Научная статья на тему 'FORS TILI AMALIY DARSLARIDA MATN TARJIMASI USTIDA ISHLASHDA QO‘LLANILADIGAN SAMARALI USULLAR'

FORS TILI AMALIY DARSLARIDA MATN TARJIMASI USTIDA ISHLASHDA QO‘LLANILADIGAN SAMARALI USULLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
matn / аудиоматн / tarjima / тасвир / diktofon / lug’aviy ma’no / leksik semantic tahlil.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M.R.Habibova, N.T.Xodiyeva

Mazkur maqolada talabalarga chet tilini o’qitishning samarali usullari haqida, chet tilidan matn tarjima qilishda qo’llaniladigan usullar haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FORS TILI AMALIY DARSLARIDA MATN TARJIMASI USTIDA ISHLASHDA QO‘LLANILADIGAN SAMARALI USULLAR»

FORS TILI AMALIY DARSLARIDA MATN TARJIMASI USTIDA ISHLASHDA QO'LLANILADIGAN SAMARALI USULLAR 1M.R.Habibova, 2N.T.Xodiyeva

1,2ToshDSHU, Eron-afg'on filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11079654

Annotatsiya. Mazkur maqolada talabalarga chet tilini o'qitishning samarali usullari haqida, chet tilidan matn tarjima qilishda qo'llaniladigan usullar haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: matn, аудиоматн,tarjima, тасвир, diktofon, lug'aviy ma'no,leksik semantic tahlil.

Аннотация. В данной статье представлена информация об эффективных методах обучения студентов иностранному языку и о методов перевода текстов с иностранного языка.

Ключивые слова: текст, аудиотекст, диктофон, изображение, словарное значение, лексико-семантический анализ.

Abstract. This article provides information on effective methods of teaching students a foreign language.

Keywords: audio text, voice recorder, image, dictionary meaning, lexical-semantic analysis.

Matn ustida ishlash uch bosqichni o'z ichiga oladi: matnni o'qishdan oldin, bevosita matn ustida ishlash jarayoni va matn o'qilgandan keyingi bosqich. Amaliy darslarda matn bilan ishlash uchun shunday matn tanlash kerakki, talaba unda bayon qilinadigan voqea - hodisaga butun vujudi bilan qiziqsin, agar bu ro'y bermasa, samara bo'lmaydi. Aksincha, qiziqish bildirilsa, so'zlarning yodlash jarayoni kuchayadi. O'qituvchi talabaning nafaqat matnda uchragan grammatik shakllarni to'g'ri analiz qilishi, balki uning mazmun - mohiyatini to'g'ri anglashi, o'z mulohazalarini ravon izhor qilish darajasiga ham e'tiborli bo'lishi kerak. Ammo matn tanlanganda undan talaba qanday ma'naviy oziq olishi mumkinligi aniqlab, shundan so'nggina unga kerakli mashqlarni tuzish mumkin. Agar berilgan topshiriq va uy vazifasi oddiy va kunda takrorlanadigan bo'lsa, eng qiziq va maroqli tekst ham uni o'qishga talabani jalb qilmaydi. Matn murakkabroq bo'lsa talabalarni o'ylashga majburlaydigan vazifa tufayli maroq bilan o'qilishi mumkin. Darsda raqobat muhitini tug'dirishi mumkin. Matn yangi so'zlar, grammatik shakllar, nutq modellari, ijobiy g'oyalarga bo'y bo'ladi. Bularning birortasi talaba diqqatidan qolmasligi kerak. Mana shu omillar orqali diskussiya va bahs- munozaralar tashkil qilish mumkin. Matn ustida ishlash uch bosqichni o'z ichiga oladi:

1. Matnni o'qishdan oldingi j arayon

2. Matn ustida ishlash j arayoni

3. Matnni o'rganib, uni tahlil qilish jarayoniga bo'linadi.

Matnni o'qishdan oldingi bosqichning mohiyati shundan iboratki, matnni o'qishga motivatsiya va stimul uyg'otish; talabalarning shu paytgacha to'plagan bilimiga tayangan holda matn mazmunini prognoz qilishga ko'nikma hosil qilish, bundan oldin o'tilgan grammatik mavzuga doir til birliklarini matndan qidirib, topib, differentsiatsiya qila olish, fe'lga xos (bundan oldin o'tilgan) zamon va tus shakllarini to'g'ri topish, so'z yasash elementlarini to'g'ri aniqlash, talabalarni matndagi grammatik shakllarni tahlil qila olishga tayyorlash. Buning uchun o'qituvchi nazorati ostida quyidagi usullar vositasida ishlashi mumkin:

