PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
YOSH O'QUVCHILARGA XORIJIY TILLARNI O'QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR
Bahrom Orolov Asadbek Jamolov 2
1 Oqituvchi, Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi, Tarix va Filologiya fakulteti, Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti 2 Talaba, XT 2201U09, Xorijiy til va adabiyoti yo' nalishi, Tarix va Filologiya fakulteti,Toshkent, Amaliy Fanlar Universiteti 1Email: [email protected]; 2Email:[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13166961 Annotatsiya: Ushbu maqolda yosh o'quvchilarga xorijiy tillarni o'qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar haqida ma'lumotlar keltirilgan, shuningdek chet tillarini o'qitishda zamonaviy yondashuvlar va interfaol o'yinlarni qo'llash natijasida, o'quvchilarda mantiqiy fikrlash, tinglash, tez va to'g'ri javob berish malakasini shakllantirish, nutqni rivojlantirish, chet tilini o'zlashtirishga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otish, darslarda faol bo'lishini ta'minlash usullari haqida fikr yuritilgan. Bir nechta zamonaviy innovatsion uslublar o'rganilgan.
Kalit so'zlar:chet tili, zamonaviy yondashuvlar,innovatsiyalar,AKT, interfaol o'yinlar,metodlar, ta'lim texnologiyalari, mantiqiy fikrlash.
1 KIRISH
Hozirgi kunda chet tilini o'rganish hamda o'rgatish masalasining dolzarbliligi tobora rivojlanib bormoqda. Xususan, bu borada birinchi navbatda chet tilidagi og'zaki nutqni o'rganish, uni har jabhada tatbiq etish va keng miqyosda rivojlantirish borasida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.
Mamlakatimizda bugungi kunda chet tiliga bo'lgan talab juda ham jadal rivojlanmoqda. Nafaqat oliy ta'limda, maktab va kollej, litseylarda balkim maktabgacha bo'lgan ta'limda ham chet tillariga bo'lgan ehtiyoj ortmoqda.
2022-yil 19-may kuni Prezidentimizning yurtimizda chet tillarni, jumladan, ingliz tilini o'qitish sifati va qamrovini oshirishga qaratilgan "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etildi. Agentlik faoliyat boshlaganiga hali ko'p bo'lmagan bo'lsadada, xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish bo'yicha samarali va rejali ishlar bajarilib kelmoqda.
Pedagogikaning rivojlangan tajribalari va yutuqlarini ta'limga tatbiq etish bugungi kunning muhim shartlaridan biridir.
2 MATERIALLAR VA METODLAR
Bugungi kunda innovatsion ta'lim texnologiyalarining bir necha xil usullari mavjud. Ulardan darslarda mavzuni yoritishda keng va turli usullaridan
foydalanilsa, darsning samaradorligi yuqori bo'ladi va o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishlarining ortishi ham ta'minlanadi. Ta'lim jarayoniga yangiliklarni olib kirish va ularni tatbiq qilish orqali ta'lim samaradorligini oshirish nazarda tutiladi. Chet tili darslarining o'qitilishida turli rolli, harakatli o'yinlardan foydalanish ham darsga ham til o'rganishga bo'lgan qiziqishni ortishiga sabab bo'ladi.
Ta'lim jarayonida grafik organayzerlardan foydalanish mavzuni yoritishda, uni o'quvchilarga yetkazib berishda eng muhim vositalardan biri hisoblanadi. Bir mavzuni yoritishda bir necha xil grafik organayzerlardan foydalanish ham mumkin. Chet tilini o'qitishda grafik organayzerlardan foydalanib, mavzuga oid yangi so'zlarni, grammatik qoidalarni tushuntirish muhim hisoblanadi. Grafik organayzerlar orqali bular berilsa, yodda saqlanib qolishi ham oson va qulay bo'ladi.
