Научная статья на тему 'GADOIY MEROSI VA IJTIMOIY MUHIT MASALASI'

GADOIY MEROSI VA IJTIMOIY MUHIT MASALASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
san’atlar / poetika / devon / g‘azal / tuyuq / qit’a / ruboiy / qasida / janr / doston

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Aslanova Hafiza Abduraximovna

Maqolada XV asr turkiy ijodkorlaridan Gadoiy lirikasi haqida so‘z boradi. Shoirning yagona devoni – “Devoni Gado” Parijdagi 981-raqamli inventar ostida saqlanib kelinmoqda va uning fotonusxasi esa 1968-yilda professor H.Sulaymon tomonidan O‘zbekistonga keltirilib, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi fondiga topshirilgan. Maqolada Gadoiy ijodiy merosi va uning poetikasi tahlil etiladi. Uning badiiy san’atlardan foydalanishlik mahorati haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GADOIY MEROSI VA IJTIMOIY MUHIT MASALASI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

GADOIY MEROSI VA IJTIMOIY MUHIT MASALASI

Aslanova Hafiza Abduraximovna

Samarqand davlat chet tillar instituti dotsenti, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori E-mail: hafi@,mail.ru Tel:. +99893-999-52-71

Annotatsiya: MaqoladaXV asr turkiy ijodkorlaridan Gadoiy lirikasi haqida so'z boradi. Shoirningyagona devoni - "Devoni Gado" Parijdagi 981-raqamli inventar ostida saqlanib kelinmoqda va uning fotonusxasi esa 1968-yilda professor H.Sulaymon tomonidan O'zbekistonga keltirilib, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi fondiga topshirilgan. Maqolada Gadoiy ijodiy merosi va uning poetikasi tahlil etiladi. Uning badiiy san 'atlardan foydalanishlik mahorati haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: badiiy san'atlar, poetika, devon, g'azal, tuyuq, qit'a, ruboiy, qasida, janr, doston

https://doi.ors/10.5281/zenodo.13387437

Аннотация: Это статья рассматривает лирику Гадаи творца тюркской поэзии XV века. Единственный деван писателя - «Девони Гадо» находится Парижской библотеке инвентаризационнымномером 981 и его фото копия в 1968 году была привезена профессором Х.Сулаймановым в Узбекистан предоставлена в фонд литературного музея Алишера Наваи. В статье анализируется творческое наследие Гадои и его поэтика. Речь идёт о его навыках использования художественных средств.

Ключевые слова: художественное искусство, поэтика, диван, газели, туюк, китъа, рубои, касида, жанр, поэма.

Abstract: The article deals with the lyrics of Gadoiy, one of the Turkic authors of XV century. The only divan of the poet - "Devoni Gado" in Paris under the inventory number 981 and its photocopy was brought by the professor H.Sulaymon in 1968 and delivered to the fund Alisher Navoiy Literature museum. The article analyzes the creative heritage of Gadoi and his poetics. It is said about his mastery in the use of artistic skills.

Key words: figurative language, poetics, diwan, ghazal, tuyugh, qit'a, (classical forms of poetry found in classical Turkic poetry) and rubai (quatrain), оde, genre, poem.

O'zbek adabiyoti tarixining eng rivojlangan davri bevosita Alisher Navoiy yashagan ijodiy muhitda barkamol cho'qqiga erishdi. Ayni shu davr mumtoz she'riyatimizda juda ko'plab janrlar serjilo tus oldi va barakali ijod namunasi bo'ldi. Shular orasida g'azal, ruboiy, qit'a, qasida an'anaviy janrga aylandi. Janrlarning shoirlar qalamida ommalashishiga xalqning talabi bilan ham belgilanadi. Jumladan, XV asr adabiy muhitida ham g'azalchilik xalqchil she'riyat qolipi vazifasini o'tagan. Unda orifona va oshiqona, rindnoma, pandnoma, his-tuyg'ular benazir san'atlar vositasida ifodalanadi. Tarixiy, ijtimoiy-siyosiy jihatdan g'oyatda

