Научная статья на тему 'GEOSIYOSATNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARINI O’RGANISHNING AYRIM MASALALARI'

GEOSIYOSATNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARINI O’RGANISHNING AYRIM MASALALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2786
207
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
geosiyosat / milliy manfaat / milliy rivojlanish / tendensiya / konsepsiyalar / Anlantizim / mondializm / G’arb madaniyati. / geopolitics / national interest / national development / trends / concepts / Nativeism / mondialism / Western culture

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Parpiyeva, Nargiza Toxirovna

Usbu maqolada bugungi zamonaviy davrdagi eng dolzarb masalalarni o’ziga qamrab olgan geosiyosat sohasi va undagi zamonaviy tendensiyalar, ularning husuiyatlari, shakllanishiga ta’sir qiladigan omillar masalasi yoritilgan. Bundan tashqari, maqola yakunida muallifning xulosa, takliflari keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME ISSUES OF STUDYING MODERN TENDENCIES OF GEOPOLITICS

This article covers the field of geopolitics, which covers the most pressing issues of modern times, and the current trends in them, their characteristics, the factors influencing their formation. In addition, the author's conclusions and suggestions are given at the end of the article.

Текст научной работы на тему «GEOSIYOSATNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARINI O’RGANISHNING AYRIM MASALALARI»

GEOSIYOSATNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARINI O'RGANISHNING AYRIM MASALALARI

Parpiyeva Nargiza Toxirovna

Toshkent moliya instituti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi

[email protected]

ANNOTATSIYA

Usbu maqolada bugungi zamonaviy davrdagi eng dolzarb masalalarni o 'ziga qamrab olgan geosiyosat sohasi va undagi zamonaviy tendensiyalar, ularning husuiyatlari, shakllanishiga ta'sir qiladigan omillar masalasi yoritilgan. Bundan tashqari, maqola yakunida muallifning xulosa, takliflari keltirilgan.

Kalit so'zlar: geosiyosat, milliy manfaat, milliy rivojlanish, tendensiya, konsepsiyalar, Anlantizim, mondializm, G 'arb madaniyati.

SOME ISSUES OF STUDYING MODERN TENDENCIES OF

GEOPOLITICS

Parpiyeva Nargiza Tokhirovna

Senior Lecturer, Department of Social Sciences, Tashkent Financial Institute

[email protected] ANNOTATION

This article covers the field of geopolitics, which covers the most pressing issues of modern times, and the current trends in them, their characteristics, the factors influencing their formation. In addition, the author's conclusions and suggestions are given at the end of the article.

Keywords: geopolitics, national interest, national development, trends, concepts, Nativeism, mondialism, Western culture.

НЕКОТОРЫЕ ВОПРОСЫ ИЗУЧЕНИЯ СОВРЕМЕННЫХ ТЕНДЕНЦИЙ ГЕОПОЛИТИКИ

Парпиева Наргиза Тохировна

Старший преподаватель кафедры социальных наук Ташкентского

финансового института [email protected]

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается область геополитики, которая охватывает наиболее актуальные проблемы современности, а также

Scientific Journal Impact Factor

текущие тенденции в них, их характеристики, факторы, влияющие на их формирование. Кроме того, в конце статьи приведены выводы и предложения автора.

Ключевые слова: геополитика, национальный интерес, национальное развитие, тенденции, концепции, нативизм, мондиализм, западная культура.

Geosiyosat siyosiy jarayonlarda davlatning muvaffaqiyatlarini geografik, tarixiy, ijtimoiy-psixologik, etnografik, iqtisodiy omillar bilan belgilovchi soha sifatidasiyosiy hayotimizdan o'rin olgan siyosatning maxsus sohalaridan bin hisoblanadi. Siyosatning nisbatan yosh bo'lgan bu sohasi bugungi kunda katta sohalar bo'lgan global siyosiy, iqtisodiy va boshqa jarayonlarni boshqarish san'ati haqidagi fan sifatida qaralmoqda.

