Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINFLARDA SAMARALI BILIM BERISH MAQSADIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VOSITALARIDAN FOYDALANIB DARSNI TASHKIL ETISH'

BOSHLANG’ICH SINFLARDA SAMARALI BILIM BERISH MAQSADIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VOSITALARIDAN FOYDALANIB DARSNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1417
148
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / tarbiya / axborot kommunikatsiya texnologiyalari / elektron taqdimotlar / ko’rgazmalar / education / training / information and communication technologies / electronic presentations / exhibitions

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Olimova, Dilshodaxon Baxtiyorjon Qizi

Maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilimini takomillashtirishga qaratilgan, hozirgi kunda keng qo’llaniladigan kompyuter texnologiyalaridan foydalanib darsni tashkil qilish, natijada samarali bilim berish haqida fikrlar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZING LESSONS WITH MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES FOR EFFECTIVE EDUCATION IN PRIMARY SCHOOLS

The article focuses on improving the knowledge of primary school students, the organization of lessons using computer technology, which is widely used today, and, consequently, the idea of effective teaching.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINFLARDA SAMARALI BILIM BERISH MAQSADIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VOSITALARIDAN FOYDALANIB DARSNI TASHKIL ETISH»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

BOSHLANG'ICH SINFLARDA SAMARALI BILIM BERISH MAQSADIDA

ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VOSITALARIDAN FOYDALANIB DARSNI TASHKIL ETISH

Olimova Dilshodaxon Baxtiyorjon qizi

Qo'qon davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilimini takomillashtirishga qaratilgan, hozirgi kunda keng qo 'llaniladigan kompyuter texnologiyalaridan foydalanib darsni tashkil qilish, natijada samarali bilim berish haqida fikrlar yuritilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, elektron taqdimotlar, ko 'rgazmalar.

ABSTRACT

The article focuses on improving the knowledge of primary school students, the organization of lessons using computer technology, which is widely used today, and, consequently, the idea of effective teaching.

Keywords: education, training, information and communication technologies, electronic presentations, exhibitions.

АННОТАЦИЯ

Статья посвящена вопросам повышения уровня знаний учащихся начальных классов, организации уроков с использованием компьютерных технологий, которые сегодня широко используются, в результате чего обеспечивается эффективное обучение.

Ключевые слова: образование, обучение, информационные и коммуникационные технологии, электронные презентации, выставки.

KIRISH

Ilm-fan - taraqqiyot asosi. Zamonaviy ilm-fan yutuqlariga, innovatsion g'oyalarga tayanmagan davlatning ham, jamiyatning ham kelajagi yo'q. Faqat ilm va ma'rifat, intellektual salohiyat, har tomonlama bilimli kadrlar hisobidan biz O'zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqa olamiz[1].

Bugungi kun o'qituvchisiga barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek mas'uliyatli vazifa yuklangan bo'lib, ta'lim mazmunini takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni belgilab olish, zamon bilan hamnafas bo'lib, ta'limning zamonaviy texnologiyalarini joriy etgan holda o'quvchilarda o'z faniga qiziqish uyg'otishlari,

