Muqumova H.I.
Geografiya kafedrasi oqituvchisi Qarshi davlat universiteti
GEOGRAFIYA DARSLARIDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL
METODLAR XUSUSIDA
Annotatsiya: Ushbu maqolada Geografiya darslarida va sinfdan tashqari ishlarni qiziqarli va ijodiy tashkil etish geografiya o^qituvchisi oldidagi asosiy vazifalardan biridir. Darsda geografik o'yinlardan foydalanish to'g'risidagi geografik o^yinlar bayon qilingan. Shuningdek, geografiya darslarida foydalaniladigan didaktik o^yinlarni tashkil qilish yollariyoritilgan.
Калит сузлар "Kim chaqqon metodi", " Charaqla quyosh", "Soatdagi jumboq", "5*5 viktorina", "Zakovat", " Narvon yasash","Zanjir", "Estafeta "o'yinlari.
Mukumova H.I. teacher
Department of Geography Karshi State University
ON INTERACTIVE METHODS USED IN GEOGRAPHY LESSONS
Abstract: In this article, interesting and creative organization of geography lessons and extracurricular activities is one of the main tasks of a geography teacher. Geographical games about the use of geographic games are described in the lesson. Ways of organizing didactic games used in geography lessons are also covered.
Key words "Who's faster method", "Lightning sun", "Puzzle on the clock", "5*5 quiz", "Ingenuity", "Making a ladder", "Chain", "Relay"games.
Noqobil o'qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo'yadi,
yaxshisi esa uni topishga o'rgatadi".
A.F.Disterverg
O'zbekiston Respublikasining ta'lim tizimidagi o'zgarishlar umumiy o'rta ta'lim maktablari oldiga muhim vazifalarni qo'ymoqda. Bu vazifalar yoshlarni har tomonlama barkamol, ma'naviy yetuk, mustaqil fikrli, milliy merosimizni qadrlaydigan, ilmli ijodkor, nozik didli qilib tarbiyalashni o'qituvchilardan tinmay ijodiy izlanishlarni, fidoiylik ko'rsatishni talab etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis iga Murojaatnomasida "'Uchinchi ming yillik intellektual rivojlanish davrida ta'lim muassasalarida pedagogik texnologiyalarni qollash orqali oquvchilarda ilmiy bilimlarga asoslangan dunyoqarash va e'tiqodlarini shakillantirib borish
lozim''ligini ta'kidlagan. Ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar o'sib kelayotgan yosh avlodga sifatli ta'lim berish va shu orqali jismoniy baquvvat, ma'naviy jihatdan yetuk, bilimli avlodni tarbiyalash, o'quvchlarning mustaqil fikrlash dunyoqarashini kengaytirish, iste'dodli yoshlarni qo'llab quvvatlash, ijodiy izlanish ko'nikmalarini rivojlantirish kabi ko'plab vazifalarga qaratilgandir. Mazkur vazifalarni bajarishda ta'lim tizimiga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish, noan'anaviy usuldagi zamonaviy darslarni tashkil etish, o'qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda dars jarayonlariga zamonaviy, yangicha yondashuv talab etiladi. Bugungi kunda har bir fan o'qituvchisi o'z fani boyicha dars samaradorligiga ta'sir etuvchi omillarni chuqur bilishi va ulardan dars jarayonida foydalana olishi zarur bo'ladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish yo'lida barcha fanlar qatori geografiyaning ham o'rni kattadir. Geografiya fani o'zining qiziqarliligi bilan ajralib turadi. Geografiya darslarini va sinfdan tashqari ishlarni qiziqarli va ijodiy tashkil etish geografiya o'qituvchisi oldidagi asosiy vazifalardan biridir. Darsda geografik o'yinlardan foydalanish muhim o'rin egallaydi.
