Научная статья на тему 'GEOGRAFIYA DARSLARIDA SH’ER VA MAQOLLARDAN FOYDALANISH'

GEOGRAFIYA DARSLARIDA SH’ER VA MAQOLLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Topishmoq / she’r / geografiya / maqol / Amerika / Afrika / Avstraliya / cho’qqi / lug’at / atama / fizikaviy / kimyoviy. / Riddle / poem / geography / proverb / America / Africa / Australia / peak / vocabulary / term / physical / chemical.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Matsaidova S.X., Madrimova M.O.

Ushbu maqolada geografiya darslarida sh’er va maqollardan foydalanish haqida tahlil qilingan. Dars jarayonida she’r va maqollardan foydalanishning ahamiyati ochib berilgan. Maqollarga misollar keltirilga va ahamiyati ochib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USING POEMS AND PROVERBS IN GEOGRAPHY LESSONS

This article analyzes the use of poems and proverbs in geography lessons. The importance of using poems and proverbs in the classroom is revealed. Examples of proverbs are given and their meaning is revealed.

Текст научной работы на тему «GEOGRAFIYA DARSLARIDA SH’ER VA MAQOLLARDAN FOYDALANISH»

Matsaidova S.X.

Urganch davlat universiteti P.f.n., dotsent Madrimova M. O.

Urganch davlat universiteti

talaba

GEOGRAFIYA DARSLARIDA SH'ER VA MAQOLLARDAN

FOYDALANISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada geografiya darslarida sh 'er va maqollardan foydalanish haqida tahlil qilingan. Dars jarayonida she'r va maqollardan foydalanishning ahamiyati ochib berilgan. Maqollarga misollar keltirilga va ahamiyati ochib berilgan

Kalit so'zlar. Topishmoq, she'r, geografiya, maqol, Amerika, Afrika, Avstraliya, cho'qqi, lug'at, atama, fizikaviy, kimyoviy.

Matsaidova S.Kh., Ph.D. associate professor Urgan State University Madrimova M.O.

student

Urgench State University USING POEMS AND PROVERBS IN GEOGRAPHY LESSONS

Abstract. This article analyzes the use ofpoems and proverbs in geography lessons. The importance of using poems and proverbs in the classroom is revealed. Examples of proverbs are given and their meaning is revealed.

Key words. Riddle, poem, geography, proverb, America, Africa, Australia, peak, vocabulary, term, physical, chemical.

Ta'lim samaradorligini ta'minlovchi asosiy shart-sharoitlardan biri o'quvchilarning o'qishga ijobiy munosabatini rag'batlantirish va turli-tuman ta'lim vositalaridan foydalanish hisoblanadi. Bu vositalar ichida geografiya darslarida topishmoq, she'r va maqollardan to'g'ri foydalana olish muhim o'rin tutadi.

Shunindek,Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, "Olimlar va pedagoglar bola tarbiyasi qancha erta boshlansa, shuncha yaxshi, deb hisoblaydilar. Shuning uchun farzandlarimiz kamoloti yo'lida biz mablag' va imkoniyatlarimizni ayamasligimiz kerak"8

8 ffl.M.Mnp3HeeB "EyroK Ke^a®arHMH3HH Mapg Ba o^H®aHo6 x&ikhmh3 6raaH 6upra KypaMro" TomKeHT "Y36eKCHTOH" 2017 E 263.

Amalga oshirilgan mazkur bitiruv malakaviy ishi ta'lim tizimini takomillashtirish, topishmoq, she'r va maqollardan foydalanish orqali geografiya ta'limi samaradorligini ta'minlashga qaratilgandir. Darslarda topishmoq, she'r va maqollarni o'z o'rnida ishlatish orqali, o'quvchilarni darsga yanada ko'proq qiziqtirish va ta'lim samaradorligini oshirish imkoniyatlari beqiyosdir.

Geografiya darslarida o'rganilayotgan mavzu mazmuniga moslab foydalaniladigan topishmoq, she'r va maqollar o'quvchilarni yangi bilimlarni o'zlashtirishlarini osonlashtiradi, mustaqil fikrlashga undaydi, ularda o'qishga nisbatan qiziqishni uyg'otadi. O'qishga nisbatan qiziqish esa bilimlarni puxta o'zlashtirish garovidir. Bu fikrni o'tmishdagi allomalar ham ta'kidlab o'tishgan.

Buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy "Maqsadni amalga oshirishda jahd va g'ayrat mo'ljallangan ishni bajarishda zo'r ta'sirga egadir", deyiladi [2].

