Научная статья на тему 'GEOGRAFIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA FINLANDIYA TAʼLIM TIZIMINI QOʻLLASH'

GEOGRAFIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA FINLANDIYA TAʼLIM TIZIMINI QOʻLLASH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik-psixologik metodlar / tadqiqot metodlari / taqqoslash metodlari / statistik tahlil / nostandart topshiriqlar / maxsus savollar / diskussiya. / pedagogical-psychological methods / research methods / comparison methods / statistical analysis / non-standard tasks / special questions / discussion.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Doʻstiyeva Sh B., Juraxujayev D.D.

Mazkur maqolada geografiya darslarini tashkil etishda Finlandiya taʼlim tizimini qoʻllashning ahamiyati va uning pedagogik tahlili yuzasidan fikr va mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

APPLICATION OF THE FINLAND EDUCATIONAL SYSTEM IN ORGANIZING GEOGRAPHY LESSONS

In this article, the importance of using the Finnish educational system in the organization of geography classes and its pedagogical analysis are presented.

Текст научной работы на тему «GEOGRAFIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA FINLANDIYA TAʼLIM TIZIMINI QOʻLLASH»

UO'K: 37.026

Do (stiyeva Sh.B.

Juraxujayev D.D.

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

GEOGRAFIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA FINLANDIYA

TA'LIM TIZIMINI QO'LLASH

Annotatsiya. Mazkur maqolada geografiya darslarini tashkil etishda Finlandiya ta'lim tizimini qo'llashning ahamiyati va uning pedagogik tahlili yuzasidan fikr va mulohazalar keltirilgan.

Kalit so Zlar: pedagogik-psixologik metodlar, tadqiqot metodlari, taqqoslash metodlari, statistik tahlil, nostandart topshiriqlar, maxsus savollar, diskussiya.

Dustiyeva Sh.B.

Jurakhujayev D.D.

Uzbek-Finnish pedagogical institute

APPLICATION OF THE FINLAND EDUCATIONAL SYSTEM IN ORGANIZING GEOGRAPHY LESSONS

Abstract. In this article, the importance of using the Finnish educational system in the organization of geography classes and its pedagogical analysis are presented.

Key words: pedagogical-psychological methods, research methods, comparison methods, statistical analysis, non-standard tasks, special questions, discussion.

Ta'lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan bir qatorda Yevropa davlatlarining ta'lim uslublari va metodlaridan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganish asosida ta'lim jarayonida zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biri biridir [2].

Dunyoning rivojlangan mamlakatlardagi ta'lim tizimini yetarlicha tahlil qilish, yurtimizda xalq ta'limini jahon standartlari darajasiga olib chiqishda cheksiz imkoniyatlar yaratadi. Finlandiya davlati ta'lim tizimini O'zbekiston maktablarida qo'llash metodikasi afzalliklarini o'rganish mamlakatimizning ta'lim tizimi dunyo ta'lim tizimida yetakchi o'rinlarni olishida samara beradi [3]. Xususan, geografiya darslarini tashkil etishda Finlandiya ta'lim tizimi uslublaridan foydalanish o'quvchi va talabalarning intellektual-ijodiy tafakkurini, erkin fikrlash doirasini rivojlantiradi hamda ta'limning samaradorligini oshiradi.

O'zbekiston Respublika Prezidentining Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi qarorda, 2021-yil 1-yanvarga qadar Finlyandiyaning ta'lim sohasidagi tajribasini, shu jumladan o'quv dasturlari, darsliklari, o'qitish metodikalari va pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini xorijga xizmat safarini tashkil etgan holda o'rganib chiqish hamda ularning yutuqlari va afzalliklarini milliy o'qitish tizimiga asos tariqasida joriy etish vazifa sifatida belgilab berilgan [1].

Finlandiyalik maktab o'quvchilari tabiiy fanlar bo'yicha - dunyoda ikkinchi, matematika bo'yicha esa beshinchi o'rinda ekanligini ko'rishimiz mumkin. Fin o'quvchilarning kishini hayratga soluvchi tomoni shundaki, dunyo miqyosida yuqori ko'rsatkichlarni qayd etishlariga qaramay, o'quvchilar darslarga u qadar ko'p vaqt ajratishmaydi.

