Научная статья на тему 'FRANSUZ VA O‘ZBEK TILLARIDA PROVERBIAL FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI'

FRANSUZ VA O‘ZBEK TILLARIDA PROVERBIAL FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
22
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
proverbial frazeologizm / atoqli ot / maqol-matal / semantik ma’no / etimologik tahlil / motivlashuv / pragmatik ma’no / denotativ va konnotativ ma’no.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sharipova Guljaxon Bolikulovna, Kurbonova G.S

Mazkur maqola atoqli ot komponentli proverbial frazeologizmlarning diaxronik va pragmatik ma’nolari o‘rganiladi. Ushbu proverbial frazeologizmlar ifodalagan belgilarning oddiylashuvi kommunikativ jarayonni soddalashtirishga xizmat qilishi fransuz va o‘zbek tillari misolida ochib berilgan. Atoqli ot komponentli proverbial frazeologizmlar tarkibining asoslanishi ikki mezon asosida tahlil etildi: 1) proverbial frazeologizm tarkibidagi atoqli ot semantik yaxlitligi va individualligini saqlaydi; 2) atoqli otning maqol va matal tarkibida frazeologizmlashuv jarayoni etimologik tahlil o‘tkazishni taqozo etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FRANSUZ VA O‘ZBEK TILLARIDA PROVERBIAL FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI»

FRANSUZ VA O'ZBEK TILLARIDA PROVERBIAL FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI *Sharipova Guljaxon Bolikulovna, 2Kurbonova G.S.

1O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti o'qituvchisi, 2O'zMU dotsenti, f.f.d 1e-mail:guljaxonsharipova758@mail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10820565

Annotatsiya. Mazkur maqola atoqli ot komponentli proverbial frazeologizmlarning diaxronik va pragmatik ma'nolari o'rganiladi. Ushbu proverbial frazeologizmlar ifodalagan belgilarning oddiylashuvi kommunikativ jarayonni soddalashtirishga xizmat qilishi fransuz va o'zbek tillari misolida ochib berilgan. Atoqli ot komponentli proverbial frazeologizmlar tarkibining asoslanishi ikki mezon asosida tahlil etildi: 1) proverbial frazeologizm tarkibidagi atoqli ot semantikyaxlitligi va individualligini saqlaydi; 2) atoqli otning maqol va matal tarkibida frazeologizmlashuv jarayoni etimologik tahlil o'tkazishni taqozo etadi.

Kalit so'zlar: proverbialfrazeologizm, atoqli ot, maqol-matal, semantik ma'no, etimologik tahlil, motivlashuv, pragmatik ma'no, denotativ va konnotativ ma'no.

Olamning frazeologik manzarasida proverbial frazeologik birliklar inson qiyofasining ijobiy yoki salbiy jihatlarini aks ettiradi. Atoqli ot komponentli proverbial frazeologizmlar tilning lug'at tarkibida aniq o'ringa ega. U umumiy til leksikasini hosil qilgan holda rivojlanib boradi va olamning frazeologik manzarasida inson qiyofasining obrazini gavdalantirishda, tilning badiiy-uslubiy bo'yoqdorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Proverbial frazeologizm tarkibidagi atoqli otlarning funksiyasi to'g'risidagi masala ularning semantikasi bilan uzviy bog'liq. Turli xil lingvistik yo'nalishlar vakillaridan bir guruhi atoqli otlarni ma'lum bir tushunchaga ega bo'lmagan turdosh otlarga qarama-qarshi qo'yadi. Lingvistlarning boshqa bir guruhi atoqli otlarni kontekstdan tashqarida jonli nutqdan ajralgan holda o'rganadi.

Proverbial frazeologizmlar ichki ma'noning shakllanishi, ya'ni obrazlilik xususiyatiga asoslanadi. "Motiv"- lotincha "motivus" so'zidan olingan bo'lib, "harakatni uyg'otmoq, ruhiy-fiziologik rejaning dinamik jarayoni, inson harakatini boshqarish, maqsad sari yetaklovchi vosita, tashkillashtirish, faollik va bardoshlilik kabi ma'nolarni anglatadi" [7. S.615]. Yu.P.Solodubning fikricha, frazeologizm semantikasining asosini frazeologik obraz yoki "frazeologizmning umumlashgan ko'chma ma'nosi to'laligicha "manzara" fonida aniq, ravshan tushunchani ifodalaydi [10. S.55-65].