Scientific Journal Impact Factor

hurmat-ehtirom tuyg'ularini shakllantirib borishlari talab etiladi. Ta'limda ijobiy natijalarga erishish, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilim asoslarini puxta o'rgatish, ularda dunyoqarash hamda tafakkur ko'lamini kengaytirish, ma'naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish borasidagi ta'limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish bilan belgilanadi. Bu borada ta'lim-tarbiya jarayoniga ko'plab o'zgartirishlar kiritilmoqda, yangicha yondashuvlar tadbiq etilmoqda. Shulardan biri, axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib dars o'tishda mashg'ulotlar samaradorligini oshirishga erishish hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta'lim muassasalarining moddiy texnik va axborot bazasini mustahkamlash, o'quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o'quv adabiyotlari va ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash uzluksiz ta'lim tizimini axborotlashtirish masalasi alohida qayd etilgan. Bundan kelib chiqqan holda ta'lim jarayoniga axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish davr talabi hisoblanadi. Darslarni ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, o'quvchilarni mustaqil ravishda faoliyat ko'rsata olishga, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga o'rgatish, o'qitilayotgan fanni o'zlashtirish sifatini oshirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu borada boshlang'ich ta'limni o'qitishda ham turlicha uslublar qo'llanilmoqda. Shulardan biri zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Zamonaviy axborot texnologiyalarning jadal taraqqiy etib, ta'lim sohasiga jadal kirib kelishi, hayotimizda muhim ahamiyatga ega bo'lib borayotgani bu boradagi bilim va malakalarimizni ham mos ravishda shakllantirishni taqozo etadi. Shuning uchun, boshlang'ich sinflarda kompyuterdan foydalanib dars o'tish tavsiya qilindi. Dars jarayonining muhim yutuqlaridan biri kompyuter texnologiyalari komponentlaridan foydalanishni ta'minlovchi dasturiy vositalarning yaratilishi bo'ldi. Ayniqsa, o'quv jarayonining tashkil qilishda bu dasturiy vositalar alohida ahamiyatga ega. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun yaratilgan elektron darslik, qo'llanma va taqdimotlardan o'quv jarayonida keng foydalanilmoqda. Elektron taqdimotlardan darsda namoyish va ko'rgazmali material sifatida foydalanish o'qituvchiga katta yordam beradi. O'quv materialining elektron taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o'tilayotgan mavzuni tushunishni yengillashtiradi va ko'rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o'quvchilarga tarqatma material sifatida ham berish mumkin. Elektron darslikdan mustaqil ta'lim olishda va o'quv materiallarini har tomonlama samarali o'zlashtirishda foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning

Scientific Journal Impact Factor

o'quv materiallari o'quvchiga interfaol usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o'rinli foydalaniladi[2]. Mamlakatimizda ta'lim tizimida maktab fanlarini o'qitishda AKTdan samarali foydalanish dolzarb masaladir. Aynan axborot texnologiyalari ta'limning universal vositasi hisoblanib, nafaqat o'quvchilarda bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish imkonini beradi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga qiziqishlarini qondiradi. AKT ning jadal rivojlanayotganligini bugungi kunda barcha oliy ta'lim muassasalarining kredit- modul, maktablarning esa kundalik com tizimiga o'tishi bunga yaqqol misol bo'la oladi.

Pedagogik va psixologik tadqiqotlarda shu narsa ta'kidlanmoqdaki, AKT o'quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta'sir etadi. O'quvchining xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o'quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o'zlashtirilishiga yordam beradi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta'lim jarayoniga joriy etilishidan asosiy maqsad - aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo'lgan o'quv faoliyatlarining yangi turlarini paydo bo'lishidir.

Ma'lumki, boshlang'ich ta'lim - ta'lim tizimining poydevori hisoblanib, o'quvchilarni o'qitish sifati unga bog'liq bo'ladi va bu boshlang'ich maktab o'qituvchisi zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi. Uzoq vaqt davomida ta'lim tizimida boshlang'ich maktab «ko'nikmalar maktabi» bo'lib keldi, ya'ni o'quvchi keyingi ta'lim olish uchun o'qish, yozish, hisoblash kabi asosiy ko'nikmalarni o'zlashtirishi kerak bo'lgan ta'lim bosqichi sifatida qaralgan. Bugungi kunda u ta'lim tizimida bolaning birinchi tajribasi - ta'lim olish kuchlarini sinash joyi bo'lib qolishi kerak. Ushbu bosqichda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini saqlab qolish va bola ta'lim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish, uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim.

AKTdan foydalanilganda ta'limda shaxsga yo'naltirilgan yondashuvni amalga oshirish oson bo'lib qoldi, butun o'quv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo bo'ldi. Dars jarayonida tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta'limi dasturlaridan, o'quv va sinfdan tashqari ishlarda Internet tarmog'i vositalaridan foydalanib, multimediali ta'lim dasturlari va taqdimotlar, loyihalar yaratildi. Axborot texnologiyalarini barcha o'quv fanlarda qo'llash mumkin. Darslarda o'quv va o'yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Boshlang'ich sinflar o'quvchilari uchun turli didaktik materiallar to'plamidan foydalanib, ko'rgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unda fanga oid qoidalarni joriy o'rganish va umumlashtirilgan

Scientific Journal Impact Factor

takrorlash uchun 3ta variantlarda berilgan grammatika-orfografik mavzular bo'yicha boy va turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi.