Chet tilini o'qitish jarayonida turli xil jadvallardan foydalanishning ham samarasi yuqoridir. Ta'lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o'quvchilar ma'lum bir grammatik qoidani,masalan, zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so'zlarni joylashtirib chiqishi mumkin.Chet tilini o'rganishga ehtiyoj yuqori bo'lgan bir davrda, ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innovatsion ta'lim
texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonning samarali bo'lishiga sabab bo'ladi. Innovatsion ta'lim texnologiyalarning samaradorligi ularning ta'lim jarayonida to'g'ri va unumli foydalanish bilan belgilanadi.
3 NATIJALAR VA MUHOKAMA
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
Respublikamizda chet tilining o'qitilishi, chet tili o'qituvchilarining bilim va ko'nikmalarini baholashning umumyevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko'ra umumta'lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o'quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlangan. Chet tili o'rganishga bo'lgan talab ham kundan kunga dolzablik masalaga aylanib bormoqda. Chet tili fani to'rt aspektga (o'qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish) bo'linib, ularning har biri bo'yicha alohida tushuncha va ko'nikmalar berilmoqda. Ta'lim texnologiyalari, bu ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish hisoblanadi. Shuningdek, ta'lim jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta'lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o'rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning o'ziga xos afzalliklari mavjuddir. Til o'rganish va o'qitishda zamonaviy texnologiyaning roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o'rganishning har bir aspekt (o'qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish)ida qo'l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish ancha muarakkab bo'ladi. Tinglab tushunish til o'rganishning eng muhim qismlaridan biri hisoblanib, bunda o'quvchi bir paytning o'zida so'zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so'z boyligi va uning ma'nolariga e'tibor berishi talab qilinadi.
Ta' lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o'quvchilar ham axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil bo'lib hisoblanadi.
Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o'rgatish va o'rganish eng samarador usullar hisoblanadi.
Bu jarayonda, jumladan:
- kompyuterlardan foydalanganda o'quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko'rishi ham eshitishi mumkin;
- chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniyedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin; - ancha an'anaviy usul hisoblanadigan magnitofon va kassetalardan foydalanish;
- CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o'quvchilarning chet tilini o'rganishlari jarayonini samaraliroq va qiziqarliroq bo'lishini ta'minlaydi.
Bugungi kunda maktablarda interfaol o'yinlar orqali dars o'tish an'anaga aylanib bormoqda. Ma'lumki, darsning turli xil o'yinlar asosida o'tilishi o'quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va ko'nikmalarini oshirish va kuchli bo'lishlarini ta'minlaydi.
O'yin texnologiyasidan foydalanishning asosini o'quvchini faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil qiladi. Psixologlarning ta'kidlashlaricha, o'yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o'zini namoyon qilish, hayotda barqaror o'rnini topish, o'zini o'zi boshqarish, o'z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Har qanday o'yin zamirida umumiy qabul qilingan ta'lim prinsiplari, taktikasi yotishi kerak. O'quv o'yinlariga o'quv predmetlari asos qilib olinishi kerak. O'yinlar jarayonida o'quvchi oddiy darsga qaraganda bu mashg'ulotga qiziqibroq yondashadi va bemalol faoliyat ko'rsatadi. Ta'kidlash lozimki, o'yin eng avallo, o'qitishning bir usulidir. O'quvchilar o'yinli darslarga qiziqib qatnashadilar, g'alaba qozonishga intiladilar, o'qituvchi ular orqali o'quvchiga ta'lim-tarbiya ham beradi. O'quvchi inglizcha o'yin o'ynab, gapira olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza olarkanman, deb ishonadi, qiziqadi.
Ingliz tilini o'qitishda turli-xil o'yinlar orqali o'rgatishning o'rni boshqachadir.O'yinlar dasturlarni qiziqarli va hayajonli qiladi. Ular o'quvchilarning so'z boyligini yaxshilashga yordam beradi. Shuningdek, o'yinlar xotirani, chaqqonlikni, topqirlikni rivojlantiradi. Hattoki o'zlashtirishda qiyinchiligi bor o'quvchilarni ham darslarda faol qatnashishiga yordam beradi.