Finlandiyada o'rtacha majburiy umumta'lim tizimi ikki bosqichli maktabni o'z ichiga oladi. Finlandiya maktablarida dars soatlar kam ammo o'zlashtirish yuqori darajada. Fin maktablariga bolalarni 7 yoshdan qabul qilishadi. Ularning fîkriga ko'ra bu qaror eng samarali va to'g'ri hisoblanadi. Finlandiya maktablarida ta'lim 2 bosqichda ya'ni quyi va yuqori bosqichlarda olib boriladi. Quyi bosqich - boshlang'ich ta'lim 1-6 sinfgacha bo'lgan sinflarni, yuqori bosqich - yuqori sinf o'quvchilarini 1-9 sinf o'quvchilarini o'z ichiga oladi. Maktablarni bunday tizimda tashkil qilish o'quvchilarni haqiqiy hayotga tayyorlashga qaratilgan. Finlandiya maktablarining o'ziga xos xususiyati shundaki ularda taqqoslashlar mavjud emas. Ular raqobat emas, hamkorlik muvaffaqiyat kalitidir deb ta'kidlashadi.

Finlandiya ta'lim tizimida o'quvchilar bilan ko'proq psixologlar ham ishlaydi. Shu boisdan geografîya ta'limi tadqiqotlari psixologlar ishtirokisiz deyarli amalga oshirilmaydi.

Geografîya darslarni turli xildagi ko'rgazmali qurollar, o'yinlar, immitatsiya keng qo'llaniladi. Ushbu tizimda o'quvchi o'zini biror kampaniya rahbari sifatida fîkrlaydi, ish yuritadi, biron muammoni hal qiladi, o'zi xulosa chiqaradi. Aynan shu ta'limning asosiy maqsadi o'quvchilarni kelgusi hayotga ya'ni ishbilarmonlikka tayyorlashdan iborat [4].

7-sinfgacha bo'lgan quyi sinf o'quvchilarini yoshi kichikligiga nisbatan qo'llanmalarida deyarli xaritalar tasvirlanmagan, ularning o'rnini esa xarita sxemalari egallaydi. Matnda raqamlar, joy nomlari deyarli uchramaydi, mavjudlari ham taqqoslash xarakteriga ega bo'lib, ular eng past, eng yuqori, eng kichik, eng katta, eng uzun va eng baland tarzda beriladi.

Darsliklarda berilgan savollar yoki topshiriqlar mavzu mazmunini aks ettirmasligi ham mumkin. Beriladigan savollarning ko'p qismi muammoli topshiriqlar, diskussiya savollari, amaliy o'yinlar tarzida berilgan. O'quvchilar uchun geografîya darsliklarda kompyuterlar bilan ishlash uchun maxsus savollar, qiziqarli topshiriqlar, turli o'yinlar, test tarzida geografîk bilimlarni egallashga

keng o'rin berilgan. Ushbu topshiriqlarni bajarishda o'quvchilar tadqiqotchi rolini bajaradilar [2,6].

Finlandiyaning ta'lim tizimida geografiyani o'qitish ta'lim samaradorligini oshirish bilan bir qatorda mavzuning ba'zi muammolari kelajakda rivojlanishiga tahdid solib turgan ayrim jihatlari ko'rib chiqiladi. Finlandiya ta'lim tizimining yana bir qiziqarli tomoni shundaki tabiiy fanlar bir biriga bog'liq holda bitta fan sifatida o'qitiladi.

Finlandiyada o'rta maktablarda geografiya darsliklari

> "Yer-insonning uy sayyorasi";

> "Yevropa";

> "Dunyo va Finlandiya";

> "Umumiy muhit" kabi mavzular yuzasidan umumlashtirib olingan.

Ushbu mavzular ro'yxatdagi muammolar bilan izohlandi. "Nima?" va

"qanday?" o'quvchilar o'rganishi va hal qilishi mumkin bo'lgan savol namoyish etiladi. Bu turdagi olib boriladigan darslarning ijobiy jihatlari: "idrok etish", "tan olish", "tasvirlash", "muayyan masalalarni tasvirlash", "solishtirish", "tahlil qilish va tushuntirish", "geografik bilimlarni qo'llash" va "kichik tadqiqotlarni rejalashtirish va o'tkazish". O'quvchilarni o'z bilim tajribalari va bilim ko'nikmalaridan kelib chiqqan holda bajarishadi.

O'zbekiston maktablarida ijtimoiy-iqtisodiy geografiyani o'rganish bosqichida o'quvchilar faqat darslikda keltirilgan nazariy bilim olishlari bilan chegaralanib qolishmoqda [5].

Hozirgi kunda bizning davlatda geografiya darslarini rivojlantirish orqali davlatni ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini rivojlantirish jahon talablariga javob bera oladigan darajaga olib chiqish bilan bir qatorda iqtisodiy sohalarimizdagi muammo va yechimini kutayotgan masalalarni o'quvchilar e'tiboriga havola qilish, ularni erkin fikrlashga o'rgatish, har bir masala yuzasidan raqobat va munozarali jarayonlarni tashkillashtirish bilan darslarni olib borish, o'quvchilarni kelajakda ishbilarmon yetuk shaxs sifatida shakllanishlari uchun sog'lom muhit yaratish maqsadga muvofiqdir. Darslarda asosan o'quvchilarni psixologik nuqtayi nazardan baholab borish, ularni geografik muhitni shakllantirish maqsadida turli xil metodlarni qo'llash ta'lim tizimini o'zgartirish orqali dars jarayonida faol bo'lishlarini ta'minlash lozim.

