Научная статья на тему 'FUQAROLIK JAMIYATINI QURISHDA YOSH AVLODNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING ROLI'

FUQAROLIK JAMIYATINI QURISHDA YOSH AVLODNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
132
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fuqarolik jamiyati / yoshlar / ijtimoiy hayot / ta`lim / davlat / shaxs / huquqiy davlat. / civil society / youth / social life / education / state / person / rule of law.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Qodiraliyev, Abror

Ushbu maqolada bugungi kunda yoshlarni fuqarolik jamiyatini qurishda ijtimoiy faolligini oshirishda qanday usullardan foydalanish kerakligi, fuqarolik jamiyatini qurishda yosh avlodning o‘rni qanchalik muhimligini yoritib berish masalalari o‘z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF INCREASING THE SOCIAL ACTIVITY OF YOUNG GENERATION IN BUILDING CIVIL SOCIETY

This article highlights the ways in which young people today should be used to increase their social participation in civil society building, and the importance of the role of the younger generation in building civil society.

Текст научной работы на тему «FUQAROLIK JAMIYATINI QURISHDA YOSH AVLODNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING ROLI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

FUQAROLIK JAMIYATINI QURISHDA YOSH AVLODNING IJTIMOIY

FAOLLIGINI OSHIRISHNING ROLI

Ushbu maqolada bugungi kunda yoshlarni fuqarolik jamiyatini qurishda ijtimoiy faolligini oshirishda qanday usullardan foydalanish kerakligi, fuqarolik jamiyatini qurishda yosh avlodning o'rni qanchalik muhmligini yoritib berish masalalari o 'z aksini topgan.

Kalit so'zlar: fuqarolik jamiyati, yoshlar, ijtimoiy hayot, talim, davlat, shaxs, huquqiy davlat.

This article highlights the ways in which young people today should be used to increase their social participation in civil society building, and the importance of the role of the younger generation in building civil society.

Keywords: civil society, youth, social life, education, state, person, rule of law.

В этой статье освещаются способы, которыми современные молодые люди должны быть использованы для расширения их социального участия в построении гражданского общества, а также важность роли молодого поколения в построении гражданского общества.

Ключевые слова: гражданское общество, молодежь, социальная жизнь, образование, государство, личность, правовое государство.

Avvalambor, fuqarolik jamiyatiga to'xtaladigan bo'lsak, bu jamiyat insoniyat jamiyatining oliy ko'rinishi va oliy shakli hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati atamasi ko'plab olimlar, faylasuflarning asarlarida turlicha talqin qilingan. Lekin "Fuqarolik jamiyati" atamasi XVII asrning oxirlariga kelib keng va muntazam qo'llanila boshladi.

Ko'pchilik olimlar va mutaxassislarning e'tirof etishlaricha, yoshlar aholining 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan, hayot faoliyati, mehnat turlarining ishtirokchisi, barcha ma'naviyat va madaniyat shakllarining targ'ibotchisi, ishtirokchisi va iste'molchisi deb hisoblaydilar.

Qodiraliyev Abror

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o'qituvchisi

Tel:998975353007 ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Yoshlar ijtimoiy guruhi hozirgi zamon jamiyatining ijtimoiy hayotida ayniqsa, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda murakkab ko'rinishga ega tabaqa va qatlam sifatida o'zini namoyon etmoqda. Chunki yoshlar fikri o'zgaruvchan bo'ladi. Sotsiologiyada yoshlar odatga ko'ra quyidagi ijtimoiy psixologik guruhlarga ajratiladi: a) mehnatkashlar qatoriga qo'shila boshlagan o'rta maktab bitiruvchilari; b) xo'jalikning turli jabhalarida ishlayotgan 16 yoshdan 19 yoshgacha bo'lgan yoshlar; v) 20 yoshdan 24 gacha bo'lganlar; g) 25 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan - yosh intelligensiya, ya'ni ziyolilar guruhlaridir1.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yoshlar tushunchasini keng ma'noda zamonaviy jamiyat sharoitida o'ziga xos xususiyatlariga ega, ijtimoiy-sinfiy tabaqalanish jarayonini boshidan kechirayotgan hamda psixologik xususiyatlarini o'zida mujassamlashtiruvchi jamiyatning ijtimoiy demografik guruhi sifatida ifodalash mumkin.

