Научная статья на тему 'FOTINIYA (PHOTINIA) TURKUMI TURLARINING BIOEKOLOGIYASI VA KO‘PAYTIRISH TEXNOLOGIYASI'

FOTINIYA (PHOTINIA) TURKUMI TURLARINING BIOEKOLOGIYASI VA KO‘PAYTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Fotiniya (Photinia frasera) buta / landshaft / qalamcha / novda / subtropik / ellipssimon / kampazitsiya.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Kayimov Abdixalil, Ne’matov Shahzod Behzod O‘g‘li

Maqolada fotiniya (photinia frasera) ning manzarali xususiyatlari uning biologik kursatgichlari, axoli yashash joylari, shaxar va park xamda xiyobonlarni ko‘kalamzorlashtirishdagi axamyati bayon etilgan. Shu bilan birga fotiniyani urug‘idan va vegetativ ko‘paytirish agrotexnikasi xaqida malumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FOTINIYA (PHOTINIA) TURKUMI TURLARINING BIOEKOLOGIYASI VA KO‘PAYTIRISH TEXNOLOGIYASI»

FOTINIYA (PHOTINIA) TURKUMI TURLARINING BIOEKOLOGIYASI VA KO'PAYTIRISH TEXNOLOGIYASI

1Kayimov Abdixalil, 2Ne'matov Shahzod Behzod o'g'li

1professor, ToshDAU, 2ToshDAU Mustaqil tadqiqotchisi Toshkent davlat agrar universiteti O'rmon xo'jaligi va landshaft dizayn fakulteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14005019

Annotatsiya. Maqolada fotiniya (photinia frasera) ning manzarali xususiyatlari uning biologik kursatgichlari, axoli yashash joylari, shaxar va park xamda xiyobonlarni ko'kalamzorlashtirishdagi axamyati bayon etilgan. Shu bilan birga fotiniyani urug'idan va vegetativ ko 'paytirish agrotexnikasi xaqida malumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Fotiniya (Photinia frasera) buta, landshaft, qalamcha, novda, subtropik, ellipssimon, kampazitsiya.

Abstract. The article describes the scenic features of photinia (photinia frasera), its biological characteristics, its importance in landscaping of settlements, cities and parks, as well as alleys. There is also information on the techniques of seed multiplication and vegetative propagation.

Keywords: Fotinia (Photinia frasera), bush landscape, subtropical, elliptical, composition of the rod.

Аннотация. В статье приведены материалы о декоративных свойствах биологические показатели, значений фотинии озеленении населенных пунктов, городов, парков и скверов.

В месте с тем раскрывается технология размножения фотинии семенным и вегетативным путем.

Ключевые слова. Фотиния (Photinia frasem), кустарник, пейзаж, черенки, ветки, субтропический, эллиптических, компазиция.

Kirish

Malumki bugunki kunda axoli yashaydigan xududlarni, shahar va qishloqlarning ko'rkam bo'lishida manzarali daraxt va butalarning urni beqiyosdir. Ushbu xududlarni ko'kalamzorlashtirishda joyning tuproq-iqlim sharoitlarini xisobga olgan xolda mos keladigan manzarali daraxt va butalarni tanlash va ekish amaliy ahamiyatga molik ish turlaridan xisoblanadi. Bugungi kunda zamonaviy shaxar qurulish tarmoqlarida nafis kurinishdagi landshaft kompozitsiyalarini yaratishda uzoq muddatda gullovchi manzarali o'simliklardan foydalanish maqsadga muvofiqdir [2].

Shahar va qishloqlarimizni istiroxat bog'lari va xiyobonlar, yul buylarini ko'kalamzorlashtirishda albatta manzarali darxt va buta o'simliklarni jumladan manzarali barglari va gulari bilan fotiniyaning (Photinia frasera) xam urni beqiyosdir. Ushbu manzarali fotiniya butasidan axoli yashash joylari va turli davlat tashkilotlari xududlarini ko'kalamzorlashtirishda foydalanish xududning estetik ahamiyatini yanada oshiradi. Mazkur manzarali buta turi yoz oylarida gullaydi, kuzda esa manzarali mayda mevaga uxshash urug'lar xosil qiladi va ular novdalarda uzoq muddat saqlanadi. Buta uzining manzaraviyligini uzoq yillar davomida saqlab turishi uchun doimiy ravishda parvarishlash, shoxlarini kesib yoshartirish va meyor darajasida oziqlantirish muxim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda fotiniya butasidan Toshkent shaxrining deyarli barcha xududlarida jumladan, bog'-parklarda, xiyobon, talim

muassasalari, maishiy binolar, savdo maskanlari atrofini ko'kalamzorlashtirishda foydalanilmoqda.