Hatto, qadimgi dunyo olimlari ham siyosiy faoliyat (ular birinchi navbatda hukmdorlarning faoliyatlarini tushunishgan) va bu faoliyat sodir bo'lgan geografik makon o'rtasidagi tabiiy bog'liqlikni payqashgan. Darhaqiqat, uzunligi, maydoni, rel'efi, o'simliklari, iqlimi, daryolarni suv to'siqlari va aloqa yo'llari, dengizni siyosatda alohida geografik omil va hokazolarni bilmasdan turib, siyosiy tadbirlarni rejalashtirish mumkin emasligi haqidagi va shunga yaqin fikr-mulohzalarni bildirishgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI

"Geosiyosat" atamasi bugungi kunda ikki xil ma'noda qo'llanilmoqda: tor (fan sifatida) va keng (siyosiy amaliyot sifatida). Tor ma'noda geosiyosat o'z uslubiga ega bo'lgan va davlatning olib borayotgan siyosatining geografik omillarga bog'liqligini o'rganuvchi ilmiy asosda o'rganishga xizmat qilayotgan bo'lsa, keng ma'noda bu tushuncha geografik va hududiy joylashuv bilan bog'liq omillarni davlatlarning olib boradigan siyosatini bildiradi.

XX asr oxiri - XXI asr boshlarida. "geo" o'zagi ikkinchi ma'noga ham ega bo'ldi. Endi u tobora ko'proq siyosatning "sayyoraviy", "global" o'lchovi sifatida talqin qilindi va u gegemonlikka intilayotgan kuchlar yoki harbiy bloklar (AQSh va SSSR, NATO va Varshava shartnomasi) o'rtasidagi munosabatlarda tez-tez qo'llanila boshladi. Terminning ikkinchi qismi - "siyosat" bu mazmunda hukmronlikni amalga oshirish, hokimiyatni, makonni egallash va uni rivojlantirishni anglatadi. So'nggi paytlarda u ham sezilarli o'zgarishlarga duch keldi, chunki geosiyosatning zamonaviy aktyorlari yangi hududlarni zabt etish va rivojlantirishga unchalik intilmayaptilar, chunki ular maksimal mumkin bo'lgan bo'shliqlarni nazorat qilishga intilmoqda va -

190

KIRISH

bu ham zamonaviy geosiyosatning o'ziga xos xususiyati - butun hududni emas, balki ko'p qismini ushbu hududlar va oqimlarning aloqa liniyalarini (moliyaviy, tovar, mehnat va boshqalar) nazorat qilish va shu bilan o'zlarining rivojlanishi va gullab-yashnashi uchun eng qulay sharoitlarni ifodalashga xizmat qiladi

Rossiyalik olimlar E.L.Pozdnyakov, K.S.Gadjiev, Yu.V.Tixonravov va boshqalar geosiyosatni "davlatning strategik salohiyatiga ta'sir etuvchi geografik, iqtisodiy, demografik, tarixiy, siyosiy va boshqa o'zaro ta'sir qiluvchi omillar majmuasini o'rganuvchi bilim sohasi" sifatida qaraydilar. E.A.Pozdnyakov esa, geosiyosat "siyosatning jismoniy muhit omillaridan faol foydalanish imkoniyatlarini va unga davlatning harbiy-siyosiy, iqtisodiy va ekologik xavfsizligini ta'minlash manfaatlari yo'lida ta'sirini ochib berishga qaratilgan" tushuncha sifatida yondashadi. K.S.Hojiyev geosiyosatni "zamonaviy jahon hamjamiyatining fundamental tuzilmalari va sub'ektlari, global yoki strategik yo'nalishlari, hayotining, faoliyati va evolyutsiyasining eng muhim qonuniyatlari va tamoyillarini o'rganuvchi fan" deb hisoblaydi.

A.G.Dugin geosiyosatni mafkura deb hisoblaydi - "hokimiyat dunyoqarashi, hokimiyat va hokimiyat uchun ilm", "hukmronlik ilmi" sifatida bu tushunchaga yondashadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

G'arb ijtimoiy-siyosiy fan tadqiqotchilari tomonidan ham geosiyosatni turlicha tushunish mumkin.Masalan, Amerika ensiklopediyasida geosiyosatga an'anaviy yondashuv "siyosiy hodisalarning geografik jihatlari"ni o'rganuvchi fan sifatida bayon etilgan. Xalqaro ensiklopediya geosiyosatni "tegishli tashqi siyosat yuritish maqsadida kontinental va dengiz yashash joylari hamda siyosat o'rtasidagi munosabatlarni o'rganuvchi intizom" deb ta'riflaydi.