Yoshlarga bilim berish, ularda muayyan ko'nikma va malakalarni tarbiyalash hamda qiziqish va qobiliyatlarini o'stirishda adabiyotning o'rni beqiyosdir. Aynan "so'z qudrati"dan to'g'ri foydalana olish geografiya darslarini sifatini oshirishga yordam beradi.

Zamonaviy ta'lim nazariyasida umumiy ta'lim fanlarini o'qitishda turli mazmundagi topishmoq, she'r, maqollardan foydalanish orqali o'quvchilarning darsga nisbatan qiziqishlari ortib borishi, ta'limni atrofdagi tabiiy va ijtimoiy hayot bilan bog'lashga imkon berishi va oqibatda, ta'lim samaradorligiga erishish mumkinligi alohida uqtiriladi.

Biroq respublikamiz geograf o'qituvchilari va metodistlarining pedagogik faoliyatida ta'limning boshqa vositalari kabi topishmoq, she'r va maqollardan ommaviy foydalanish masalasi ham o'z ijobiy yechimini topmagan. Buning asosiy sabablari sirasiga topishmoq, she'r va maqollardan foydalanish metodikasi bo'yicha yetarlicha asoslangan uslubiy ishlanmalarning yo'qligi, mashg'ulotlar jarayonida topishmoq, she'r va maqollarni ishlata olish mavhumligi, geografiyani o'rganishda turli topishmoq, she'r va maqollarga qo'yiladigan talablarning ishlab chiqilmaganligini kiritish mumkin.

Maqol xalq og'zaki ijodining ixcham shaklga, ammo chuqur mazmunga ega bo'lgan janrlaridan biri bo'lib, u xalqning ko'p asrlik hayotiy kuzatishlari, ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va madaniy tajribalari asosida vujudga kelgan. Maqollar o'zlarining ijtimoiy- g'oyaviy funksiyalariga ko'ra, asosan keng xalq ommasining, ayrim hollarda esa ba'zi ijtimoiy tabaqa yoki guruhlarning dunyoqarashini ifodalaydi. Shu boisdan ham maqollarning tematik ko'lami juda ham keng bo'lib, bu ko'lamni juziy hayotiy voqelik doirasi bilan chegaralab bo'lmaydi; ijtimoiy borliqning hech bir sohasi yo'qki, u maqollarda aks etmagan bo'lsin.

Rus folklorshunosi V.P. Anikin ta'biri bilan aytgan, "Xalq tajribasida bo'lmagan narsa maqolda ham bo'lmaydi". Xalq tajribasi esa asta -sekinlik bilan asrlar mobaynida to'planib boyib boradi. Binobarin, anashu tajribalar bilan

aloqadorlikda yuzaga keluvchi maqollar xazinasi ham boyib boradi. Umummiyroq qilib aytganda, maqollar makon va zamon jihatidan xalq hayotidagi har qanday sabab oqibat munosabatlarini o'zida aks ettiradi, chunki u mushtday tugilgan xalq donishmandlarining bebaho qomusidir [3].

Maqollar fikrini lo'nda aniq va obrazli tarzda bayon etishda nutqimiz uchun zaruruiy vosita hisoblanadi. Shuning uchun ham V.G.Belinskiy xalq maqol va matallarini "poeziyaning mohiyati" deb hisoblagan edi.

Boshqa xalqlarning maqollarida bo'lgani kabi o'zbek xalq maqollari ham o'zbek xalqining turmish tarsi, ma'naviy qiyofasi, dunyoqarashi, mehnatga, insonga, hayotga, tabiatga munosabat to'liq o'z ifodasini topgan. Shuning uchun ham ulug' rus yozuvchisi L.N.Tolstoy maqollarnining xalq hayoti, ruhiy dunyosi bilan naqadar yaqin ekanligi haqida to'xtalib: "Har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalqning siymosini ko'raman",- deb yozgan edi.

Maqol termini arabcha "qavlun" (aytmoq, gapirmoq) so'zidan olingan bo'lib, o'zbek tilida u xalq donoligining namunasi bo'lmish aforistik janrlardan birining atamasiga aylangan va ma'qul aytilgan so'z, gap yoki ibora ma'nolarini anglatadi.

Maqol mustaqil folklor janri sifatida qator o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, bu xususiyatlar uni boshqa afaristik janrlardan, xususan, matallardan keskin farqlab turadi [4].

