EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
FORTEPIANO CHOLG'U ASBOBI TARIXI
Kholmatov Sherzod Khushbekovich
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI Milliy libos va san'at fakulteti, musiqa ta'limi kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10793115
EURASIAN I0URNAL OF SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
ARTICLE INFO
Received: 01st March 2024 Accepted: 06th March 2024 Online: 07th March 2024
KEYWORDS Fortepiano, cholg'u, tarix, ixtiro. pedagogika, klaviatura, san'at, musiqa, detal, musiqa, bilim malaka ko'nikma, tajriba, sifat,tovush, ohang, jaranglilik, fortepiano klaviaturasi,
mashqlar.
ABSTRACT
Ushbu ilmiy maqolada fortepiano cholg'u asbobining umumiy tarixiga nazar solish va uning kelib chiqishi,bir qancha ixtirochi olimlarining keng batafsil ma'lumotlarini o'zlashtirish, shuningdek, ustoz san'atkorlar ilmiy-ijodiy ishlaridan tajribalar almashinuvi, tarixiga muhim keng nazar solish va ta'riflar keltirilgan. Ta'limning ustoz shogird an'analarini muvaffaqiyati materialning tushunarli bo'lishiga, qo'ldan keladigan vazifalarni qo'yishga va ularni hal qilishning o'xshash usullaridan foydalanishga, shuningdek, o'qituvchi o'quvchining imkoniyatini rivojlantirishiga ustozlar o'git va nasihatlaridan kelib chiqqan holda so'zsiz amal qilish maqsadga muvoffiq hisoblanadi.
San'at sohasining fortepiano cholg'u asbobi tarixiga bir nazar solsak, hozirgi davr cholg'u asboblari haqida keng qo'llaniladigan cholg'u asboblardan biri fortepiano cholg'u asbobi g'arbu - sharqda birdek qo'llanila boshladi. Fortepiano cholg'u asbobining qay tarzda paydo bo'lganligi haqidagi ma'lumotlarni bilish shu sohaning mutaxasisi bo'lmagan musiqa tinglovchilari uchun ham qiziq bo'lsa kerak.Fortepiano qattiq- sekin ma'nosini bildirib, torli klavishli cholg'u asbobi, Italiyada Kristofori Bartalameo (1709-1711 yillarda) urib chalinadigan mexanizmni o'ylab topib, yasagan. Aslida bu cholg'u asbobning tarixi juda qadim zamonlarga, ya'ni, qadimgi Yunonistonga borib taqaladi. Ko'paytirish nazariyasining asoschisi Pifagor yashagan davrda monoxord deb nomlanuvchi cholg'u asbobi mavjud bo'lgan. Bu cholg'u asbobi ustiga tor tortilgan uzun ingichka quttidan iborat edi.
Bu qutti maxsus daraxt yog'ochidan yasalgani uchun undan chiqadigan tovush baland va o'z tembr xususiyatiga ega bo'gan. Tor quttichaga siljitilmaydigan xarrak bilan qotirilgan, undan tashqari yana bir harakatlantiriluvchi xarrak bo'lib, u torda harakatlantirilib musiqiy tovushni pasaytirish yoki balandlatish uchun xizmat qilgan. Vaqt o'tgan sari bitta tor yoniga boshqa torlar qo'shib borilgan. Bu cholg'u asbobda maxsus noxun (mediator) bilan, ba'zida esa torlarga maxsus tayoqcha, bolg'acha bilan urib ijro etilgan.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Klavikord cholg'u asbobi XII asrda paydo bo'lib, besh asr davomida bir qancha davlatlarda yashaydigan ustalar uni takomillashtirishga harakat qilishgan. Musiqa tovushlari kuchli, qattiq chiqishi uchun har bir klavishga bir necha tor qo'shilgan va quttining hajmi kattalashgan.