Boshlang'ich sinflarda ingliz tili darslari yoshiga mos videolar va qiziqarli o'yinlar bilan boy bo'lishi zarur. 1- sinflarda asosan fizik harakatli, psixologik va ranglar bilan ishlash lozim. 2-3-4- sinflar bilan esa yozuvlar qo'shilgan holda misol uchun biror bir ularning darajasiga to'g'ri keladigan ingliz tilidagi so'zning biror bir harfini tushirib qoldirish orqali mashqlar bajartirish mumkin. Misol:
1. C_T (CAT)-R_N (RUN)
2. B_D ( BAD)-C_T (CUT)
3. R_T (RAT)-H_T (HAT)
Bu o'yin natijasida o'quvchilar imloviy xatolar qilmaslikni o'rganishadi.
Yana eng qiziqarli bo'lgan fizik harakatlarga boy, musiqa yordamida o'rgatiladigan o'yinlar dan biri bu:
HEAD- SHOULDER AND EYES AND EARS
KNEES AND TOES AND MOUTH AND NOUSE
KNEES AND TOES AND HEAD- SHOULDER
HEAD- SHOULDER AND KNEES AND TOES
KNEES AND TOES AND KNEES AND TOES
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
KNEES AND TOES
Bu musiqali o'yin orqali o'quvchilar musiqada aytilgan tana a'zolarini ko'rsatish orqali yangi so'zlar va tez harakat qilishni o'rganishadi. Yuqori sinflar boshlang'ich sinflardan bilim va yosh jihatidan katta bo'lganliklari sababli ular uchun o'zlariga mos bo'lgan interfaol o'yinlar qo'llaniladi.Ulardan biri "Tounge Twister". Bunda o'quvchilar ingliz tilida tez aytish aytadilar va buning natijasida ularda ingliz tilida gapirish qobiliyati oshadi.
Tounge Twisters:
1."FUZZY WUZZY WAS A BEAR. FUZZY WUZZY HAD NO HAIR. FUZZY WUZZY WASN'T FUZZY, WAS HE?"
2."CAN YOU CAN A CAN AS A CANNER CAN CAN A CAN?"
3."EDDIE EDITED IT"
Yana bir qiziqarli o'yinlardan biri bu " Remember 3 words".
Bu o'yin yangi so'zlarga doir bo'lib varoqchalardan foydalaniladi. Sinfda o'quvchilar 2 guruhga bo'linishadi va har bir guruhdan bittadan vakillar chiqishadi. O'qituvchi ularga 3 ta so'zni 1 marotaba aytadi va o'quvchilar u so'zlarni eslab qolishlari va varoqlarda yozilgan turli so'zlar orasidan izlab topishlari lozim. Misol uchun yangi mavzu "Study" bo'lsa, unga doir 3 so'z " book, teacher, school".
Guruh vakillarida qay birlari birinchi bo'lib bu so'zlarni topsalar shu guruh 1 balni qo'lga kiritadilar. Bu o'yin orqali o'quvchilar yangi so'zlarni oson va qiziqarli tarzda yod oladilar va yana ularda eshitish va eslab qolish qobiliyatlari ham rivojlanadi.
"Picture dictation" bu ham juda qiziq mashg'ulot hisoblanadi. Bu katta sinflar uchun ham kichik sinflar uchun ham mos keladi.ushbu o'yin davomida o'qituvchi o'qituvchi o'z tasavvuri doirasida biror bir rasmni diktant qilib tasvirlab beradi. O'quvchilar esa uni diqqat bilan tinglashlari kerak va o'qituvchi tasvirlagan narsalarni o'z tasavvurini ishga solib, qog'ozga chizishi kerak. Jarayon davomida o'qituvchi sinfdagi o'quvchilarning bilim darajasiga qarab, turli qiyinchiliklardagi so'zlardan foydalanadi va ushbu so'zni qo'llanilishi o'rni bo'yicha ham o'quvchilarga tushuncha berib o'tadi masalan o'ri-joy predloglari: at, in, on the right, on the left, at the top of..., at the bottom of..., in the background, in the middle of..