I. Semantik belgi-xususiyatiga ko'ra so'zlarni aniqlash:

1.berilgan so'zga sinonim, antonim so'zlarni topish;

2. Jumla tarkibidagi bo'sh joyni ma'nosi to'g'ri keladigan so'z bilan to'ldirish;

II. So'zlarni formal belgisiga ko'ra topib ajratish:

1. Matndan o'tilgan mavzuga doir grammatik shakllarni aniqlash - so'zlarni bir xil belgisi(bir xil prefiksli, suffiksli, qo'shma so'zlar)ga ko'ra ajratib qo'llanganini tushuntirish;

2. Ularni guruhlarga ajratish; nima uchun bunday shaklda qo'llanganligini tushuntirish;

3. Ajratilgan so'z qaysi so'z turkumiga kiradi? Qaysi so'zdan yasalgan? (kichik guruhlarda ishlash tavsiya qilinadi).

III. Transformatsiya usuli:

1. Ko'chirma gapni o'zlashtirma gapga aylantirish;

2. Ikki sodda gapdan bitta qo'shma gap tuzish.

Ko'rsatilgan jumladagi mazmunni boshqa so'zlar bilan yetkazish. Masalan, quyidagi matnni ko'rib chiqsak:

al£ mjl

Talabalarga vazifa sifatida kichik matn beriladi, unda ular uchun yangi so'zlarni aniqlash va lug'at tarkibidan topish vazifasi beriladi. Shuningdek, bu so'zlarni qanday ma'nodosh so'zlari mavjudligini aniqlanadi.

IV. Lug'at bilan ishlash:

1. Ko'rsatilgan so'zni tez topish;

2. Yasama murakkab ot, sifat, fe'llarning tarkibini izohlash;

3. Matndagi so'zni lug'atdagi shakliga aylantirish.

V. Matn mazmunini taxmin qilish: Matnning sarlavhasi, uningtuzilishi, o'qituvchining nutqi, bular hammasi matnning umumiy mazmunini taxmin qilishga imkon tug'diradi.

l.Matndagi yangi so'zlarni lug'atsiz ma'nosini ilg'ay olish;

2.Sarlavhani o'qib, nima yoki kim haqida so'z borishini forschada aytish;

Matn tarkibidagi birinchi 2-3 gapni o'qib, keyingi mazmunni taxmin qilish.

Ikkinchi bosqichning mohiyati shundan iboratki, bunda bevosita matn ustida ishlanadi. Nazorat ob'yekti - matnning mazmunini tushunish. Bunda matnning mazmuni, mohiyati va strukturasi,shuningdek tilga oid materialni tushunish nazarda tutiladi.

l.So'zlarning imlosi ustida ishlash imkoniyati:

1. Ma'lumki, arab-fors imlosidagi tillarda so'zdagi tovush va harf bir xil bo'lmaydi, ko'p hollarda tovush harfdan ortiq bo'ladi.

2. Talaba xato gapirib, noto'g'ri talaffuz qildimi, demak xato bilan noto'g'ri yozadi. Shuning uchun yozuvga kuchli ahamiyat berish kerakligi ma'lum.

2. Ko'chirma diktant. O'qituvchi matnning muayyan parchasini (agar u katta bo'lsa) uyda 3 marta ko'chirib yozishni vazifa qilibberadi.(Buning uchun alohida daftar tutiladi).

3. Matn mazmunini ochish.

1. Matndan uning asosiy mazmunini tashuvchi gaplarni ajratish; ikkinchi darajali ma'lumotlarni (matnning mazmuniga putur yetmagan holda) eng asosiy qismini yozish;

(O'qitivchi matnning muayyan qismini tarqatadi.Talabalar faqat asosiy so'zlarni qoldirib, eng muhimini qoldiradi. O'qituvchi javoblarni frontal ravishda muhokamaga qo'yadi (kichik guruhlarda bo'lib ishlanadi).

