Научная статья на тему 'FURQATNING NAVRO‘Z HAQIDAGI GʻAZALI XUSUSIDA'

FURQATNING NAVRO‘Z HAQIDAGI GʻAZALI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Navro’z / urf-odatlar / milliylik / she’riyat / afsona va rivoyat / g’azallar / Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat / mumtoz shoir / zullisonayn / badiiy tafakkur / Навруз / традиции / народность / поэзия / легенда и повествование / газели / Закиржон Халмухаммадов Угли Фуркат / поэт-классик / художественное мышление

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Kamolova Nargiz Soliyevna

Navro‘z an’analari xalqimizning madaniy turmushiga, ruhiyatiga chuqur singib ketganligi bilan e’tiborlidir. Shuning uchun adabiy an’analarimiz tizimida bahor madhi, Navro‘z tavsifi, u bilan bog‘liq urf-odatlarning kelib chiqish tarixidan so‘zlovchi afsona va rivoyatlar mazmuni, ayrim tarixiy ma’lumotlar ham og‘zaki, ham yozma adabiyotda keng talqin etilganligi kuzatiladi. Bu borada Navro‘z bilan aloqador udumlar tasviri va talqini mumtoz shoirlarimiz ijodida o‘ziga xos o‘rin egallab, unga bag‘ishlangan dostonlar, qasidalar, g‘azallar yaratilganligi ayricha e’tiborni tortadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

О ГАЗАЛИ ФУРКАТА О НАВРОЗЕ

Традиции Навруза отличаются тем, что глубоко укоренились в культурной жизни и психике нашего народа. Поэтому в системе наших литературных традиций весенний гимн, описание Новруза, содержание легенд и повествований, повествующих об истории возникновения связанных с ним обычаев, некоторые исторические сведения широко интерпретируются в литературе как в устной, так и в письменной форме. В связи с этим описание и интерпретация событий, связанных с Новрузом, занимают особое место в творчестве наших поэтов-классиков, а создание посвященных ему эпосов, од и газелей привлекает особое внимание.

Текст научной работы на тему «FURQATNING NAVRO‘Z HAQIDAGI GʻAZALI XUSUSIDA»

FURQATNING NAVRO'Z HAQIDAGI G'AZALI XUSUSIDA Kamolova Nargiz Soliyevna

Buxoro tuman 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7992186 Annotatsiya: Navro'z an'analari xalqimizning madaniy turmushiga, ruhiyatiga chuqur singib ketganligi bilan e'tiborlidir. Shuning uchun adabiy an'analarimiz tizimida bahor madhi, Navro'z tavsifi, u bilan bog'liq urf-odatlarning kelib chiqish tarixidan so'zlovchi afsona va rivoyatlar mazmuni, ayrim tarixiy ma'lumotlar ham og'zaki, ham yozma adabiyotda keng talqin etilganligi kuzatiladi. Bu borada Navro'z bilan aloqador udumlar tasviri va talqini mumtoz shoirlarimiz ijodida o'ziga xos o'rin egallab, unga bag'ishlangan dostonlar, qasidalar, g'azallar yaratilganligi ayricha e'tiborni tortadi.

Kalit so'z: Navro'z, urf-odatlar, milliylik, she'riyat, afsona va rivoyat, g'azallar, Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat, mumtoz shoir, zullisonayn, badiiy tafakkur

О ГАЗАЛИ ФУРКАТА О НАВРОЗЕ Аннотация: Традиции Навруза отличаются тем, что глубоко укоренились в культурной жизни и психике нашего народа. Поэтому в системе наших литературных традиций весенний гимн, описание Новруза, содержание легенд и повествований, повествующих об истории возникновения связанных с ним обычаев, некоторые исторические сведения широко интерпретируются в литературе как в устной, так и в письменной форме. В связи с этим описание и интерпретация событий, связанных с Новрузом, занимают особое место в творчестве наших поэтов-классиков, а создание посвященных ему эпосов, од и газелей привлекает особое внимание.

