Научная статья на тему 'OLEANDR NERIUM QALAMCHALARINI TAYYORLASH MUDDATI VA USULLARINING ILDIZ OLISHGA TA’SIRI'

OLEANDR NERIUM QALAMCHALARINI TAYYORLASH MUDDATI VA USULLARINING ILDIZ OLISHGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
57
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nerium oleandr / buta / landshaft / qalamcha / novda / tuproq / qum.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xamroyev Xusen Fatullayevich, Saraboyeva Iroda Shokir Qizi

Landshaft dizaynida qo’llaniladigan manzarali butalar xilma-xil bo’lib, ularning ichida oleander butasi alohida o’ringa ega. Bugungi kunda mamlakatimizda manzarali butalarni ko’paytirishni eng qulay usullari ustida amaliy ishlar olib borilmoqda. Ushbu maqolada oleander butasining bioekologik xususiyatlari va novda qalamchalaridan ko’paytirish texnоlogiyasi bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqotlarda Oleandr Nerium qalamchalarini mart, may va iyun oyida tayyorlashda kо‘mirli suvdan foydalanish orqali 85-100% natijaga erishish mumkinligi aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLEANDR NERIUM QALAMCHALARINI TAYYORLASH MUDDATI VA USULLARINING ILDIZ OLISHGA TA’SIRI»

OLEANDR NERIUM QALAMCHALARINI TAYYORLASH MUDDATI VA USULLARINING ILDIZ OLISHGA TA'SIRI 1Xamroyev Xusen Fatullayevich 2 Saraboyeva Iroda Shokir qizi

1Toshkent davlat agrar universiteti, dotsent, O'zbekiston 2Toshkent davlat agrar universiteti,

tayanch doktorant, O'zbekiston.

1husenhamroyev@mail.ru 2irodasaraboyeva@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10080442

Annotatsiya. Landshaft dizaynida qo'llaniladigan manzarali butalar xilma-xil bo'lib, ularning ichida oleander butasi alohida o'ringa ega. Bugungi kunda mamlakatimizda manzarali butalarni ko'paytirishni eng qulay usullari ustida amaliy ishlar olib borilmoqda. Ushbu maqolada oleander butasining bioekologik xususiyatlari va novda qalamchalaridan ko'paytirish tex^logiyasi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Tadqiqotlarda Oleandr Nerium qalamchalarini mart, may va iyun oyida tayyorlashda ko'mirli suvdan foydalanish orqali 85-100% natijaga erishish mumkinligi aniqlangan.

Kalit so'zlar: Nerium oleandr,buta, landshaft, qalamcha, novda,, tuproq, qum.

Аннотация. Декоративные кустарники, используемые в ландшафтном дизайне, разнообразны, особое место занимает куст олеандра. Сегодня в нашей стране ведется практическая работа по наиболее удобным способам размножения декоративных кустарников. В данной статье представлена информация о биоэкологических свойствах куста олеандра и технологии черенкования. Исследования показали, что при приготовлении черенков Oleandr Nerium в марте, мае и июне можно добиться 85-100% результата за счет использования угольной воды.

Ключевые слова: Nerium oleander, кустарник, ландшафт, черенки, веточки, почва,

песок.

Abstract. The ornamental shrubs used in landscape design are diverse, with the oleander bush occupying a special place. Today in our country practical work is carried out on the most convenient methods ofpropagation of ornamental shrubs. This article provides information on the bioecological properties of the oleander bush and the technology of propagation from cuttings. Studies have shown that when preparing cuttings of oleander Nerium in March, May and June, 85-100% of the result can be achieved through the use of coal water.

Keywords:. Nerium oleander, shrub, landscape, cuttings, twigs, soil, sand.