AKTdan foydalanish yillari davomida 1-sinfdan 3-sinfgacha matematika, o'qish, ona tili, deyarli barcha mavzulari va boshqa o'quv fanlari bo'yicha qator turli testlarni tayyorlash mumkin. Endi darslarda faqat bosma shakldagi emas, balki kompyuterli testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib bo'lishi bilan darhol bahosini olishga imkon beradi, bahoni kompyuterning o'zi taqdim etadi, u yoki bu mavzu bo'yicha kamchiliklarini aniqlashlariga imkon beradi.

Maktabda mavjud bo'lgan Internet tarmog'i ishimizda katta yordam ko'rsatadi. Internet - bu global axborot tizimi ekanligi barchaga ma'lum. U elektron pochta, izlash tizimlarini o'z ichiga oladi va turli axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Undan kerakli axborotlarni topish, qayta ishlab chiqish va ularni ko'paytirib, barcha kompyuterlarga o'rnatib bolalarga mustaqil juftlikda, guruhda, individual ishlashni taklif etish mumkin. O'quvchilarga turli xildagi topshiriqlarni taklif etish: tadqiqot o'tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot tayyorlash, jadvalni to'ldirish imkoni paydo bo'ladi.

Axborot olishning boshqa bir usuli - dars davomida bevosita Internetdan axborot olish hisoblanadi. Internetdan avvaldan kerakli materialni topish, darsda esa uni o'quvchilarga ko'rsatish mumkin. Ishni o'rganilgan material bo'yicha dialog ko'rinishida olib borish mumkin.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari Internetdan mustaqil foydalanishni, kerakli axborotni tanlashni, uni saqlab qolish va taqdimotlar tuzish yoki turli xildagi loyihalarni ishlab chiqish va bajarishda keyingi ishlarida foydalanishni biladilar. 2-sinfdanoq o'quvchilar faqat daftarda emas, balki bevosita kompyuterda ham topshiriqlarni bajara oladilar. O'quvchilar kompyuter bilan ishlash birinchi ko'nikmalarni oladilar, o'zlarining nazariy bilimlarini doimiy chuqurlashtirib va amaliy ko'nikmalarini takomillashtirib boradilar.

Boshlang'ich sinflarda fikrlash operatsion uslubini shakllantirishda informatika kursining roli juda muhim. Informatikaning ushbu roli harakatlari tuzilishini rejalashtirish, axborot izlash, muloqotni rejalashtirish, axborot modellarini qurish, faoliyatni vositalashtirish kabi dastlabki ko'nikma va malakalar to'plami ko'rinishida qaraladi. Kompyuterni o'qishda yordamchisi, ijodkorlik, o'zini ifoda etish va rivojlantirish vositasi sifatida tushunish katta ahamiyatga ega. Boshlang'ich maktabda kompyuterni o'zlashtirib o'quvchilar undan o'z faoliyatlari vositasi sifatida boshqa sinflarda ham foydalanishlari mumkin, kompyuterni qo'llash bilan olib boriladigan darslar ularda qiyinchilik tug'dirmaydi.

Scientific Journal Impact Factor

XULOSA

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o'quvchilarni qiziqarli olamga olib kirishda o'qituvchining imkoniyatlarini kengaytiradi, bunda o'quvchilar axborotlarni mustaqil ravishda izlab topadilar, oladilar, tahlil qiladilar va boshqalarga yetkazadilar. Bolani axborot bilan ishlashga, o'qishga o'rgatish -zamonaviy boshlang'ich sinflarning muhim vazifasi hisoblanadi. Boshlang'ich sinflar ta'lim jarayonida AKTdan foydalanish faqat asosiy yo'nalishlari shakllanadi. O'quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini tashkil etishda AKTdan keng foydalanish birinchi navbatda, bu turli hisobotlarni tayyorlash, sinfdan tashqari tadbirlarni o'tkazish va shu kabilardan iborat bo'ladi[3].

REFERENCES

1. Akmalova, P. D. (2019). The concept of moral personality development in creativity of thinkers of central asia. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 9(1), 135-141.

2. Ma^HTOB, M. (2021). KHTOEXOHHHK-fflAXCHH Y3-Y3HHH TAPEKftftAffl ^APAEHHHHHr MYXHM OMKH-HAPH^AH BHPH. Scientific progress, 2(1), 1081-1086.

3. Mirziyoyev Sh.M. 07.12.2017 kuni davlat mukofotlarini tantanali topshirishga bag'ishlangan yig'ilishdagi nutqidan.

4. http://uz.infocom.uz/2012/10/30/boshlangich-sinflarda-akt/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.