Научная статья на тему 'MUQOBILSIZ LEKSIKA'

MUQOBILSIZ LEKSIKA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
636
137
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Lingvokulturologik birlik / muqobilsiz leksika / xalqlar madaniyati / mahalla / hashar / guzar / qumg'on. / Lingvokulturologik unit / lexicon without alternative / culture of peoples / mahalla / hashar / guzar / kumgon.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Pazeledinova Sayyora Tursinboy Qizi

Bugungi kunda turli xalqlar tili va madaniyatini o'rganish, ularni qiyosiy tahlil qilish, til va madaniyat mushtarakligini tadqiq etish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bu vazifani lingvokulturologiya o'z zimmasiga oladi. Tillar orasidagi farqlar madaniyat orasidagi farqlarga asoslanadi. Ma‘lum bir millatda madaniyat belgisi deb qaraladigan ifoda birliklari boshqasi uchun oddiygina muloqot vositasi tarzida namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada muayyan maqsadlarda qo‘llanuvchi leksik va frazeologik birliklar millat qiyofasini namoyon etuvchi muhim vosita ekanligi, tarjima jarayonida nimalarga e'tibor qaratilishi lozimligi yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UNEQUAL VOCABULARY

Today, the study of the language and culture of different peoples, their comparative analysis, the study of the common language and culture is one of the urgent tasks. Linguoculturology assumes this task. Differences between languages are based on differences between cultures. In one nation, the units of expression that are considered symbols of culture are simply a means of communication for another. This article explains that lexical and phraseological units used for specific purposes are an important tool for expressing the image of a nation, and what to look for in the translation process.

Текст научной работы на тему «MUQOBILSIZ LEKSIKA»

MUQOBILSIZ LEKSIKA Pazeledinova Sayyora Tursinboy qizi

Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti III bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6635534 Annotatsiya. Bugungi kunda turli xalqlar tili va madaniyatini o'rganish, ularni qiyosiy tahlil qilish, til va madaniyat mushtarakligini tadqiq etish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bu vazifani lingvokulturologiya o'z zimmasiga oladi. Tillar orasidagi farqlar madaniyat orasidagi farqlarga asoslanadi. Ma'lum bir millatda madaniyat belgisi deb qaraladigan ifoda birliklari boshqasi uchun oddiygina muloqot vositasi tarzida namoyon bo'ladi. Ushbu maqolada muayyan maqsadlarda qo'llanuvchi leksik va frazeologik birliklar millat qiyofasini namoyon etuvchi muhim vosita ekanligi, tarjima jarayonida nimalarga e'tibor qaratilishi lozimligi yoritiladi.

Kalit so'zlar: Lingvokulturologik birlik, muqobilsiz leksika, xalqlar madaniyati, mahalla, hashar, guzar, qumg'on.

НЕКОНТРОЛИРУЕМАЯ ЛЕКСИКА Аннотация. На сегодняшний день изучение языка и культуры разных народов, их сравнительный анализ, изучение общего языка и культуры является одной из актуальных задач. Лингвокультурология берет на себя эту задачу. Различия между языками основаны на различиях между культурами. У одного народа единицы выражения, считающиеся символами культуры, для другого являются просто средством коммуникации. В данной статье объясняется, что лексические и фразеологические единицы, используемые для конкретных целей, являются важным средством выражения образа нации, и на что следует обращать внимание в процессе перевода.

Ключевые слова: Лингвокультурологическая единица, безальтернативный лексикон, культура народов, махалля, хашар, гузар, кумгон.

UNEQUAL VOCABULARY Abstract. Today, the study of the language and culture of different peoples, their comparative analysis, the study of the common language and culture is one of the urgent tasks. Linguoculturology assumes this task. Differences between languages are based on differences between cultures. In one nation, the units of expression that are considered symbols of culture are simply a means of communication for another. This article explains that lexical and phraseological units usedfor specific purposes are an important tool for expressing the image of a nation, and what to look for in the translation process.

Keywords: Lingvokulturologik unit, lexicon without alternative, culture of peoples, mahalla, hashar, guzar, kumgon.