Mamlakatimizda geografiya darslarini tashkillashtirishning maqsad va

vazifalari

T/r Qo'yilgan maqsadlar Bajariladigan ishlar (vazifalar)

1 Dunyo xaritasi va mintaqalari xaritaning asosiy tushunchalarini tahlil qilish

turli dala xaritalari va tematik xaritalarni o'rganish

dunyoni bir butun sifatida idrok etish

joy nomlarini o'rganish

2 Hozirgi o'zgaruvchan dunyo so'nggi yangiliklarni kuzatib borish va ularni xaritada aniqlash

4 Landshaftlar va yashash muhitining o'zgarishi landshaftlarining o'ziga xos xususiyatlarini kuzatish

mahalliy sharoitda dala tadqiqotlarini o'tkazish

xilma -xillikni saqlash, qulaylik va xavfsizlikni rejalashtirish va yaxshilash

dunyoning turli hududlarining tabiiy va madaniy landshaftlarini o'rganish

5 Barqaror turmush tarzi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish inson huquqlari va yaxshi hayot uchun zarur shart -sharoitlarni muhokama qilish

shaxsiy iste'molchi tanlovi va faolligini mas'uliyatli fuqaro sifatida ko'rib chiqish

globallashuv ta'siri va mintaqaviy rivojlanish masalalarini tahlil qilish

Ushbu keltirilgan mavzular va tushunchalarni yana ko'plab keltirish mumkin. Ya'ni bu mavzular asosan o'quvchilarni psixologik fikrlashlari, dunyoqarashlarini kengayishi, mamlakatimiz iqtisodiyotini o'rganish bilan bir qatorda dunyo mamlakatlariga nisbatan taqqoslash ishlarini olib borish, har xil munozarali o'yinlar tashkil qilish, keltirilgan biror bir muammoni hal qilishlari va yechim topishlariga zamin yaratadi va o'zlariga bo'lgan ishonchni ortishi bilan keyingi darsga qiziqishlarini yuqori darajaga olib chiqishlari mumkin. Bu esa o'z navbatida dars sifatini oshirib o'quvchilar o'zlarini kelajakdagi o'rinlarini topishda qanday sohada ish olib borishlari to'g'risida to'g'ri tushunchaga ega bo'lishga undaydi.

Geografiya darslariga qo'yilayotgan talab va vazifalar o'quvchilarni erkin fikrlashga, darslarga qiziqishlarini ortishiga asos bo'ladigan darajada olib kelish uchun Finlandiya ta'lim texnologiyalari asosida ta'lim tizimini olib borish va tashkillashtirish foydali bo'ladi.

O'quvchilarimizni ko'proq imtihonlarga, test sinovlariga tayyorlashdan ko'ra sog'lom hayotga tayyorlash, bolalar kimdandir yoki nimadandir qo'rqqanidan emas, balki o'zlari qiziqqanidan fanlarni o'zlashtirishi, dars davomida shakllangan yangi g'oya va fikrlarini erkin tatbiq etishlari va qo'llab quvvatlashlariga zamin yaratishimiz lozim.

Foydalangan adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To'ldirilgan ikkinchi nashri. - Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2022. - 416.

2. Juraxujayev D. D. MUAMMOGA ASOSLANGAN O'QITISHNI TASHKIL ETISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI GEOGRAFIYA KAFEDRASI. -2023. - C. 382.

3. Khamroyreva FA FIN TILI TA'LIM JARAYONIDA FOYDALANILGAN INTERFAOL MASHQLAR //Geografiya va tabiiy resurslar jurnali. - 2023. - T.

3. - Yo'q. 06. - 90-95-betlar.

4. Do'stiyeva S. B., Juraxujayev D. D. GEOGRAFIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA KO'RGAZMALI QUROLLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI //ILM FAN TARAQQIYOTIDA

ZAMONAVIY METODLARNING QO'LLANILISHI. - 2023. - Т. 3. - №. 31. - С. 37-40.

5. Qrn-bonniyozov R. Geografiya o'qitish metodikasi. T.: - "Innovatsiya-Ziyo", 2022. 230-b.

6. Xamroyeva F. A. Juraxujayev DD Geografiyada fanlararo integratsiya Uslubiy qo 'llanma //Samaгqand: SamDU nashriyoti. - 2023. - Т. 84.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.