GEOGRAFIYA DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANGAN HOLDA O'QUVCHILARNING DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH
ESENOVA INKAR MAQSETBAEVNA
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Tabiiy geografiya va gidrometeorologiya kafedrasi Qoraqalpog'iston, O'zbekiston
Annotatsiya: Mazkur maqola geografiya darslari samaradorligini oshirish, geografiya darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanib mashg'ulotlarni olib borish natijasida o'quvchilarning dunyoqarashini rivojlantirish , yosh avlodni barkamol inson qilib ta'lim berish va tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar:Geografiya ta'limi, interaktiv metod, "5*5 viktorina o'yini", "Uch to'g'ri bir noto'g'ri" metodi, electron platformalar._
Abstract: This article is of great importance in improving the effectiveness of geography lessons, developing students' worldview as a result of using innovative technologies in geography lessons, educating and educating the young generation as a well-rounded person.
Keywords: Geography education, interactive method, "5*5 quiz game", "Three right one wrong" method, electronic platforms
Yosh avlodning yangicha fikrlashiga, ularning bir butun dunyoqarashining shakllanishida jahon sifat darajasidagi bilim, ko'nikma asoslarini egallashiga ta'sir etuvchi zamonaviy ta'lim mazmunini yaratish umumta'lim tizimidagi dolzarb masala. Bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida qo'yiladigan talablar qay davrda bo'lmasin dolzarb ahamiyatga ega bo'lmoqda, sababi bizni taraqqiyotning yangi bosqichi kutmoqda. O'sha davrga munosib milliy ongi yangilangan yangi avlodni tarbiyalash vazifasi har bir o'qituvchining zimmasida.
Zamon oldinga siljishi va jamiyat o'zgarishi bilan yangi mazmundagi ta'lim tizimini shakllantirish zarur. Shu sababli, hozirgi vaqtda ta'lim sohasida ro'y berayotgan keng ko'lamli o'zgarishlar yangi texnologiyalardan foydalanish uchun turli tashabbus va o'zgarishlar uchun keng imkoniyatlar ochmoqda. Shu munosabat bilan jamiyat talablariga javob beradigan tarbiya va ta'limning muhim masalalaridan biri o'qituvchilar tomonidan innovatsiyalarning ilmiy va amaliy asoslarini o'zlashtirishdir.
Har bir o'qituvchining ijodiy ishi, shubhasiz, aniq maqsadni ko'zlaydi. Oquvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini oshirishning asosiy maqsadi ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo'lib, bu maqsadga erishish o'quv vazifalarini hal qilishga imkon beradi, ya'ni:
- yangi materialni (ma'lumotlarni) o'rganish;
- bilimlarni mustaqil o'rganish;
- oliy ta'lim muassasalariga bilimli o'quvchilarni tayyorlab berish uchun;
- o'quvchilar tanlagan kasbni ijodiy o'zlashtirish.
Barkamol shaxsni shakllantirishga imkon beriuvchi o'quv tarbiya jarayonini qayta qurishning muhim vazifasi maktab ta'limi samaradorligini oshirishdir. Ta'lim, samaradorligi ta'lim mazmunining maqsadi va vazifalariga mosligi, uning ilmiy jihatdan asoslanganligi izchilligi, turmush bilan bog'liqligi, shuningdek mazmunga mos metod va usullar majmuasining tanlanishi bilan ta'minlanadi.[4]
Xalqaro miqyosda geografiya ta'limining sifat va samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalar, didaktik materiallar va axborot texnologiyalarni tatdbiq etish mexanizmlarini zamonaviy rivojlanish tamoyillari asosida yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tadqiqot natijalari, o'quvchilarda geografiya faniga oid zarur kompetentsiyalarni shakllantirish, fanlararo bog'liqlik mohiyatini ochib berish, ta'lim
ОФ "Международный научно-исследовательский центр "Endless Light in Science"
texnologiyalarining axborot texnologiyalari vositalari bilan integratsiyalash asosida fanni nazariy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.[5]
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarning bilimli, etuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlashda zamanoviy o'qitish metodlari - interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va roli kattadir.
