Научная статья на тему 'MILLIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDA XALQ OG‘ZAKI IJODINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

MILLIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDA XALQ OG‘ZAKI IJODINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

750
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
millat / qadriyat / milliylik / xalq / ta’lim / ma`naviy-ahloqiy tarbiya / maqol / Нация / ценность / национальная ценность / образование / воспитание / пословица

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Olimjon Chorshamiyevich Xolov

Maqolada milliy qadriyatlar haqida nazariy ma’lumot hamda o’quvchilarda qadriyatli munosabatni shakllantirishda va bu borada xalq maqollaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье приведены теоретические сведения о национальных ценностях и педагогических возможностях использования народных пословиц в формировании ценностных установок у учащихся

Текст научной работы на тему «MILLIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDA XALQ OG‘ZAKI IJODINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

MILLIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDA XALQ OG'ZAKI IJODINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Olimjon Chorshamiyevich Xolov

O'zbekiston Respublikasi, Termiz davlat universiteti Pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

ANNOTATSIYA

Maqolada milliy qadriyatlar haqida nazariy ma'lumot hamda o'quvchilarda qadriyatli munosabatni shakllantirishda va bu borada xalq maqollaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: millat, qadriyat, milliylik, xalq, ta'lim, manaviy-ahloqiy tarbiya, maqol.

АННОТАЦИЯ

В статье приведены теоретические сведения о национальных ценностях и педагогических возможностях использования народных пословиц в формировании ценностных установок у учащихся.

Ключевые слова: Нация, ценность, национальная ценность, образование, воспитание, пословица.

ABSTRACT

The article provides theoretical information about national values and the pedagogical possibilities of using folk proverbs in the formation of valuable attitudes in students.

Keywords: Nation, value, national value, education, upbringing, proverb.

Hozirgi kunda milliy qadriyatlarga bo'lgan e'tibor va uni asrab avaylash har bir xalq uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buning asosiy sababi sifatida o'z o'tmishini anglamay kelajak barpo etish naqadar mushkul ish ekanligi bilan izohlanadi. Haqiqatdan milliylik bir millatning butun o'tmishi, turmush tarzi, umuman olganda bir millatning tub mohiyatini o'zida jamlaydi.

Shu o'rinda savol tug'iladi "milliylik", "milliy tarbiya" o'zi nima va u qanday ma'nolarni anglatadi? Milliy tarbiyaning manbai - milliylik! "Millat", "milliy g'urur", "milliy odob", "millatlararo muloqot madaniyati" tushunchalarining o'zagini arabcha "mil" so'zi

May 6, 2023

85

tashkil qiladi. Bu so'z arabchada "o'zak", "tub mohiyat", "negiz" ma'nolarini anglatadi. "Millat" tushunchasi esa din, mazhab, ummat; bir mazhabga mansub aholi; xalq ma'nolarini o'zida birlashtiradi.

Berilgan tariflarga e'tibor qaratilsa, uning ahamiyati naqadar yuqori ekanligi va barcha xalqlar milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirishga bor kuch g'ayrati bilan intilishi bejizga emasligini anglash qiyin emas. Shuning uchun ham har bir davlat o'sib kelayotgan yosh avlodni milliy urf-odati, an'anasi, marosimi, qolaversa tabiiy qadriyatlari, iqtisodiy qadriyatlari, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlari, ma'naviy-ma'rifiy qadriyatlari, falsafiy qadriyatlari, badiiy qadriyatlari, diniy qadriyatlari va albatta umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratmoqda.

Yuqoridagi berilgan fikrlar muhim ekanligini anglagan holda shuni aytish lozimki, milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirishda eng yaxshi vositalardan biri bu shubhasiz xalq og'zaki ijodidir. Chunki, aynan xalq og'zaki ijodidagi namunalar har bir xalq o'tmishidan so'zlaydi. Xalq og'zaki ijodi namunalari sifatida qo'shiq, maqol, matal, topishmoq, afsona, rivoyat, asotir, ertak, latifa, lof, lapar, termalar, doston, askiya, tez aytish, alla, yor-yorlar, kelin salom kabilarni misol qilib keltirish mumkin.

Xalq og'zaki ijodi namunalaridan biri bo'lgan "maqol"ning ta'lim-tarbiya jarayonida ayniqsa milliy qadriyatlarni shakllantirishdagi ahamiyati yuqoridir.

Maqollar haqida fikr yuritar ekanmiz, albatta uning mazmun mohiyatiga to'xtalib o'tishni joiz bildik. Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so'zlarga aytiladi. Maqol atamasi arabcha [JjJ] - qavlun - gapirmoq, aytmoq so'zidan olingan.

