Научная статья на тему 'GEOMETRIYA FANINI O‘QITISHDA MUSTAQIL TA’LIM JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISH – PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA'

GEOMETRIYA FANINI O‘QITISHDA MUSTAQIL TA’LIM JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISH – PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
mustaqil ta’lim / axborot kommunikatsion vositalari / metod / muammoli vaziyatni modellashtirish / mustaqil ish / pedagogik texnologiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ochilova Dilnavoz Ulug‘bek Qizi, Rasulova Gulnozaxon Azamovna

Ushbu maqolada geometriya fanini o‘qitish jarayonida mustaqil ta’lim jarayonlarini rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida atroflicha ya’ni talabalarning mustaqil o‘qish faoliyatini takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan fakrotlar orqali yoritib berilgan. Bundan tashqari izlanishlar natijasida hozirgacha ta’lim tizimida ko‘zga ko‘rinarli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha strukturaviy rejalar va ularni qay tarzda amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GEOMETRIYA FANINI O‘QITISHDA MUSTAQIL TA’LIM JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISH – PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA»

GEOMETRIYA FANINI O'QITISHDA MUSTAQIL TA'LIM JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISH - PEDAGOGIK

MUAMMO SIFATIDA

JOchilova Dilnavoz Ulug'bek qizi, 2Rasulova Gulnozaxon Azamovna

1Qo'qon Davlat pedagogika instituti magistranti 2Qo'qon davlat pedagogika instituti Matematika kafedrasi dostenti, (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.13897548

Annotatsiya. Ushbu maqolada geometriya fanini o'qitish jarayonida mustaqil ta'lim jarayonlarini rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida atroflicha ya'ni talabalarning mustaqil o'qish faoliyatini takomillashtirish uchun zarur bo'lgan fakrotlar orqali yoritib berilgan. Bundan tashqari izlanishlar natijasidahozirgacha ta'lim tizimidako'zgako'rinarli muammolarni bartaraf etish bo'yicha strukturaviy rejalar va ularni qay tarzda amalga oshirish ko'zda tutilgan.

Kalit so'zlar: mustaqil ta'lim, axborot kommunikatsion vositalari, metod, muammoli vaziyatni modellashtirish, mustaqil ish, pedagogik texnologiya.

Аннотация. В данной статье развитие процессов самостоятельного обучения при обучении геометрии выделено как актуальная педагогическая проблема, через формирование навыков, необходимых для совершенствования самостоятельной учебы учащихся, включает структурные планы решения очевидных проблем и способы их реализации.

Ключевые слова: самостоятельное обучение, средства информационной коммуникации, метод, моделирование проблемной ситуации, самостоятельная работа, педагогическая технология.

Abstract. In this article, the development of independent learning processes during the teaching of geometry is highlighted as an urgent pedagogical problem, through the skills necessary to improve the independent study of students. It includes structural plans to address apparent problems and how to implement them.

Keywords: independent education, information communication tools, method, problem situation modeling, independent work, pedagogical technology.

Ma'lumki, mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi ta'lim tarbiya jarayonlaridagi sifat jihatidan o'zgarishiga uzviy bog'liqdir. Ta'lim-tarbiyadagi sifat o'zgarishlar va yuqori samaradorlik ko'pincha pedagogikaning tarixiy ildizlari va zamonaviy yutuqlarini talabalar ongiga singdirishni qay darajada olib borilganligiga bog'liq bo'lib, u raqobatbardosh mutaxassis kadrlar uchun mustahkam asos bo'lib xizmat qiladi.[1]

Bugungi kunda sir emaski, mamlakatimizda ta'lim sohasida sifat o'zgarishlarini sezilarli darajada oshirish maqsadida esa bir qator yangi loyihalar, jumladan, mustaqil ta'lim jarayonlarini yanada takomillashtirish asosiy yo'nalish sifatida ko'zda tutilmoqda.

Mustaqil o'qishning asosiy maqsadi, talabaning o'qituvchining yordamisiz shug'ullanishi bilan emas, balki uning o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishish uchun yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Talabalarning mustaqil o'qish faoliyatining samaradorligi quyidagi faktorlar bilan aniqlanadi:

a) talabalarning mustaqil o'qish faoliyatiga tayyorligi;

b) mustaqil o'qish faoliyatini sifatli pedogogik ko'nikmalar bilan ta'minlanganligi.

Talabalarning mustaqil o'qish faoliyatiga tayyorligi, quyidagi komponentalar orqali

aniqlanadi:

- O'zida tasavvur etishni shakllantiruvchi qiymatli-motivatsion komponent va kasbiy motivatsiya;

- Umumlashgan bilimlarni egallagan, kognitiv komponetlar (birinchi navbatda dunyoqarash g'oyalari va ilmiy tushunchalar) hamda umumta'lim ko'nikmalari va o'z-o'zini nazorat qilish:

- Shaxsning erkinlik sifatlari bilan aniqlanuvchi erkinlik kompanentlari, bunda birinchi o'rinda tartib-intizom, tirishqoqlik, mustaqillik, talabchanlik va javobgarlikni his qilish turadi.

