Научная статья на тему 'GEOGRAFIYA FANLARINI TASNIFLANISHINING TARIXIY SHARHI'

GEOGRAFIYA FANLARINI TASNIFLANISHINING TARIXIY SHARHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
37
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
geografiya / klassifikasiya / geografiya fanlarining sistemasi / tabiiy – geografik fanlar / ijtimoiy – geografik fanlar / integral geografik fanlar / kartografiya.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdullayev S.I., Mukumova H.I.

Maqola geografiya fanlarining tasnifiga bag`ishlangan bo`lib, unda olimlarning geografiya fanlarini tasnif qilishiga doir tadqiqotlari sharhlangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GEOGRAFIYA FANLARINI TASNIFLANISHINING TARIXIY SHARHI»

Abdullayev S.I.

dosent Mukumova H.I. o^qituvchi Qarshi davlat universiteti

GEOGRAFIYA FANLARINI TASNIFLANISHINING TARIXIY SHARHI

Annotatsiya. Maqola geografiya fanlarining tasnifiga bag^ishlangan bolib, unda olimlarning geografiya fanlarini tasnif qilishiga doir tadqiqotlari sharhlangan

Tayanch so'zlar: geografiya, klassifikasiya, geografiya fanlarining sistemasi, tabiiy - geografikfanlar, ijtimoiy - geografik fanlar, integral geografik fanlar, kartografiya.

Abdullayev S.I. associate professor Mukumova H.I. teacher

Karshi State University

HISTORICAL OVERVIEV OF THE CLASSIFACITION OF GEOGRAPHICAL SCIENSIS

Abstract. The article is devoted to the classification of geographical sciences. It provides an overviev of the stadiyes of nuber of scientists on the classification of geographical sciences.

Key words: geography, classifiction, system of geographical sciences, natural geographical sciences, social geographical sciences, integral geographical sciences, cartography.

Hozirgi paytda fan bevosita ishlab chiqarish kuchiga va jamiyat hayotiy faoliyatining barcha jabhalariga ta'sir ko'rsatadigan muhim sosial institutga aylangan. Hozir 15 mingdan ziyod fan mavjud [1]. Ilmiy bilimning yagona sistemasida alohida fanlar va ilmiy yo'nalishlar shakllanadi. Bu fanlar va ilmiy yo'nalishlar bir-birlari bilan chambarchas bo'gliq. Ayni paytda har bir fan o'zining obyektiga taalluqli alohida, o'ziga xos vazifalarni umumilmiy va juz'iy-ilmiy metodlar yordamida yechadi. Hozirgi paytda bacha toifadagi fanlar va ularning metodlari tobora bir - biriga kirib bormoqda. Shu sababli fanlar orasidagi chegaralar ham keskin bolmaydi va muayyan darajada shartli bolib qolmoqda. Tasniflar umumiy holatda fanlarning nisbati to'g'risida taqribiy fikr yuritishga imkon beradi va ilmiy yo'nalishlar to'g'risidagi tasavvurlarni tizimlashtirish maqsadiga xizmat qiladi. Geografiya fanlari rivojlanish jarayonida uzoq vaqt