KIRISH

Globallashuv, stadartlashuv, integratsiyalashuv va madaniyatning aralashuvi yuz berayotgan bugungi kunda turli xalqlar tili va madaniyatini o'rganish, ularni qiyosiy tahlil qilish, til va madaniyat mushtarakligini tadqiq etish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Obyekti madaniyat va tilning o'zaro aloqasi jaroyinida, lisoniy va nutqiy birliklarning madaniyat belgisi tutashgan nuqtasida vujudga kelgan fan - lingvokulturologiya hozirda muhim sohalardan biri sifatida taraqqiy etmoqda. U tilni madaniyat fenomeni, tashuvchisi sifatida o'rganadi. Madaniyatni tildan foydalanuvchi kishilar yaratadi. Tillar orasidagi tafovutlar, odatda, madaniyat

orasidagi farqlarga asoslanadi. Bu farqlar tilning leksik va frazeologik birliklarida namoyon bo'ladi.

Muqobilsiz leksika boshqa bir tilga aynan tarjima qilib bo'lmaydigan, ma'lum bir xalq madaniyatiga xos belgilarini ifodalaydigan hodisa. Har qanday til yoki dialektda boshqa tilga bir so'z bilan tarjima qilib bo'lmaydigan so'zlar, frazeologik birliklar, tushunchalar mavjud bo'ladi: mehr-muhabbat, mehr-oqibat, mehr-shafqat va shu kabi frazeologik birliklar kabi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Muqobilsiz leksikani o'rganishga bo'lgan qiziqish XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab kuchaydi. ''Muqobilsiz leksika" termini ilmiy muomalaga tadqiqotchilar Y.M.Vereshchagin va V.G.Kostomarovlar tomonidan kiritilgan. Ular mazkur terminni quyidagicha izohlashgan: "Muqobilsiz leksika boshqa madaniyat va tilda mavjud bo'lmagan tushunchalarni ifodalovchi so'zlar, ya'ni faqat muayyan madaniyatgagina xos bo'lgan madaniyat unsurlari, shuningdek, boshqa tilda tarjimasi bo'lmagan, bir so'z bilan aytganda, o'zi taalluqli bo'lgan tildan tashqarida muqobili bo'lmagan so'zlardir''.

L. S. Barxudarovning yozishicha: "Muqobilsiz leksika - bir tildagi leksik birliklarning boshqa tilda to'liq yoki qisman muqobiliga ega bo'lmasligidir". U muqobilsiz leksikaga quyidagi uchta guruhdagi leksik birliklarni kiritadi:

Atoqli otlar - geografik joy nomlari, tashkilot, korxona, gazeta va h.k. nomlar.

Realiya - boshqa tilda so'zlashuvchilarning amaliy tajribalarida mavjud bo'lmagan predmetlar, tushunchalar va vaziyatlarni ifodalovchi so'zlar. Masalan: moddiy va ma'naviy madaniyatdagi milliy taom nomlari, milliy libos nomlari va h.k.

"Tasodifiy lakunalar" - biror bir tildagi leksik birliklarning qandaydir sabablarga ko'ra boshqa tilning leksik tarkibiga mos kelmasligi.

TADQIQOT NATIJALARI

A.O. Ivanovga ko'ra, muqobilsiz leksika quyidagicha guruhlarga ajratilgan:

Referensial muqobilsiz leksika: realiyalar; terminlar; frazeologizmlar; muallifning individual neologizmlari; semantik lakunalar; matnda keng ma'noda qo'llanilgan keng semantik qamrovli so'zlar; tarjima tilida ma'nosini faqat tasvirlash yoki transformatsiya vositasida ifodalash mumkin bo'lgan turli tipdagi murakkab so'zlar.

Pragmatik-muqobilsiz leksika:

a) umumiy til me'yoridan turlicha chekinishlar: hududiy va ijtimoiy dialektlar, jargonlar, argolar, tabulashgan leksika, arxaizmlar va h.k;

b) abbreviaturlar;

v) subyektiv bahoga ega bo'lgan suffiksli so'zlar;

g) undov so'zlar;

d) taqlidiy so'zlar;

y) assotsiativ lakunalar.

