Научная статья на тему 'СHOLG’U IJROCHILIGINI O’RGANISHDA AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY METODLAR'

СHOLG’U IJROCHILIGINI O’RGANISHDA AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY METODLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
255
110
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
музыка / музыкальные инструменты / дети / методика. / music / musical instruments / children / methods.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mashrabboyeva Farhunda Osimovna

В данной статье речь идет о музыке, музыкальных инструментах, их видах, традиционных и современных методах, детском аккомпанементе на музыкальных инструментах.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article deals with music, musical instruments, their types, traditional and modern methods, children's accompaniment to musical instruments.

Текст научной работы на тему «СHOLG’U IJROCHILIGINI O’RGANISHDA AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY METODLAR»

GHOLG'U IJROCHILIGINI O'RGANISHDA AN'ANAVIY VA ZAMONAVIY METODLAR

Mashrabboyeva Farhunda Osimovna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Musiqa madaniyati" fakulteti "Musiqa ta'limi" yo'nalishi 3-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada musiqa, musiqa cholg'u asboblari, uning turlari, an'anaviy va zamonaviy metodlar,bolalar musiqa cholg'ulariga jo'r bo'lishi haqida yozilgan. Kalit so'zlar: musiqa, musiqa cholg'u asboblari, bolalar, metodlar.

АННОТАЦИЯ

В данной статье речь идет о музыке, музыкальных инструментах, их видах, традиционных и современных методах, детском аккомпанементе на музыкальных инструментах.

Ключевые слова: музыка, музыкальные инструменты, дети, методика.

ABSTRACT

This article deals with music, musical instruments, their types, traditional and modern methods, children's accompaniment to musical instruments.

Keywords: music, musical instruments, children, methods.

Musiqa (yun. mousiche —muzalar san'ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nag'ma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi san'at turi. Uning mazmuni o'zgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy-badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (masalan, ko'tarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik, g'amginlik, xavf-qo'rquv va boshqalar)ni o'zida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (qat'iyatlik, intiluvchanlik, o'ychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviy-tasviriy imkoniyatlari yunon olimlari — Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari — Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari — Imom G'azoliy, Kalobodiy Buxoriy va boshqa tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy tadqiq qilingan. Musiqaning odam ongi va hissiyotiga ta'sir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlarga hamohang bo'lgan protsessual

— muayyan jarayonli tabiati bilan bog'liqdir. Musiqa asarlari mazmunida badiiy g'oyalar umumlashgan holda berilib, musiqali obrazlarning o'zaro munosabatlari (taqqoslanish, to'qnashuv, rivojlanish kabi) jarayonda shakllanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlariga ko'ra musiqa mazmuni ham turli — epik, dramatik, link belgilarga ega bo'lishi mumkin. Bulardan insonning ichki dunyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil bo'lgan lirika musiqaning "botiniy" tabiatiga ancha yaqindir. Musiqaning mazmuni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat bo'lib, bunda ma'lum xalq, jamiyat va tarixiy davrga xos ruhiy tarovat, sur'at, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. Musiqa shakllari har bir davrning ma'naviy-ma'rifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson faoliyatining ko'pgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning o'zaro etik va estetik ta'sir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. Musiqaning ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuyg'ularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini rag'batlantirish vositasi sifatida roli juda muhimdir(5).

O'quvchi yoshlarni musiqiy ta'limda cholg'u ijrochiligiga qiziqtirish to'g'risida fikr yuritishdan avval, musiqa cholg'u asboblari haqida to'xtalib o'tsak.

Musiqa cholg'u asboblari -musiqiy ton yoki o'ziga xos jarangdor tovushlar hamda ma'lum ritmik tuzilmalarni hosil etishga mo'ljallangan cholg'u asboblar; musiqani yakkanavoz yoki jamoa (turli ansambl, orkestr va boshqalar) tarzda ijro etishda ishlatiladi. Har bir musiqa cholg'u asboblarining sadosi o'ziga xos tembr, ma'lum diapazon tovushqator va ifodaviy imkoniyatlarga ega. Musiqa cholg'u asboblari sadosining sifati, ko'pincha, muayyan cholg'u asbobining shakli, umumiy tuzilishi, qurilmasi va uni tayyorlashda ishlatilgan materialga bog'liq. Musiqa cholg'u asboblari qadimdan qamish, bambuk, yog'och, tosh, suyak, metall, teri, ipak, kokos yong'og'i, qovoq va boshqalardan tayyorlangan. Sadolanish xususiyatini qo'shimcha vositalar, ijrochilik uslublari (masalan, torli sozlarni tirnab-chertib chalish, flajolet va boshqalar), ba'zi musiqa bezaklari yordamida o'zgartirish mumkin. Uning paydo bo'lishi insoniyat tarixining ilk davrlariga to'g'ri keladi, mukammallanishi esa musiqa san'ati va ijrochilikning rivojlanishi hamda musiqa cholg'u asboblarini ishlab chiqarish texnika taraqqiyoti bilan bog'liq.