Bu o'simlik butasi uzimizning sharoitda yakka tartibda o'sadigan bo'lsa 4-15 metrgacha yetadi. Uni ayniqsa aftomabil yullari buylarida yakka xolda yoki gurux xolida ekib, manzarali kampazitsiyalar xosil qilish mumkin va ular qishloq hamda shaxarlarga tashrif byuruvchi turistlarga estetik zavq beruvchi manzarali o'simlikdir. Shuningdek, yurtimizda yangi qurilayotgan namunali uy joylar, obod qishloq, obod maxalla davlat dasturi doirasida, ko'chalarni innovatsion asosida bezatishda, baland ko'p qavatli imoratlar atrofini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirishda xam ushbu manzarali go'zal yorqin bargli fotiniadan keng foydalanilmoqda.

Tadqiqot uslubi. Tadqiqot ishlari B.A. Dospexov uslubi bo'yicha o'rganildi. Tajriba varyantlari va takroriyliklar o'rnatilgan tartibda joylashtirildi. Qalamchalar 8-10 sm dan kattalikda tayorlandi. Tayorlangan qalamchalar tuproq va torf 1:1 nisbatta tayorlangan yumshoq substratga ekildi va plyonka bilan yopib quyildi. Xar ikki kunda bir marta muntazam sug'orib turildi.

Tadqiqot natijalari. Aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirishda foydalaniladigan manzarali daraxt va buta turlari xususiyatlarini aniqlash ularning changni ushlab qolish darajasi va fitonsidlik xususiytalarini o'rganish xisoblanadi. Axoli yashash joylarini ko'kalamzorlashtirishda foydalaniladigan manzarali butalarning ijtimoiy funksiyasiga ularning estetik tasiri rekreassion va sog'lomlashtirish ahamiyati kiradi.

Manzarali o'simliklarni loyihalashtirish paytida ularning estetik xususiyatlarini doimo xisobga olib boorish kerak. Estetik loyixalashda manzarali daraxt va butalarning xar xil turlaridan foydalanish mumkin va bog'-parklar barpo etishda ularning ko'p funksiyalilik xususiyatlarini taminlash kerak. Butasimon doim yashil manzarali barglari bilan ko'zni quvnatadigan fotiniya turkumi (Photiniya frasera) Ranoguldoshlar (Rosaceae) oilasiga mansub butasimon o'simlikdir. Tabiy tarqalgan areali Xitoy xududiga tug'ri keladi, lekin dunyo buylab tarqalishi Osiyoning shimoliy-sharqidan boshlanadi. Juda guzal barglarga ega bo'lgan butani tabiy sharoitlarda Osiyo va Amerikaning kontinentining tropik va subtropik mintaqalarida usayotganini kuzatish mumkin. Fotiniya O'rta yer dengizi yerlarida manzarali bog' o'simligi sifatida yetishtiriladi, shuningdek Rassiya Qora dengiz soxillarida va Turkiya, Kareya, Filippin yerlaridayam kup uchratish mumkin. Photinia yunonchadan tarjima qilinganda doim yangilanib yashnab turuvchi degan manolarni beradi [1].

Fotiniya oranjeriyali gulli o'simliklari turkumiga ko'proq kiritish mumkin, lekin xonadagi gullarga emas. Bu gul yetarlicha injiq bulib, etibor va parvarishni talab etadi. Agarda o'stirish va parvarishlash qonun qoidalariga rioya qilinmasa, u xolda barglari yorqin qizil rangini yuqotadi. Ko'plab miqdordagi barglarning sifati, to'g'ri olib borilgan kesish va berilayotgan yoro'g'likning intensivligiga bog'liqdir. Fotiniya katta bo'lmagan yoki buta bulib tik yuqoriga qarab o'sib rivojlanadi. O'simlikning asosiy tasining sirti tekis va silliq bo'lib po'stlog'i qo'ng'ir tusga ega. Fotiniya (photinia frasera) novda va shoxlari qayishqoq mustaxkam buladi. O'z vatanida buyi 4-15 m balandlikkacha bulishi mumkin va 40-50 yilgacha yashaydi [1].

Uni yopiq o'simlik sifatida xonadonlarda yetishtirilsa, buta 1,5-2 m gacha usadi. Uning vatani Xitoy bulsada Turkiya Vetnam Amerikada ko'p yetishtiriladi. Barg plastinkalari yangilik davrida to'q qizil keyinchalik yashil tusga kiradi va yana yangi barglari yorqin qizil ranga burkanaveradi. Barglar uzun bandli ovalsimon utkir qirrali elliptik shaklda bulib 10-12 sm tashkil etadi. Fotiniya doim yashil o'simlik bulgani uchun yil davomida yorqin qizil barglari bilan yashnab turadi. Kurtaklaridan xosil bulgan gullari yumoloqsimon shaklga ega bo'lip, uz

kurinishi bilan mayda mevalarni eslatadi. Toshkent shahrining olmazor citida usib turgan namunasi vegitatsiya davrida 10-15 cm yosh darxtlar 25-30 cm usishi kuzatildi (1-rasm).

