Научная статья на тему 'FUQAROLARNING IJTIMOIY-IQTISODIY HUQUQLARI KONSITITUTSIYA DARAJASIDA TAMINLANISH ASOSLARI'

FUQAROLARNING IJTIMOIY-IQTISODIY HUQUQLARI KONSITITUTSIYA DARAJASIDA TAMINLANISH ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

3730
347
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FUQAROLARNING IJTIMOIY-IQTISODIY HUQUQLARI KONSITITUTSIYA DARAJASIDA TAMINLANISH ASOSLARI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

FUQAROLARNING IJTIMOIY-IQTISODIY HUQUQLARI KONSITITUTSIYA DARAJASIDA TAMINLANISH ASOSLARI

(xorijiy mamlakatlar misolida qiyosiy- huquqiy tahlil)

Javohir Jaxongir o'gli Ro'zimatov

Toshkent davlat transport universiteti Iqtisodiyot fakulteti, YU-2 guruh talabasi j avohirrozimatov2@gmail .com

Suhrob Komil o'g'li Allanazarov

Toshkent davlat transport universiteti Iqtisodiyot fakulteti, YU-2 guruh talabasi [email protected]

Fuqarolarning normal hayot kechirishi, tabiiy va ma'naviy boyliklardan foydalanishi, bilim olishi, mehnat qilishi, sog'lig'ini saqlashi uchun tegishli imkoniyatlar bo'lishi shart. Bu imkoniyatlar davlat tomonidan yaratiladi va ulardan foydalanish uchun qonun doirasida huquqlar o'rnatiladi. Bunday huquqlarning asosiylari Konstitutsiyada belgilanadi. Biz shu o'rinda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari qanchalik darajada taminlanganligi bugungi kunga qadar yozilgan bir necha o'nlab darsliklardan bilib olishimiz mumkin, bularga yana qo'shimcha tarzda hozirgi rivojlangan texnologiyalar yordamida dunyoning turli mintaqalarida joylashgan aholining, shu qatorda ushbu davlatlarga sayyohlik, mehnat, ta'til, bilim olish va yana bir necha sabablarga ko'ra bu davlatlarda bo'lib turgan insonlarning huquqlari qay darajada taminlanganligi, ularga o'zlarining ijtimoiy-iqtisodiy huquqlaridan foydalanishlariga qanday sharoitlar yaratib berilayotganligi hamda ularning bu huquqlardan foydalanishida vujudga kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklardan qanday yo'sinda qutilish mumkinligi to'g'risida malumotlarni bilib olishimiz mumkin.

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IX bobi "Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar" deb atalib, uning alohida moddalarida belgilangan qoidalar, fuqarolarning turmush tarzi normal bo'lishini ko'zda tutadi. O'zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan iqtisodiy-ijtimoiy huquqlar doirasi, qo'llanish tarzi hech qanday demokratik davlatlardan kam emas va belgilangan qoidalar xalqaro hujjat normalariga va ularda belgilangan talablarga mosdir. O'zbekiston fuqarolari uchun belgilangan

December 1

424

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O 'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

ayrim iqtisodiy huquqlar, O'zbekistonning demokratik yo'ldan borayotganligi, jahon tajribasiga tayanish, bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat qurish maqsadining haqiqiy isbotini ko„rsatadi[7].