Xususiy metodik darajada darsning barcha bosqichlari pedagogik texnologiya talablari asosida tashkil etiladi. Bunda o'qituvchi o'rganiladigan mavzuning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlaridan kelib chiqqan holda qaysi texnologiyadan foydalanish, mazkur texnologiya asosida o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari, darsda o'quvchilarning bilishi lozim bo'lgan o'quv topshiriqlari, o'quvchilarning o'zlashtirgan bilimini nazorat qilish va baholash yo'llarini belgilashi lozim.
Geografiya ta'limi jarayonida "Kim chaqqon metodi", " Charaqla quyosh", "Soatdagi jumboq", "5*5 viktorina o'yini", "Zakovat o'yini", " Narvon yasash "o'yini kabi bir necha interfaol metodlardan foydalanish mumkin. Ushbu darslarda o'quvchilarning bilim olish jarayonini o'yin faoliyati bilan uyg'unlashtiriladi. Bunday metodlar yordamida oquvchilar puxta bilim egallaydilar, mustaqil fikr yurutadilar.
Shu sababli o'quvchilarni o'z o'quv faoliyatining to'laqonli subyektiga aylantirish, pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, o'qitish samaradorligini orttirish maqsadida Geografiyani o'qitish jarayoniga interfaol ta'limiy oyin metodlarini qo'llash zarurati tug'ildi. Quyida biz geografiya ta'limida qollaniladigan shunday ta'limiy oyinlarning ayrimlariga toxtalib otamiz.
Kim chaqqon metodi - sinf o'quvchilari ikki guruhga bo'linib,har bir guruhdan bittadan o'quvchi doska oldiga chiqariladi.Birinchi guruh o'quvchisi mavzuga oid atamani o'ziga berkitilgan maydoniga yozadi. Keyingi o'quvchi esa oldingi o'quvchi yozmagan qo'shimcha atamani yozadi. O'yin shu tariqa davom etadi,adashgan o'quvchi o'yindan chiqadi. Kimning maydonida to'g'ri atamalar bo'lsa,shu guruh g'olib sanaladi va rag'batlantiriladi. Bu metod xotirani mustahkamlashda va mavzuni takrorlashda qo'llaniladi.
Charaqla quyosh metodi - ushbu metod 5-sinf o'quvchilariga qo'llaniladi.Bunda o'qituvchi doskaga quyosh rasmini iladi,biroq unda quyosh nurlari porlamagan bo'ladi. Shu bois guruhlarga bo'lingan o'quvchilar o'z quyoshlarining porlashi va charaqlashi uchun harakat qiladilar.Quyosh charaqlashi uchun o'quvchilar har bir quyosh nuridagi savolga to'g'ri javob yozishlari kerak. Shart nihoyasida g'olib guruh aniqlanadi. Bu metod dars jarayonida qo'llanilib,o'quvchilarni faollikka va mavzuga e'tiborli bo'lishga undaydi.
Soatdagi jumboq metodi - bu metodda soat raqamlarining o'rni almashib qolgan bo'ladi. Hariflarni raqamlar tartibi bo'yicha joylashtiriladi, ya'ni 1 daqiqa davomida. Har bir raqamda 1ta harf joylashgan bo'ladi. Natijada geografik atama kelib chiqadi va bu atamaga ta'rif beradi. M: Ichki - suvlari, Tog - tekislik. 1-t, 2-o, 3-g, 4-, 5-t, 6-e, 7- k, 8- i 9-s, 10-l, 11-i 12-k.
"5*5 viktorina o'yini" Bu metoddan geografiya darslarini mustahkamlash qismida foydalanish mumkin.Yangi mavzuni mustahkamlashda "5*5 viktorina o'yini"dan foydalaniladi.5*5 viktorina o'yini 5 ta topshiriqdan iborat bo'lib,har biri 5 ballik reyting tizimida baholanib boradi.Masalan,"Daryolar. Ko'l va muzliklar" mavzusiga oid quyidagi topshiriqlarni o'quvchilar yangi mavzuni mustahkamlash uchun bajarishlari mumkin.Bunda yangi mavzuni mustahkamlash o'yin tarzida olib borilgani uchun o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishi yanada ortadi.Ularning topqirlik,ijodkorlik,fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
1"BLIS" so'rov topshiriqlari.Shakli:"ha-yo'q"
