Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING MUSTAQIL TA’LIM FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA KREDIT–MODUL TIZIMINING O‘RNI'

MAKTABGACHA TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING MUSTAQIL TA’LIM FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA KREDIT–MODUL TIZIMINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kredit / modul / motivatsiya / intellektual salohiyat / kasbiy mahorat / metod / mustaqil ta’lim / ijod / kreativlik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nimatova Moxinur Sobit Qizi

Ushbu maqolada kredit-modul tizimida maktabgacha ta’lim talabalarining mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish va mustaqil ta’limni amalga oshirish jarayonida kredit-modul tizimining o‘rni haqida fikrlar boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING MUSTAQIL TA’LIM FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA KREDIT–MODUL TIZIMINING O‘RNI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

MAKTABGACHA TA'LIM YO'NALISHI TALABALARINING MUSTAQIL TA'LIM FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA KREDIT-MODUL

TIZIMINING O'RNI

Nimatova Moxinur Sobit qizi

"Pedagogika" kafedrasi tadqiqotchisi, Toshkent amaliy fanlar universiteti, gavhar ko'chasi 1uy,

Toshkent 100149, O'zbekiston nimatovamohinur@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.13303917 Annotatsiya: Ushbu maqolada kredit-modul tizimida maktabgacha ta'lim talabalarining mustaqil ta'lim faoliyatini rivojlantirish va mustaqil ta'limni amalga oshirish jarayonida kredit-modul tizimining o'rni haqida fikrlar boradi.

Kalit so'zlar: Kredit, modul, motivatsiya, intellektual salohiyat, kasbiy mahorat, metod, mustaqil ta'lim, ijod, kreativlik.

KIRISH

Bugungi kunda Maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabalarining mustaqil ta'lim faoliyatini samarali amalga oshirish uchun kerak bo'ladigan barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo'lib, bunday imkoniyatdan talabalar unumli foydalanib kelishmoqda. Oliy ta'lim muassasalarining o'quv jarayoniga kredit texnologiyasini joriy etishdan maqsad:

- milliy ta'lim tizimining xalqaro ta'lim makoniga integratsiyalashuvi;

- o'quv jarayoni sub'ektlarining akademik harakatchanligini ta'minlash.

TMT ta'lim sifatini oshirish va bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashning asosiy zaxiralaridan biridir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"ga ko'ra mamlakatdagi oliy ta'lim muassasalarining 85 foizi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tishi rejalashtirilgan. Bu yaqin yillar davomida mamlakatdagi deyarli barcha oliy ta'lim muassasalarining kredit-modul tizimida faoliyat yurita boshlashidan darak beradi. Kredit-modul tizimi, bu — ta'limni tashkil etish jarayoni bo'lib, o'qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o'lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta'minlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash.

Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar e'tirof etiladi:

- o'quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;

- bitta fan, kurs (kredit)ning qiymatini aniqlash;

- talabalar bilimini reyting ball asosida baholash;

- talabalarga o'zlarining o'quv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;

- ta'lim jarayonida mustaqil ta'lim olishning ulushini oshirish;

- ta'lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo'yilgan talabdan kelib chiqib o'zgartirish mumkinligi.

Yuqoridagilar dars mashg'ulotlarini nafaqat o'qitishni innovasion ta'lim texnologiyalari asosida olib borish, balki talabadan mustaqil o'qib-o'rganish, ta'limga yangicha munosabatda bo'lish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy ko'nikmalarini shakllantirishga o'rgatishdan iboratdir. Mazkur tizim talabaning kasbiy rivojlanishi va kamolotiga yo'naltirilgan bo'lib, ilm sohibining butun hayoti davomida bilim olishini ta'minlashga hamda mehnat bozori va zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson kapitalini shakllantirishdan iboratdir.

Keling, shu o'rinda modul va kredit tushunchalari mohiyatiga qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Modul — bu, bir nechta fan hamda kurslar o'rganiladigan o'quv rejasining bir qismi. U talabalarda ma'lum bir bilim va ko'nikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega bo'lishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda o'qituvchi o'quv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio ma'ruzalar o'qiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil o'rganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA

METODOLOGIYASI

Kredit ilk marotaba XVIII va XIX asrlarda AQSH universitetlarida joriy etilgan bo'lib, o'quv jarayonlarini liberalizatsiya qilish, talabaning haftalik akademik yuklamasini belgilab berish maqsadida yaratilgan. 1869-yilda Garvard universiteti prezidenti, Amerika ta'limining taniqli arbobi Charlz Uilyam Eliot "Kredit soati" tushunchasini iste'molga kiritadi. Shunday qilib, 1870 - 1880-yillarda kredit soatlari bilan o'lchanadigan tizim joriy qilinadi. Kredit tizimi bilan o'qish va o'quv dasturlarini o'zlashtirish talabalarga o'quv jarayonini mustaqil ravishda rejalashtirish, uning sifatini nazorat qilish, ta'lim texnologiyalarini takomillashtirish uchun imkoniyat yaratib berdi.

