EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
SEMANTIC FEATURES OF THE LEXEME "PRIDE" Tojiboyeva Mushtariy
Navoi State Pedagogical Institute 3rd year student of the Faculty of Uzbek Language and Literature https://doi.org/10.5281/zenodo.11546575
EURASIAN I0URNAL OF SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 05th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEYWORDS
Spirituality, lexical category, pride, sema, implicational sema, intensional sema, denotative, connotative sema.
This article shows the denotative and connotative meanings of the lexeme "pride" in the "Explanatory Dictionary of the Uzbek Language". The semantic features, linguistic and speech meanings of this lexeme are highlighted.
"G'URUR" LEKSEMASINING SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Tojiboyeva Mushtariy Rustam qizi
Navoiy davlat pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11546575
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Ushbu maqolada "O'zbek tilining izohli lug'ati"dagi "g'urur" leksemasining denotativ va konnotativ ma'nolari aks ettirilgan. Mazkur leksemaning semantik xususiyatlari, lisoniy va nutqiy ma'nolariyoritilgan.
Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEYWORDS
Ma'naviyat, leksik
kategoriya, g'urur, sema, implikatsion sema,
intensional sema, denotativ, konnotativ sema.
Mustaqillikgacha turli sohalar tadqiqi asosan rus tilida olib borilganligi sababli o'zbek tili leksikasining ichki sistemasi va strukturasi bo'lgan "ma'naviyat" leksik kategoriyasi qatlami hozirgacha lingvistik yo'nalishda yoritilmaganligi, bu davrda milliy manfaatlarni aks ettiradigan izohli lug'atlarda ham kategoriyaga tegishli leksemalar to'la aks ettirilmagani, mustaqillik davrida "ma'naviyat" leksik kategoriyasi atov birliklarini yorituvchi so'zlar ma'naviyatshunoslik va axloqshunoslik fanlari soha terminologiyasiga asoslangan holda izohlanganligi ayrim leksemalarning leksik imkoniyatlarini yuzaga chiqarmadi. Aslida tilshunoslikda "ma'naviyat" leksik kategoriyasi sistema sifatida alohida tizimga egaligi, undagi barcha leksemalar bevosita yoki bilvosita "ma'naviyat" leksik kategoriyasiga integral semalari asosida birlashishi, bu semalar "ma'naviyat" umumiy semali atov birliklar semantik
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
strukturasini shakllantirishi izohlangan.1 "Ma'naviyat" ijtimoiy jamoat a'zolarining axloqiy, falsafiy, badiiy, ilmiy, huquqiy hamda diniy qarashlarini qamrab oluvchi keng tushunchadir. "Ma'naviyat" sistemasining mohiyati uning tarkibiy qismlarini aniqlash hamda ularning sistemaviy munosabatlarini aniqlashtirish yo'li bilan ochiladi. Xususan, "O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi"dagi tavsif asosida "ma'naviyat" sistemasini tashkil etuvchi unsurlar sifatida taxminan quyidagilarni ajratish mumkin:
- axloq;
- vijdon;
- e'tiqod;
- ma'rifat;
- munosabat;
- shaxsiy takomillashuv"2.
Ma'naviyat kategoriyasining mazmuni, uning semantik strukturasi keng. Mazkur kategoriyani tadqiqotchi o'ttizdan ortiq ma'noviy guruhga3 bo'lib o'rganganligi semanik ko'lami kengligini anglatishga asos bo'ladi. Xususan, ushbu ma'noviy guruhlardan biri "shaxsiy takomillashuv" ma'noviy guruhidir. Ushbu ma'noviy guruhning mohiyatini ochishda o'z navbatida yana ichki semantik guruhlarga ajratish4 maqsadga muvofiq. 1-jadval.
"Shaxsiy takomillashuv" ichki sistemasi
Axloqiy takomillashuv
Ruhiy takomillashuv
Ilmiy takomillashuv
Dunyoqarash takomillashuvi
Fikriy takomillashuv
Milliy-ma'rifiy takomillashuv
Jadvalda aks ettirilgan ichki sistemalar integral semalar asosida birlashuvchi bir qancha leksemalarni o'zida jamlaydi. O'zbek tili leksikasida faol bo'lgan "g'urur" leksemasiga axloqiy takomillashuv ichki sistemaning birligi sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. G'urur leksemasi "O'zbek tilining izohli lug'ati"da quyidagicha sharhlangan:
"G'urur" - (ar. - jaholat; xom(puch) xayol; manmanlik; mag'urlik; kibr-havo).
1. Insonning o'z qadr-qimmatini bilish, uni hurmat qilish hissi; izzat-nafs. Yigitlik g'ururi. Ahmad o'rtog'iga qoyil qolmadi: erkak kishida g'urur degan narsa bo'lishi kerak. (F.Musajonov "Himmat")
2. Faxrlanish, mamnunlik tuyg'usi; faxr-iftixor. Qishlog'imiz tuprog'ining sehri bor, - deydi qariyalar g'urur bilan.("Yoshlik" jurnali)
3. Faxrlanishga asos bo'ladigan narsa, kimsa va shu kabilar. Paxta - o'zbek xalqning milliy iftixori va g'ururi. (Sh.Rashidov "Bo'rondan kuchli")
1 F.Yuldashev, "Ma'naviyat" leksik kategoriyasi: sistemasi, semantikasi va leksikografik talqini": Filol.fan.dok.(DSc)... diss. Avtoreferati. Qarshi.2023. - 11-bet.