Biz bilamizki, hozirgi ta'lim jarayonida o'quvchi subyekt bo'lishi lozim. Bunda ko'proq interfaol metodlarga e'tiborni qaratish ta'lim samaradorligini oshiradi. Ingliz tili darslariga qo'yilgan eng muhim talablardan biri talabalarni mustaqil fikrlashga o'rgatishdir. Bugungi kunda ingliz tili o'qituvchilari Amerika Qo'shma Statlari, Angliya pedagoglari
tajribasiga tayangan holda quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelishmoqda:
- "Muammoli vaziyat yechimi" (Creative Problem Solving) bu usulni qo'llash uchun hikoyaning boshlanishi o'qib beriladi qanday yakun topishi o'quvchilar, talabalar hukmiga havola qilinadi;
- "Quvnoq topishmoqlar" (Merry Riddles) o'quvchilarga topishmoqlar o'rgatish Ingliz tilini o'rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o'zlariga notanish bo'lgan so'zlarni o'rganadilar va o'ylab topishmoq javobini topadilar;
- "Tezkor javob" (Quick answers) o'tilgan dars samaradorligini oshirishda yordam beradi;
- "Chigil yozdi" ("Warm-up exercises") o'quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil o'yinlardan foydalanish;
- "Pantomima" (pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo'lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib, talabalar charchagan paytda foydalanilsa bo'ladi;
- "Hikoya zanjiri" (a chain story) usuli o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirishda yordam beradi;
- "Rolli o'yinlar" (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida qo'llanilishi mumkin. Hunarga o'rgatish uchun "Interpretter", "Translator", "Writer", "Poet" kabi kasbdagi kishilar darsda ishtirok etishib o'quvchilar bilan suhbatlashishlari mumkin;
- "Allomalar yig'ini" (Thinkers meeting) U.Shekspir, A.Navoiy, R.Burns kabi shoirlar va yozuvchilarni "taklif qilish" mumkin. Bunday paytda ular aytib ketgan hikmatli so'zlardan darsda foydalanish yoshlarni komil inson bo'lib tarbiyalanishiga yordam beradi;
- "Rasmlar so'zlaganda" (When pictures speak) usuli ancha qulay bo'lib, ingliz tilini o'rgatishda, talaba, o'quvchilarning og'zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim;
Chet tillarni o'rganishda o'qituvchining turli rollarda namoyon bo'lishi shubhasiz ta'lim samaradorligini oshiradi, o'quvchilarni turli vaziyatlarga tayyorlashda yordam beradi, chet til darslariga bo'lgan qiziqishni ko'paytiradi, turli ta'lim texnologiyalarining samarasini oshirishga xizmat qiladi. Albatta har qanday holatda ham o'qituvchi dars uchun mas'uliyatni o'z zimmasida saqlab qoladi, ammo vaziyat talabiga ko'ra u yoki bu rolni bajarish bilan o'z zimmasidagi yukni kamaytishga va ayni vaqtda chet tili o'rganishni soddalashtirishga erishishi mumkin.