Frazeologik birlikning obrazliligi uning ichki shakliga, ya'ni semantikasiga to'laligicha asoslanadi. Frazeologik birlik komponentining obrazliligi boshlang'ich denotativ ma'no ning ko'chishi bilan bog'liq. R.X.Xayrullinaning ta'kidlashicha: "Frazeologizmlarning genetik aloqasi iboraning dastlabki "tuzilishi" - frazeologik birlikning ichki shakli orqali ko'rinishi yoki birlik semantikasini diaxronik tahlil qilish natijasida qayta tiklanishi mumkin" [11. S.35]. Albatta, milliy xususiyatga ega proverbial frazeologik birliklardagi obrazlilik semantikasi ikki planda, ya'ni iboraning shakl mazmuni va ifoda planining uyg'unligi asosida hosil bo'ladi.

Proverbial frazeologik birliklarning asosan maqol va matallarda asoslanishi ko'plab bahs-munozaralarga sabab bo'ldi. Masalan, V.I.Dal o'zining "Poslovisi russkogo naroda" nomli to'plamida yozadi: "Maqolni tashqi bezagi uchun shaxs nomlarini kiritish zarur. Ularning ko'pchiligi qofiya, ohangdoshlik va o'lchov uchun o'zaro muvofiq keladi" [5. S.120]. Bir qarashda, bu fikr bilan hisoblashmaslikning iloji yo'qdek. Chunki alliteratsiya (ohangdoshlik),

rifmalar funksiyalari xalq folklorining juda oz miqdordagi aforistik shakllari paremiyaning har bir elementiga mos tushadi. Bunda har bir element ma'nosiga ko'ra alohida ahamiyatga ega bo'lishi lozim. V.Ye.Shetinkinning fikricha: "Proverbial frazeologizmlarning yasalishida ayol yoki erkak nomi bilan bog'liq atoqli otlarning ma'nosiga ko'proq tayaniladi ... maqollar aniq bir jinsga qaratilmasdan, balki mavhum tushunchani anglatadi" [14. S.59]. Proverbial frazeologizmlarda atoqli otlarning ishlatilishi pragmatik ma'noga ega bo'lib, ko'proq oddiy so'zlashuvda alliteratsiya orqali voqelanadi:

Je te donne en mille Emile o'ylab topchi! (so'zma-so'z.: Men buni senga beraman, mingtadan bitta Emilga); À la tienne, Etienne! (so'zma-so'z.: Sen uchun Etyen!) Sening sog'lig'ing uchun Etyen! Ohangdosh tovushlar bilan ifodalanuvchi otlar bizning idrokimizning hissiy ta'sirchanligini qo'zg'atuvchi frazeologik birlikning mantiqiy semantik tayanchi hisoblanadi. T.N.Kondratyeva atoqli ot komponentli maqol-matallarning tadqiqiga bag'ishlangan ishida maqollarda ishlatiladigan atoqli otlarning asosini qachonlardir yashab o'tgan, alohida bir xarakteri bilan ajralib turadigan shaxs nomi bilan bog'laydi [6. S.38-47].

Mazkur atoqli otlar bilan keluvchi frazeologik birliklarning ko'pchilik qismini PFlar tashkil etadi. O'zbek tilshunosligida keyingi yillarda folklorshunoslik X.Berdiyorovning ta'kidlashicha, maqol, matal, hikmatli so'z va aforizmlar paremalar deb yuritiladi: "Paremalarning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyoti va ma'nolarini o'rganuvchi paremiologiya frazeologiya bilan o'zaro chambarchas bog'liq. Paremiologiya va frazeologiya o'rganish ob'yektining birligi, ya'ni bir necha so'zdan tuzilgan barqaror birikmalardan iborat ko'chma ma'noga asoslanganligi ularning o'xshash, umumiy tomonlaridir. Frazeologiyaning fan sifatida shakllanishida paremiologiyaning roli katta" [1. B.10]. O'zbek tilidagi atoqli ot komponentli PFlar obrazli asosga ega, ohangdoshlik rifmalari asosida qurilgan, masalan: Rajab "tulki" qorovul bo'ldi, xotini erovul bo'ldi; O'zing bo'lsang Moldor, so'zing bo'lar zulfiqor (Zulfiqor e'tiqodiy tushunchaga ko'ra Hazrati Alining qilichi, bir siltaganda qirq kishini kesarkan. Mazkur maqol bilan o'zing boy bo'lsang, aytadigan so'zing ham o'tkir, hamma yerda o'tadigan bo'ladi, deyilmoqchi), Kichkina mitti, Xonxo'jani yiqitdi kabi.