Ключевые слова: Навруз, традиции, народность, поэзия, легенда и повествование, газели, Закиржон Халмухаммадов Угли Фуркат , поэт-классик, художественное мышление

ABOUT GAZALI FURKAT ABOUT NAVROZ Abstract: The traditions of Navruz are distinguished by the fact that they are deeply rooted in the cultural life and psyche of our people. Therefore, in the system of our literary traditions, the spring anthem, the description of Novruz, the content of legends and narratives that tell about the history of the emergence of customs associated with it, some historical information is widely interpreted in literature, both orally and in writing. In this regard, the description and interpretation of the events associated with Nowruz occupy a special place in the work of our classical poets, and the creation of epics, odes and gazels dedicated to him attracts special attention.

Keywords: Navruz, traditions, nationality, poetry, legend and narration, gazelles, Zakirjon Khalmuhammadov Ugli Furkat, classical poet, artistic thinking

KIRISH

Navro'z mavzusi o'tmishdan hozirgacha milliy she'riyatimizda ko'tarinki ruhda tarannum etib kelinmoqda. Chunki Navro'z shunchaki bir bayram emas. U millatimizning tarixi, falsafiy dunyoqarashi, badiiyati va san'ati, madaniyati, mifologik, diniy va dunyoviy dunyoqarashi, ilmiy va badiiy tafakkur tarzini o'zida mujassam etgan qadimiy va navqiron qomusiy bir ayyomdir. Xalqimizning eng qadimiy marosimlari tizimida Bahor bilan bog'liq urf-odatlarimiz alohida o'rin tutadi. Xususan, unga aloqador Navro'z an'analari xalqimizning madaniy turmushiga, ruhiyatiga chuqur singib ketganligi bilan e'tiborlidir. Shuning uchun adabiy an'analarimiz tizimida bahor

madhi, Navro'z tavsifi, u bilan bog'liq urf-odatlarning kelib chiqish tarixidan so'zlovchi afsona va rivoyatlar mazmuni, ayrim tarixiy ma'lumotlar ham og'zaki, ham yozma adabiyotda keng talqin etilganligi kuzatiladi. Bu borada Navro'z bilan aloqador udumlar tasviri va talqini mumtoz shoirlarimiz ijodida o'ziga xos o'rin egallab, unga bag'ishlangan dostonlar, qasidalar, g'azallar yaratilganligi ayricha e'tiborni tortadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Qo'qon adabiy muhitining yetuk vakillaridan Muqimiy va Furqatning ham Navro'zga bag'ishlangan go'zal g'azallari bor. Furqatning "Fasli navbahor o'ldi, ketibon zimistonlar", Muqimiyning "Navbahor: ochildi gullar, sabza bo'ldi bog'lar, Suhbat aylaylik, kelinglar, jo'ralar, o'rtog'lar" bayti bilan boshlanadigan g'azallari allaqachon xalqimiz ma'naviy mulkiga va ko'ngil xazinasiga aylanib ulgurgan. Muqimiy kishilarni Navro'zdan ilhomlanib, dilni poklash sari undab yozadi:

Navbahor ochildi gullar, sabza bo'ldi bog'lar, Suhbat aylaylik, kelinglar, jo'ralar, o'rtog'lar. Xush bu mahfilda tiriklik ulfatu ahbob ila, O'ynashib, gohi tabiatni qilaylik chog'lar.

Tinchlik, omonlik, totuvlik, do'stlik, mehr-u muhabbat, obodlik va bunyodkorlik, yasharish va yangilanish timsoli bo'lib kelgan Navro'z barcha davrlarda ezgu ishlarga undash vositasi sifatida qadr topdi. Ana shu sabab barcha davr ma'rifatparlari Navro'zni nishonlashga, undan bahra olib, huzurbaxsh an'analarini davom ettirishga barchani da'vat etib kelishdi. Jumladan, taniqli ma'rifatparvar shoir Zokirjon Mullo Xolmuhammad o'g'li Furqat ham bahor ayyomini, Navro'zning boshlanishini quyidagicha nazm etdi:

Fasli Navbahor o'ldi ketibon zimistonlar, Do'stlar, g'animatdur, sayr eting gulistonlar. Subhidam tushib shabnam, bo'ldi sabzalar xurram,

Gul uza tomib kam-kam yog'di abri naysonlar... Emdi jonparvar nasim bo'lgach, bulut qatra fishon, G'unchalar kuldi-yu, yuz ochdi guli seroblar. Sarf uzra qumri, gul uzra andalib ayg'onidin, Uchdi yakbora cho'chib, nargis ko'zidin xoblar. Sabzalar uzra musalsal bo'ldi sunbul turrasi, Bir taraf savsan arosidin ravondur oblar...