Musiqa cholg'u asboblari tovush manbalariga qarab guruhlarga, ijrochilik uslubi (yoki ishlatilgan mexanizmi)ga qarab guruhchalarga, o'ziga xos qo'shimcha belgilariga qarab xillarga bo'linadi. Musiqa cholg'u asboblari, asosan, torli (xordofonlar), puflab chalinadigan (aerofonlar), teri qoplamali (membranofonlar), tilchali (gemidiofonlar), plastinkali, elektr va elektron musiqa cholg'ulari- idiofonlar guruhlariga bo'linadi.

Torli cholg'u asboblarning guruhchalari: kamonli sozlar (skripka, alt, violonchel, kontrabas, viola, o'zbek sozlaridan g'ijjak, ko'biz, sato va boshqalar), chertib chalinadigan sozlar (arfa, gusli, sitra, gitara, balalayka, dutor, tanbur, rubob, setor, do'mbira va boshqalar), urib chalinadigan torli sozlar (chang, simbali va boshqalar), klavishli urib chalinadigan sozlar (klavikord, fortepiano, royal), klavishli chertib chalinadigan sozlar (klavesin va uning turlari).

Puflab chalinadigan cholg'u asboblarning guruhchalari: tilchali sozlar (surnay, qo'shnay, bo'lamon, shoxnay, klarnet, goboy va boshqalar), tilchasiz sozlar (naylar, fleytalar), mundshtukli sozlar (truba, valtorna, tuba, karnay va boshqalar), pnevmatik klavishli sozlar (organ va uning turlari).

Tilchali cholg'u asboblarning bo'linmalari: pnevmatik klavishli sozlar (fisgarmoniya, bayan, akkordeon va boshqalar), chertib chalinadigan sozlar (changko'biz va uning turlari), urib chalinadigan sozlar (fleksatonlar). Teri qoplamali urib chalinadigan cholg'u asboblarning guruhchalari: sozlanadigan (litavralar), sozlanmaydigan (nog'ora, doira, baraban, tamburin va boshqalar) cholg'u asboblar.

Plastinkali cholg'u asboblarning guruhchalari: urib chalinadigan rezonatorsiz sozlar (ksilofonlar va boshqalar), urib chalinadigan rezonatorli sozlar (ovoz beradigan plastinkalari ostida ma'lum hajmdagi rezonatorlar — trubkalar, bo'sh idishlar va h. k. o'rnatilgan metallofon, marimba, vibrafon va boshqalar), klavishli urib chalinadigan sozlar (chelesta va boshqalar).

Idiofonlarning guruhchalari: sozlanadigan (orkestr kolokoli, ko'ng'iroqchalar, gong va boshqalar), sozlanmaydigan (tarelkalar, tamtam, marakas, qayroq, qoshiq, safoil, likop, patnis, mislagan, zang va boshqalar) cholg'u asboblar.

Cholg'u o'rgatishda an'anaviy metodlardan cholg'ular bilan avval ko'rsatib tanishtirish hisoblanadi. O'quvchilarni avvalo cholg'u asbob bilan yaqindan tanishtirish va ularda qiziqish uyg'otish lozim.Shundan so'ng chalinadigan musiqiy asar bilan tanishtiriladi va o'qituvchi tomonidan bir necha martta ijro qilinib beriladi.O'quvchilarda tushunchalar hosil qiliniadi.Avvaliga chapak,og'izda tovushlarni chiqarish yordamida kuyni taktlarga bo'lib ijro qilinadi.Asta sekin musiqiy cholg'u asbobida taktlarga bo'lib o'rganiladi.