A.G.Nazaryan obrazli proverbial frazeologik birliklar motivlashuvining uch xil mezonini ko'rsatadi: 1) proverbial frazeologik birlikning ichki shakli polisemik xarakter kasb etadi, bunda frazeologizm komponentlaridan faqat bittasi obrazli asosga ega bo'ladi; 2) proverbial frazeologik birlik obrazlilik ma'nosini to'liq saqlaydi; 3) proverbial frazeologik birliklar obrazli motivatsiyasi ijtimoiy professional sohalarni aks ettiradi [8. S.137]. Demak, proverbial frazeologik birliklarning motivlanishida frazeologizmning ichki shakli va obrazliligi muhim ahamiyatga ega. Biz proverbial frazeologizmlar tarkibida atoqli otlarning motivlanganligiga ko'ra ikkita mezonga ajratamiz: 1) atoqli ot semantik butunligini va individualligini saqlaydi; 2) atoqli ot frazeologizmlashish jarayonida ishtirok etadi.

Atoqli otning semantik butunligini saqlash darajasiga ko'ra uch holat farqlanadi. Bular quyidagilar:

a) semantik o'ziga xoslik atoqli otning individuallashuvini anglatadi. Bu birinchidan, antroponim komponentli frazeologik birliklar motivlanganligi mazmuni, albatta, so'zlovchining dunyoqarashi va bilim darajasiga ham taalluqli bo'ladi. Masalan, fransuz adabiyoti bilan yaqindan tanish bo'lgan shaxs uchun Moutons de Panurge; Sauter comme les moutons de Panurge -Kimgadir ko'r-ko'rona ergashmoq (F.Rablening "Gargantyua va Pantagryuel" asaridan olingan), iborasi, to'liq motivlangan, uning ma'nosi fransuz adabiyoti bilan tanish bo'lgan shaxs uchun hech

qanday qiyinchilik tug'dirmaydi, so'zsiz motivlangan hisoblanadi. Ikkinchidan, tarixni yaxshi biladigan shaxslar uchun tarixda mavjud shaxslar nomi bilan keluvchi frazeologik birliklar oson anglashiladi. Antroponim frazeologik birlik tarkibida ko'chma ma'noga ega bo'ladi. Masalan: faire Charlemagne - (so'zma-so'zma.: Buyuk Karl singari ish tutmoq) g'alaba, yutuq, foydadan so'ng o'yindan chiqmoq.

Mazkur frazeologik birlik kontestda induviduallik ma'nosini saqlagan. Masalan, Le comte de Solange se leva brusquement, mit son gain ... dans un mouchoir [...] et son visage était si farouche, qu'aucun joueur ne s'avisa de trouver mauvais qu'il fit Charlemagne [159. S.138]. - Graf Solanj birdaniga o'rnidan turib, o'z yutug'ini ro'molchaga o'radi... va uning yuzida shunday vajohat bor ediki, o'yinchilarning birortasi boshqalarga yutqizmaguncha o'yinni tashlab chiqib ketmasligini tushundi.

O'zbek tilshunosligida ham Sh.Rahmatullayev, A.E.Mamatov, B.Yo'ldoshevlar frazeologik birliklarga xos eng asosiy semantik xususiyatlardan biri ularning ma'nosi motivlanganligida ekanligini qayd etishgan. Bunday obrazli motivlangan frazeologik birliklarni tushunish kitobxondan keng bilim doirasiga ega bo'lishni talab etadi. Masalan, Said Ahmad asarlarini o'qiganda mualliflarning induvidual uslubi asosida yasalgan Mukarramxon bo'lib ketmoq (xalq artisti Mukarrama Turg'unboyeva nomidan yasalgan); oraga Qora botir bo'lib tushmoq ("Tohir va Zuhra"dostoni personaji), kabi antroponim komponentli frazeologik birliklarning semantikasini to'liq tushunish uchun kitobxon adabiyot va san'atdan xabardor bo'lish lozim.