Bahorning kelishi xalqimiz uchun qadimdan Yangi yil kelishi, yangi kun, yangi orzu-umidlar boshlanishi bo'lgan. Bahor kelishini xalq o'z an'ana-udumlari bilan tantanali kutib olgan. Ommaviy sayillar, gul bayramlari, sumalak pishirish kabi udumlar ana shular jumlasidandir. Navro'z va bahor talqiniga bag'ishlangan yuqoridagi g'azalda ham, quyidagi g'azal parchasida ham aynan shu udumni davom ettirishga da'vatni kuzatish mumkin.

Bahor ayyomida gulgasht etarga bir chaman bo'lsa, Qilurg'a sharhi hol, ahli muhabbat ikki tan bo'lsa.

... Sururu shodlikni dahr bog'ida nechuk ko'rgay, KaminaFurqatiyningmaskani baytul-xazan bo'lsa.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

G'azalda qish chiqishi bilan tabiat uyg'onishi, bahor kelishi, shu munosabat bilan har xil sayroqi qushlarning o'lkamizga uchib kelishi, ularning yoqimli xonishlari, zaminning ko'klikka va gullarga burkanishi, ariqlarning suvlarga to'lishi kabi o'zgarishlar nozik ehtiros bilan

tasvirlanmoqda. G'azaldagi "Emdi jonparvar nasim bo'lgach, bulut qatra fishon" satrlarining keltirilishi ham bejiz emas. Chunki yoqimli va jonbaxsh bahor nasimi nafaqt yangi ekinlarni o'stiradi, balki yaylovdadagi mol-hollarni ham semirtiradi.

Qo'qon adabiy muhitining yana bir vakili, zullisonayn shoir Muhyi ham kishilarni hayot go'zalliklaridan bir olam zavq-shavq olishga chorlovchi she'rlarida aynan Navro'z obraziga murojaat qilgani kuzatiladi:

KeldiNavro'z, eyyoronlar, ochdi bag'rin lolazor, Gul chamanda ochilib, bulbulni aylar beqaror.

Yoki:

Bahor ayyomi xushdur gulshanu bog',

Chiqib sahrog'a bo'ldi tab'imiz chog'.

Xulosa qilib aytganda, Navro'z nafaqat tabiatning yangilanishi, o'zgarishi va yasharishi, balki inson qalbi, ruhiyati va tafakkurining ham o'zgarish davridir. Bahorning iliq tafti qalblarga o'zgacha ruh bag'ishlaydi. Inson ko'nglida ishonch, ko'tarinkilik, jo'shqinlik, sevgi-muhabbat tuyg'ulari ortadi. Shuning uchun mumtoz g'azalchilikda uning tarannumiga alohida e'tibor qaratilgan. Diqqatga sazovor tomoni shundaki, mumtoz g'azalchilikning bu an'analari keyinchalik jadid adabiyoti vakillari, shuningdek, zamonaviy shoirlar tomonidan ham muvaffaqiyatli davom ettirilganining guvohi bo'lish mumkin. Jadid adabiyotida bu jihatdan Elbekning "Ko'klam chog'ida yaproqlar", "Ko'klam", Cho'lponning "Navro'z kunida", "Barg", "Bahor va men", "Yana ko'klam", "Ko'klam keladir", "Boychechak", "Bahor keldi", "Bahorda" kabi she'rlari alohida e'tiborni tortadi. Jadidlar navro'z timsolidan, asosan, jamiyatda yangicha kun, yangicha hayot boshlanishi haqidagi o'y-orzularini ramziy ifodalash uchun foydalanishgan.

Navro'z kuni erksizlarga erk berar, O'zbekqizi erkli kunda bo'sholmay, Zindon kabi tor uyidan chiqolmay, Qalin, og'ir devorlarni yiqolmay, Borlig'ini keng dunyoga otolmay, Chin erk kunin kuta-kuta termirar...].