O'rtacha kattalikdagi yorqin qizil yaltiroq barglari yil davomida tuslanib manzarali kurinishini yangilab turadi. Ushbu jozibali yorqin bargli fotiniya -10-150C xaroratda ham sovuq urmaydi. Gullari mayda 4-5 mm diametri tulqinsimon qirrali bo'lip to'pgulga yig'iladi. Gulkosachasining ichida esa yorqin sariq rangli changchi iplari mavjud. Yozda novdalaring uchlarida gullari oq kurinishda gullaydi. To'pgullarining uzunligi 5-7 sm gacha. Fotiniya may oyi oxiridan oktabrgacha gullaydi.

1-rasm. Fotiniya (Photinia frasera) o'simligining soletr va grux xolatta ekilgan xolati.

Fotiniya yoro'sevar doimiy so'g'orish imkoniyatlari mavjud joylarda yaxshi usadi va chiroyli gullaydi. Fotiniya urug'lari mayda bulib, jigarrang tusda mayda olma mevaga uxshash qobig' ichida 2-3 tadan joylashgan. Urug'larini noyabr oyining oxirlarida terish maqsadga muvofiqdir. Ko'pgina buta turlarining urug'lari ko'klamda oldindan tayorlanmasdan ekilgan vaqtda yaxshi natija bermaydi va ko'pchilik urug'lar tekis unib chiqmaydi, ko'pgina xollarda urug' unib chiqishi keyingi yillarga qolib ketadi. Fotiniyani o'stirishni faqatgina aloxida o'simlik sifatida :yozda dala sharoiti ko'chatxonalarda, qishda esa issiqxona sharoitida parvarishlash tafsiya etiladi. Agar u kuchli soyali joyda parvarishlansa, u xolda poyasi kurimsiz bulib o'sadi va barglarining yorqin qizil rangi kamayadi.

Xozirgi kunda Toshkent shaxri sharoitlarida yaxshi usib rivojlanmoqda, uning 40 ta turi mavjud. Fotiniya asosan, urug'larida va vegetativ usulda ko'paytirish mumkin.

Urug'laridan ko'paytirishda kuzda terilgan urug'lar maxsus ipli qopchalarga olip quyilip, erta baxorda tayorlangan pol sharoitida yoki egatlarga sepiladi (2-rasm). Urug' ekish meyyori asosan, urug'lar sifat kursatgichlariga bog'liq xolda sepish maqsadga muvoffiqdir. Kuz yoki baxorda xavo xarorati +10-130C xoraratda urug'larni issiqxona yoki kuchatxonalarda yetishtiriladi.

2-rasm Fotiniya (Photinia frasera) butasi uruglarining tashqi korinishi Ekish jarayonlarga ko'ra urug'lar diametriga ko'ra 3 barobar tuproq ostiga qoldirishi lozim va yengilgina nam tuproq ustiga 2-3 sm chuqurlikda sepiladi. So'ngra urug'lar usti mulchalanadi. Agar tuvaklarda yetishtirilsa politelin plyonkasi yoki shaffof oyna bilan berkitish lozim. Urug'larning o'sishi uchun xarorat +24-25C bo'lishi talab etiladi. Shunga ko'ra urug'lar ekilga joyini, sistematik tarzda shamollatib sug'orib turish talab etiladi. 3-4 xaftalar o'tib birinchi nixol kurtaklari ko'rinishni boshlaydi.

Vegetativ usulda ko'paytirish: fotiniya doim yashil o'simlik bo'lgani uchun uni yilning istalgan davrida qalamchalaridan ko'paytirish mumkin (qish faslida issiqxonalarda ko'paytirgan maqul). Birinchi navbatta bir yillik novdalardan uzunligi 8-10 sm qilib kesib olinadi va nam tuproqqa yoki torf aralashmasiga ko'mib quyiladi. Ular yaxshi va tez ildiz olishi uchun kimyoviy tezlashtiruvchi vositalar eritma (stimulator) yordamida ishlov berish maqsadga muvoffiq bo'ladi. Bunday kimyoviy moddalardan:geteroauksin, kolxitsin yangi BFK-2 TP25 vositalarini va gibberilin kabi moddalarni ko'rsatish mumkin (3-rasm).