Berdisini aytguncha urib o'ldirmoq frazeologizmi Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati"da: Berdisini aytguncha urib o'ldirmoq. Gapirib bo'lguncha kutmay (chidamay) biror narsa demoq. Varianti: Olloh deguncha urib o'ldirmoq. O'xshashi: Berdisini aytmoq, ma'nolari izohlab berilgan. [9. B.37]. Mazkur frazeologik birlikning etimologik ma'nosini tadqiqotimizning oldingi paragrafida keltirganmiz. Ushbu frazeologik birlik xalq rivoyatlariga taalluqli bo'lib, so'zlashuv nutqida va adabiy nutqda keng qo'llaniladi. Masalan, xuddi o'sha ko'nglingdagi joyga bordik - Qayoqqa? Nega? - Berdisini aytguncha urib o'ldiradigan ko'rinasan. Sabr qil, bolam. Bir boshdan aytib beray [12. B.90]; Jo'nab ketishdi... -Qayoqqa? Qachon? - Olloh deguncha urib o'ldirasanmi? To'xtab tur, aytyapman-ku (so'zlashuvdan).

Shu tariqa bu guruhdagi barcha frazeologik birliklar tarkibida tarixan mavjud shaxslar, mifologik shaxslar nomi bilan bog'liq atoqli otlar mavjud. Mazkur tipdagi atoqli otlar o'zi mansub bo'lgan til jamiyatida oson anglashiladi va ibora tarkibidagi ot bilan o'xshash assosiatsiya hosil qiladi, shuningdek, frazeologik obrazni yasashda asos vazifasini bajaradi. Zero, bu guruhdagi atoqli ot jonlilik va individuallik ma'nosini ham saqlaydi;

Ikkinchi holatda frazeologik birlik tarkibida antroponimlar muayyan ma'no torayishiga uchraydi, natijada, ibora komponentlari ichida qisman ma'no ko'chishi yuz beradi. Fransuz tilidagi mazkur guruhga kiruvchi frazeologik birliklar quyidagi ko'rinishga ega: Gautier et Garguille - (so'zlash.) Har xil qalang'i qasang'i odamlar; laisser faire à Georges, c'est (il est) un homme d'âge - o'ta aqlli va namunali odam haqida; faire son petit Saint-Jean - o'zini musichai beozor qilib ko'rsatmoq; o'zini sodda go'llikka solmoq; il y a plus d'un âne à la faire qui s'appelle Martin il y a, à la faire, plus d'un âne qui s'appelle Martin - besh qo'l barobar emas, bir ota-onadan har xil bola tug'iladi; o'zbek tilida: Aql - Hasandir, Odob - Husandir; Borida Hotam, yo'g'ida motam; Otangni oti Toymon puchuq, senga kattali nechuk; Ishni Ismat qiladi, lofni

Toshmat uradi. Shu tariqa, bu guruhga kiruvchi frazeologik birliklar tarkibida atoqli otlar faqat jonlilik semasini saqlab, individuallik ma'nosini yo'qotadi, ularning ko'pchiligi jins tushunchasiga aloqasi bo'lmagan holda umuman inson tushunchasini saqlaydi.

Uchinchi holatda antroponim frazeologik birlik komponenti sifatida to'laligicha semantik planga bo'ysunadi, ya'ni jonlilik va individuallik ma'nosini yo'qotadi. Bunga fransuz tilidan quyidagi misollarni keltirish mumkin: Miches de Saint-Etienne - yurakdagi g'ashlik (so'zma-so'z.: ruhoniy Etyen buxankasi); dame Jeanne - (so'zlashuvda) katta butilka, shisha; faire Gille -qochmoq; se faire appeler Arthur - (so'zma-so'z.: biror bir ahmoqlik uchun ogohlantirish olmoq); 1) tanbeh (qattiq gap ) eshitmoq; 2) yutqazmoq; faire sa Sophie - tannozlanmoq, jizzakilik qilmoq.