Aynan yoshlar tushunchasidan kelib chiqib, yosh aholi guruhiga quyidagilarni kiritish mumkin:

• Ishlab chiqaruvchilar: mexanizatorlar, qishloq xo'jaligi ishchilari, transport xodimlari, quruvchilar;

• Ixtisoslashmagan va qo'l mehnati bilan band bo'lgan yosh xodimlar;

• Texnika, texnik xizmat ko'rsatish xodimlari: mehnat munosabatlarini kompyuterlashtirish sharotida va zamonaviy texnika xizmatiga bog'liq bo'lgan yangi kasbdagi yoshlar qatlami. Bu qatlamdagi yoshlar soni faol ravishda o'sib bormoqda;

• Menedjerlar, agronom, zootexnik, shuningdek ishlab chiqarish tashkilotlari va xo'jalik jabhasidagi faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, unda asosan o'rta va oliy ma'lumotlilar darajasi yuqoridir;

• Keyingi vaqtda faol shakllanayotgan ilmiy va ijodiy intelligensiya, ya'ni ziyolilar guruhi. Bu guruhga tibbiy muassasa xodimlari, o'qituvchi va xalq ta'limida faoliyat yuritayotganlar, madaniyat sohasidagi yosh ishchi xodimlar kiradi;

• Ta'lim olayotgan yoshlar: yoshlar tarkibi va tuzilishi jihatidan bu guruh nihoyatda rang-barangdir. Bunga: 1) maktab o'quvchilari; 2) litsey talabalari; 3) o'rta mutaxassislik va oliy ta'limda sirtdan o'qiydigan talabalar. Bu guruhdagi yosh chegara 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lib, unda tahsil olayotgan yoshlar turli-tumandir.

Yuqoridagi fikrlardan ko'rishimiz mumkinki, yoshlar jamiyat ijtimoiy hayotining eng faol ijtimoiy-demografik guruhi sifatida respublikamizda olib

1 Кузнецова В.Н. Социология молодёжи. М., Гардарики, 2007, 6-б.

14

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

borilayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma'naviy-madaniy sohalardagi islohotlarning nafaqat ishtirokchisi, balki ularni hayotga amaliy jihatdan tadbiq qiladigan qatlam hisoblanadi. Respublikamiz aholisining 64 foizini yoshlar tashkil etishini nazarda tutadigan bo'lsak, bu fikrimiz o'z ahamiyatini va xususiyatini saqlab qoladi.

Hozirda O'zbekiston huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurish yo'lidan bormoqda. Bu esa davlat, jamiyat va shaxslararo munosabatlarni yangicha anglashni taqozo etadi. Huquqiy davlat tushunchasi mavjud qonunlarning asosiy me'yor, ijtimoiy munosabatlar tamoyili sifatida talqin qilishni ko'zda tutadi. Qonunlar esa shaxs huquqlari va erkinliklari ustuvorligiga asoslanadi. Fuqarolik jamiyati tushunchasi esa uyg'un birlashuviga asoslangan huquqiy jamiyat tizimini o'z ichiga qamrab oladi. Davlat shaxs huquqlari himoyalanishini kafili sifatida mavjuddir2.

Fuqarolik jamiyatida ijtimoiy faollik ijtimoiy munosabatlarning ongli, beg'araz tahliliga hamda ularning u yoki bu elementlarini o'zgartirishga intilish darajasini tavsiflaydi. Yosh inson ijtimoiy ahamiyatga ega biron-bir jiddiy muammoga duch kelganda, ularni hal etish uchun yangi qonunlarni qabul qilish yoki mavjud qonunlar mexanizmini takomillashtirish kerakligini anglagan taqdirda ijtimoiy faollikka intilish yanada kuchayadi.

Manbalarda yoshlar ijtimoiy faolligini asosan ikki turga ajratib ko'rsatiladi. Xususan, uning namoyon bo'lish tabiatiga ko'ra konstruktiv va desktruktiv3 turlagan ajratish mumkin. Yoshlar konstruktiv ijtimoiy faolligi shundan iboratki, ular muayyan ziddiyatlar bilan to'qnashuvda ana shu ziddiyatlarni mavjud ijtimoiy tizim, qonuniy, huquqiy dasturlar yordamida bartaraf etish uchun intiladi. Mavjud qonunlar asosida o'z manfaat va ehtiyojlarini ifodalash, muammolarni hal qilish uchun jamoat birlashmalarini tuzadi.

Derstruktiv deb belgilash mumkin bo'lgan ijtimoiy faollikning mazmuni esa o'zgachadir. Bunday faollik mavjud ijtimoiy tizimga qaratilgan bo'lib, olib borilayotgan ijtimoiy tizimdagi chora-tadbirlarga nisbatan qarama-qarshi xatti-harakatlar sifatida e'tirof etish mumkin. U mavjud huquqiy dasturlar bilan o'z maqsadiga erishish, ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal qilish imkoni yo' q deb hisoblagan vaziyatda yuzaga keladi. Bunday hollarda ijtimoiy faollik aniq huquqiy chegaralarga ega bo'lmaydi. Bu esa ijtimoiy vaziyatni keskinlashuviga olib

2 KapaHr: KpgnpoBa 3.P., fflapnnoB A.®., AmwacoB B.A.., Em^ap h^THMOHH ^ao^Hra Ba TOnepaHT^HrHHH MKcaOTHpnmHHHr H®THMOHH-$a^ca$HH Macamrapn. T.: 2006, 11-6.