O'quvchilar qanchalik cholg'u haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lsa,chalishni istagan yoki tanlangan cholg'u asbobi haqidagi qiziqarli ma'lumotlarni bilsa,cholg'u asbobini chalgan insonlar hayoti va muvaffaqiyatlari haqida tushunchalarga ega bo'lsa,qiziqishi yanada ortadi va cholg'u asbobini o'rganish davomidagi qiyinchiliklarga ham chidamli bo'ladi.Bugungi kunda o'quchilarga an'anaviy metodlarga qo'shimcha zamonaviy metodlardan ham foydalanib,zamon talablari bilan hamnafaslikda o'rgatilmoqda.Zamonaviy metodlarda o'quvchilarga asbobni nafaqat jonli chalib balki multimedialar yordamida ham na'munalar ko'rsatish orqali ham

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

ifodalanmoqda.Bundan tashqari chalinadigan cholg'uga zamonaviy usullar berish

orqali qiziqtirilib o'rgatilmoqda.Shundan so'ng musiqiy asar bilan taishtirilib

taktlarga bo'lib o'rgatilinadi.

Bolalar cholg'u asboblarida jo'r bo'lish eng qiziqarli mashg'ulotdir,chunki bolalar cholg'u asboblari jonli,tovushli o'yinchoqlar sifatida har bir o'quvchini qiziqtiradi.Bolalar cholg'u asboblari birinchi navbatda o'quvchilarda ijrochilik elementlar orqali ijodkorlik,musiqiy uquv qobilyatlarini rivojlantiradi.Musiqa madaniyati darslarida bolalar cholg'u asboblaridan foydalanish yaxshi natija berish bilan birga,o'quvchilarni darsga intiluvchanligini,qiziqishini,musiqiy uquvini oshiradi.Musiqa darslarida qo'llaniladigan bolalar cholg'u asboblari ikki turga bo'linadi:kuychan va kuychan bo'lmagan (shovqinli) cholg'u asboblar.

1.Kuychan cholg'u asboblarga: metalafon va kselafon kiradi.

2.Kuychan bo'lmagan cholg'u asboblariga: doirachalar,oddiy cho'p qoshiqlar,kichik shiqildoqlar,barabanchalar,uchburchak,marakassa va rumbalar kiradi.

Bolalar cholg'u asboblariga jo'r bo'lish turli metodlarda amalga oshiriladi:

-avval o'quvchilar kuyni tinglab,chapak chalishi,ritmik jo'r bo'lishi amalga oshiriladi

-musiqaga ritmik jo'r bo'lishni aniq bajarganlar,bolalar cholg'u asboblarida jo'r bo'ladi

-keyinchalik esa,passiv bolalar ham tog'ri ijro etishga intilish maqsadida,jo'r bo'ladilar

-bolalar cholgu asboblarida jo'r bo'lish har gal,har xil cholg'u asboblarida bajariladi

-o'quvchilarni 2 guruhga bo'lib: 1-guruh chapak va cholg'uda,2-guruh esa ovozda usul berish (bum-baka-baka-baka-bum) bilan amalga oshirilishi mumkin.Bolalar cholg'u asboblarida ritmik jo'r bo'lish grafikda ko'rsatilgan ritmik tuzilmalarga qarab chalish ham o'quvchilar ijodkorligini oshiradi,faollashtiradi,ijrochilik malakalarini va musiqiy qobilyatlarini har tomonlama rivojlantiradi.

Har qanday metodni qo'llashda o'quvchilarni rag'batlantirish,ularni ishtiyoqini bir umrga so'ndirib qo'ymaslik kerak.O'qituvchi qaysi holatda qaysi metodni qo'llashni yaxshi bilsa,o'quvchilardan a'lo natijalarni olaveradi.Asosiy maqsadimiz ozod va farovon Vatanimizga fidokor va ma'nan yetuk va yurtimiz kelajagini yanada yuksaltirish uchun xizmat qiladigan shaxslarni tarbiyalashdan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. G.M.Sharipova,G.T.Tojiyeva Musiqa o'qitish metodikasi 131-bet

2. Omonullaeva D. Nazarov F. Burhonov D. Bolalar bog'chasida musiqa T.: O'qituvchi. 1990. 26-bet

3. https: //fayllar. org/

4. https://uz.wikipedia.org/

5. https://goaravetisyan.ru/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.