davomida Yerni o'rganadigan asosiy va yagona fan sifatida tabiiy fanlar jumlasiga mansub bolib keldi. XX asrda geografiya yagona fan doirasidan chiqib bir - biri bilan bogliq va hatto bir - biriga kirib turadigan fanlarning o'ziga xos sistemasiga aylandi. Ilgari turli mamlakatlarning tabiati, aholisi va xojligi to'g'risidagi bilimlarning qomusiy to'plami bo'lgan geografiya hozirgi davrda bitta fan emas, balki o'zaro bogliq bolgan tabiiy va ijtimoiy fanlarning bir butun sistemasi yoki kompleksidir. Geografiya fanining juda murakkabligi e'tiborga olingan holda geografik fanlar sistemasi deyiladi. Chunki, tabiat rivojlanishining ayrim qonuniyatlarini o'rganadigan tabiiy geografik fanlar sistemasi va jamiyat rivojlanishining ayrim qonuniyatlarini o'rganadigan ijtimoiy geografik fanlar sistemasi birgalikda yanada murakkabroq bolgan geografik fanlar sistemasini hosil qiladi. Geografiy fanlari sistemasiga mansub bolgan barcha fanlarning birligi ularning vujudga kelishiga ko'ra umumiyligida, tadqiqot ob'yektlarinng mujassam bogliqligida hamda maqsadining umumiyligida namoyon boladi. Chunki bu fanlarning barchasi geografiya rivojlanishining turli bosqichlarida uning bagrida bujudga kelgan va hozirgi paytda ularning umumiy tadqiqot ob'yektini geografik qobiq tashkil etadi. Geografiya fanlarini tasnif qilishga doir jahonning juda ko'plab nufuzli geograflari o'zlarining fikrlarini bildirganlar. Geografiya fanlarini tasniflash bilan turli paytlarda B.Varenius (1650), I.Kant (1788), G.Gerland (1888), Y.Chijov (1896), A.Hettner (1905, 1930), L.S.Berg (1915), N.D.Lukashevich (1917), V.P.Semyonov-Tyan-Shanskiy (1928) va boshqa ko'plab olimlar maxsus shug'ullanishgan. XX asrning 30-yillariga qadar bajarilgan tasniflarda geografiya asosan bir butun fan sifatida qaraladi. Geografiya ichki tuzilmasi to'g'risidagi tasavvur antik davrdayoq ishlab chiqilgan fikrlardan iborat edi. Masalan, Strabon va Ptolomey geografiyani umumiy va juz'iy geografiyga ajratishgan B.Varenius XVII asrning o'rtasida tadqiqot vazifasiga bogliq holda geografiyani umuman Yerni o'rganadigan "umumiy" va Yerning ayrim regionlarini o'rganadigan "juz'iy" geografiyaga ajratgan. "Juz'iy" geografiya doirasida u Yerning yirik hududlarini tasvirlaydigan "xorografiya"ni va kichik hududlarini tasvirlaydigan "topografiya"ni ajratgan. Geografiya to'g'risidagi bunday tasavur XVIII asrda V.N.Tatishchev tomonidan chuqurlashtirilgan. U geografiyani "umumiy (general)", "juz'iy" (mamlakatshunoslik) va "topografiya"ga (olkashunoslikka) ajratishni tadqiqot vaqtiga bog'liq bo'lgan ("qadimiy geografiya", "o'rta geografiya", "hozirgi geografiya") tasnif bilan to'ldirgan. Geografiyaning hududiylik jihatining ahamiyatini geograf sifatida emas, balki ko'proq faylasuf sifatida tanilgan I.Kant ham ta'kidlagan edi. Geografiyaning mustaqil fan sifatida mavjudligini asoslash va uning fanlar tizimidagi o'rnini aniqlash maqsadida I.Kant oz tasnifini taklif qilgan. U geografiyani tabiiy, kommersiya (iqtisodiy), urf-odatlar (madaniy) va siyosiy geografiyaga ajratgan edi va geografiyaning hozirgi asosiy yo'nalishlarini belgilagan edi [19]. F.Engels o'zining "Tabiat dialektikasi" asarida geografiyani insonni o'rab turadigan tabiat, doimiy harakatdagi materiya to'g'risidagi bilimlar sistemasi sifatida ta'riflagan. U o'zining fanlar fanlarni tabiatda kechadigan

jarayonlarga bog'liq tartibda joylashtirgan va geografiya uchun kimyo va biologiya oralig'dagi o'rinni belgilagan. A.N.Krasnov tabiiy geografiyani umumiy va juz'iy Yer bilimiga (mamlakatshunoslikka) ajratadi. U umumiy Yer bilimini butun sayyoramizni, uning yuzasining umumiy qonuniyatlarini, juziy Yer bilimi yoki mamlakatshunoslik esa bu qonuniyatlarni alohida materiklar va mamlakatlarni o'rganishini ta'kidlaydi. XIX asrning o'rtasida P.P.Semyonov-Tyanshanskiy keng va tor mazmundagi geografiyani farqlaydi. Uning firicha, keng mazmundagi geografiya tadqiqot predmetining o'xshashligi bilan o'zaro bog'liq bo'lgan fanlarning butun tabiiy guruhidir. Keng mazmunda geografiya deb, u to'ptta mustaqil fandan: matematik geografiya, tabiiy geografiya, etnografiya va statistikdan iborat bo'lgan sistemani tushungan. Ta'kidlash joizki, u paytda statistika deb iqtisodiy geografiya tushunilgan, chunki "iqtisodiy geografiya" termini XIX asrning oxiridagina keng tarqaladi, etnografiya esa uzoq vaqt davomida geografiya va tarix tutashuvida mamlakatshunoslik ishlarining an'anaviy qismi bo'lgan. P.P.Semyonov-Tyan-Shanskiyning fikricha, tor mazmundagi geografiya Yer yuzasining fiziografiyasini, ya'ni uning doimiy, asrlar davomida tabiatning o'zi tomonidan belgilangan o'chmaydigan tuzulishini ham, inson qo'li bilan yaratilgan o'zgaruvchan, o'chadigan tuzilishini ham tasvirlashdir. Geografiya sintezlovchi fanlar guruhining yorqin misoli bo'lib, u bir butunlik va komplekslik xossalariga ega. XX asrning boshidayoq V.P. Semenov-Tyan-Shanskiy geografiyani fizika-matematika va gumanitar fanlar bloki orasiga joylashtiradi va uni falsafa bilan bir qatorda sintetik fan, deb ataydi.