2. Kontur karta. (yozuvsiz xarita bilan ishlash ).
3. Tabiiy xarita. (xarita bilan ishlash ).
4. Eng,eng,eng... (jadval to'ldiriladi ).
5. Topgan topaloq. (topishmoqning javobini top ).
Zakovat o'yini. Bu o'yinni dastlab sinfxonani o'yinga moslashtirish lozim bo'ladi.O'yin ishtirokchilari test yordamida saralab olinadi.Yuqori ball olgan o'quvchilar o'yinda ishtirok etish huquqiga ega bo'ladi.O'yin qatnashchilari 6-8 kishidan iborat bo'ladi.Qolgan o'quvchilar esa o'yinni tomashabin sifatida kuzatib turishadi.Guruh sardori savolni olib o'qituvchiga beradi.O'qituvchi savolni o'qib eshittiradi. Javobni aniqlash uchun bir daqiqa vaqt ajratiladi.Bu vaqt orasida o'yin ishtirokchilari javobni maslahatlashib topishga harakat qilishadi.Bu o'yinni asosan,yuqori sinfda o'tkazish tavsiya etiladi.Zakovat o'yinlarida asosan o'rtaga muammoli savollar tashlanib,shu muammoni hal etishga diqqat qaratiladi.
"Narvon yasash"o'yini Bu o'yindan o'tilgan mavzuni takrorlash,yangi mavzuni mustahkamlashda foydalanish maqsadga muvofiqdir.Jumladan o'qituvchi dars boshlanishida har bir o'quvchiga oq qog'oz olib,unga narvonning ikki chetidagi qismlarini chizib qo'yadi va har bir zina bolalarn ing darsdagi javoblari orqali to'dirilib boriladi.Shundan keyin o'quvchilar darsda faol ishtirok etib,javob berishga intiladi va javoblari orqali o'z narvoniga
bittadan zina chizib ketaveradi.Uyga vazifaga javob bergani uchun bir zina,o'qituvchining savoliga javob bergani uchun bir zina. Xullas o'yin shu tariqa davom etadi va dars yakunida zinalar soni hisoblanib, qaysi o'quvchlarining zinalari ko'p chiqsa, o'qituvchi ularga rag'bat beradi.
"Uchta to'g'ri bitta noto'g>i"metodi.
Qoidasi har bir ishtirokchi bir varaqdan qog'ozda o'rganilayotgan yoki o'rganilgan mavzu bo'yicha 3 ta to'g'ri fikr va bitta noto'g'ri fikrni yozadi Ishtirokchilar juftliklarga to'planadilar, yozgan qog'ozlari bilan almashadilar va qaysi fikr noto'g'ri ekanligini aniqlaydilar.
Afzalliklari kuzatuvchanlikni rivojlantiradi,axborotni tanlab olish ko'nikmasini ishlab chiqadi,bolalarni xato topish va fikrlarni ifodalashga o'rgatadi O'qituvchiga o'quvchilarning bilimlarini tekshirishga imkon beradi.
Foydalanish vaqti uy ishini tekshirish vaqtida,mavzuni mustahkamlashda foydalanish mumkin.
"Ishonarli tarix" metodi.
Qoidasi bunda ular keltirilgan tarixiy voqeani diqqat bilan o'rganib chiqib,to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini aniqlashlari kerak bo'ladi,biron bir materikning yoki okeanning o'rganilish tarixini o'tayotgan bo'lsak shu mavzu yuzasidan o'qituvchi to'g'ri va noto'g'ri jumlalarni o'quvchilar esa diqqat bilan eshitib xatosini topadilar.
Afzalligi oquvchilarni xotirasini mustahkamlashga va ijodiy fikirlashga, tezkorlikka undovchi metoddir.