Mazkur guruhga kiruvchi frazeologik birliklar kontekstda yorqin emosional-ekspressiv bo'yoqdorlikka ega. Masalan, fr. Roulant en section c'est mon bien. C'est fatal que les premiers se fassent appeler Arthur. - Accélérez en tête, bande de cons! [3. B.36] o'zb. Omadim keldi, o'zimga tanish yo'nalish bo'yicha uchib boryapman. Mushkul ahvoldan qochib qutilish qiyin: Oldinda ketayotganlar ketidan kelayotganlarni o'zishiga yo'l qo'yib berdilar. - Hoy, oldindagilar, joningiz boricha gazni bosing! Itdan tarqaganlar!

O'zbek tilida: Alixo'ja-Xo'jaali; Abujahil qahvasi; Alovuddinning sehrli chirog'i; Boyag'i-boyag'i, Hasan buvaning tayog'i eski tos eski hammom deyilmoqchi; Ramazon keldi -Ramazon oyi keldi; Vaqt o'tadi, hatto Payg'ambar ham o'ladi - umr o'tkinchi ma'nosida qo'llaniladi. Shu tariqa mazkur guruhga kiruvchi frazeologik birliklar tarkibidagi atoqli otlar to'laligicha semantik jihatdan reduksiyaga uchragan va bunday frazeologik birliklar jonsiz predmetni yoki qandaydir tushuncha yoxud hodisani anglatadi.

Ta'kidlaganimizdek, frazeologik birlik hosil qilgan antroponimlarning ma'nosini faqat etimologik tahlil orqali tushunish mumkin. Masalan, fr. tête de Méduse - maxluq, olabo'ji, badbashara; faire la Sainte Nitouche - o'zini gap ko'tarmaydigan, jizzaki, tannoz qilib ko'rsatmoq.

Ushbu faire la Sainte Nitouche frazeologik birlikning matnda qo'llanilishi, uning uslubiy bo'yoqdorligini oshirishga xizmat qilgan: fr. Ce n'était pas la peine que la Pierette fasse la Sainte Nitouche pendant des années pour finir par se mettre avec macaroni [16. R.48]; o'zb. Pyerreta italyankadan qutilish uchun yillar davomida o'zini jizzaki, gap ko'tarmaydigan qilib ko'rsatishi qiyinchilik tug'dirmadi.

Mazkur frazeologik birliklar komponentlaridan biri so'zma-so'z ma'nosini to'liq saqlaydi, boshqasi qisman yoki to'liq semantik ma'no ko'chishiga uchraydi: Gautier sans avoir (so'zlash) -muttaham, firibgar, qashshoq, chuvrindi; Roger Bontemps - qayg'usiz odam; lent comme Jean de Lagny - imillagan, lanj; Madeleine repentante - gunohkorning toat-ibodati; mal Saint-Genou -podagra (modda almashinuvi tufayli yuz beradigan bo'g'inlarni qizishtirib zirqiratib og'ritadigan kasallik); avoir les épaules en bouteille de Saint-Galmier - yelkasi tor, yelkasi chiqqan, bukchaygan [4].

Quyidagi frazeologik birliklarda frazeologik ma'no to'liq ko'chmaydi, biroq murakkablashgan ma'no ifoda etiladi: pousser (faire) des cris de Mélusine - bor ovoz bilan qichqirmoq (so'zma-so'z.: Meluzinaga o'xshab qichqirmoq); Pleurer comme une Madeleine -tavba qilib xudoga sig'inayotgan Magdalina singari yig'lamoq, achchiq ko'z yosh to'kmoq [bibl.]; Ami de Platon, mais plus encore de la vérité - [lotin tilida: amicus Plato, sed magis amica veritas] - Platon mening do'stim, biroq haqiqat qadrliroq; serment d'Annibal- butun umrga ichiladigan jiddiy qasamyod.

Bu kabi frazeologik birliklar badiiy nutqga uslubiy bo'yoqdorlik baxsh etadi. Masalan, À la Saint-Glinglin (à la Saint - Glinglin [Saint-Glinglin]) frazeologik birlikning birinchi ma'nosi motivlanmagan: 1) qachon bo'lishi noma'lum, hech qachon bo'lmaydigan hodisa; ikkinchisi obrazli ma'no ko'chishini hosil qiladi: 2) Hapshanba kuni; qizil qor yoqqanda; tuyaning dumi yerga tekkanda. Masalan, Marie! Marie! Il aurait pu l'appeler comme ça jusqu'à la Saint-Glinglin [4. S.86]. - Mari! Mari! U uni umrini oxirigacha chaqirishi mumkin.