Amerikalik olim K. Grey XX asrning 70-yillari ikkinchi yarmida geosiyosatni "odamlar tomonidan idrok etilayotgan, o'zgartirilayotgan va foydalaniladigan shakldagi jismoniy muhit bilan jahon siyosati o'rtasidagi munosabatlar" haqidagi fan deb atagan. K.Greyning fikricha, "geosiyosat xalqaro siyosiy kuch va geografik omil o'rtasidagi munosabatlarga tegishli bo'lib, xavfsizlik va xalqaro tartibning "yuqori siyosati"ni o'z ichiga oladi; uzoq muddatli fazoviy munosabatlarning kuch markazlarining yuksalishi va tushishiga ta'siri va texnologik, siyosiy-tashkiliy va demografik jarayonlar davlatning nisbiy ta'sirini ifodalovchi tushuncha" sifatida qaraydi.

Bugungi taraqqiyotning yangi bosqichida geosiyosat tobora boyitib, o'ziga xos mazmun bilan to'ldirilib, zamonaviy dunyodagi o'zgarishlarga tobora faol hissa

191

qo'shmoqda. U ko'plab fanlarning ilmiy asoslariga tayanadi. Geosiyosat dunyoni o'zgartirishning haqiqiy quroliga aylanib kemoqda, hamda, yetakchi mamlakatlar va qit'alarning siyosatini prognoz qilishning asosiy kaliti bo'lib xizmat qilmoqda.

Geosiyosatni turlicha tushunish, bu fan bilan turli davrlarda turli olimlarning yuqori va keng darajada shug'ullanishi turli maktab asoschilarning konsepsiyalariga asos solishlariga olib keldi va natijada bu konsepsiyalar zamonaviy xalqaromunosabatga davlatlarning eosiyosatida muhim ahamiyat kasb etdi. Ulardan ba'zilarini ilmiy-falsafiy jihatlarini tahlil qilish va o'rganish maqsadgamuvofiqdir.

Birinchi konsepsiya - bu Atlantizmbo'lib, u "Shimoliy Amerika va Yevropa davlatlari o'rtasida demokratiya, shaxsiy erkinlik va inson huquqlarining umumiy qadriyatlariga asoslangan madaniy, sivilizatsiyaviy, siyosiy, iqtisodiy va harbiy yaqinlashuv kontsepsiyasi"[1] hisoblanadi. Atlantizm nazariyasi Ikkinchi jahon urushi oxirida vujudga kelgan. Uning asoschilari: N.Spikman, A.Maxan, X.Makkinder, D.Mayning, S.Xantington. Shunday qilib, N.Spikman (1893-1943) G'arbiy Yevropa kelib chiqishi umumiy madaniyati, mafkurasi bilan bog'langan mamlakatlarning liberal kapitalizm va demokratiya, ularning siyosiy va axloqiy taqdirining birligi "Atlantika kontingenti"ni ajratib ko'rsatdi.. U kuchli harbiy-sanoat va savdo salohiyatiga ega bo'lgan G'arbiy Yevropa va AQSHni yangi Atlantika hamjamiyatining markazi deb hisobladi.