Xorijiy tajribaga ko'ra, kredit-modul tizimida o'quv jarayoni har semestrda 2-4 tagacha moduldan iborat bo'ladi. Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik sari, nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini o'zaro uzviy to'ldirish prinsipi asosida shakllantiriladi. Talaba mutaxassis

"¿J PPSUTLSC-2024

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

bo'lib shakllanishi uchun nafaqat axborotlar, balki ularni qayta ishlash, amaliyotga joriy qila olish malakasiga ega bo'lishi talab etiladi.

NATIJALAR

Modulga asoslangan o'quv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi va quyidagilarni o'z ichiga qamrab oladi:

• o'quv maqsadi hamda vazifalarning to'liq ochib berilishi;

• talabaning fanni (kursni) boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi lozim bo'ladigan malakasiga qo'yiladigan talablar;

• modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus), ya'ni ma'ruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashg'ulotlarning rejasi, mustaqil ta'limni baholash uchun mo'ljallangan topshiriqlar;

• o'qitishning qisqacha bayoni: ta'lim berish usul hamda vositalari; bilimlarni baholashning usul va shakllaridan iborat.

Modul asosida o'qitish tizimida talabalar bilimi, malakasi hamda ko'nikmasini baholashda reyting baholash tizimidan foydalaniladi. Unda talabaning barcha o'quv faoliyati, ya'ni auditoriya va auditoriyadan tashqarida olgan, o'zlashtirgan bilimlari ball berish orqali baholanadi.

Oliy ta'limda dars jarayoni ko'plab ma'lumotlar sig'imini egallashga, samarador, ijodiy tafakkurni shakllantirishga, shaxsning intellektual salohiyatini rivojlantirishga, mantiqiy tahlil va ma'lumotlarni har tomonlama qayta ishlashga bo'ysundirilmog'i lozim. Mutaxassislar tayyorlashda zamonaviy talablarga binoan ta'lim jarayonini tashkil etishning muhim shartlaridan biri talabalarning mustaqil o'quv faoliyatini faollashtirish hisoblanadi. Talabalarning mustaqil ta'lim olish tizimida mustaqil ta'lim mazmuni uning asosini tashkil etadi. Mustaqil ta'lim mazmunini mustaqil ta'lim materiallari, ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilarning faoliyati tashkil etadi. Bunda o'qituvchi va talaba muloqoti asosiy rol o'ynaydi. Mustaqil ta'lim olishning asosiy vositasi - bu mustaqil ta'lim materiallaridir. Ular uzviy bog'langan tizim bo'lib, darsliklar, o'quv-metodik qo'llanmalar va ma'ruza matnlaridan farq qiladi. Ularda teran va mazmundor uslubiy ko'rsatmalar, ta'lim oluvchining bilish faoliyatini boshqarish bloki, kasbiy tayyorgarligi jarayonida mustaqil o'qish mezonlari, uning o'z-o'zini mustaqil o'qishga yo'naltirib borishi, o'z-o'zini nazorat qilishi, o'z-o'zini namoyon etishi va shaxsiy bilish faoliyati jarayonida o'z - o'zini baholay olishi uchun psixologik -pedagogik tavsiyalar mavjud bo'ladi. Mustaqil ta'lim materiallari o'quv-uslubiy qo'llanmalari, ma'ruza matnlari, kompyuter dasturlari, audio va videomateriallar, mavjud an'anaviy darsliklardan foydalanishga doir tavsiyalar, axborotning boshqa manbalari ko'rinishida namoyon bo'ladi.

MUHOKAMA

Mustaqil ta'lim materiallari bir necha belgilari bo'yicha tasniflanadi.

1. O'quv materiali tavsifiga ko'ra: bular darslik, o'quv va metodik qo'llanmalardan olinadigan bilim va

www.in-academy.uz

ma'lumotlar; qo'shimcha materiallar; namunaviy ma'ruza matni va boshq.

