, kutubxonalar, milliy galereya kabi yirik binolar juda ko'p. Bundan tashqari, Berlinda 1936-yilda 11-Olimpiada o'yinlari bo'lib o'tgan [2].

REFERENCES

1. https: //uz.m. wikipedia.org/wiki/Germaniya

2. https://uz.m. wikipedia.org/wiki/Berlin

3. Dunyo mamlakatlari R. Mamadaliyev, "Muharrir nashriyoti" Toshkent 2012.

366

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.