D.N. Anuchin geografiyani umumiy geografiyaga (Yer bilimiga) va mamlakatshunoslikka ajratadi. Uning fikricha, Yer bilimining o'rganish obyektini butun Yer va uning yuzasi tashkil etadi, mamlakatshunoslik bu yuzaning insonni ham o'z ichiga oladigan kattaroq komplekslarni - alohida qismlarini, mamlakatlarni, oblastlarni o'rganadi. L.S.Berg mamlakatshunoslik -landshaftshunoslik sifatida tushuniladigan geografiyada juz'iy geografiyani (an'anaviy mamlakatshunoslikni) va Yerning butun yuzasidagi predmetlar va hodisalarning taqsimlanishini o'rganadigan umumiy geografiyani ajratish lozimligini ta'kidlaydi. I.D.Lukashevich geografiyani o'z davri uchun juda original holda tasnif qilgan edi. U geografiyani umumiy Yer bilimi, juz'iy Yer bilimi va ilk bor paleogeografiyaga ajratadi. Umumiy Yer bilimi tarkibiga tabiiy geografiya (tabiiy dengizshunoslik bilan) va biologik geografiya kiradi. Biologik geografiya o'z navbatida o'simliklar geografiyasi va odam geografiyasi (antropogeografiya)ga bolinadi. Juz'iy umumiy Yer bilimi esa quruqlik geografiyasi (yoki mamlakatshunoslik) hamda dengiz geografiyasi (yoki tasviriy okeanografiy) dan iborat [9, 19]. XX asrning ikkinchi yarmida geografiya fanlarini tasnif qilish muammosiga e'tibor kuchaydi. Bu masala va uning ayrim jihatlari bilan S.V.Kalesnik (1959, 1961, 1970, 1972), Y.K. Yefremov (1950, 1963, 1964), Y,G. Saushkin (1958), V.A.Anuchin (1960), A.M.Kolotiyevskiy (1961), A.G.Doskach (1964), V.B.Sochava (1970), B.N.Semevskiy (1972), V.S.Lyamin (1978), F.N.Milkov (1990), A.G.Isachenko (2004), Y.V.Porosenkov

(2005), I.Nazarov (2013) A.N.Novikov (2014) va boshqa tadqiqotchilar shug'ullanishganlar. Geografiyani tasniflash bilan shug'illangan olimlar tasniflashga turli xil maqsadli ko'rsatmalarni va yondashuvlarni asos qilib olganlar.Shuningdek I.M.Zabelin (1952,1959), A.G.Isachenko (1953), K.K.Markov (1951,1960, 1973), P.S.Kuznetsov (1967,1970), F.N.Milkov (1967),

A.A.Grigoryev (1970), V.M. Goxman (1984), А.Н. Нигматов (2018), X.R.Toshov (2021) va boshqa olimlar geografiyaning ikki asosiy tarmog'i -tabiiy va ijtimoiy geografiyaning geografiya fanlari tasnifida tutgan o'rnini belgilashga harakat qilganlar.Fanlar tasnifi bo'yicha mashhur tadqiqotchi