Atlantizm konseptsiyasining amaliy timsoli 1949 yilda Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotining (NATO) tuzilishi, Qo'shma Shtatlar tomonidan SSSRga qarshi makon strategiyasini amalga oshirish, kapitalistik va sotsialistik dunyo o'rtasidagi qarama-qarshilik mafkuraviy ta'sir ko'rsatish edi.Ushbu yo'nalish bugungi kunda ham siyosiy jarayonlarda o'z o'rni va ahamiyatini saqlab kelmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yana bir tendensiya esa mondializm (fransuzcha monde — tinchlik). Bu mafkuraviy konsepsiyaga ko'ra, barcha davlat va xalqlar yagona sayyora makoniga birlashadi, unda etnik, milliy, diniy va madaniy chegaralar yo'q qilinadi. Ushbu shakllanish AQSh homiyligidagi ma'lum bir dunyo hukumati tomonidan boshqariladi, bu G'arb qadriyatlarini jahon hamjamiyatining hayotiga kiritadi. Mondializm g'oyalari BMT (1945), Bilderberg klubi (1954) tashkil etilishida, yopiq yig'ilishlarda jahon taraqqiyoti muammolari muhokama qilingan "Pax Americana" strategiyasida (so'zma-so'z "Amerika uslubidagi dunyo") o'z ifodasini topgan. - AQShning global hukmronligi strategiyasi, shuningdek, neoatlantizmning mashhur tarafdorlari Z.Bjezinskiy, G.Kissingerlar hisoblanadi. Mondializmning asosiy oqimida konvergensiya nazariyasi, F.Fukuyamaning "tarixning oxiri" konsepsiyasi, J.Attali

192

Scientific Journal Impact Factor

geoiqtisodiyoti yaratildi. Konvergensiya nazariyasi kapitalizm va sotsializmning yaqinlashishi natijasida yangi sivilizatsiya vujudga kelishiga asoslangan edi. Fukuyama "tarixning oxiri"ni SSSRning parchalanishi va demokratik va bozor qadriyatlarining butun dunyoga tarqalishi bilan bog'ladi. Geoiqtisodiyot boy Shimol va kambag'al janub o'rtasidagi qarama-qarshilikni, "pul davri"ning o'rnatilishini o'z zimmasiga oldi[2].

Yevropa qit'asidagi geosiyosiy tadqiqotlarning eng ta'sirli yo'nalishi 1960-yillarning oxirida paydo bo'lgan yo'nalish bo'ldi. Fransiyada "Yevropa" va "G'arb" tushunchalariga qarshi "yangi o'ng" maktabi shakllandi. Bu maktab, "Global geopolitika" monografiyasi mualliflarining fikricha, hokimiyatni qayta tiklashga qaratilgan edi.

Neo-yevrosiyo yo'nalishi ham muhim geosiyosiy yo'nalishlardan biri hisoblanadi. Bu konsepsiya yevroosiyochilikning asosiy g'oyalarini jamlagan. Yevrosiyolik nazariyasi yaratuvchisi P. N. Savitskiy (1895-1968) fikriga ko'ra, uning mohiyati Rossiyani tushunishdir.

Gumilyov yevroosiyo nazariyasidan kelib chiqqan holda quyidagi geosiyosiy xulosalarni taklif qildi:

1. Yevroosiyo - superetnosning rivojlanish joyi yoki Buyuk rus etnosi birlashmasidir.

2. Buyuk rus davlatchiligining negizida joylashgan Dasht va o'rmon geosiyosiy sintezi Yevroosiyo materigining g'arbiy va sharqiy qismlari ustidan madaniy va strategik nazorat omili bo'lib xizmat qiladi.

3. Yaqin kelajakda sayyoramizning siyosiy va madaniy xaritasini tubdan o'zgartiradigan, oldindan aytib bo'lmaydigan va kutilmagan "ehtirosli turtki" bo'ladi.

Yuqoridagi konsepsiyalarni ko'rib chiqib, bugungi kunda "atlantizm" yo'nalishi o'zining keng qamrovliligi va bugungi geosiyosat munosabatlarida muhim a hamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda bu yo'nalish o'zining hususiyatlari va xalqaro siyosiy munosabtlarda ko'zga tashlanib bormoqda. Ivashov L. G.ning ta'kidlashicha: "Geosiyosatda odamlar, geografiya, tarix, iqlim, inson muhiti bir-biri bilan chambachas bog'liqdir"[3]. Geosiyosat inson va uning atrof-muhiti haqidagi eng xilma-xil bilimlarni sintez qilish, insoniyat tarixini, jahon dinlarini tahlil qilish va tajriba olish, o'z tahlili, prognoziga doir ilmlarni o'zida mujassamlashtirishi e'tibori bilan Atlantizm konsepsiyasining turli jihatlarini ochib beradi. Demak, "geosiyosat "fanlar fani" bo'lishi kerak bo'lgan soha bo'lib, faqat uning barcha sohalarining asosiy qismiga ilmiy, falsafiy, diniy, ezoterik bilimlar tashkil qiladi" [4].