Mamlakatimizda ta'lim sohasida yangi axborot texnologiyalarini qo'llash bosh maqsad bo'lib qolmoqda. U nafaqat texnik vosita, balki yangi axborot, kommunikatsiya texnologiyasi va ta'lim tizimidagi dars berishning yangi usuli bo'lib xizmat qilmoqdalar.[6]
XXI asrda axborot jamiyati ehtiyojini qondirish uchun ta'lim sohasida quyidagi vazifalarni hal etish kerak: Kompyuter texnikasini, internet, telekommunikatsiya tarmog'i, elektron va telekommunikatsiya vositalarini, multimediali elektron darsliklarni o'quv jarayoniga samarali foydalanish orqali ta'lim sifatini ko'rsatish. Kompyuterli telekommunikatsiyalar bugungi jamiyatda katta qo'llanishga ega.
Geografiya fani eng qiziqarli fan bolib, o'quvchilarning faolligini, dunyoqarashini, yangi qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Ammo har bir sinfning qiziqishi va rivojlanish darajasi turlicha bolib, o'quvchilarning sinfi va yoshiga qarab o'qitish metodlarini tanlash ta'lim samadorligini oshirishga va oquvchining fanga bolgan qiziqishini orttiribgina qo'ymasdan uning dunyoqarashining kengayishiga samarali xizmat qiladi. Hozirgi kunda geografiya fanini o'qitishda birqancha zamanoviy metodlar bo'lib ularni dars davomida foydalanib darsni tashkillashtirsa har o'qituvchi o'zi istagan maqsadga erishishi aniq.[2]
Geografiya darslarida o'tilgan mavzuga oid ma'lumotlarni "Guruhlarga ajratish" grafik organayzeridan foydalanish mumkin. Bunda o'quvchilar o'rganilayotgan mavzuning asosiy xususiyatlarini aniqlash, ma'lumotlarni umumlashtirishni o'rganadi. Uni foydalanishda o'quvchilar mantiqiy fikrlash, ma'lumotlarni tahlil qilish bir xil sistemaga keltirish ko'nikmalari shakllanadi. Bunga misol tariqasida "5*5 viktorina o'yini" metodini keltirish mumkin. Bu metoddan geografiya darslarini mustahkamlash bo'limida foydalanish mumkin. "5*5 viktorina o'yini" 5 ta topshiriqdan iborat bo'lib, har biri biri 5 ballik tizimda baholanib boradi. Masalan, Daryolar. Ko'llar va muzliklar mavzusiga oid topshiriqlarni o'quvchilar yangi o'tilgan mavzuni mustahkamlash uchun bajarishi mumkin. Bunda yangi mavzuni mustahkamlashda o'yin shaklida olib borilganligi uchun o'quvchilarda fanga bo'lgan qiziqish ortadi. Ularning topqirligi, tafakkur darajasi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
1. "BLIS" so'rov topshiriqlari. Shakli: "ha-yo'q."