B.M.Kedrov fikricha, geografiya ikki guruhdan - tabiiy fanlar guruhiga kiradigan tabiiy geografiya va sotsial fanlarga mansub bo'lgan iqtisodiy geografiyadan iborat.S.V.Kalesnik 1959-yilda birinchi bor geografiyaga moslab "fanlar sistemasi" terminini qollagan va geografiya fanlarining tasnifini taklif qilgan. Bu tasnif 1972-yilda aniqlashtirildi. S.V.Kalesnik geografiya fanlarini tasniflashda geografik fanlarning o'rganish predmeti va bu predmetga xos bo'lgan qonunlardagi farqlarni asos qilib olian. Shu asosda S.V.Kalesnik geografiya fanlari sistemasini 4 ta guruhga (tabiiy-geografik fanlar, ijtimoiy-geografik fanlar, kartografiya barcha bo'linmalari bilan va birikma (sintetik) geografik fanlar) ajratgan edi.S.V. Kalesnik fikricha, geografiya fanlarining har biri o'zining nazariy, regional va amaliy qismlariga ega. Geografiya fanlarining amaliy bo'limlari ba'zan amaliy geografiya degan umumiy nom bilan birlashtiriladi, ammo bu amaliy bo'limlar mustaqil fanlarni hosil qilmaydi [10]. Y.K.Yefrimov (1964) geografiyani tasniflashda uning predmeti bo'lgan Yer landshaft sferasining xususiyatlarini e'tiborga oladi. U barcha geografiya fanlarini tabiiy geografiya va tabiiy-geografik fanlarga, sotsiogeografiya va sotsiogeografik fanlarga hamda umumgeografik fanlarga ajratadi [6].B.N.Semevskiy (1976) geografiya fanlarining prinsipial tarhini asosladi. U barcha geografiya fanlarini sistemaga birlashtiradi va bu sistemani 4 ta kichik sistemaga (tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar, sintetik geografik fanlar va katografiya va uning bo'linmalari) ajratgan [20]. Y.G.Saushkin (1980) geografiya fanlarining murakkabroq ichki tuzilmasini ochib berdi. F.Engelsning tasnifiy tarhini rivojlanrirgan holda u barcha fanlarni fundamental, sintezlovchi va birlashtiruvchi guruhlarga ajratgan va geografiya fanlarini ikki xil tasniflaydi: materiya harakati shakllarining xususiyatlariga ko'ra geografiya fanlarining uch guruhini: tabiiy-geografik, sotsial-iqtisodiy va umumgeografik hamda tadqiqot ob'yektlarining murakkabligiga bog'liq holda bir komponentli, ko'p komponentli, sintetik va tatbiqiy geografik fanlarni ajratgan [19].V.B. Sochava geografiya fanlarining tasnifini tizimli yondashuv asosida amalga oshirgan. Uning tasnifi geografiya fanlari assosiatsiyasining umumiy tuzilmasida geosistemalar to'g'risidagi ta'limotning o'rni nuqtai nazaridan amalga oshirilgan va bu tuzilmaning turli ilmiy geografik yo'nalishlarning eng samarali o'zaro ta'siriga imkon beradi. U barcha geografiya fanlarini tektologiya (geografiya fanlarining tuzilmasi, metodlari va o'zaro aloqalarini o'rganadigan metanazariya); makoniy sistemalar