Vaqt o'tishi bilan klavikordda bir nechta klaviatura jovlashtirilgan, har bir klaviatura cholg'u asbobi ovoz diapazonini kengaytirishga hamda kuchaytirishga xizmat qilgan. Bu harakatlar ham cholg'u asbobi ovozini kuchaytirishga xizmat qila olmadi.Klavikord qimmatbaho yog'ochdan, bezakli qilib yasalgani uchun boy-badavlat kishilarning mehmonxonalarini ham bezashga xizmat qilgan.XVII asr oxirida Fransiyada pastgi oq klaviaturalar qora daraxtdan qora rangda, yuqoridagilari oq rangda bo'lib fil suyagidan ishlangan. Bunday qilib yasalishining sababi u davrlarda klavishli cholg'u asboblarda ko'proq xotin - qizlar ijro etishgan bo'lib, qora klaviaturalar ustida oppoq qo'lli klavikord chalayotgan xonimlarning jozibali qo'l harakatidan zavqlanish uchun bo'lgan. Ammo bunaqa qora klaviaturalar orasidagi oraliq chiziqlar qorishib ketib, ko'rinmas va cholg'uchiga qiyinchilik tug'dirar edi. XVIII asrga kelib klaviaturalar rangi hozirgi fortepianodagidek joylashtirila boshlagan.
Klavikord bilan bir vaqtda unga o'xshash yana bir klavishli cholg'u asbobi taraqqiy eta boshlab, u har xil: klavitsimbal, chembalo, virdjinel, klavesin kabi nomlar bilan atalar edi. Oxirgisi juda keng tarqalib boshqa har xil ko'rinishdagi shunaqa cholg'u asboblarni bir umumiy nom bilan atalishiga olib keldi.
Klavikorddan farqli, klavisinda torlar har-xil uzunlikda bo'lgan va bu o'zgacha shakl ko'rinishli royal cholg'u asbobi ko'rinishiga o'tdi.
Klavisinda tovushlar urib emas, balki tirnab hosil qilinar edi. Tovushni hosil qiladigan moslama qushlar qanoti patlaridan yasalgan. Klavisinchi ijro davomida tovushlarni qattiq yoki pastlata olmas edi. Klavishli cholg'u asbobi ustalari izlanishda bo'lishdi va 1711 yilda Italiyaning Padua shahrilik usta Kristofore Bartalameo yangi cholg'u asbobi kashf etdi. Unda tovush yog'och bolg'achalar orqali hosil qilindi. Endi cholg'uchi bu cholg'u asbobda qattiq va sekin chalish imkoniga ega bo'lgani uchun fortepiano deb nomlandi.
Bu cholg'u asbobda eng muhim detall (qism) ovoz so'ndirgich hisoblanadi. Agar ovoz so'ndirgich bo'lmaganida torlar keragidan ortiq tebranib musiqa o'rnida faqat shovqin eshitilgan bo'lar edi. Fortepiano cholg'u acbobida ikkita pedal o'rnatilgan bo'lib, biri tovushlarni to'xtatish, ikkinchisi esa sadolantirishga xizmat qiladi. XIX asrga kelib Fortepiano cholg'u asbobining asosan ikki ko'rinishi paydo bo'ldi: gorizantal ko'rinishdagi - royal va vertical ko'rinishli pianino. Royaldan, katta konsert zallarda konsertda to'liq hajmli kuchli musiqiy ohangni sadolantirish uchun foydalanilsa, pianinodan sekin, bo'sh eshitsa ham bo'ladigan xonalarda foydalaniladi. Hozirda fortepiano cholg'u asbobidan Umumta'lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida, Musiqa va Sana't maktablarining barcha xalq cholg'u asboblarini o'qitishda, San'at va madaniyat kollejlarida, oliy o'quv yurtlarining musiqa yo'nalishlarida ushbu cholg'u asboblaridan keng foydalanilmoqda. Fortepiano (ital. forte — kuchli va piano — kuchsiz, sekin) — royal va pianodosholarning umumiy nomi18-asr boshida B. Kristofori (Italiya), J. Marius (Fransiya) va K.G. Shryoter (Germaniya) tomonidan ixtiro qilingan. Keyinchalik F. mexanizmi va shakli I. A. Shteyn, I. A. Shtreyxer (Avstriya), A. Bekers (London), S. Erar (Parij) va boshqa ustalar tomonidan takomillashtirilgan. tovush oxanglarini bosish orqali kigiz qoplangan yog'och bolg'achalar bilan torlarga urish natijasida ohang taraladi.