Научная статья на тему 'GEOGRAFIYA DARSLARIDA MULTIMEDIALI TAQDIMOTLARDAN (PREZI DASTURI) FOYDALANISH IMKONIYATLARI'

GEOGRAFIYA DARSLARIDA MULTIMEDIALI TAQDIMOTLARDAN (PREZI DASTURI) FOYDALANISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
236
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot taʼlim resurslari / internet / televizor / video / telefon / kompyuter / intelektual o‘yinlar / Prezi dasturi / multimedia.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ibragimov N.Y., Xamroyeva F.A.

Mazkur maqolada geografiya taʼlimi jarayonida multimediali taqdimotlardan foydalanishning dolzarbligi va oʻziga xos jihatlari haqida batafsil fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GEOGRAFIYA DARSLARIDA MULTIMEDIALI TAQDIMOTLARDAN (PREZI DASTURI) FOYDALANISH IMKONIYATLARI»

UO'K: 37.026

Ibragimov N. Y.

Xamroyeva F.A.

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

GEOGRAFIYA DARSLARIDA MULTIMEDIALI TAQDIMOTLARDAN (PREZI DASTURI) FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Annotatsiya. Mazkur maqolada geografiya ta'limi jarayonida multimediali taqdimotlardan foydalanishning dolzarbligi va o'ziga xos jihatlari haqida batafsil fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: axborot ta 'lim resurslari, internet, televizor, video, telefon, kompyuter, intelektual o'yinlar, Prezi dasturi, multimedia.

Ibragimov N. Y.

Khamroeva F.A.

Uzbek - Finnish pedagogical institute

POSSIBILITIES OF USING MULTIMEDIA PRESENTATIONS (PREZI PROGRAM) IN GEOGRAPHY LESSONS

Annotation. This article discusses in detail the specific aspects of the relevance of using multimedia presentations in the process of geography education.

Key words: information and educational resources, Internet, television, video, phone, computer, intellectual games, Prezi program, multimedia.

Dunyo miqyosida ta'lim jarayonida axborot texnologiyalarini joriy etish, ularning didaktik asoslarini o'rganib yangi usul, vositalarni ishlab chiqish metodikasi takomillashib bormoqda. 2030 yilgacha belgilangan xalqaro ta'lim konsepsiyasida "butun hayot davomida sifatli ta'lim olishga imkoniyat yaratish" [1] dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Bu ta'lim tizimida pedagoglar, jumladan geografiya fani o'qituvchilarining kasbiy faoliyatida metodik tayyorgarligini oshirish, o'quvchilarni ijodiy tafakkurini rivojlantirishga yo'naltirilgan texnologiyalardan foydalanish imkoniyati tobora kengayib bormoqda.

O'quvchilarga geografiya fanini o'rgatishda axborot ta'lim resurslaridan foydalanish iqtidorli o'quvchilarning intellektual salohiyatini o'stirish bilan bir qatorda ularning ijodiy tafakkurini rivojlantiradi hamda fanga bo'lgan qiziqishini oshiradi. Axborot texnologiyalari ta'lim jarayonining ajralmas qismiga aylanishi uchun avvalo o'quvchilarning axborot kompetensiyasini shakllantirish lozimdir. Geografiya fani o'qituvchisi fanga oid multimediali elektron dasturlardan keng foydalanish orqali o'quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini ya'ni, geografiya faniga oid axborot manbalaridan (internet, televizor, radio,

audio va video yozuv, telefon, kompyuter, va boshq.) foydalana olish ko'nikmalarini rivojlantiradi.

Geografiya fani o'qituvchisi har bir mavzuni zamonaviy kompyuter imkoniyatlaridan foydalanib, dars mashg'uloti jarayonida esa o'tilayotgan mavzuga oid elektron dars ishlanmasidan, elektron o'quv filmidan yoki videofilmdan, didaktik materiallardan foydalanish samaradorlikning oshishiga olib keladi [2].

Geografiyani o'qitishda multimedia texnologiyalari asosida intellektual o'yinlarni tashkil etish o'quvchilarda tezkorlik, ijodiy ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradi [3].

Multimediali taqdimotlar - bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma'lumotlar, rasmlar, slayd-shou, audio, videoparcha va animatsiya, uch o'lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta'minotdir. Prezi dasturi- taqdimotlar yaratish uchun ajoyib xizmat dasturi hisoblanadi. Uning yordami taqdimotni tahrirlash va yaratish mumkin. O'qituvchi ijodkorligiga qarab multimediali taqdimotlar tayyorlab namoyish qilishi uchun dasturda tayyor shablonlarning juda katta tanlovi mavjud. Prezi.com - bu Web-xizmat bo'lib, u orqali interaktiv multimedia taqdimotlari yaratiladi. Prezi.com da ishlash uchun avval ushbu saytdan ro'yxatdan o'tiladi. Uning Public free, Enjoy va Pro kabi tariflari mavjud. Prezi dasturi asosida tayyorlangan multimediali taqdimotlarning ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya'ni belgilangan shaklda o'zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir.

Multimediali taqdimot ma'lumotni to'g'ridan to'g'ri qabul qiladi va foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma'lumotlarni ko'radi va o'zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Multimediali taqdimot bir necha o'n minglab sahifalarni o'z ichiga olgan matn, rasm va tasvirlar, bir necha soatga cho'ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch o'lchamli grafikalarni o'z ichiga olgan bo'lishiga qaramay, ko'paytirish xarajatlarining kamligini va saqlash muddatining uzoqligini ta'minlaydi.

Geografiya faniga oid taqdimotlarni ko'plab uchratamiz ammo Prezi dasturi asosida fanga oid multimediali taqdimotlar soni sanoqli darajada desak mubolag'a bo'lmaydi. Bunday taqdimotlardan dars jarayonida foydalanish o'quvchilarning axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantiradi hamda ularning individual faoliyat samaradorligini oshiradi. Shuningdek, o'quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish ta'limni axborotlashtirishning zamonaviy texnologiyalari va vositalarini ishlab chiqish va qo'llash bo'yicha malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.

Xulosa qilib aytganda, multimediali taqdimotlardan foydalanish asosiy ta'lim vazifasidan tashqari o'quvchining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, dunyoqarashini kengaytiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Inncheon declaration/Education 2030: Towards inclusive and euitable quality education ang lifelong learning for all (Word Education Forum, 19-22 may 2015, Incheon, Republic of Korea).

2. Ф.Хамроева. Табиий географик фанларни укитишда таълим порталларининг ахдмияти. Проблемы и перспективы комплексных географических исследований в Аральском регионе и сопредельных территориях. Материалы Международной научно-практической конференции. - Нукус, 2018.

3. Ф.Хамроева., Д.Х.Усмонова. Географияда мультимедиа технологиялари асосидаги интерактив уйинлардан фойдаланиш. Geografik tadqiqotlar: innovatsion g'oyalar va rivojlanish istiqbollari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. Toshkent 2022

4. https://blog.prezi.com/how-prezi-empowers-educators/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.