(tabiiy, hududiy - ishlab chiqarish va aholi sistemalari, va, shuningdek, mamlakatshunoslik-kompleks regional geografik axborot) va juz'iy ilmiy yo'nalishlarga (inson ekologiyasi, geobotanika, tuproqlar geografiyasi, geomorfologiya va b.) ajratgan [21]. V.S.Lyamin (1978) geografiya fanlari tasnifini tuzishda materiya harakati geografik shaklining in'ikosi prinsipiga amal qiladi va geografiya fanlari sistemasida uch guruhni ajratadi: 1) umumiy tabiiy geografiya (umumiy Yer bilimi), 2) iqlimshunoslik, quruqlik hidrologiyasi, glyasiologiya, geokriologiya va okeanologiya va 3) biogeografiya, tuproqlar geografiyasi, geomorfologiya, iqtisodiy geografiya va b. [11].N.K.Mukitanov (1979) faoliyat konsepsiyasi asosida geografik bilimlar sistemasini taklif etgan. U jamiyat va tabiat o'zaro ta'siri nazaryasi, geografik muhit nazaryasi, tabiiy -geografik fanlar, ijtimoiy - geografik fanlar va umumgeografik fanlarni ajratadi. O'z navbatida keyingi uch guruhdagi fanlardan har biri juz'iy (landshaftshunoslik, geomorfologiya, tabiatdan foydalanish, aholi geografiyasi va b.) fanlarga bo'linadi [14]. E.B.Alayev (1983) butun geografiyani fanlar sistemasi, uning ikki asosiy bo'limini (tabiatshunoslik va jamiyatshunoslik geografiyasini) fanlar oilasi, o'zaro bog'liq bo'lgan fanlarning yirik majmualarini (tabiiy dissiplinalar) fanlar kompleksi, fanlar kompleksining alohida yirik elemenlarini (zoogegrafiya, aholi geografiyasi va b) soha (tarmoq) va fanlarning navbatdagi iyerarxik qatorini bo'lim yoki yo'nalish (qishloq aholisi geografiyasi - aholi geografiyasining bo'limi) deb ataydi. U geografiyani tabiatshunoslik, jamiyatshunoslik, nazariy va yordamchi fanlarning "oilalari"dan iborat bo'lgan fanlar sistemasi sifatida qaraydi [1].V.S.Jekulin (1989) fikricha, geografiya tabiiy-ilmiy (umumiy tabiiy geografiya, landshaftshunoslik, paleogeografiya, geomorfologiya, iqlimshunoslik, hidrologiya, tuproqshunoslik, biogeografiya, landshaft geokimyosi, landshaft geofizikasi), sotsial-iqtisodiy (sotsial iqtisodiy geografiya, sanoat geografiyasi, qishloq xo'jaligi geografiyasi, transport geografiyasi, aholi geografiyasi, o'lkashunoslik, siyosiy geografiya) va tabiiy-ijtimoiy (geoekologiya, tabiiy resurslar geografiyasi, tarixiy geografiya, tibbiy geografiya, okean geografiyasi) blok (kichik sistema)lardan iborat. Bundan tashqari, u mufassal (skvoznoy) fanlarni (kartografiya, geografiya tarixi va metageografiya) ham ajratadi [7]. F.N. Milkov (1990) fanlar tasnifining 4 darajasini (taksonomik birligini) - sikl, oila, turkum va turini ajratish maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi Geografiya biologiya, geologiya, geofizika, geokimyo bilan birgalikda Yer to'grisidagi fanlar sikliga kiradi. Bu fanlarning o'rganish predmeti yagona bo'lib, uni Yer tashkil etadi, ammo ayni paytda bu fanlardan har birining o'rganish predmeti mavjud. Geografiyaning o'rganish predmetini esa barcha davrlarda vujudga kelishiga ko'ra tabiiy va sotsial ajralmas kompleks sifatidagi Yer yuzasi (geografik qobiq) tashkil etgan. Tasnifning sikl darajasidagi geografiya - bo'linmagan, yaxlit geografiya bo'lib, barcha boshqa geografiya fanlarining tarkib topishida asos bo'lgan. Shu sababli geografiya eng umumiy qonuniyatlarni o'rganadi va uning xulosalari geografiya fanlarining barcha bo'linmalariga taalluqlidir [13].Y. Jupanskiyning (1997) fikricha, sistema

sifatidagi hozirgi geografiya ko'pgina tarmoq geografik fanlardan (dissiplinalardan) iborat. Ularni tabiiy (tabiiy-geografik), ijtimoiy (iqtisodiy-) geografik, tabiiy - sotsial, mufassal (skvoznoy) geografik fanlar bloklariga birlashtirish mumkin [8].V.P.Maksakovskiy (1998) shartli ravishda geografiya fanlarining "bino"sida 4 ta qavatni ajratadi:- "birinchi qavat" - geografiyaning nazariy yadrosi bo4ib, unga nazariy geografiya va tarixiy geografiya kiradi; -"ikkinchi qavat" "daraxt tanalari" hisoblanadigan fanlardan: tabiiy geografiya, sotsial - iqtisodiy geografiya, kartografiya va mamlakatshunoslikdan iborat;-"uchinchi qavat"ni "daraxt tanasining butalari" - geografiyaning tarmoq, juz'iy va kenja fanlari band etadi;- "to'rtinchi qavat" tutash va yaqin (geokimyo, geofizika, tibbiyit geografiyasi va b.) fanlarga ajratilgan [12].Y.V.Porosenkov (2005) fikricha, geografiya sistemali yondashuv nuqtai nazaridan fanlarning murakkab iyerarxik sistemasidan iborat, ya'ni geografiya fanlarning birinchi qatori sistemasi sifatida ikkinchi qator kichik sistemalaridan, ular esa uchinchi qator sistemalaridan iborat. Birinchi qator fanlari sistemasi sifatidagi geografiya nazariy (geografiya nazaryasi va metodologiyasi, nazariy geografiya, metageografiya, matematik geografiya), analitik (tabiiy geografiya, sotsial-iqtisodiy geografiya, geoekologiya, tabiatdan foydalanish), sintetik (global geografiya, regional geografiya - mamlakatshunoslik, olkashunoslik, kartografiya), va tatbiqiy (konstruktiv geografiya, geografik bashoratlashtirish, geografik baho) fanlardan iborat [22].I.Nazarov (2013) geografiya fanlarini bo'limlariga birlashtiradi. Tabiiy geografik fanlarga umumiy Yer bilimi (umumiy tabiiy geografiya), landshaftshunoslik, paleogeografiya, iqlimshunoslik, geomorfologiya, hidrologiya (quruqlik hidrologiyasi, okeanologiya), tuproqlar, o'simliklar va hayvonot geografiyasi kabilar kiradi. Iqtisodiy-ijtimoiy geografiya boTimiga ham bir qancha fanlar (umumiy iqtisodiy geografiya, aholi geografiyasi, sotsial geografiya va b.) kiradi. Geografiyaning har ikkala qanotiga tegishli va umumgeografik mazmunga ega bo'lgan fanlar (turizm va dam olish geografiyasi, tibbiyot geografiyasi, geoekologiya va b.) oraliq fanlar guruhiga kiradi [15]. Geografiya fanlari sistemasining so'ngi tasniflaridan biri rossiyalik geograf A.N.Novikov (2014) tomonidan taklif qilingan. Uning fikricha, geografiya fanlarining tasnifi trinitar yondashuv asosida ham boTishi mumkin. Bu yondashuvning fraktalligi dastlabki triadani navbatdagi triadalarga ajratishdan iborat. U geografiya fanlari sistemasini uch qismli yondashuv asosida gorizontal (tabiiy, ijtimoiy va ekologik geografiya), vertikal (geoglobalistika, mamlakatshunoslik va regionshunoslik) va funksional (tasviriy, nazariy va amaliy geografiya, konstruktiv geografiya) guruhlarga ajratadi [17].