Geografiya fani avvalo extiyoj tufayli yuzaga keladi. U vujudga kelgan kundan bugungi yuksak texnikalashgan davr tubdan farq qiladi. Bashariatning qo'xna tarixga nazar tashlasak. Geografiya fani insoniyatga nima berdi? geografiya fani va uning jasur jonkuyar sayyoxlar bolmaganida balki Amerika, Afrika, Avstraliya qifalari toglarning balandligi, cho'qqilari okean osti chekmalar, noyob yer osti va ustki boyliklari, o'zga qi'ta jonzotlari, tabiat mo'jizalarini va bir qancha noyob durdonalar nomalumligicha qolgan bolardi. Shuningdek, butun sayyora aholisi, uning ishlab chiqarish jarayonlari, ijtimoiy iqtisodiy ahvoli hamda yer sharinng ekologik vaziyatlarini o'rganib bo'lmasdi. Bugungi kun geografiyasi ham ushbu masalalarga asoslanib, ravnaq topmoqda. Shu bois geografiya fani o'rganilishiga o'rta va oliy maktab dasturlarida alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Ushbu fanni o'quvchilarga o'rgatish davomida albatta boshqa fan asoslariga ham tayanishga to'gri keladi. Bu esa uning mukammalligini taminlaydi va fan obro'sini oshiradi. Masalan, joylarning uzoqligi kengligi, balandlik va chuqurliklarini o'lchashda ayniqsa masshtab bilan ish olib borishda matematika, yer sayyorasining o'zga sayyoralar bilan taqqoslashda astranomiya faniga bog'lanish, jismlarni fizikaviy va kimyoviy xossalarini aniqlashda ushbu tabiiy fanlarga yer shari o'simlik va hayvonlarni chuqurroq tahlil etishga qaratilgan masalalarda biologik va geografik lug'at va atamalar bilan ishlash jarayonida, xorijiy tillar hamda fikrlari jozibali va ohangdor ifoda etish borasida ona tili va adabiyoti asoslariga bog'lanish dars saviyasini oshiradi. Albatta shu o'rinda sher va topishmoq, maqollarni geografiya fani oid qismini tizimlashtirish

maqsadga muvofiqdir. Biz quyida sher, topishmoq, maqollarni tizimlashtirishga harakat qildik [5].

Dehqonchilik va chorvachilik haqida maqollar

Arpa yotsa, ombor sol.

Arpaga - o'rim, Bug'doyga - ko'rim.

Bedov boylovda semirar, Qo'y-qo'zi - yaylovda.

Bir yil tariq eksang, bir yil shudgor qil.

Bir yil tut ekkan kishi Qirq yil gavhar terar.

Bog'bon bog'ini tuzar, Dehqon dalasin suzar.

Bog'bon bo'lsang, sarxar qil, Dehqon bo'lsang, shudgor qil.

Bog'ni qishda ko'l qil, Yozda cho'l qil.

Bug'doy olaman desang, qovun polga ek, Paxta olaman desang - jo'xori polga.

Bug'doy eksang, kuzda ek, Yaxshi haydab, bo'zga ek.

Bo'lsa agar oqliging, Bilinmaydi yo'qliging.

Dehqon bo'lsang, roshida bo'l, Cho'pon bo'lsang - qoshida.

Dehqon bo'lsang, shudgor qil, Mulla bo'lsang, takror qil.

Dehqon bo'lsang, qoshida bo'l, Sipoh bo'lsang - boshida.

Dehqon dehqondan qolsa, bir yilda yetar, Cho'pon cho'pondan qolsa, qirq yilda yetar.

Dehqon - yer sultoni, Cho'pon - yaylov sultoni [6].

Maktab tabiiy geografiya darslarida sher, topishmoq, maqollardan foydalanish o'quvchilarning tabiatdagi voqea hodisa va jarayonlar bilan tanishtirish bilan birga, tabiatda bo'ladigan voqea hodisa va jarayonlarning ichki xususiyatlarini ochishga ham undaydi. Shuningdek, maktab tabiiy geografiya kurslarida o'quvchilarni geografmk bilimlarga qiziqishga undaydi, ko'nikma, malakalarni shakllantirishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. ffl.M.Mnp3HëeB "EyroK Kena^arHMH3HH Mapg Ba onH®;aHo6 xanKUMH3 6unaH 6upra KypaMro" TomKeHT "Y36eKCHTOH" 2017 E 263.

2. MycaeB n., ^yp60HHHë30B P. YKyBHHnapHHHr reorpa^uagaH ôhhhm ManaKanapHHH aHHKnamHHHr maKn Ba ycynnapu. T.: 1993. - 29-35

3. Ahmad Sharifzoda "Yoshligim oqqush" Toshkent "Istiqlol" 2011

4. MyMHHOB O.TaÔHHH reorpa^ua TatnHMH MeTogHKacH.T., YKHTyBHH - 1976.

-56 b

5.MaKCHMOB H.A. TaÔHHH reorpa^nagaH Ky.nnaHMa 6-chh$. T.: YKHTyBHH, 1976. - 32-35, 49-506.

6.MaB^yTOB reorpa^HK TonnmMOKnap. - T.: MexHar, 2001

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.