GEOMETRIK MASALALARNI YECHISHDA PISA METODINAN MASALALAR YECHISHDA FOYDALANISH
Ergasheva Dilnora Ziyadullayevna
Toshkent viloyati Qibray tumani 17-sonli maktab matematika fani o'qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu metodik tavsiyada o'quvchilarni bu kunning dolzarb muammosi bo'lgan PISA-Xalqaro tadqiqotlar uchun asos vazifasini o'tovchi, shaxsiy fikrlarini ifodalashda xizmat qiluvchi kreativ fikrlashning muhimligi tahlilga olingan. O'quvchilarni kreativ fikrlashga o'rgatish, kreativlikning ahamiyati, o'quvchi shaxsining rivojlanishidagi o'rni haqida aytib o'tiladi.
Kalit so'zlar: PISA, Programme, International, student, assessment, kreativ, abstrakt, teorema, gimnastika, kompetentsiya.
Bugungi kunda puxta nazariy ma'lumotlarga asoslangan dars mashg'ulotlarini o'tishga katta e'tibor berilmoqda. Matematika darslarida o'quvchini kreativ fikrlarga undash usullari, dars jarayonida qo'llash tavsiya etiladigan turli pedagogik texnologiyalar haqida fikr yuritilgan.
Ma'lumki, matematika fani - abstrakt fan. Uning mazmuni boshidan oxirigacha inson tasavvurining va mantiqiy tafakkurining mahsulidan iborat. Fanning bunday abstrakt tuzilishi, o'zini-o'zi boyitib borishi, ya'ni yangidan-yangi matematik tushunchalar va ularning xossalarini ma'lum xossalardan hosil qila olish imkoniyati qadimdan insonning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilib kelgan. Hatto matematik masalalarni yechish musobaqalari o'tmishda inson aqlini peshlash vositasi bo'lgan. Shundan kelib chiqadigan bo'lsak, matematika fanining eng asosiy vazifasi aynan o'quvchilarni o'ylashga, to'g'ri mantiqiy fikrlashga va mushohada yuritishga o'rgatishdan iborat ekanligi oydinlashadi[1-2].
Hech qaysi fan matematika fanichalik o'quvchilarni o'ylashga va fikrlashga majbur qila olmaydi. Matematika darslarida turli tuman masala, muammo va jumboqlarini yechish orqali o'quvchilar to'g'ri fikr yuritish, mantiqiy fikrlashni o'rganadilar. Insonning mantiqiy fikrlay olish layoqati (qobiliyati yoki kompetentsiyasi) uning eng muhim hayotiy ehtiyojlaridan biri hisoblanadi. Inson miyasi "ishlash"dan to'xtar ekan, uning hayvondan farqi qolmaydi. Xullas, bir faylasuf ta'biri bilan aytganda, "Matematika - aql gimnastikasidir" Yoshlik chog'idan turli-tuman matematik masalalarni yechish orqali o'quvchilar hayotiy muammolarni yechishga va turmushda uchraydigan muammoli vaziyatlarida to'g'ri qarorlar qabul qilishga tayyorgarlik ko'radilar. Bu holatda hamma matematik masalalar ham bevosita hayotiy muammolar haqida bo'lishi shart emas. Har qanday
195
matematik masala ham o'quvchini o'ylashga majbur qiladi. Turli abstrakt formulalar yordamida hisob kitoblarni, algebraik almashtirishlarni to'g'ri bajarish, ayniqsa teoremalarni isbotlash, ya'ni ma'lum dalillar asosida uning to'g'ri ekanligini asoslash mantiqiy fikrlashga doir eng muhim amaliyotlardan hisoblanadi.