Masalan faqatgina boshqaruvchilik rolini bajarish o'qituvchini charchatib qo'ysa, o'quvchilarning ijodiy salohiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. So'zlarni
. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE
55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF
I Li I ™ ^ЭТ CENTURY
TASHKENT, 6-8 MAY 2004
tarjimasini to'g'ridan-to'g'ri aytib berish o'quvchini dangasa qilib qo'ysa, harakat yoki realiyalar bilan so'zni tushunish yoki tushunishga yo'naltirish fikrlash qobiliyatini rivojlanishiga olib keladi. O'quvchilar bilan bir xil vazifada faoliyat olib borish bilan o'qituvchi kundalik yumushlarini yengillashtirsa, o'quvchilarning yaratuvchanlik qobiliyatlarini yuzaga chiqishi hamda o'z ustida mustaqil ishlashga rag'bat paydo bo'lishiga xizmat qiladi. O'z ustida ishlaydigan o'qituvchi bilim va ko'nikmalarini rivojlantirib boradi, shuning uchun ham o'quvchilar bilan ishlaganda qiyinchiliksiz asosiy axborot manbai vazifasini bajaradi. Chet tillarni o'rgatishda ushbu rollardan o'rinli foydalanish o'qituvchining qanchalik mohir ekanligidan darak beruvchi omil hisoblanadi. So'ngi so'z o'rnida shuni aytish mumkinki, ta'lim jarayoniga AKT ning keng tatbiq qilinishi yangi imkoniyatlarga eshik ochib bergani bilan o'qituvchi mahoratini to'lig'icha o'rnini bosa oladigan texnologiya hanuz yaratilgani yo'q. XULOSA
Chet til o'rganish ko'p qirrali ta'limot bo'lib, bu jarayonda inson murakkab psixologik o'zgarishlarni boshdan kechiradi. Jumladan ona tili bilan chet tilini taqqoslash jarayoni yuzaga keladi. Bu jarayonda o'rgatishning turli metod va texnologiyalaridan foydalaniladi. Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo'llash natijasida o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to'g'ri javob berish malakasi shakllanadi.Bunday usullar o'quvchida bilimga ishtiyoq uyg'otadi. O'quvchi darslarga puxta hozirlik ko'rishga intiladi. Bu esa o'quvchilarni ta'lim jarayonining faol subyektlariga aylantiradi.
Ta'lim tizimi o'z oldiga erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shaxsni tarbiyalashni vazifa qilib qo'yar ekan, kelgusida biz bo'lajak o'qituvchilar innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo'llarini yanada mukammalroq ishlab chiqishimiz bilan o'z hissamizni qo'shishimiz mumkin. Xulosa qilib aytish joizki, bugungi rivojlanayotgan davrda chet tillarini o'qish va o'qitishga katta e'tibor berish bilan birgalikda yangi metodlarni, innovatsion g'oyalar, texnologiyalarni ko'paytirish ham talab qilinmoqda va darslarda birxillikni oldini olish maqsadida o'quvchilar uchun yanada aniq, tushunarli bo'lishi maqsad qilib qo'yilmoqda. Xususan, texnologik vositalar chet tili o'rganishning har bir qobiliyat (o'qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish) ga osonlik bilan yordam beradi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
[1] Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022-yil 6-may kuni chet tillarini o'qitish tizimini takomillashtirish
chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig'ilishi. Yuz.uz sayti.
[2] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori
[3] A.A.Parmonov "TA'LIM JARAYONIDA AKT IMKONIYATLARI". Ta'lim, fan va innovatsiya jurnali 2021 yil 2-son.
[4] M. Xodjayeva, M. Qahhorova "Chet tilini o'qitish metodikasi." Fan va texnologiya nashriyoti" Toshkent. 2013
[5] G'aniyeva, H. (2021). Chet tilini o'qitishda zamonaviy yondashuvlar.Maktabgacha ta'lim jurnali, 4(Preschool education journal).
[6] Amonkulovich, R. A. (2023). Ingliz tilini o'qitishning innovatsion usullari. , 21(3), 21-24
[7] Mamayoqubova, S. O., Raxmonova, N. R., & Abduraxmonova, G. M. (2023). Kichik yoshdagi bolalarga ingliz tilini o'qitish metodikasi. Journal of new century innovations, 22(1), 73-76.
[8] Kalmurzaevna, U. A. (2022).Ingliz tilini o'qitish samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
[9] www.ru.wikipedia.org
[10] www.lex.z.com
[11] www.regulation.gov.uz
[12] www. api.worldanimalprotection. org
[13] www.washingtonpost.com