Ilmiy-pedagogik, psixologik adabiyotlarda talabalarning mustaqil fikrlash, mustaqil ishlay olish ko'nikma va malakalarini shakllantirishning ahvoli, mustaqil ta;limning mazmuni, uni tashkil qilish shakllari va turlari, talabalarning mustaqil o'quv faoliyatlarini tashkil qilishda pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalarining o'rni va ahamiyati bayon etilgan.[2]

Talabalarning mustaqil o'quv faoliyatini tashkil qilishda o'ziga xos texnologik jihatlariga e'tibor qaratish ham muhim ahamiyatga ega. Ta'lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o'qituvchilar uchun bir qancha qulayliklar yaratadi. Masalan: fan materiallarini elektron shaklda tayyorlash, taqdimotlar tayyorlash, mavzularni multimedia yordamida tushuntirish, tajriba ishlarini vizual tarzda bajarib ko'rsatish, amaliy masalalarning yechimlarini yuqori aniqlikda olishni o'rgatish va boshqalar. Hozirgi kunda darslik va o'quv qo'llanmalarni chop etish juda qimmatga tushmoqda. Buning ustiga kitoblar 2-3 yilda o'quvchisini yo'qotmoqda. Bu jarayon yengil kechishi uchun darslik va o'quv qo'llanmalarning elektron variantlaridan unumli foydalanishni tashkil etish zarur. Elektron o'quv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarni rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, qo'shimcha ma'lumotlar bilan ta'minlanlashga mo'ljallangan bo'lib, chuqurlashtirib o'qitiladigan fanlar bo'yicha yaratilishi lozim.

Tahlil va o'rganishlarimiz natijasidagi hozirgacha ta'lim tizimimizdagi bazi bir ahamiyatli muammolarni sanab o'tsak maqsadga muofiq bo'ladi.

Jumladan:

Ba'zi bir oliy ta'lim muassasalari uchun yuqori malakali pedagog hodimlarning yetarlicha ta'minlab berilmaganligi;

Oliy ta'limda har bir mutaxassis pedagog va talabalar zamonaviy axborot texnologiyalaridan mukammal va to'laqonli foydalana olmaslik;

Pedagoglar tomonidan ta'lim oluvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini takomillashtirishga yo'naltirilgan yangicha innovatsion o'qitish usullari yetarlicha tashkil etilmaganligi;

Yuqorida sanab o'tilgan va bartaraf etilishi zarur bo'lgan muammolarni oldini olish maqsadida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo'shadigan malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bevosita ta'lim tizimimizning rivojiga uzviy bog'liq bo'lib, bu borada mustaqil fikrlaydigan o'z fikrini erkin bayon qila oladigan ijodkor, tadbikor, tashabbuskor shaxsni voyaga yetkazish bugungi kunda davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida o'rganib chiqilmoqda.

Ushbu muammoli holatlarni bartaraf qilish bo'yicha yangicha tamoyillarni o'z ichiga olgan ushbu strukturaviy reja, ta'lim tizimimizda geometriya fanini o'qitishda mustaqil ta'lim jarayonlarini rivojlantirish uchun yordamchi vosita bo'lib hizmat qiladi.

Bu vazifalarni amalga oshirish orqali malakali mutaxassislarni tayyorlashda xorij tajribalaridan samarali foydalanish, uning asosida o'quv mashg'ulotini tashkil etishga ta'lim muassasalarida mustaqil ta'limning yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish zarur. Mustaqil ta'lim jarayonini tashkil qilish va boshqarishga to'g'ri, innovasion yondashuv ta'lim oluvchilarni bilim

olishga, mustaqillikka, ijodkorlikka, tashabbuskorlikka, hamkorlikda ishlashga, kasbiy kompetensiyalarni chuqurlashtirish orqali ta'lim sifatiga e'tibor berishga jalb qiladi. [3]

REFERENCES

1. J. Hasanboyev, X.A.To'raqulov,I.Sh..Alqarov. N.O'.Usmanov "NOSHIR" TOSHKENT 2011.3-b

2. Hasanboyev J., Sariboyev H., Niyozov G., Hasanboyeva O., Usmonboyeva M. Pedagogika. O'quv qo'llanma. - Toshkent: Fan, 2006. -282 b

3. MaBnaHOB A., Ba G.;.nap. "Hnrop negarorHK TexHonorHa GyHHna y;yB MamrynoTHHH noHHx,anam". 3aMOHaBHH TatnHM. 2016. №2. E.25-29.

4. MaBnaHOB A., Ba G.K.nap. Y;yB MamrynoTnapHHH TamKHn этнmga TatnHM TexHonorHanapH. Y;yB KynnaHMa. Ta^aKKyp GycTOHH HampueTH. TomKeHT, 2013. 142 G.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.