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

murakkab bo'lgan zamonda yashagan shoir Gadoiy ishq mavzusidagi g'azallarida o'zining turmushga, zamonga bo'lgan turli xil qarashlarini ijtimoiy mazmunga ega bo'lgan bayt va misralar orqali ifodalagan. Bunday bayt va misralar Gadoiyning o'zi tartib tergan "Devoni Gado"da anchagina. Mavlono Gadoiyning devoni XV asr devon tartib berish an'anasiga binoan tarkib topgan, ya'ni arab alifbosi asosida g'azallar ketma-ketligi joylashtirilgan va bundan birgina qasida (qo'lyozmaning 152 ab varag'i) hamda mustahzod (149 ab varaq) mustasno. Chunki ular g'azallarning orasida kelgan. Bu esa, devon tartib beruvchining yoki kotibning kichik xatosi sanaladi. Devondagi g'azallar arab alfavitiga mos ravishda (alif) bilan boshlangan (devondagi ilk g'azal hamd va keyingi na't g'azal bundan mustasno, chunki ular nun harflari bilan boshlangan) hamda nun harflari bilan boshlangan) hamda harfi bilan adolangan. Shoirning devonidan o'rin olgan sermazmun, o'ynoqi, rang-barang lirik merosi, shubhasiz, Gadoiyning sal kam bir asrlik umrining turli davrlarida yozilgan, yaratilgan bo'lishi kerak. Chunki, ularning yozilgan vaqtida xronologiyasi noma'lum. Professor Hamid Sulaymonning quyidagi fikrini keltirish o'rinlidir: "Ma'lumki, Sharq xalqlari adabiyotida lirik asarlarning yozilish tarixini she'r ostida ko'rsatish, ayniqsa o'rta asr davrlarida odat bo'lgan emas. Hatto ba'zi shoirlarning o'z qo'li bilan yozilgan avtograf devonlaridagi she'rlarida ham biz zotan tarix ko'rmaymiz. Turkiy va forsiy tilda she'r yozgan shoirlarimiz uzoq zamonlardan beri lirik ijodiyotda traditsiya bo'lib qolgan, g'azal oxirida shoir taxallusini ko'rsatish bilan kifoyalanganlar, xolos" [2, 45-s]. Gadoiy badiiyati mahorati ham albatta chuqur tahlillarga ega sohadir. Uning barakali g'azaliyoti tadqiqi adabiyot tarixida ilmiy izlanishni taqozo etadi. Ularda Gadoiy o'zi kabi ishq ahlini, pok qalbli kishilarni muruvvatsiz, rahm-shafqatsiz, zolim zamonasi xo'rlab, azoblanganligini zamonadan, javri ro'zg'ordan, charx jafosidan kuchli norozilik, shikoyat, hasrat kabi motivlar orqali ifodalaydi. Devonda shunday o'rinlar borki, ularda oshiq - shoirning sevimli ma'shuqaning vafosizligi va uning hijron azoblaridan noroziligini ham ifodalab ijtimoiy mazmun kashf etadi. Gadoiy ijodida ishq faqat go'zal ma'shuqaga emas, balki butun tabiat va insonga, vatanga, jamiyat va undagi kishilarga hamda ularning bir-birlariga bo'lgan mehr-muhabbati sifatida talqin etilganligi bilan ajralib turadi.

Gadoiy obraz yaratishda murojaat etgan timsol va ramzlar tasavvufiy mazmunga ega. Chunonchi, soch tasavvufda Olloh va inson o'rtasidagi rishta, ma'naviy komillik yo'lidagi bog'liqlikni anglatib keladi. Shuningdek, shoir ijodida soch o'rnida zulf, sunbul, hinduviy zulf kabi so'z va iboralar ham qo'llangan. Jumladan, Gadoiy ijodida ko'z, lab, qosh kabi obrazlar badiiy jihatdan mukammal ifoda etiladi. Gadoiy ijodida tasvir ob'ektiga nisbatan o'xshatish san'ati yetakchi o'rinda turadi. Ularning ham o'ziga xos istiora, tashbih turlari borki, so'z san'ati vositasida betakror jilolanadi. Jumladan, ko'z haqidagi tashbihni tahlil etaylik: Nuh to'fonidin oshdi ko'zlarimning seli oh; To ne yorga yetkusidur oqibat bu mojaro. [4, 148-s].

Baytda Gadoiy ko'z yoshlarini No'h to'fonidan ham ustun bo'lganligini mubolag'ali chizgilarda aks ettirgan.

Shuning bilan bir qatorda, Xitoyi ko'z haqidagi o'xshatishni quyidagi baytda o'qishimiz mumkin:

Xitoyi ko'zlaring chin kofiri bedod emish bilduk,

Base sehr ichra kashmir elidin ustoz eshim bilduk. [4, 187-s].

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Yana bir o'rinda:

Oy yuzungning hasratidin har kecha tongg'a degin,

Ko'zlarimning yoshidin yer uzra axtar sochilur. [4, 69-s].

Baytda oshiq ma'shuqaning "oy yuzi hasrati" uchun yerga yulduzlarning sochilishi singari ko'z yoshlarining sochilishiga ishora qilingan.