Konstitutsiyaviy normalarning qat'iy amal qilayotganligi tufayli mamlakatimizda kuchli, raqobatbardosh, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti tarkib topdi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi jadal rivojlanmoqda. Bugungi kunda ushbu sohaning yalpi ichki mahsulotga qo'shayotgan hissasi 54 foizdan ortib borayotir, ichki va tashqi bozorda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi korxonalar barpo etilib, yangi ish o'rinlari ochilmoqda, aholi daromadlari oshmoqda[2]. Shu qatorda bir nechta xorijiy mamlakatlar misolida ham fuqarolarning ijtimoiy iqtisodiy huquqlari konstitutsiya darajasida taminlanganligini ko'rishimiz. Misol uchun Ozarbajon konstitsiyaning 36-moddasi „fuqarolarning erkin ish tashlash huquqi", Ispaniya Konstitutsiyasining 45-moddasi 1 qismi, atrof tabiiy muhitdan foydalanish huquqi" (xususan konstitutsiyamizning 55-moddasida yer,suv,o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar ummumilliy boylik ekanligi va ulardan oqilona foydalanish zarurligi hamda ular davlat muhofazasidaligi to'g'risida aniq belgilangan qonun-qoidalarni ko'rishimiz mumkin),[3] Bolgariya Konstitutsiyasining 48-moddasida "fuqarolar qonunda belgilangan tartibda va sharoitda dam olish va ta'tilga chiqish huquqi", (ma'lumot o'rnida AQShda bir yillik ta'til 23 kun, Germaniyadagi ishchilarning uchdan ikki qismi bayramlarni ham hisobga olganda, 36 kun dam olar ekanlar), Malta Respublikasi konstitutsiyasida esa 14-modda alohida ayol ishchilar huquqlari[4], 15-moddasi mehnatga haq to'lashning minimal miqdori, 11-moddasi ta'lim olish huquqi[5], 19-moddasi erkin bozor iqtisodiyoti,Ozarbayjon Respublikasi 12,22,29-moddalari mulkka egalik qilish huquqi to'g'risidagi, 50-moddasi axborot erkinligi[6] hamda yana bir necha jihatlarini yoritib o'tishimiz mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada aynan belgilangan iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar sirasiga to'xtaladigan ungaquyidagilar kiradi:

- tadbirkorlik va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat yuritish huquqi;

- mulk huquqi (36-modda);

- har bir shaxsning mehnat qilish sohasidagi huquq va erkinliklari(37-modda): 1) mehnat huquqi; 2) adolatli sharoitlarda mehnat qilish huquqi; 3) ishsizlikdan himoyalanish huquqi;4) yakka tartibda va jamoa tartibida mehnat nizolarini hal etish huquqi;

- dam olish huquqi;

- ijtimoiy ta'minot olish huquqi (39-modda);

December 1

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O 'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

- sog'liqni saqlash va malakali tibbiy yordam olish huquqi (40-modda);

- ta'lim olish huquqi (41-modda);

- intellektual ilmiy va texnik ijod erkinligi (42-modda);[1]

- madaniy hayotda ishtirok etish va madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi (42-modda). Iqtisodiy va ijtimoiy huquq normalarining joriy etilishi jamiyat hayotining moddiy asoslarini mustahkamlab, insonlar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, ularning bu boradagi huquqlarini himoya qilishdan iboratdir. Ushbu keltirilgan qonunlarning barchasi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, kodekslar, qonun osti hujjatlarda ,qonunlarda va bir nechta normativ huquqiy hujjatlarda o'z aksini topganligi,ularni tegishli tartibdagi qonunlar orqali qanchalik yaxshi taminlanganligini ko'rishiz mumkin.

Har bir davlatning o'ziga yarasha rivojlanish yo'li mavjuddir. Ularning qanday shaklada rivojlanishida ham albatta farqlar bo'lishi tabiiy biz misol o'rnida yevropaning bir nechta rivojlangan davlatlari va bizning davlatimizning aynan ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari taminlanish masalalarini solishtirib berishga harakat qilamiz. Aynan shu qiyosiy tahlilni boshlashdan oldin men sizlarga aynan nma uchun shu masalaga to'xtalishni lozim deb topganimni izohlab bermoqchiman agar men huquqning hamma jihatlarini tahlil qilib beradigan bo'lsam hamma jihatini yoritib bera olmayman shuning uchun ham aynan bir sohasini tanlab izohlab berishga qaror qildim. Birinchi navbatda xalqaro hujjatlar orqali yoritishga harakat qildim. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning[8] 6-15 moddalarida mehnat qilish huquqi (6-modda)[9], adolatli va qulay mehnat sharoiti (7-modda), kasaba uyushmalari tuzish va unga kirish (8-modda), ijtimoiy ta'minot huquqi (9-modda), oilani, onalik, bolalik va o'smirlikni keng himoya qilish va yordam berish huquqi (10-modda), yetarli hayotiy darajaga ega bo'lish huquqi (11-modda), jismoniy va ruhiy sog'lomlikning eng yuqori darajasiga erishish va ma'lumot olish huquqi (12-13-moddalar), madaniy hayotda ishtirok etish huquqi (15-modda) va boshqa huquqlar qayd etilgan. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning 6-27 moddalarida insonning yashash huquqi himoyalanishi nazarda tutiladi. Bu moddalarda hech kim azob-uqubatga solinmasligi yoki zulmlik bilan, insonlikka isnod keltiruvchi bir tarzda yoki uning qadr-qimmatini xo'rlab muomala qilinmasligi yoki jazoga mustahiq etilmasligi kerak (7-modda); hech kim qullikda saqlanishi mumkin emas; qulchilik va qul savdosi, bular qanday shaklda bo'lmasin, taqiqlanadi; hech kim majburiy yoki shart bo'lgan mehnatga majbur qilinishi mumkin emas (8-modda); hech kim o'zboshimchalik bilan qamoqqa olinishi yoki hibsda saqlanishi