CONCLUSION

Bugun Markaziy Osiyodagi geosiyosiy munosabatlarda ham ushbu konsepiya ko'proq ko'zga tashlanmoqda. Bu yo'nalish kapitalistik tizimni rivojlanishiga bog'liq holda jamiyatda o'z o'rnini egallagan konsepsiya hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, ushbu yo'nalish bugungi globallashuv jarayonida muhim geosiyosiy yo'nalish hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, globallashuv jarayonida geosiyosatda turli konsepsiyalar mavjud bo'lib, ularning keng qamrovliligi jihatidan atlantizm yo'nalishi ajralib turadi. Aynan bu yo'nalish Yevropa siyosiy tizimida muhim o'tin va ahamiyatga ega. Atlantizm bu jarayonlarda siyosiy muvozanatni shakllantirish va xalqlarning milliy manfaatlarga xzimat qildiish bo'yicha ahamiyati yuqoridir.

REFERENCES

1. Н.В.Устинова, Геополитика, учебнове пособие, Екатеринбург Издательство Уральского университета 2017, 13-стр

2. Глобальная геополитика / под ред. И. И. Абылгазиева [и др.]. М. : Изд-во МГУ, 2010. С. 59.

3. Велесова книга. Веды об укладе жизни и истоке веры славян (авторский перевод Славера (Георгия Максимен-ко). - М.: НОУ «Академия управления», 2010. -7с.

4. Ивашов, Л.Г. Геополитика Русской цивилизации / Л.Г. Ивашов; отв. ред. О.А. Платонов. - М.: Институт русской цивилизации, 2015. - 10 с

5. Шеров А. Олий таълим муассасаларига бюджетдан ташкари маблагларни жалб этишни такомиллаштириш // http://www.biznes-daily.uz № 3 (111)-2017.

6. Шеров А. ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИНИ МОЛИЯЛАШТИРИШНИНГ А^Ш ТАЖРИБАСИ // Scientific progress. 2021. №6. URL: https://cyberleninka.ï^article/n/oliy-talim-muassasalarini-moliyalashtirishning-a-sh-tazhribasi

7. А. Б. Шеров, Ш. Б. Юсупов ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ЭФФЕКТИВНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ ДЕНЕЖНО-КРЕДИТНОЙ ПОЛИТИКИ В СТРАНЕ // Scientific progress. 2021. №1. URL: https : //cyberleninka.ru/article/n/zarubezhnyy-opyt-effektivnoy-organizatsii-denezhno-kreditnoy-politiki-v-strane

8. Khujanova T. Special proficiency-the provision of youth protection //Scientific researches for development future. - 2019. - С. 50-52.

https://tsue.scienceweb.uz/index.php/archive/article/download/3901/2989/#page=51

9. Khujanova T. Problems of perfect protection of the younggeneration in globalization processes //Science and practice: a new level of integration in the

194

Scientific Journal Impact Factor

modem world. - 2019. - C. 15-18.

10. ugli Sapayev V. O. et al. THE ACTUALITY OF IMPROVEMENT IN RURAL SOCIAL STANDARD OF LIVING IN UZBEKISTAN //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2020. - T. 2. - №. 11. - C. 147-151.

11. Sardor K., Valisher S. INSON ONGI MILLIY G'OYA TIZIMI ELEMENTI SIFATIDA //Academic research in educational sciences. - 2020. - №. 4.

12. Kutlimurodov S., Sapayev V. INSON ONGI-MILLIY G'OYA TIZIMI ELEMENTI SIFATIDA.

13. V Sapaev, A Madrakhimov, The transformation of social conciousness and intelligence of rural population on social life of Uzbekistan, Norwegian Journal of Development of the International Science, 54-56.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.