Maqollar mavzu jihatdan nihoyatda boy va xilma-xil bo'lib, ular vatan, mehnatsevarlik, ilm-hunar o'rganish, mehnatsevarlik, do'stlik, ahillik, donolik, hushyorlik, til va nutq madaniyati, sevgi va muhabbat kabi mavzularda bo'ladi. Shuningdek, maqollar insonlarda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan salbiy va ijobiy xususiyatlarni ham o'zida aks ettiradi.

Maqollar yoshlarmizni milliy ruhda tarbiyalashda o'ziga xos xususiyatga egadir. Misol uchun, Vatan haqidagi maqollarda o'zbek xalqining ona vataniga bo'lgan cheksiz muhabbati, sadoqati, hurmati oz ifodasini topgan. Ularda Vatan -ona-yurt ulug'lanadi, har kim oz yurtida nafas olishi, izzat-hurmatda yashashi ko'rsatilib, vatanni sevish, unga hamisha sodiq bo'lish kerakligi

uqtiriladi. "Bulbul chamanini sevar, odam - Vatanini". Mazkur maqolda inson ruhiy olamida Vatan tushunchasining ahamiyati

May 6, 20231 ©

qayd etilgan. Maqoldagi Vatan so'zida faqat muayyan hudud, manzil, o'rin-joy, tabiat aks etgan, desak yanglish bo'ladi. Bu so'z mano jihatdan ajdodlar ruhi, manaviy meros obidalari, qadriyatlar, millat birligi, mentalitet xususiyatlari bilan uyg'unlashadi. Bulbul chamanda qanchalar yayrasa, inson o'z vatanida o'zini shunchalar erkin his qiladi. Bulbulni bog'larsiz, gulzorsiz, chamansiz tasavvur etib bo'lmaganidek, odamni oz ona diyorisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.

Quyidagi maqolda ham Vatan haqida, uning tinchligi va farovonligi haqida so'z boradi. Ya'ni: "Ona yurting omon boisa, Rangi-ro^ying somon bolmas". Bu maqolda shaxsning ona yurtida yashashi va istiqomat qilishi undan malum burchni ham talab qilishi ifodalangan. Agar yurt omon boisa, ya'ni tinch bo'lsa, erkin-ozod bo'lsagina inson o'z Vatanida xotirjam yashashi mumkin. Yurt tinchligi, erkinligi, ozodligi, o'z yurtiga bo'lgan ishonchi, faxr va iftixori, g'ururi, o'zga xalqlar oldi da qaddini tik tutishi bilan bog'liqdir.

Vatan haqidagi maqollarning har birida o'ziga xos sermazmunlikni ko'rishimiz mumkin. Misol tariqasida "O'zga yurtda shoh bo'lguncha, O'z yurtingda gado bo'l", "Qush butaga sig'inar, Odam - Vatanga", "Vatanning vayronasi - Umrning g'amxonasi", "Ona yurting - oltin beshiging" kabi ko'plab vatanparvarlik mavzusidagi maqollar shular jumlasidandir.

Mehnat qilish va mehnatsevarlik xususiyatlarini o'zida aks ettirgan maqollarimiz ham o'quvchilar bilan mehnat tarbiyasini olib borish jarayoniga ijobiy ta'sir etadi. Xalqimiz azal-azaldan mehnatsevar xalq bo'lgan. Asrlar osha xalq orasida mehnatsevarlik hislatlari qadrlanib bizgacha mehnat, mehnatsevarlik tushunchalari maqollar orqali ham yetib kelgan. Misol uchun: "Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar " maqolini olaylik. Bu maqolda inson mehnt qilsa uning rohatini ko'rishi qolaversa mehnat qilgan kishi haqli ravishda ishtaha bilan ovqtlanishi, chin ma'noda haqli ekanligini his etishidir. Ish yoqmas va o'zini mehnatdan olib qochadigan inson esa mehnat qilmasa rohat ko'rmasligi, oxir oqibatda ko'plab qiyinchiliklarga duch kelishligini tushunishimiz mumkin. Bu borada xalqimiz tamonidan bir qancha maqollar mavjud. Xuddi shu singari mehnat haqidagi maqollarga "Ishchanlik to'rga tortar, yalqovlik go'rga tortar", "Eringan ikki ishlar, oxiri barmog'in tishlar", "Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo'lar chiroylik", "Ari zahrin chekmagan, Bol qadrini bilmas", "Betashvish bosh qayda, Mehnatsiz osh qayda", "Daryo suvini bahor toshirar, Odam qadrini mehnat oshirar" kabi mehnatsevarlik haqidaga ko'plab maqollarni misol tariqasida keltirish va ularning tarbiyaviy ahamiyatini keng bayon etish

mumkin.