2. Kontur xarita (yozuvsiz xarita bilan ishlash).
3. Tabiiy xarita (karta bilan ishlash)
4. Eng, eng, eng (jadvalni to'ldiradi).
"Uch to'g'ri bir noto'g'ri" metodi. Qoidaga ko'ra har bir ishtirokchi bir betdan qog'ozda o'rganilayotgan yoki o'rganilgan mavzu bo'yicha 3 ta to'g'ri fikr va bitta noto'g'ri fikrni yozadi. Ishtirokchilar juftliklarga bo'linadi, yozgan qog'ozlari bilan o'zgartiradi va qaysi fikr noto'g'riligini aniqlaydi. Afzalliklari - kuzatuvchanlik ma'lumotlarni tanlab olish ko'nikmasini rivojlantiradi, bolalarni xatoga o'rgatadi topish va to'g'ri fikrni tanlashga o'rgatadi. O'qituvchiga o'quvchilarning bilimlarini tekshirishga imkon beradi.Bu metodni uy ishini tekshirish vaqtida, mavzuni mustahkamlashda foydalansa bo'ladi.[3]
Bundan tashqari hozirgi zoman talablariga mos ravishda nafaqat geografiya darslarida balki umumiy o'rta tal'im tizimidagi boshqa fanlarda ham foydalanilsa bo'ladigan elektron platformalar bor bo'lib, ulardan foydalangan holda darslarni tashkillashtirsa o'qituvchi o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishini o'rttirib gina qo'ymasdan, o'zining darsga tayyorlanish vaqtini ham tejashi mumkin. Bu kabi platformalarga Wordwall, Tarsia marker, Canva, Baamboozle platformalarini misol tariqasida keltirsak bo'ladi. Bu platformalar yordamida darsga mavzusiga tegishli ma'lumotlardan foydalangan holda testlar tuzish, diagrammalar chizish, fazllar yasash, prezentatsiyalar yaratish va boshqa da har turli o'yinlarni tashkillashtirish mumkin. Ammo bu imkoniyatlardan foydalanish o'qituvchidan ko'p izlanishlarni talab qiladi.[1]
ОФ "Международный научно-исследовательский центр "Endless Light in Science"
Xulosa qilib shuni aytish mumkunki geografiya darslari samaradorligini oshirish, yangi pedagogik innovatsion texnologiyalardan foydalanib mashg'ulotlarni olib borish, yosh avlodni barkamol inson qilib ta'lim berish va tarbiyalashda muxim ahamiyat kasb etadi. Darslarda qo'llaniladigan har bir metod o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatadi. Darslarni guruhlarga bo'lib olib borish, yakka tartibda ishlash o'quvchilarni bilim salohiyatini va oquvchining dunyoqarashining rivojlanishiga xizmat qiladi. O'qituvchi darsga puhta tayyorgarlik ko'rishi, o'rganilayotgan mavzuni to'g'ri rejalashtirishi, har bir rejani yoritishda unga mos metodni qo'llashi kerak bo'ladi. Agar tanlangan metod to'g'ri bo'lsa u tehnalogiyaga aylanadi va ko'zlangan natijaga erishiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYAOTLAR
1. Esenova I. M. INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA GEOGRAFIYA DARSLARINI TASHKILLASHTIRISHNING AHAMIYATI //Konferensiyalarj Conferences. -2024. - Т. 1. - №. 11. - С. 358-360.
2. Ходжаева Г.А., Жиемуратова Г.О. География сабакларын окытыуда езбетинше тапсырмаларды пайдаланыудыц эх,мийети.// Илим х,эм жэмийет, №2, 2020. 66-68 б
3. Esenova I. M., Kurbanazarov B. M. GEOGRAFIYA PÂNIN OQÎTWDA INTERAKTIV METODLARDAN PAYDALANÎWDÎN ÂHMIYETI //Hamkor konferensiyalar. - 2024. - Т. 1. - №. 3. - С. 346-349.
4. Ходжаева Г.А., Жиемуратова Г.О. География пэни сабакларында ауызеки методтан пайдаланыудыц эх,мийети // Вестник Каракалпакского государственного университета, №3, 2021. 85-88 стр.
5. Xodjaeva G.A., Jiemuratova G. Geografiya darslarida o'quvchilarning kreativ fikrlashini shakillantirish masalalari// Янгиланаётган Узбекистонда география: фан, таълим ва инновация республика микиёсидаги илмий-амалий конференция, Тошкент, 15-декабрь,2021. 352-354 б
6. Xudaybergenov N. S., Ganiev N. J., Esenova I. M. EKOTURIZMNING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI BOSQICHLARI //Hamkor konferensiyalar. - 2024. - Т. 1. - №. 3. - С. 298-302.
7. Xodjaeva G.A., Nurlanov AS., Allanazarov K.J., Yesenova IM MEKTEPLERDIN OQIW HÂM TÂRBIYALIQ ISKERLIGIN JETILISTIRIW MASHQALALARI Вестник КГУ им. Бердаха. № 2(60) 2023.195-196\.
ОФ "Международный научно-исследовательский центр "Endless Light in Science"