Kirish. Sambitgul (Oleandr Nerium, tolgul) -kendirdoshlar oilasiga mansub doimyashil buta yoki kichikroq daraxt. Vatani — Kichik Osiyo. O'rta dengiz bo'yida va Osiyoning subtropiklarida 5 navi uchraydi. Qrim va Kavkazda, Qora dengiz bo'ylarida, O'rta Osiyoda manzarali o'simlik sifatida ekiladi. Bo'yi 2-5 m, bargi qalin, to'q yoki och yashil nashtarsimon. Guli 3—7,5 sm kattalikda, yirik, qatma-qat bo'lib, oq, pushti yoki qizil, ba'zan sariq, xushbo'y, novda uchida to'pgul hosil qiladi. Iyul—avgust oylarida gullaydi. O'simlikning hamma qismi zaharli. Po'stlog'i va barglarida yurak kasalliklarida ishlatiladigan neriin, neriantin, oleandrin va boshqa glikozidlar bor. Oleandr qadim zamonlardan beri ko'pgina mamlakatlarda uyda va park-xiyobonlarda manzarali o'simlik sifatida o'stiriladi. Urug'i va qalamchasidan oson ko'payadi.

Tadqiqot uslubi. Oleandr butasi ustidagi tadqiqot ishlari B.A. Dospexov uslubi bo'yicha o'rganildi va amaliyotda qo'llandi. Tajriba variantlari va takroriylikga alohida e'tibor berildi va joylashtirildi. Oleandr novda qalamchalarini ildiz oldirish usulida ko'chatlarini yetishtirish uchun ona o'simlikdan 6-12 sm uzunlikda 600 dona yosh novdalardan qalamchalari tayyorlandi. Novda

qalamchalr uchi yuqoriga 1 -2 sm chiqib turadigan qilib ekildi.. Xar ikki kunda bir marta muntazam sug'orib turildi.

Tadqiqot natijasi. Aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirishda foydalaniladigan manzarali daraxt va buta turlari xususiyatlarini aniqlash ularning changni ushlab qolish darajasi va fitonsidlik xususiytalarini o'rganish xisoblanadi. Axoli yashash joylarini ko'kalamzorlashtirishda foydalaniladigan manzarali butalarning ijtimoiy funksiyasiga ularning estetik tasiri rekreassion va sog'lomlashtirish ahamiyati kiradi. [1].

Olenadr vatani - Yeropaning janubi, Afrika, Osiyo, Arabiston yarim oroli. Tabiatda Nerium Oleandrning yagona turi oddiy Oleandr Nerium o'sadi - balandligi 2 metrgacha o'sadigan, har doim yashil buta, mayda novdali novdalari bor. Barglari yaltiroq, lansolat, uzunligi 10-15 sm va kengligi taxminan 2,5 sm yetadi. Barglari to'q yashil rangda, o'rtasi engil, poyasida qarma-qarshi joylashgan. Gullar oq, qizil, pushti, sariq ranglarda, odatda oddiy va juft bo'lishi mumkin. Oleandr Neriumning barcha qismlari, shu jumladan gullar ham zaharli. Yoz davomida gullaydi. Yozda normal xona harorati, qishda oleandrni 10-12 ° C, kamida 7 ° C haroratda saqlashni afzal. Oleandr quyosh nuriga juda talabchan. Shuning uchun quyoshli joyda saqlash kerak.

Oleandr Kendirdoshlar - Apocynaceae oilasiga mansub o'simlik hisoblanib, bu oilaga o'zining manzaraliligi bilan hammaga ma'lum adenium, barvinok, pahipodium, dipladeniya, katarantus turkumlari ham kiradi. Oleandr turkumida oddiy oleander - Nerium oleandr turi turkumning keng tarqalgan turidan biri sanaladi. Bu manzarali butaning mahalliy nomi Sambitgul deyiladi. Boshqa xalqlarda Zaqqum yoki tolgul ham ataladi [2].

Oleandr - tekis shoxlari bo'lgan 3-4 m balandlikdagi ko'p qirrali baland bo'yli buta yoki daraxtdir. Oleandr O'rta er dengizi va Eronning barcha mamlakatlarida yovvoyi o'simlik sifatida keng tarqalgan. Kavkaz va Qrimning Qoradengiz sohilida, Ozarbayjonda, Markaziy Osiyoning janubida keng tarqalgan. Shimoliy kengliklarda u yopiq o'simlik sifatida o'stiriladi. Barglari ko'p, quyuq yashil, uzunligi 9-14 sm, kengligi 2-3 sm. Barglar qurg'oqchilikka yaxshi mos keladi, juda qalin teri ularning ichki to'qimasini yuqoridan va pastdan himoya qiladi. Tuklar ularni issiqdan va quruq shamoldan himoya qiladi. Bargning bu tuzilishi bug'lanishni kamaytiradi, shuning uchun barglar uzoq vaqt quruq shamollarga - bardosh berishi mumkin. Ammo oleander sovuq qishlarga bardosh bera olmaydi Gullar katta, qizil, pushti yoki oq bo'lib, shoxlarning uchida qalqon shaklidagi to'pgulda joylashgan. Oleandr may-sentyabr oylarida gullaydi, mevalar oktyabr -noyabr oylarida pishib etiladi [2].