May 6, 2023

Odob-axloq haqidagi maqollar ham alohida o'ringa egadir. Ular bolalar ongida odob-axloq qoidalarini shakllantirish va milliy qadriyatlarimizga xos tarzda tarbiyalashga xizmat qiladi. Ya'ni: "Inson - odobi bilan, Osmon - oftobi bilan", "Odobni beodobdan o'rgan", "Yaxshi bola - to'rga tortar, Yomon bola - go'rga", "Bolaning o'zi aziz, ozidan odobi aziz", "Odobli bola - orli bola, odobsiz bola -orsiz bola", "Bola bezori - kishi ozori", "Odobli bola elga manzur" kabi maqollarni ko'rishimiz mumkin.

Shu o'rinda "Yaxshi so'zga quloq sol, yomon so'zga uloq sol!" maqolining mazmuniga fikr bildiramiz. Bunda yaxshi so'zdan qochma, jon qulog'ing bilan eshit, ammo yomon, dilga ozor beruvchi, g'iybat, ig'vo qo'zg'ovchi so'zlarni tinglama va bunday suhbat bo'layotgan joylardan o'zingni olib qoch degan mazmunni ko'rishimiz mumkin. Negaki yaxshi so'zlar inson uchun foydali bo'lib ma'lum holat uchun xulosa chiqarishimizni hamda biz bilmagan xato va kamchilliklarimizni to'g'irlashga xizmat qiladi. G'iybat va noo'rin so'zlar kishi qalbini g'am qiladi, gunohga botadi, salbiy oqibatlarga olib keladi.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, xalq maqollarining mazmun kolami inson hayotining turli sohalarini qamrab oladi. Zero, yoshlarimizni barkamol shaxs qilib voyaga yetkazishda, milliy qadriyatlarimizni singdirishda, odobli bo'lishida, umuman olganda insonparvarlik va vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirib, milliy istiqlolimiz yo'lida fidokorona mehnat qilib, komil inson bo'lib voyaga yetkazishda xalq maqollaridan foydalanish ijobiy ta'sir etadi.

Milliy qadriyatlarni shakllantirishda xalq og'zaki ijodining namunalaridan biri bo'lgan xalq maqollari yoshlarimizga milliy qadriyatlarimizni shakllantirishda muhim jihatlarini o'zida mujassamlashtiradi. Xalq maqollari o'quvchilarda butun insoniyat tomonidan qadrlanuvchi quyidagi axloqiy sifatlarni shakllantirishga imkon beradi: milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, diniy qadriyatlar, vatanparvarlik, do'stlik, odob-axloq, ahillik, mehnatsevarlik, kasb-hunarga muhabbat, yaxshilik va yomonlikning oqibati, halollik, to'g'rilik, olijanoblik, adolatlilik, insof, botirlik, saxiylik, baxillik, kamtarlik, sabr-qanoat, muhabbat, or-nomus, samimiylik, andisha, farosat, isrof, me'yor va me'yorsizlik, ma'suliyat, kattaga hurmat, urf-odat, an'analarga sodiqlik kabi ko'plab xususiyatlarni shakllantiradi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, xalq maqollari milliy qadriyatlarimizni shakllantirishda ta'limiy-tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan ta'lim-tarbiya jarayonida xalq maqollaridan o'rinli va maqsadli ravishda foydalanish maqsadga muofiqdir. Zero xalq maqollari o'sib kelayotgan yosh avlodda

May 6, 2023

88

p

milliy qadriyatlarni yanada shakllantirishda o'ziga xos xususiyatga egadir. REFERENCES

1. Abdullayeva, G. A. (2020). THE IMPORTANCE OF MORAL NEEDS IN THE UPBRINGING OF THE INDIVIDUAL. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 2(6), 463-469.

2. Abdullayev Q., Yusupov M., Rahmonbekova S. Oqish kitobi. 2-sinf o'quvchilari uchun darslik. - Toshkent, "Sharq", 2010. - 80 b.

3. Berdaq Yusuf. Mumtoz adabiy asarlar lug'ati. - Toshkent, "O'qituvchi", 2010. -260 b.

4. Maxmudov, Y. F., & Xudoyqulov, X. J. (2011). Milliy g'urur-ma'naviy komillik mezoni. T, Dizayn-Press 2011.327 b.

5. XaMpoKynoBa, m., & TynnrnoB, r. (2023). OHTA-H^THMOHH 3KO.TOrHK TAPERH CYELEKTH. Results of National Scientific Research International Journal, 2(1), 291-296.

6. Xudoyqulov X.J. Xolov O.Ch. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O'quv qo'llanma. -Toshkent, "Innovatsiya-Ziyo", 2020. - 308 b.

7. Xolov O.Ch. Xalq og'zaki ijodi vositasida o'quvchilarda aksiologik ongni shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari. // Oriental renaissance: innovative, educational, natural and social sciences. Scientific journal. Volume 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423. - p. 498-508

May 6, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.