3 Yma MaH6a: 12-6.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

kelishi mumkin. Ijtimoiy faollikning ushbu turi ijtimoiy munosabatlardagi barqarorlik davrlarida kuzatiladi.

Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish barcha ijtimoiy muammolarning osonlik bilan bartaraf etilishini anglatmaydi. Bunda shunday huquqiy tizim nazarda tutiladiki, uning doirasida doimo vujudga keladigan ziddiyatlar barcha ijtimoiy qatlamlar manfaatlari munosibligini saqlagan holda qonunlar doirasida asta-sekinlik bilan hal qilinadi. Bugun oldimizda turgan masalalar hali hanuz chuqur anglash, o'rganish va ilmiy tahlil etishni taqozo etadi. Bundan ko'zlangan maqsad - masala va muammolarni hal etish bo'yicha zaruriy tavsiyalar, usul va vositalarni ishlab chiqishdir. Bu birinchidan. Ikkinchi tomondan, ko'tarilgan muammo u yoki bu "Davra suhbati" va anjumanlar ishtirokchilari doirasi bilan cheklanib qolmasligi kerak. Uning mohiyati har bir odamgacha yetib borishi zarur. Buning uchun esa barcha mavjud usullardan foydalanishimiz lozim. Inson faoliyatining genezisi va taraqqiyotiga ta'sir ko'rsatuvchi shart-sharoitlarni tadqiq etishda faoliyat xarakterini baholash kabi omil ham muhim ahamiyatga ega4. Birinchidan, bu ijtimoiy me'yorlar bilan belgilangan o'z-o'ziga baho berish, ikkinchidan, ayniqsa fikrlari qadrli bo'lgan insonlarning bergan baholaridir.

Inson faolligi tushunchasi taraqqiyot tushunchasi bilan uzviy bog'liqdir. Bu tamoyilning mazmuni shundan iboratki, inson faoliyati muttasil ravishda o'z-o'zini namoyon qilishga qaratilgan bo'ladi. Bunda shaxs qobilyatlari asosan jamoadagi muloqot jarayonida ochilib boradi. Intellektual o'sishga bo'lgan qobilyatlarini jamoada ijodiy namoyon qilayotgan shaxs muloqot paytida o'z kuch-imkoniyatlarini boshqa kishilar bilan bo'lishadi, shuningdek to'ldirib, kengaytirib boradi.

Inson konstruktiv faoliyatining shart-sharoitlaridan biri bo'lgan faollik tamoyili ongli tuzilmalarning maqsadga intilgan va harakatga yo'naltirilgan shaxs bilan aloqalarini ochib beradi. Inson shaxsi uning mehnatga bo'lgan ijodiy, faol munosabati bilan xarakterlanadi. Yosh shaxsning ijodiy yo'nalishi, faolligi va mehnatga yo'nalganligi kabi xislatlari uning o'ziga nisbatan ongli munosabati bilan muvofiqlashtiriladi. Faollik insonning shunday xususiyatiki, uning tarkibiga yoshlarning o'zini namoyon qilishiga bo'lgan intilishi ham kiradi.

Fuqarolik jamiyatida yoshlar ijtimoiy faolligi xatti-harakat qilish imkoniyati bilan qo'shilib ketadi. Ya'ni bunda yosh inson mavjud ijtimoiy munosabatlar, siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy real ijtimoiy muammolarni nafaqat tushunib yetadi, balki ularni ijtimoiy tizimni o'zgartirmagan holda hal qilish imkoniyatini ham anglab yetadi.

4 Каранг: Социальный портрет молодежи Центральной Азии и аспекте обеспечения государственной и региональной безопасности. Т., 2002.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'zbekistonning mustaqillik yo'lidagi dastlabki qadamlaridan biri - yoshlar davlat siyosatining huquqiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo'ladi. Bu aynan yoshlar eng yaqin kelajakda ijtimoiy jarayonning asosiy sub'ekti bo'lib qolishi bilan belgilanadi. Chunki islohotlar jarayonining afzalligi yoshlarning ijtimoiy tuzilmaga integratsiya qilish jarayoni qanchalik samarali kechishiga bog'liq.