Alternativ-muqobilsiz leksika: atoqli otlar (antroponimlar, toponimlar, kitoblar, filmlarning nomlari va b.), realiyalar va frazeologizmlar.

L. K. Latishev muqobilsiz leksikani bir qancha tiplarga ajratadi.

1. Realiya so'zlar;

2. Vaqtincha muqobilsiz terminlar;

3. Tasodifiy muqobilsizlar;

4. Struktur ekzotizmlar.

MUHOKAMA

Muqobilsiz leksikaning vujudga kelish sababi L. K. Latishevning qarashicha, asliyat tili sohibiga yaxshi tanish bo'lgan hodisani ifodalovchi, mazkur tilning leksik tarkibidan barqaror o'rin olgan leksik birlik bo'lib, u tarjima tili sohibi uchun mutlaqo notanish yoki juda kam tanish bo'lgani uchun va tarjima tilining leksik tarkibida aks etmaganligida deb ko'rsatadi. Shu bilan birga, turli madaniyat va etnik hamjamiyatlar tomonidan olamni o'zgacha ko'rish tarzidir. Bu xususan, tarjima tilida har doim ham asliyat tilida qayd etilgan leksik birliklar o'zining tushuncha va ma'nosida qayd etilmasligida namoyon bo'ladi. Ularda muayyan madaniyatga xos bo'lgan milliy-madaniy unsurlar mavjud bo'lganligi sababli tarjima qilishda transliteratsiya, transkripsiya, kalkalash va tasviriy usuldan foydalaniladi.

1. Transliteratsiya usuli orqali tarjima tili harflari yordamida muqobilsiz leksikaning tarjima muqobili yaratiladi va tarjima tilining fonetik qoidalariga ko'ra talaffuz qilinadi. Transliteratsiya usuli tarjima tilida so'zning muqobili umuman bo'lmaganda qo'llaniladi. Bu usul orqali tarjima qilingan birliklar mohiyati jihatidan o'zga tildan so'z o'zlashtirishga o'xshab ketadi. Afzalligi shundaki, muqobilsiz leksikaning ishonchliligidir. Tarjimon transliteratsiya jarayonida yangi so'z yoki kam tushunarli bo'lgan so'zning izohidan va uning noto'g'ri talqinidan qochadi. Lekin bu bilan resipient so'zning ma'nosini to'liq tushunmasligi mumkin. So'zning ma'nosi faqat kontekst orqali ochiladi. Masalan, producer so'zi o'zbek tiliga prodyuser, computer - kompyuter, interview - intervyu, printer - printer, вагон - vagon, комбайн - kombayn tarzida transliteratsiya qilingan.

2. Transkripsiya usulida muqobilsiz leksik birlikning talaffuzi tarjima tilidagi harflar bilan beriladi. Transkripsiya usulida kishi va joy nomlarini tarjima qilish lozim bo'lganda foydalaniladi: Haynrix Hayne - Genrix Geyne, Scarlett- Skarlet, Thomas - Tomas, Thokur -Tagor, O'zbekiston - Uzbekistan, Samarqand - Samarkand, agency - agentlik, antique - antik.

3. Kalkalash usuli (fransuzcha: nusxa olish, taqlid qilish). Bu usul tarjima jarayonida ko'p qo'llaniladi. Unda muqobilsiz leksik birlikning tarkibiy qismlari tarjima tiliga aslidagidek, so'zma-so'z o'giriladi. Masalan, ingliz tildagi green revolution birikmasi o'zbek tiliga yashil revolutsiya, copyright - mualliflik huquqi, foreign school - xorijiy maktab, cold arms - sovuq qurol birikmasi sifatida so'zma-so'z tarjima qilingan. Frazeologik birliklarni ham tarjima qilishda leksik jihatdan farq qiladigan yoki muqobil variantlar bilan tarjima qilishdan ko'ra, kalkalash usuliga murojaat qilish samarali bo'ladi.