O'tmishda haq-huquqlari toptalgan, kamsitilgan, to'rt devor ichidagi erksiz hayotga mahkum etilgan o'zbek xotin-qizlarining yuragi zahar-zaqqumga to'lib yashagan. Hatto ular hamma o'ynab-kuladigan, zavqlanadigan Navro'z sayillarida qatnashish baxtidan ham nosuvo etilgan. Shuning uchun erksevar shoir Cho'lpon erkli kunda-da bo'sholmagan o'zbek qizlarining taqdirini achinish bilan bayon etadi.

Guloy, To'ti, Qumri, Oyxon, Yorqinlar Navro'z kuni devorlarga qaraylar: Ko'chalarda erkaklardan oqinlar Tutqunlarning yonlariga kirmaylar,

Qatorlarga ularni ham olmaylar, Tutqunlarni kishiga ham sanmaylar.

Zamonaviy she'riyatda Hamid Olimjonning "O'rik gullaganda", G'afur G'ulomning "Bahor ohanglari", Zulfiyaning "O'riklar gullar...", "Na go'zal damlar bu!", Shuhratning "Bahor keldi gul sochib har yon", Abdulla Oripovning "Bahor", "Bahor shamoli", "Bahor nashidasi", "Bahor tilaklari", "Navro'z", "Sen bahorni sog'inmadingmi", "Bahor", Erkin Vohidovning "Navro'z nashidasi", Jumaniyoz Jabborovning "Navro'z qadaming gulga to'lib, shod kelavergil", "Hamal keldi", "Zilollaringdan", To'ra Sulaymonning "Yeru samovatda Navro'z nafasi", Halima

Xudoyberdiyevaning "Navro'z", "Sog'inish", Shavkat Rahmonning "Erib bitdi poyonsiz qorlar", Usmon Azimning "O!.. Olamdan to'kildi gunoh!", Xurshid Davronning "Bahor", "Bahor she'rlari", "Bahor kapalaklari", Muhammad Yusufning "Ko'klamoyim", Sirojiddin Sayyidning "Navro'z qo'shig'i", "Navro'zona", Iqbol Mirzoning "Navro'zguli", Mirzo Kenjabekning "Qutlov", O'roz Haydarning "Navro'z kechasi" kabi she'rlari Navro'z va bahorni madh etishga qaratilgani bilan e'tiborni tortadi. [3]. Ularda bahoriy o'zgarishlarning inson ruhiyatiga ta'siri yorqin bo'yoqlarda aks ettirilgan.

Xulosa shuki, o'zbek adabiyotida Navro'zga bag'ishlangan asarlar alohida silsilani tashkil etadi. Shunday bo'lsa-da, ular adabiyotshunosligimizda haligacha umumlashtirilgan holda maxsus tadqiq qilingan emas. Holbuki, Navro'z haqida qadimdan hozirgacha og'zaki va yozma adabiyotda turli janrlarda yaratilgan asarlarning poetik takomil belgilarini, janriy xususiyatlarini, folklor va yozma adabiyotda talqin etilishiga xos badiiy tamoyillarni qiyosiy o'rganish zarur, birinchidan, tabiat kultlari bilan bog'liq qadimiy mifologik tafakkurning badiiy-estetik tafakkurga ko'chish asoslarini belgilab ko'rsatish, ikkinchidan, og'zaki va yozma ijod, mumtoz va zamonaviy she'riyat munosabatining tadrijiy taraqqiyoti, vorisiyligi haqidagi ilmiy tasavvurlarni boyitish uchun zarur va dolzarb hisoblanadi.

1. Bo'riyev O. Navro'z tarixidan lavhalar. - T.: O'zbekiston, 1990. - 64 s.

2. Jo'rayev M. Navro'z bayrami. - T.: Fan, 2009. - 230 b.

3. Navro'z nashidasi. Bahor haqidagi maqol-aytim, qo'shiq va she'rlar. Nashrga tayyorlovchi va so'zboshi mualliflari J.Eshonqulov, Sh.Turdimov. - T.: Fan, 2009. - 260 b.

XULOSA

Adabiyotlar:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.