2 Менглиев Б. Таравдиёт ва маънавият // "Маърифат" газетаси, 2018 йил, 8 январь.
3 F.Yuldashev, "Ma'naviyat" leksik kategoriyasi: sistemasi, semantikasi va leksikografik talqini": Filol.fan.dok.(DSc)... diss. Avtoreferati. Qarshi.2023. - 7-bet.
4 Ko'rsatilgan manba. . - 15-bet.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
4. Kibrlanish tuyg'usi, mag'rurlik, kibr-havo. Olifta boyvachcha kibr va ahmoqona g'ururi bilan kresloda taltayganicha qoldi. (Oybek "Nur qidirib").5 Mazkur ta'riflarga asoslanib aytish mumkinki, mazkur leksema tarkibida ijobiy va salbiy ma'nolar mavjud. Uning denotata ma'nosi ijobiy ma'noni anglatib, undan shakllangan ma'nolar salbiy ottenkaga ham ega.
Shavkat Rahmatullayev "O'zbek tilining etimologik lug'ati"da esa g'urur leksemasi etimologiyasi shunday izohlangan: "G'urur - bu arabcha so'z g'urur(un) shakliga ega, o'zbek tiliga cho'ziq "u" unlisini qisqa "u" unlisiga almashtirib qabul qilingan. G'urur "mag'rurlanish hissiga berilgan" ma'nosini anglatuvchi g'arra fe'lidan hosil qilingan bo'lib, "mag'rurlanish hissiyotiga berilish" ma'nosini anglatadi. Bu so'zdan o'zbek tilida g'ururlan fe'li yasalgan".6 Bundan ko'rinib turibdiki, g'urur leksemasi sememasidagi "jaholat", "xom(puch) xayol" semalari g'urur leksemasining semasi sifatida bugungi o'zbek tili leksikasida iste'molda emas. Xulosa qilib aytganda, g'urur - arabchada salbiy ma'noni ifodalovchi, lekin o'zbek tiliga takabburlikning antonimi sifatida ijobiy ma'no ifodalovchi olinma so'zdir. Ushbu leksema sememasidagi "insonning o'z qadr-qimmatini bilish, uni hurmat qilish hissi", "faxrlanish", "mamnunlik tuyg'usi", "faxr-iftixor", "faxrlanishga asos bo'ladigan narsa, kimsa", "kibrlanish tuyg'usi", "mag'rurlik", "kibr-havo" semalari intensional sema hisoblansa, "jaholat", "xom(puch) xayol", "izzat-nafs" semalari implikatsion semalardir.
G'urur leksemasidagi semalar ma'no xususiyatiga ko'ra o'zaro farqlanadilar:
a) insonning o'z qadr-qimmatini bilish, uni hurmat qilish hissi; izzat-nafs semalari denotativ sema;
b) faxrlanish, mamnunlik tuyg'usi, faxr, iftixor semalari konnotativsema (ijobiy);
c) faxrlanishga asos bo'ladigan narsa, kimsa va shu kabi semalari denotativ sema;
d) kibrlanish tuyg'usi, mag'rurlik, kibr-havo semalari konnotativ sema (salbiy). Muayyan semema tarkibida denotativ sema ham, konnotativ sema ham bo'lishi mumkin.
Jumladan, g'urur leksemasining sememasida "insonning o'z qadr-qimmatini bilish, uni hurmat qilish hissi", "izzat-nafs" denotativ semalari bilan birga "salbiy munosabat" konnotativ semasi ham mavjud. Bunday sememalarda ma'lum bir axborot beriladi va axborotga munosabat ham bildiriladi.
Leksikologiya va Semasiologiya fanlari bu kabi sir-sinoatlarga juda boy. Ayrim adabiyotlarda leksemaning semantik tarkibi leksik ma'no va qo'shimcha ottenkalardan (ma'no qirralari, uslubiy semalar) iborat ekanligi qayd etiladi. Bugungi tilshunoslik vakillari esa leksemaning semantik tarkibini o'rganishda shu kabi jihatlarga alohida e'tibor qaratishi talab etiladi.
References:
1. F.Yuldashev, "Ma'naviyat" leksik kategoriyasi: sistemasi, semantikasi va leksikografik talqini": Filol.fan.dok.(DSc)... diss. Avtoreferati. Qarshi.2023.
2. MeHr^HeB E. TaparçKHëT Ba Ma^HaBHAT // "Ma^pu^aT" ra3eTacu, 2018 hra
3. O'zbek tilining izohli lug'ati. T. : "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti. 2006. 5-jild.
5 O'zbek tilining izohli lug'ati. T. : "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti. 2006. 5-jild. B. 461
6 Sh. Rahmatullayev, O'zbek tilining etimologik lug'ati.2-jild (arab so'zlari va ular bilan hosilalar) T.: "Universitet"nashriyoti. 2003. B. 556-557.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
4. Sh. Rahmatullayev, O'zbek tilining etimologik lug'ati.2-jild (arab so'zlari va ular bilan hosilalar) T.: "Universitet"nashriyoti. 200392.