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Klavesin va klavikorddan dinamikasi o'zgaruvchanligimas, kuchli bosishdan asta sekin piano darajasiga o'tish imkoniyatlari) bilan farq qiladi (nomi shundan) fortepiano uchun ilk asarlarni I. Gaydn, V. A. Motsart, L. Betxoven va boshqalar ijod qilgan. Fortepiano o'zining keng ijroviy texnik hamda ifodaviy imkoniyatlari tufayli Yevropa ko'p ovozli musiqasida asosiy yakkanavoz va jo'rnavoz soz sifatida keng o'rin olgan. O'zbekistonda fortepiano musiqasi 1920—30 yillarda V. Uspenskiy, B. Nadejdin qayta ishlagan o'zbek xalq kuylaridan boshlab, keyinchalik G. Mushel, X. Izomov, B. Giyenko, Sayfi Jalil, N.Zokirov, oxirgi yillarda D.Saydaminova, R. Abdullayev, A.Nabiyev, M.Otajonov, D.Omonullayeva va boshqalarning miniatyuralari, sonata va konsertlari, ko'p qismli turkumlari bilan boyidi.O'zbekistonda fortepiano ijrochiligi san'ati rivojiga A.Lisovskiy, N.Yablonovskiy, O'zbekistonda xizmat kursatgan artistlar O.Yusupova, A.Sharipova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan o'qituvchi T. Popovich, xalqaro tanlovlar g'olibi E. Mirqosimova, A. Sultonov, U. Polvonov va boshqalar o'z hissasini qo'shgan.
O'quv yurtlarida o'quvchilarni ijodiy va mustaqil faoliyatga jalb etish, uning samaradorligini oshirish shuning uchun ham muhimki, ular yosh xususiyatlariga ko'ra mustaqil faoliyat yuritish, o'z o'rnini topish va hayotiy maqsadini belgilab olishga nisbatan jiddiy munosabatda bo'ladilar. Shaxsning har taraflama kamol topishi masalasi insoniyatning o'zi singari juda qadimiy tarixga ega.Tabiatdagi uyg'unlik xalqda beixtiyor o'zini takomillashtirish, kamol toptirish istagini vujudga keltirgan. U yanada yaxshiroq, aqliroq, kuchliroq bo'lishni orzu qillgan.Jamiyat, uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy tuzumi shaxsning kamol topishini belgilaydi va uni shakllantiradi.Shaxsning hissiy va aqliy kamol topishida,ijtimoiy faolligida musiqa alohida ahamiyat kasb etadi.Musiqa san'ati insonning hayotini badiiy boyliklar bilan go'zallashtiradi, uning atrofida kishilarga turmushda, mehnatda, jamoachilik ishlarida va dam olishda ijobiy ta'sir etadigan muhitni yaratadi.Musiqa insonga ijobiy ta'sir ko'rsatib, uni ijodga, san'atkorlikka undaydi,unda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiradi. Har bir kishini san'atkorlikka da'vat etmay shahxsni har tomonlama kamol toptirish vazifasini bajarish mumkin emas. Tasavvur, hayol, ijod va ilhom inson shaxsining ajralmas jihatlaridir.
References:
1. Нейгауз Г.Г. Об искусстве фортепианной игры: Записки педагога. 5-е изд. -М.: Музыка, 1988.— 29 с.
2. Савшинский, С.И. Средства выразительности музыканта-исполнителя (Фрагменты из незаконченной книги) // С.И. Савшинский музыкант, педагог, ученый. Сборник статей, материалов, воспоминаний / Сост. О. П. Сайгушкина. СПб. : б. и., 2007. С. 32-66.
3. Г.Нейгауз. Об искусстве фортепианной игры.М. 1958. С. 37.
4. Алексеев, А.Д. История фортепианного искусства / А.Д. Алексеев // Ч. 1, 2. - М.: 1988. С.25.
5. Апраксина, О.А. О возможностях и содержании исследовательской работы учителя-музыканта в общеобразовательной школе / О.А. Апраксина // Музыкальное воспитание в школе. Вып 12. - М.: Музыка, 1977 C.24.
6. Sh.Xolmatov. Fortepiano ijrochiligida innovatsion maxsus mashqlar hamda pedagogik ilmiy-metodlarni rivojlantirish metodikasi./O'quv qo'llanma. Termiz-2023.// 3-4-5 betlar