4. Tasviriy usul. Bu usulda so'z yoki frazeologik birliklarning na ekvivalenti, na muqobil varianti, na kalka yordamida tarjima qilishning imkoni bo'lmaydi. Shunday holda tasviriy usul yordamga keladi. Bir so'zni tarjima tilidagi so'z, so'z birikmasi, frazeologik birliklar va butun bir gap orqali tarjima qilish mumkin. - Yozuvchi deyishayotgandi, - javob berdi ikkinchisi. -Yozuvchi nima qiladi bu yerda, ularni joyi Mtatsmindada! (N. Komilov tarjimasi "Abadiyat qonuni", 18) Tarjima jarayonida tarjimon nafaqat asliyat tilini, shu bilan birga, boshqa madaniyatning o'ziga xos xususiyatlari, an'analari, urf - odatlari, mentalitetini yaxshi bilishi kerak. Bu gapda Mtatsminda (lug'aviy ma'nosi: "Muqaddas tog'") - Tbilisidagi taniqli jamoat arboblari dafn etiladigan tepalik. Agarda tarjimon gruzin millatining yashash tarzini, bu nom tepalik nomi ekanligini va bu joyga aynan taniqli jamoat arboblari dafn etilishini bilmasa, buni boshqa millat vakili bo'lgan resipient tushunmagan bo'lar edi.

Xalqimizning turmush va tafakkur tarziga nazar tashlaydigan bo'lsak, boshqalarga hech o'xshamaydigan, ming yillar davomida shakllangan, nafaqat o'zaro muomala, balki hayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyon bo'ladigan bir qator o'ziga xos xususiyatlarimiz talaygina. Masalan, mehr - oqibat, mehr - shafqat, qadr - qimmat kabi tushunchalar o'zbek xalqiga xosdir; guzar, mahalla, qumg'on, choyxona, dasturxon, hashar kabi so'z va tushunchalar xalqimizning milliy o'zligini, madaniy hayoti va o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi.

Guzar - o'tish joyi; ko'cha, mahalla. Qishloq yoki mahallalarning chorrahalarida joylashgan, choyxonalari, qassoblik, baqqollik kabi do'konlari bo'lgan obod, gavjum joy. Buxoro xonligida: mahalla. (O'TIL, 516) . Kuz havosining suyaklarni zirqiratuvchi sovug'iga qaramay, guzarda choyxo'r ko'p edi.

Mahalla (joy, o'rin, makon) - ma'lum bir hududni o'z ichiga olgan va aholisi bir jamoaga birlashgan ijtimoiy-hududiy bo'lak: Bir bolagayetti mahalla ota-ona.

Qumg'on - choy qaynatish uchun foydalaniladigan, ko'zacha shaklidagi dastali va qopqoqli idish: O'choqning og'zida o'tga ko'milgan qora qumg'on vaqirlab qaynaydi.

Hashar - yig'in, to'da; yig'ilish, anjuman. Biror ishni bajarishda ko'pchilikning ixtiyoriy, beg'araz ishtiroki, ixtiyoriy ko'magi (O'TIL, 517). Masalan, Hashar - elgayarashar.

XULOSA

Bu kabi leksik birliklar xalqimizning asriy qarashlari, ma'naviy hayotining asosi sifatida yuzaga kelgan, tasavvurimizda muhrlangan qadriyatlar, an'analar ifodasidir. Shunday ekan, bunday birliklar faqat bizning millatimizgagina xos hodisalar bo'lib qolmay, boshqa xalq vakillarida ham bunday jarayonlar kuzatiladi. Muqobilsiz leksikani tarjima qilishda nafaqat asliyat tilini bilishi, balki xalqlar madaniyatining o'ziga xos xususiyatlari, urf-odati, maishiy hayoti, nutqiy etiket qoidalarini bilishi talab qilinadi. Shundagina tarjima muvaffaqqiyatli amalga oshadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Бархударов Л. С. Язык и перевод: Вопросы общей и частной теории перевода. -М.: Международные отношения, 1975. - 240 с.

2. Верещагин Е.М., Костомаров В.Г. Лингвострановедческая теория слова. - М.: Русский язык, 1980. - 320 с.

3. Иванов А. О. Безэквивалентная лексика. Уч. пособие. - СПб.: Филол. фак. С. Петерб. гос. ун-та, 2006. - 192 с.

4. Латышев Л.К. Технология перевода: Учебное пособие по подготовке переводчиков (с немецкого языка). - М.: НВИ Тезаурус, 2000. - 280 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.