Oleandr hamma joyda yetishtiriladigan keng tarqalgan dekorativ o'simlik. U qadim zamonlardan beri davo sifatida ishlatilgan. Oleanderning asosiy dorivor moddalari yurak glikozidlari. Ularning yordami bilan oleander zaharli hisoblanadi. Oleandr yurak glikozidlari, antibakterial, yallig'lanishga qarshi, hipoglisemik, hipolipidemik xususiyatlarga ega. Oleander -bu yangi dori-darmonlarni sintez qilish uchun istiqbolli o'simlik [3].

Oleandr asosan urug'idan va qalamchasidan ko'payadi. Oleandr (Nerium oleandr)turini novda qalamchalarini ildiz oldirish usulida ko'chatlarini yetishtirish uchun ona o'simlikdan 6, 8, 10, 12 sm uzunlikda kesib olindi. Oleandrning novda qalamchalaridan ildiz oldirilib yetishtirilgan bir yillik ko'chatlari GOST 26869-86 (QzDSt 322.15.04.2009) «Саженцы декоративных кустарников»,davlat standartlari talablari asosida amalga oshirildi. Ona o'simlikdan olingan bir yillik va ikki yillik novda qalamchalar, 10 - 15 kun ichida ildiz olishi aniqlandi.

Qalamchalarni maxsus tayyorlangan tuproq va qum aralashmalarida ildiz oldirildi. Qalamchalar issiqxonalarda 1 yil davomida standart ko'chat bo'lib yetiladi. Qalamchalar 5-10 sm chuqurlikka qiyalatib ekiladi. Dastlabki davrlarda qalamchalar kuniga 2 marta sug'orib turildi.

Qalamchalarni 5 ta variantda ildiz olishi tekshirildi.

1. Suv (Nazorat);

2. Ko'mirnH cyB;

3. Kokos torfi;

4. KopHeBHH;

5. Biogomus

Qalamcha ekilganidan 10-15 kun o'tgach, ildiz otish nuqtalari bo'rtishi namoyon bo'ladi. Bu vaqtga kelib kundalik sug'orish miqdori 1 martagacha kamayadi. Oleandr qalamchalari 20-25 kunlarida kurtaklarning bo'rtishi kuzatildi. Haftasiga bir marta sug'orildi va oktyabrda sug'orish to'xtatildi. Tajribalarda eng yaxshi ildiz olish ko'rsatkichi 15 iyunda tayyorlangan va ko'mirli suvda ekilgan variantda qayd etildi ekilgan novda qalamchalarini 90-95% ildiz olishiga erishildi.

Martning birinchi dekadasida tayyorlangan qalamchalarning 50% ildiz oldi. mart oyida tayyorlangan qalamchalar 65% ildiz olishiga erishildi. Mart va may oylarida barglari yozilgan novdalardan tayyorlangan qalamchalar ildiz olishi keskin pasayib ketishi qayd etildi. Qalamchalarni ildiz olishi darajasi ularning 10 iyun xolatiga ko'ra aniqlandi. Bu davrgacha ildiz xosil qilgan va avtotrof oziqlanishga o'tgan qalamchalar mustaqil o'z ildiziga ega bo'lgan ko'chatlarga aylanadi. Ko'chatlarni vegetatsiya yakunida saqlanishi 89-92% ni tashkil etdi (1 oktyabr xolatiga ko'ra).