Foydalanish vaqti yangi bo'lim yoki bob boshlanish oldidan,mavzu tugagandan keyin qo'llash mumkin.
"Zanjir o'yini"metodi.
Qoidasi o'quvchilarni 4 ta guruhga bo'lib olib, har bir guruhdan 1 o'quvchi doska oldiga chiqadi.1- o'quvchi fanga oid atamani aytadi Keyingi o'quvchi oldingi o'quvchi aytganini va o'zinikini qo'shib aytadi. Undan keyingisi oldingi 2 o'quvchi aytgan atamalarga yana o'zi yangisini qo'shib aytadi. O'yin shu tariqa davom etadi.Adashgan o'quvchi o'yindan chiqib ketadi, eng oxirida o'yindan chiqib ketmay qolgan o'quvchi rag'batlantiriladi.
Afzalliklari bu o'yin xotirani mustahkamlaydi, fikrni bir joyga jamlashga o'rgatadi.
Foydalanish vaqti.Yangi mavzuni mustahkamlash darslarida,o'tilgan mavzularni takrorlashda qo'llasa bo'ladi.
"Estafeta"o'yini
Qoidasi bu o'yin uchun qo'yidagi jihozlarni tayyorlash lozim magnit doskasi, qalin qog'ozdan yasalgan qayiqchalar, ularning cho'ntakchasiga solib qo'yish uchun savollar yoziladi. O'qituvchi o'yinning sharti bilan tanishtiradi. Kim quyidagi savolga javob bersa, o'sha o'quvchi oldinda suzib ketayotgan bo'ladi, g'olib shu tariqa ketma-ket aniqlanadi. O'yinda savolning javobini kim tez topsa usha o'quvchining kemasi oldinda suzib ketayapti deb o'quvchilarni rag'batlantirilib borilsa, o'quvchilarda qiziqish shuncha ortadi.
Afzalliklari o'quvchilarni topqirlikka, chaqqonlikka, ziyraklikka oid bilim,ko'nikma va malakalarini mustahkamlashda qo'l keladi.
Foydalanish vaqti o'qituvchi o'yin musobaqa darslarini yil fasllariga moslab tashkil qilishi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu metoddan 5 -6 sinflarda oydalanish mumkin. Geografiya darslarida o'rganilayotgan mavzuning didaktik maqsadi, vazifalari, mazmunidan kelib chiqqan holda o'quvchilarning bilish faoliyati individual, kichik guruhlarda va yalpi holda tashkil etish shakllaridan o'z o'rnida va samarali foydalanish tavsiya etiladi.
Darsga tayyorgarlik davrida o'qituvchi tomonidan ijobiy rag'batlantirishning ustunligi va muvaffaqiyatga yo'llovchi o'qituvchining muloqot madaniyati, o'zaro yordami o'quvchilarning darsga qizg'in tayyorgarlik ko'rishning muhim omili sanaladi. Geografiya o'qituvchisi darsda o'rganiladigan mavzuning ta'limiy, tarbiyaviy va riovjlantiruvchi maqsadlari va pedagogik texnologiyalarning didaktik funksiyalarini hisobga olgan xolda qaysi texnologiyadan, interfaol metodlardan foydalanishini ilmiy-metodik asosda tanlagandagina ko'zlangan maqsadga va samaradorlikka erishadi. Zero "Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir!"
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M.. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib yangi bosqichga ko'taramiz. Toshkent. —O'zbekistonll, 2019
2. Hayitov A., Boymurodov N. Ta'limda noana'naviy darslar va interfaol usullardan foydalanish. -Toshkent "Yangi asr avlodi" 2006
3. Bahromov Q.X. Shodiyeva N. Geografiya ta'limi metodikasi. Buxoro, 2015
4. Abduvoxidov S.N., Ganiyev Z.A. Geografiya ta'limi metodikasi Samarqand, 2021
5. Mukumova H.I. Geografiya darslarida ob-havo va iqlim mavzularini o'qitish xususida. Экономика и социум №4 (95) 2022,c/170-173.