Shunday ekan, orta umumiy ta'lim tizimida matematika fanining, matematikani o'qitishning eng asosiy vazifasi oquvchilarda mantiqiy fikrlash, to'g'ri mushohada yuritish layoqatlarini (kompetentsiyalarini) tarkib toptirishdan iborat bolmog'i lozim. Fanga oid umumiy kompetentsiyalar matematika fanidan o'quvchilar bilishi va uddalashi lozim bolgan nazariy bilim va amaliy konikmalarni, fanga oid kongitiv kompetentsiyalar aynan yuqorida zikr etilgan mantiqiy fikrlash, o'qib-o'rganish va fan bo'yicha o'zlashtirilgan bilim va konikmalarni amaliyotda qollash bo'yicha talablarini umumiy holda belgilaydi[3-4].
PISA xalqaro baholash mezonlari haqida ko'rib chiqamiz. PISA (Programme for International Student Assessment) o'quvchilarning savodxonligini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqot dasturi bolib, dasturning asosiy maqsadi o'n besh yoshli o'quvchi yoshlarning o'qish, (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlar bo'yicha savodxonlik darajalarini hamda ijodiy fikrlashini turli xil testlar, topshiriqlar ko'rinishida baholashdan iboratdir. Ushbu dastur o'quvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashlariga, olgan bilimlarini hayotda qo'llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu konikmalarni rivojlantirishga undaydi.
PISA dasturi mamlakatlarga ta'lim tizimi yutuq va kamchiliklari haqida o z vaqtida axborot berish, tegishli dasturlarning ta'sirini tahlil qilish imkoniyatini yaratib, ta'lim siyosati sohasidagi qarorlar qabul qilishni qollab-quvvatlaydi.
PISA - o'quvchilarning o'qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlardan bilim darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bolib, o'quvchilarning maktab davrida orttirgan bilim va konikmalarini aniqlashga moljallangan.
PISA - xalqaro baholash dasturi shuningdek, o'quvchilar munosabati va motivatsiyasi haqida qimmatli ma'lumot toplaydi va oquvchilarda muammoni hal qila olish kabi konikmalarni ham baholaydi. Masalan, global ahamiyatga ega masalalarni hal etishda o'quvchi yoshlarning fikr munosabatlari va ular bergan taklif va yechimlarni baholaydi.
PISA - dunyo mamlakatlari o'quv dasturlarida mavjud bolgan talablar doirasida halqaro baholash dasturlarini o'tkazishga asoslanib, o'quvchilarning bilim va konikmalarni qollash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga e'tibor qaratadi.
PISA - hech qanday o'quv dasturini belgilamaydi yoki targ'ib qilmaydi yoki umumiy e'tirof etishni taqozo etmaydi.
PISA tadqiqoti (Programme for International Student Assessment) - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti OECD ( Organisation for Economic Co-operation and Development) tomonidan amalga oshiriladigan dastur hisoblanadi.
Tadqiqot ilk bor 2000 yilda o'tkazilgan bo'lib, har uch yilda bir marotaba otkazib boriladi. Birgina, 2018 yilda 78 dan ortiq davlat va shaharlar qatnashgan. Har bir mamlakatdan 4500 dan 10000 nafargacha o'quvchi test sinovlariga jalb etiladi[4].
Xulosa: Talimning zamonaviy globallashuv va axborotlashuv sharoitida o'qituvchining ijodkorlik faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda talim-tarbiya sohasiga kirib kelayotgan innovatsion yangiliklar pedagogika faniga yangi tushunchalarni ham olib kirmoqda. Shunday tushunchalarning biri PISA -metodi dunyo mamlakatlari o'quv dasturlarida mavjud bo'lgan talablar doirasida halqaro baholash dasturlarini o'tkazishga asoslanib, o'quvchilarning bilim va konikmalarni qo'llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga e'tibor qaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Ozbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. Barkamol avlod -Ozbekiston taraqqiyotining poydevori. - T. Sharq. 1997.
2. Azizxo'jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.:TDPU. 2003.
3. Qochqorov A., Ismailov Sh. Mantiqiy masalalar/ Toshkent, 2008-y.
4. Yunusova D.I. Ta'lim texnologiyalari asosida matematik ta'limni tashkil etish. T., "Universitet", 2005, 131b.
5. http://ziyonet.uz/
6. http://pedagog.uz/
7. http://edu.uz/