Adabiyotlar:

1.Бондарев В.П. Концепции современного естествознания: Учебное пособие для студентов вузов. - М.: Альфа-М, 2003.

2.Алаев Э.Б. Социально-экономическая география. Понятийно -терминологический словарь. М.:Мысль, 1983. - 350 с.

3.Джеймс П., Мартин Дж. Все возможные миры. История географических идей. М., 1988. - 672 с.

4.Грегори К. География и географы.М.: Прогресс, 1988.- 384 с.

5.Гохман В.М. Общественная география, её сущность, структура. "Вопросы географии". 1984, № 123, с. 57-64.

6. Ефримов Ю.К. Опыт классификации географических наук. - Жизнь Земли. Сб. Музея Землеведения. № 2. Изд-во МГУ. 1964. - 90-107.

7. Жекулин В. С.Введение в географию: Учеб. пособие.— Л.: Изд-во Ленинградского ун-та, 1989.— 272 с.

8. Жупанский Я.И. История географии в Украине. Учебное пособие. - М.: Мир, 1997.

9. Исаченко, 1971, Теория и методология географической науки. - М.: Академия, 2004 - 400 с.

10. Калесник С.В.Проблемы физической географии. Ленинград: Наука.1984. - 288 с11.Лямин В.С. География и общество. М.: Мысль, 1978.

- 309 с.

12. Максаковский В.П. Географическая культура. М., ВЛАДОС, 1998. - 416 с.13. Мильков Ф.Н. Общее землеведение: Учебник. - М.: Высш. шк., 1990. -335 с.14. Мукитанов Н. К. Методологические проблемы теоретизации географии. Алма-Ата, 1979. - 187 с.

15. Назаров И. География фанининг асосий муаммолари. Т.: Мухдррир, 2013.212 б16.Нигматов А.Н. Табиий география ва геоэкология назарияси. — Т.: Наруз, 2018. — 220.

17. Новиков А.Н. Концепция фрактальной географической трихотомии: вопросы классификации направлений и объектов научных исследований. Ученые записки ЗабГУ. 2014, № 4 (57).

18.Ретюм А.Ю., Серебряный Л.Р. География в системе наук о Земле. Теоретические и общие вопросы географию Т.4. М.:1984. -204с.

19.Саушкин Ю.Г. Географическая наука в прошлом, настоящем, будущем.

- М.: Просвещение, 1980. - 269 с.

20.Семевский Б.Н. Введение в экономическую географию. Учебное пособие. 2-изд. Л.: Изд-во ЛГУ, 1976. - 324 с.

21.Сочава В.Б. Введение в учение о геосистемах. Новосибирск, Мысль,1978.

- 319. 22.Теория и методология географии. Ч.1. Учебное пособие. Составитель: Поросенков Ю.В. Воронеж, 2005.

23.Тошов Х.Р. Табиий география: тарихи ва баъзи назарий масалалари. Бухора, Дурдона, 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.