2. O'quv axboroti hajmiga ko'ra: O'rganilayotgan masalalar, o'quv fani mavzui bo'yicha axborotning to'la hajmi. Axborot texnologiyalari bilan bog'liq materiallar. 3. Foydalanish muddatiga ko'ra: Ta'lim oluvchilarga bir marta foydalanish uchun tarqatiladigan materiallar; Mashg'ulotlarda bir necha marta foydalaniladigan materiallar. Mustaqil ta'lim olish jarayonida mustaqil ta'lim materiallari hamda ta'lim oluvchi va o'qituvchi muloqoti yetakchi komponentlar hisoblanadi. Bu ikki komponentning o'zaro ta'sir darajasi ochiq ta'lim modellarini tenglashtirishga yordam beradi. Ko'plab talabalarning ilgari mustaqil ta'lim materiallari bilan mustaqil ishlash muammosiga hech qachon duch kelmaganini e'tiborga olish lozim. Mustaqil ta'lim materiallari darsliklar, o'quv va metodik qo'llanmalardan farqli o'laroq tuzilishi jihatdan murakkab xarakterga ega. Amaliyot ko'rsatadiki, ko'plab ta'lim oluvchilar tahsil jarayonida o'zlarining mustaqil ta'lim materiallari bilan ishlay olish ko'nikmalarini xolis baholay olmaydilar. Bu baholashlar hamisha shaxsiy (subyektiv) xarakterga ega. Bu jarayonning xolisligini qay tarzda ta'minlash borasida jiddiy muammo chiqadi. Ta'lim oluvchilarning mustaqil ta'lim materiallari bilan mustaqil ishlash ko'nikmasini baholash mezonlarini ishlab chiqish, belgilash, asoslab berish va undan foydalanishni ko'rsatish lozim. Har bir ta'lim oluvchi o'zini o'zi baholashi va o'z faoliyatini to'g'rilashi yoki tashkil qilishga tayyorgarligiga muvofiq holda mezonlar tanlaydi. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda talabalarning o'quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi, ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo'llashga doir katta tajriba to'plangan bo'lib, bu tajriba asosini interfaol metodlar tashkil etmoqda. Talaba asosan, o'zi o'zlashtirgan bilimlarni namoyish etadi, o'qituvchi esa uning fikrlarini tinglaydi, zarur o'rinlarda o'qituvchi -talaba an'anaviy ta'limdagi suhbat ishtirokchilari savollar bilan murojaat qiladi. Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni talabalarga yetkazib berish asosida ma'lum faoliyat ko'nikma va malakalarni shakllantirish, faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan nazariy va amaliy bilimlar darajasini baholash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni, ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.

XULOSA

Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, Ijodiy ishda fikrlashning mustaqilligi va tanqidiyligi zarur bo'lib, u aqliy faoliyatning produktivligini ta'minlaydi. Ta'lim jarayonida noan'anaviy metodlar talaba shaxsining har tomonlama kamol topishiga zamin hozirlaydi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, bugun biz ta'lim va tarbiya berayotgan talabalar vatanimizning ertangi kunini, taqdirini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham bugungi kunda kredit-modul tizimini joriy etilgani talabalarni yanada o'z ustida ko'proq ishlashga undamoqda.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT.MM.Y20M WWW.in-aCademy.UZ

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" 08.10.2019 yildagi PF-5847-son.

2. Avliyakulov N.X. Zamonaviy o'qitish texnologiyalari. -Toshkent, 2001.

3. Boltaeva M.L. Fizika ta'limi jarayonida talabalarning mustaqil o'quv faoliyatini rivojlantirish. P.f.n. ... dissertatsiya. Toshkent. TDPU. 2004.

4. Muslimov N.A., Quysinov O.A. Kasb ta'limi o'qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ta'limni tashkil etish. Metodik qo'llanma. Toshkent: TDPU. 2006

5. Axmedova M.E. Features of module-credit, methods of question use and competence in creation of independent educational tasks / New York 2022. 28 iyun. Pages 217-221.

6. Axmedova M.E.Kredit-modulli o'qitish tizimida mustaqil ta'lim topshiriqlar metodikasi. / Gumanitar fanlarni o'qitishning zamonaviy ilmiy yo'nalishlari. Respublika ilmiy-amaliy onlayn konfrensiya materiallari. 2021 yil. 250-257 bet.

7. Axmedova M.E. Mustaqil ta'lim topshiriqlarini o'rganishda didaktik yondashuv. / 2-An'anaviy Respublika ilmiy-amaliy onlayn konfrensiya materiallari. Gumanitar fanlarni o'qitishning zamonaviy ilmiy yo'nalishlari. 2022 yil. 220-22б bet.

8. Axmedova M.E. Kredit-modul tizimida tilshunoslik fanlarini o'qitishda integratsion yondashuvlar nazariyasi / "II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tezislari va ma'ruzalar to'plami": to'plam / "Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi" MChJ, Toshkent -2022 y, 8-11 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.