Bu moddalar eritma xolida, shuningdek kukun va pasta shaklida ishlatiladi. Qalamchaning ildiz chiqarishiga kaliy permanganat, uglerod oksidi vodorod va boshqa moddalar xam ijobiy tasir etadi [3].

3-rasm Fotiniya (Photinia frasera) ning vegetativ usulda qalamchalardan ekilish jarayoni.

Qalamchalar ikki xil uslubda quyildi. Stumulatrda 100 ta va nazorat varyanda 100 ta bo'lib, ikki xil uslubda quyilgan qalamchalarning 40-50 foizi saqlanib qoldi qolgani nobud buldi. Bundan kurinib turibtiki birinchi yil olib borilgan tajriba natijalari 40-50% ni kursatti. Tayorlangan qalamchalarning bir yillik yashil qalamchalaridan farqli ravishda yog'ochlashgan qalamchalarda unuvchanlik yuqori buldi. Fotiniya o'simligining urug'larini mart oyida

tayorlangan maydonda ekkanimizda unuvchanlik juda past buldi buni ilmiy jixatdan urganganimizda noyabr urtalarida terilgan urug'lar hali tuliq piship yetilmagan ekan.

Agar tayorlangan qalamchalar 0.6 x 0.20 m qilib joylashtirilsa 1 ga yerga 83,3 ming 0,7 x

0.15.m qilib joylashtirilsa 95,2 ming dona qalamcha joylashtirish imkonini beradi. Tayorlangan qalamchalarni to'g'ri chiziq xolatlarida parallel qatoriga tikkasiga yoki ozgina qiyalashtirib tuproq ustida 2-5 sm, bir ikki dona kurtak (ya'ni uchdan bir qismi) qoldirib ekiladi. Iliq va yorug'lik tushib turadigan joy qalamchalarga kallusning yaxshi shakllanishi ijobiy tasir kursatadi. Talab darajasida parvarishlansa kelajakka o'simlik standart talabdagi ko'chat bo'lip yetishadi. Ushbu fotiniya o'simligini quyilgan talablar asosida standart ko'chatlarini yetishtirish amaliy axamiyatga molik ish turlaridan xisoblanadi. Malumki ko'p xollarda ko'p tanali buta xolida shakillanadi, shuning uchun yetishtirilayotgan kuchatlarni yakka xukumron novdasini qoldirib daraxt shaklida kesib parvarishlash, axoli yashash joylari va shaharlarni ko'kalamzorlashtirish xamda obodonlashtirishda foydalanish xududlarning estitik qiyofasini oishiradi.

Xulosa

O'zbekiston shaharlarini ko'kalamzorlashtirishda fotiniya (Photinia frasera) istiqbolli o'simlik xisoblanadi. Fotiniyaning bu manzarali shakillari Respublikamizning xamma xududlarida ko'kalamzorlashtirish uchun tafsiya etiladi. Ushbu o'simlik ko'kalamzorlashtirishda foydalanishni keng yo'lga qo'yish iqtisodiy jixattan samarali, qolaversa atrof muxitni xamda yurtimiz go'shalarini chiroyiga yanada chiroy qo'shishga sharoit yaratadi. O'zbekistonning keskin kantenental iqlimiga bardoshli o'simlik xisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Kalkam C. "The Malesian species of the subfamily Maloideae (Rosaceae)" (PDF), Blumea, 21: 413-442.

2. Соколова Т.А. И.Ю Бочкова, О.Н. Бобьлева. Цвет в ландшафтном дизайне. - М. ЗАО (Фитон), 2007.

3. ^айимов АД., Трок Дж. Ахоли яшаш жойларини кукаламзорлаштириш. -Tошкент. :Fan va texnologiya, 2012. - 124 б.

4. Jichao Z. et al. Application of Photinia fraseri to Landscape Planting Design [J] //Anhui Agricultural Science Bulletin. - 2008. - Т. 15.

5. Oren-Shamir M., Nissim-Levi A. Temperature and gibberellin effects on growth and anthocyanin pigmentation in Photinia leaves //The Journal of

6. Liu B. B. et al. Phylogenomic analyses of the Photinia complex support the recognition of a new genus Phippsiomeles and the resurrection of a redefined Stranvaesia in Maleae (Rosaceae) //Journal of Systematics and Evolution. - 2019. - Т. 57. - №. 6. - С. 678-694.1.

7. Welsh D. F., Zajicek J. M., Lyons Jr C. G. Effect of seasons and irrigation regimes on plant growth and water-use of container-grown Photinia* fraseri //Journal of Environmental Horticulture. - 1991. - Т. 9. - №. 2. - С. 79-82.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.