Mamlakatimiz yoshlar siyosatining yo'nalishlarini belgilash 1991-yilining oktabr oyidan boshlandi. 1991-yil 20-noyabrda "O'zbekiston Respublikasida yoshlar davlat siyosatining asoslari haqida"gi O'zR qonuni qabul qilindi. Yoshlar bo'yicha olib borilayotgan davlat yoshlar siyosatini izchillik va uzluksizlikni ta'minlash maqsadida Respublikamiz hukumati tomonidan 2008 yil "Yoshlar yili" deb e'lon qilinda va "Yoshlar yili" Davlat dasturi to'g'risida Prezident qarori qabul qilindi. Bu qabul qilingan qarorda quyidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi:

- yoshlarning manfaatlarini yanada to'liq ta'minlash va huquqlarini himoya qilishga yo'naltirilga huquqiy bazani takomillashtirish hamda mustahkamlash;

- ta'lim jarayonini uning uzluksizligi va davomiyligi nuqtai nazarida yanada takomillashtirish;

- ishga tushiriladigan umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari qurish va rekonstruksiya qilish sifatini oshirish;

- ta'lim va kadrlar tayyorlash butun tizimi darajasi hamda sifatini tubdan oshirish;

- yosh avlodni hayotga qat'iy e'tiqod va qarashlar ruhida tarbiyalash;

- oliy o'quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatni tugatgan yoshlarni ishga joylashishi bilan bog'liq masalalar butun kompleksini hal etish;

- musiqa, rassomlik, san'at va madaniyat sohalarida bolalarning ijodiy talanti va qobilyatlarini barvaqt aniqlash hamda rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish;

- yoshlarda sog'lom turmush tarziga intilishni shakllantirish;

- yosh oilalarni ma'naviy va moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash.

Shunday qilib, yoshlarga berilayotgan e'tiborni kelgusi avlodlarga berilayotgan e'tibor sifatida tushunmoq lozim. Zero, bugungi yoshlarning ijtimoiy faolligining qay darajada ekanligi, kelgusi avlodning tabiati qanday bo'lishini belgilab berishi va kelajakda jamiyat ijtimoiy taraqqiyotida o'z aksini topishi shubhasizdir. Shuning uchun ham yoshlar ijtimoiy hayotini yaxshilashga qaratilgan har qanday chora-tadbirlar tizimi kelajakda o'z mevasini berishi shubhasizdir. Shu jihatdan olib

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qaraganda, yoshlarga sarflanayotgan har qanday mablag' yurtimiz tinchligi, barqarorligi va farovonligi qolaversa taraqqiyoti uchun sarqlanmoqda deb tushunmoq lozim.

Bugungi kunda fuqarolik jamiyati haqida bahslar yuritilayotgan ekan, avvalombor jamiyatning ijtimoiy normalari va ularning xususiy belgilarini ham tadbiq etish yadqiqot ishimizning asosiy maqsadlaridan biridir. Yevropada ijtimoiy normalar alomati sifatida jamiyatning qadr erkinligi alohida seziladi. Ijtimoiy normaning mohiyatini jamiyat to'la-to'kis anglab yetsagina taraqqiyot tamadduni o'z istiqbolini cho'qqisiga yetganligini ko'rishimiz mumkin. Bugungi kunda yoshlarimiz bilan olib borilayotdan islohatlarning tendinsiyasi kelajak avlodga samara berishi uchun zamin yaratilgan islohatlar buning dalilidir.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi // O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi 07-122016.- Toshkent: "O'zbekiston", 2017.

2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: "O'zbekiston", 2017.

3. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T.: Ma'naviyat, 2008.

4. Sharifxo'jayev M. O'zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi. -T.: Sharq, 2003.

5. Кузнесова В.Н. Социология молодёжи. М., Гардарики, 2007

6. Asadov, S. F. O. G. L. (2021). FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLARDA DAVLAT ISHTIROKI (DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MISOLIDA). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(11), 789-799.

7. Atalikova, G. S., & Asadov, S. F. O. G. L. (2022). MASLAHAT VA KONSALTING XIZMATLARI: HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 299309.

8. Jurayev, S. S. O. G. L. (2022). ABU ALI IBN SINONING INSON VA UNING MA'NAVIY KAMOLOT MASALASIGA MUNOSABATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 902-908.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

9. Асадов, Ш. Ф. У. (2022). КОНСУЛЬТАЦИОННЫЕ УСЛУГИ: КАК УСЛУГИ ОКАЗЫВАЕМЫЕ НА ВОЗМЕЗДНОМ ОСНОВЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(7), 716-723.

10. Qodirova Z.R., Sharipov A.J., Almasov V.A.., Yoshlar ijtimoiy faolligi va tolerantligini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy masalalari. T.: 2006, 11-b.

11. Социальный портрет молодежи центральной Азии в аспекте обеспечения государственной и региональной безопасности. Т., 2002.

12.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.