-Quand c'est-il, demande-t-elle, que vot'sœur se décidera à me payer? -Elle passera ... - Je connais ça! À la Saint-Glinglin! [16. R.97]. - Qachon opangiz menga qarzini beradi?-so'radi u. -O'zi sizlarnikiga o'tadi. - Buni ming marta eshitdim! Tuyaning dumi yerga tekkanida keladi.

O'zbek tilida Qizil, Xizrni aynatur frazeologizmida qizil - oltin, tilla tanga ma'nosini ifodalaydi [12. B.414]; jonini Jabborga berib ishlamoq frazeologizmi fonetik uslubda tovush ohangdoshligi asosida hosil bo'lgan bo'lib, bor kuchini sarflamoq ma'nosini ifodalaydi. Alining kekini Validan olmoq, Isoning alamini Musodan olmoq; Qishloqda odam qolmasa, echkining oti mulla Norqo'zi bo'ladi kabi antroponim komponentli frazeologik birliklarni misol keltirish mumkin. Mazkur tipdagi frazeologizmlar yozuvchilar asarlarida keng qo'llaniladi. Masalan,

A.Qodiriy va A.Qahhorning quyidagi badiiy asarlarida salbiy ma'no ifodalovchi frazeologizmlar o'z personajlaridagi emosional holatlarni oddiy so'z bilan emas, balki obrazli frazeologizmlar bilan ifodalaydi.

Bu kutish kunlarimda na uchundir yonimdag'i xalfa shogirdlar bilan bo'laturg'an muomalalarim ham o'zgara boshlag'an, ya'ni so'zlarim dag'al va tundlikka aylangan, go'yo buning ila Alining kekini Validan olar edim. Nihoyat va'daning beshinchi kuni qiz keldi [13.

B.105].

Gijinglagan yigitlar turganda shu qizni sekretar qilib yuboraman, deb o'tiribdi! Qishloqda odam qolmasa, echkining oti mulla Norqo'zi bo'ladi [12. B.199]. Bu ibora xotin-qizlarning qo'lidan ish kelishiga ishonmagan insonlar tilidan istehzo, kinoya ma'nosida qo'llanilgan.

Demak, tadqiq etilayotgan proverbial frazeologik birliklar komponentlaridan biri o'zining aynan ma'nosini saqlab qolganligi tufayli ibora ma'nosini to'liq fahmlash mumkin, ba'zida mazkur proverbial frazeologik birlikning kelib chiqishiga murojaat etishga ehtiyoj seziladi.

Albatta, barcha frazeologizmlarning har doim ham ichki shakli asoslanavermaydi va ularning ichki shakllari doim ma'lum bir til jamoasining moddiy yoki ma'naviy madaniyati to'g'risida tushuncha beravermaydi. Zero, proverbial frazeologik birliklarning motivlanishini tahlil etish mazkur tilda so'zlashuvchi xalqning milliy xarakteri to'g'risida dastlabki tasavvurga ega bo'lish imkonini yaratadi.

REFERENCES

1. Rahmatullayev, Sh. "O'zbek tilining etimologik lug'ati"/ Sh. Rahmatullayev. - Toshkent: "Universitet nashriyoti",2000.

2. Назарян, А.Г. Идиоматические выражения французского языка / А.Г. Назарян. - М.: «Просвещение», 1978.

3. Ripert, P. Dictionnaire des maximes, dictons et proverbes français / P. Ripert. - Paris: Éditions de la Seine, DL 2003.

4. Expressions françaises [En ligne]: URL: http://www.expressionsfrancaises.fr/expressions-d/2773-donner-un-soufflet-a-ronsard.html

5. Favier, J. Charlemagne / J. Favier. - Paris: Fayard, 1999.

6. Скоробогатова,Т.И. Блики истории во французской фразеологии / Словарь-справочник историко-этимологических толкований. - Т.И.Скоробогатова. Ростов-на-Дону, 2015.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.