1-jadval Sambitgul (Oleandr Nerium) qalachalarini tayyorlash muddatlarining ildiz olishga ta'siri

Variant Qalamcha tayyorlash muddat Ildiz olish ko'rsatkichi

Mart May Iyu Mart May Iyun

1 Nazorat 40 40 40 29 30 39

2 Kornevin 40 40 40 0 12 25

3 Kokos torfi 40 40 40 29 28 29

4 Ko'mirli suv 40 40 40 34 38 40

5 Biogomus 40 40 40 30 33 34

Kech ekilgan qalamchalarda ildiz xosil bo'lishi va ko'chatlarni o'sishi erta ekilgan qalamchalarga qaraganda faol kechdi. Mart boshlarida ildiz oldirilgan qalamchalar vegetatsiya yakunida 42-44 sm balandlikka ega ko'chatlar sifatida shakllandilar. Mayda ildiz oldirilgan qalamchalar vegetatsiya yakunida 40-45 sm balandlikka ega ko'chatlarga aylandilar. Iyun oyidagi qalamchlar vegetatsiya yakunida 50-55 sm gacha o'sdi.

rasm. Qalamchalarning ekishdan oldingi va ildiz olgan muddatdagi holati Qalamchalarni parvarishlash 1 yil davomida o'tkazilishi lozim, chunki standart talablariga ko'ra balandligi 50-55 sm bo'lgan oleandr ko'chatlari standart ko'chatlar hisoblanadi. Bundan tashqari oleandrning standart ko'chatlari 5 tagacha yonlama shoxlariga ega bo'lishi va ildiz tizimi uzunligi 25 sm dan kam bo'lmasligi kerak. Iyun uyida ekilgan oleandr novda qalamchalari 1 kvadrat metrda 54-57 dona ko'chat etishtirish imkoniyatini berdi. Bu ko'chatlarning 1 oktyabr xolatiga ko'ra saqlanishi 90-95% ni tashkil etdi.

Xulosa. Sambitgul (Oleandr Nerium, tolgul) -kendirdoshlar oilasiga mansub doimyashil buta yoki kichikroq daraxt. Oleandr qadim zamonlardan beri ko'pgina mamlakatlarda uyda va park-xiyobonlarda manzarali o'simlik sifatida o'stiriladi. Urug'i va qalamchasidan oson ko'payadi. Respublikamizning shahar va parklarini ko'kalamzorlashtirishda Oleandr (Nerium oleander.L) istiqbolli o'simlik xisoblanadi. Uni vegetativ usulda ko'paytirish uchun yog'ochlashgan qalamchalarni mart, may va iyun oylarida tayyorlash mumkin. Ushbu qalamchalarga ko'mirli suv bilan ishlov berish orqali 100% gacha natijaga erishish mumkinligi isbotlandi.

REFERENCES

1. A.K.Qayimov, Aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish.-Toshkent. :Fan va texnologiya, 2012. - 124 б.

2. A.K.Qayimov, E.T.Berdiyev, H.F.Hamroev, S.A.Turdiev. Dendrologiya. T.: Fan va texnologiya, 2015.-360 b.

3. Кароматов. И. Д., Аминова Л. Олеандр как лекарственное средство //Биология и интегративная медицина. - 2017. - №. 3

4. Karadeniz Z. Peyzaj Tasarim Kriterleri Açisindan Samsun Kent Parklarinin incelenmesi : дис. - Fen Bilimleri Enstitüsü, 2019.

5. Xamroyev X. F., Ochilov T. Oshlovchi totim (rhus coriaria) urug 'larini ekishga tayyorlashning urug 'ko'chat unishi va o 'sib rivojlanishga ta'siri //Science and innovation. -2022. - №. Special Issue. - С. 155-158. https://doi.org/10.5281/zenodo.7199854

6. Хамроев Х. Ф., Угли М. Т. Н., Эрназаров А. Ю. Шарк чинори кучатларини вегетатив усулда етиштириш/ZSäence and innovation. - 2022. - №. Special Issue. - С. 152-154.

7. Жураев Ж.М., Холмуротов М.З., Халилова К.А. Раъногулдошлар оиласига мансуб дарахт ва бута турларини асалариларнинг бах,орги ривожланишидаги ахдмияти. "Узбекистон aграр фани хабарномаси" журнали. - Тошкент, 2021. - № 2 (86). - Б. 136139

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.