Bu kabi mubolag'aviy ifodalangan badiiy san'at namunasini "bel" tasviri keltirilgan baytda ham ko'rishimiz mumkin:

Qilcha belingdin kamar ayturki, tarfe bog'layin,

Ko'rki, yo'q erda ne (be) ma'ni xayol aylar kamar. [4, 125-s].

Mazmuni: «Sening qilcha belingni ko'rib, kamar shunday deydi: "Qayerni bog'layin?, Bog'lab bo'lmaydigan yo'qlikka qarab hayol qilish bema'nilikdir".

Bul ajab ustodi komidur qaroqing jodusi,

Kim, ko'zimga fitnayi oxir zamone ko'rnadur. [4, 86-s].

Bu baytda ko'zga oxirzamonning ko'rinishligi ifodalangan bo'lib, bunday ta'rif XV asr ijodkorlari orasida uchramaydi.

Gadoiy g'azallarida hijrondan shikoyat motivi ancha kuchli bo'lib, ularda shoirning bir-biriga qarama-qarshi, zid hissiyot, iztirob va g'amgin ichki kechinmalari o'z ifodasini topgan. Shuningdek, oshiqning chekkan dard-alam, hijron, azob-uqubatlari, nola-yu fig'on, ohu zorlari, g'am, qayg'u to'la qiyofasi chuqur va nihoyatda ta'sirli etib tasvirlanganligi bilan ham alohida ajralib turadi. Shoir ta'rificha, jabr-zulmning turlari shu darajada ko'payib ketganki, shoir ularning qaysi biriga bardosh berish va o'zini ularga qanday qalqon qilishni bilmay, chorasiz, ojizligidan fig'on chekadi. Nihoyat darajada jabrlangan shoir o'sha g'addor zamonda shod, baxtli va quvnoq hayot kechirishi mumkin emasligiga ishonch hosil qilib, hatto xursandchilik, shodlik, quvnoqlikdan nom-nishon ham topa olmasligini afsuslanish bilan bayon etadi. Gadoiy muhabbatsiz hayotni tan olmaydi. U ishqni insonning eng olijanob fazilati va ma'naviy go'zalligi sifatida ulug'laydi. Gadoiy muhabbatni kuylar ekan, jiddiy xulosaga keladi. U ishq masalasiga falsafiy mazmun bag'ishlaydi, ishq sohasida sulton ham, gado ham tengdir, hatto, gado sultondan ustunlikka ega degan ajoyib g'oyaga sodiq qoladi. Bu g'oya orqali shoir ishqni hamma uchun baravar bo'lgan insoniy fazilat sifatida ulug'laydi.

Nihoyat darajada jabrlangan shoir o'sha g'addor zamonda shod, baxtli va quvnoq hayot kechirishi mumkin emasligiga ishonch hosil qilib, hatto xursandchilik, shodlik, quvnoqlikdan nom-nishon ham topa olmasligini afsuslanish bilan bayon etadi.

Gadoiy o'z lirikasida ishq va oshiq-ma'shuqalarning qalb iztiroblari, hijron alamlari, visol quvonchlarini kuylash bilan birga muhabbatga va uning ne'matlaridan bahramand bo'lishga to'siq bo'lgan ichi qora, yovuz, xudbin, ag'yor, raqib, zohid, o'zini dono, eng aqlli odam deb hisoblovchi, aslida esa eng befarosat, aqli past nosih, hosid, fosiq (buzuq) obrazlarini yaratgan. Bu kabi xudbin, nodon, firibgar tabiatli salbiy kishilar obrazining o'zaro munosabatini bayon etish orqali shoir o'z davrining ijtimoiy holatini aks ettirgan.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Алишер Навоий. МАТ. 20 томлик. 13-том. - Т.: Фан, 1997.

2. Ах,мадхужаев Э. Гадоий (Х,аёти ва ижодий мероси), Т.; «Фан», 1978.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

3. Вох,идов Р. «Мажолисун-нафойис»нинг таржималари. Т., «ФАН» нашриёти,

1984.

4. Девони Гадо. (Нашрга тайёрловчи: Асланова X,) - Тошкент: «Vneshinvestprom», 2020.

5. Aslanova Kh. Herat in Gadoiy's poetry // UDC 82. Ученый XXI века. Международный научный журнал. Россия, 2019-№ 6-1 (53). - P.88-90.

Aslanova Kh. The basis of proverbs and sayings) in Gadoi's activity // American Journal of Research. Social Science and Humanities. - USA. Michigan, 2018. -№7-8. - P.202-205. (№2. Journal impact factor: 5.069).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.