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

mumkin emas (9-modda); ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslarga insonlarcha muomalada bo'lish kerak (10-modda); hech kim biror shartnoma majburiyatini bajarishga qodir bo'lmagan asosdagina ozodlikdan mahrum etilishi mumkin emas (11-modda); har bir odam davlat hududida erkin ko'chib yurish va yashash joyini erkin tanlash huquqiga egadir (12-modda)[10].

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi. Toshkent, 2020.

2. Konstitutsiyaviy huquq. Ikramov Sh.T. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2019. 210-bet.

3. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy (davlati) huquqi: o'quv qo'llanma/ Mas'ul muharrir: dotsent D.Q.Axmedov. - Т.: TDYI. 146-bet

4. Malta respublikasi konstitutsiyasi.

5. Constitution of Malta arrangement of articles 35, 39-betlar

6. Azerbaijan's Constitution of 1995 with Amendments through 2016 9, 11, 22-betlardagi malumotlarga asoslandi.

7. Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq. Darslik. - Toshkent: Adolat, 2021. 169-bet

8. 1995-yil 31-avgustdagi 126-I-sonli "1966-yil 16-dekabrdagi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktga qo'shilish haqida"gi qaroriga asosan ushbu faktga qo'shilgan.

9. The law of International Covenant on Economic, Social and Cultural Rights accepted in 2007.07.26

10. Инсон хукуклари: дарслик /Муминов А.Р., Тиллабаев М.А. Масъул мухдррир А.Х.Саидов. - 2-нашр. -Т.: "Адолат" нашриёти, 2019. - 691 бет.

11. ДАДАШЕВА, А. (2021). Взаимодействие органов представительной власти на местах и самоуправления граждан в осуществлении действенного общественного контроля. Fuqarolik jamiyati. Гражданское общество, 22(2), 7074.

12. Инагамова, М. М. (2022). ЯНГИ УЗБЕКИСТОННИНГ ТАРАККИЁТ СТРАТЕГИЯДА КОНУН УСТУВОРЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА МАДАЛЛА ИНСТИТУТИ ФАОЛИЯТИНИНГ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ ТАШКИЛИЙ-ДУКУКИЙ МАСАЛАЛАРИ (ТАДЛИЛИЙ-СТАТИСТИК МАЪЛУМОТЛАР АСОСИДА). Academic research in educational sciences, 3(10), 315-321.

13. Дадашева, А. А. (2022). ДАВЛАТ ХИЗМАТИНИ ИСЛОД КИЛИШ ШАРОИТИДА ДОКИМЛАР ФАОЛИЯТИ

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati

УСТИДАН ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИНИ АМАЛГА ОШИРИШНИНГ АСОСИЙ ЙУНАЛИШЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 117-122.

14. Juraevna, N. N. (2021, October). THE ROLE OF COMMUNICATIVE COMPETENCE IN YOUTH SOCIAL ACTIVISM. In Archive of Conferences (pp. 50-51).

15. Дадашева, А. А. (2020). МАДАЛЛИЙ ИЖРО ХОКИМИЯТИ ФАОЛИЯТИ УСТИДАН ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИНИ НАТИЖАДОРЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ ЕЧИМЛАРИ. ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SPECIAL 2-2).

16. Назарова, Н. Ж., Муратова, Д. А., & Жуманиязова, Н. С. (2022). УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА АЁЛЛАРНИНГ УРНИ ВА РОЛИ. Scientific Impulse, 1(3), 331-336.

17. Дадашева, А. А. (2022). ДАВЛАТ ХИЗМАТИНИ ИСЛОХ ^ИЛИШ ШАРОИТИДА ХОКИМЛАР ФАОЛИЯТИ УСТИДАН ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИНИ АМАЛГА ОШИРИШНИНГ АСОСИЙ ЙУНАЛИШЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 117-122.

18. Abdumannapovna, M. D., & Juraevna, N. N. (2022). The role of social institutions in the development of young people. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(6), 67-70.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.