4. O'qituvchi matnni qayta teradi va unda ba'zi ot va fe'l so'z turkumiga oid so'zlarni termasdan ochiq qoldiradi.

Matnni rekonstruksiya qilish:

1.Kalid so'zlardan gaplar va matnga oid so'z birikmalari tuzish;

2. Yana bir samarali usul bu 10 ta gapni 5 ta gap shakliga keltirish; O'qituvchi matnni tugal mazmunli bo'laklarga qirqib ajratadi va tarqatadi Talabalar kerakli mantiqiy ketma-ketlikda joylashtiradilar, (bu shakl asosan kichik guruhlarda ishlanadi). (O'qituvchi hatto ular orasiga boshqa matndan parcha qo'shib qo'yishi mumkin).

Matndagi axborotni umumlashtirish: Har bir abzats, abzatslar va butun matndagi asosiy voqeani ochib berishga xizmat qiluvchi so'zlarni matn tarkibidan topib aniqlash; Matn bo'yicha qisqacha rezyume shakllantirib, tuzish.

Uchinchi bosqich deb matnni o'rganib, tahlil qilinganidan keyingi bosqichga aytiladi. Bu bosqichda asosiy urg'u matnning mazmuniga doir asosiy elementlarni aniqlashga qaratiladi. Vazifa berilganda talabaning matn mazmuni bo'yicha o'z fikrini yozma va og'zaki izhor qila olishi aniqlanadi. Shuning uchun mashqlar reproduktiv-produktiv tusga ega bo'lishi kerakligi muhimdir. Syujetni talqin qilish bo'yicha mashqlar:

1.Matndagi eng muhim voqea yoki epizodni aytish.

2. Matndagi biron voqea yoki talaba diqqatini jalb qilgan epizodning o'rni (ahamiyatini) izohlash;

3.O'qitivchi chet tilidagi matnni 20-30 ta gapdan iborat qilib tarqatadi. Talabalar uni 10 ta gapga aylantirishadi.

2. Personajlarni tavsiflash:

1.Yozuvchi mulohazalarini ajratib ko'rsatish;

2. Matndagi alohida fragmentlarga savol qo'yish;

3.Muallif so'zlari bilan qahramonlarni tavsiflash;

4. Talaba o'zining qarashlari va fikri bilan qahramonlarni tavsiflashi. (Sen o'zing bo'lganingda nima qilgan va qanday qilgan bo'larding?)

Xulosa qilib aytganda, matnni o'qitishdan asosiy maqsad - o'qish, uni tushunish va uning mazmunini anglashdir. Talabaning o'qishga qiziqishini orttirish uchun eng avvalo bir xillikdan, faqat o'qib, oddiy tarjima ustida ishlash, qildirishdan saqlanish kerak. Buning uchun an'anaviy va ba'zi yangi texnologiyalardan o'rinli foydalanish kerak. Matnni tanlaganda uning tarbiyaviy jihati katta rol o'ynaydi,boisi badiiy matn inson ongi, xarakteri, dunyoqarashi va qalbiga kirib borish imkonini beradi. Ikkinchidan, o'tilgan grammatik mavzuni qamrashi, mavzuga mosligi va albatta uning qiziqarli, maroqli bo'lishiga katta e'tibor berish juda ahamiyatga egadir.

REFERENCES

1. Sayyid Muhammad Ziyo Husayniy( fors tilidan A.Quronbekov tarjimasi) Fors tilini chet elliklarga o'qitish nazariyasi va yo'riqlari.T.-2011 y.

2. Salomov G'. Tarjima nazariyasi asoslari.,- T.: «O'qituvchi»,1983 y.

3. Ochilov. Tarjimashunoslikning nazariy masalalari.,-T.: 2014y.

4. Khabibova Mukhabbat Raxmetullayevna «Simultaneous Transfer strategies and their description» Journal of Critical Riviews ISSN-2394-5125,Issue,4,2020

5. Khabibova Mukhabbat Raxmetullayevna «Use of multimedia methods in teaching foreign languages» Дистанционные возможности и достижения науки., Сборник научных публикаций, Киев,2020

6. Khodiyeva Nozima Tulkunovna, Khabibova Mukhabbat Raxmetullayevna, Ahmedova Dilfuza RafukjanovnaPast tense incomplete verb and present tense incomplete verb in Persian», Zenoda,may 26,2021 D0i10,5281 4810048

7. Ahmedova Dilfuza Rafukjanovna, Xodiyeva Nozima Tulkunovna, Xabibova Muhabbat Raxmetullayevna «Fors tilida holat fe'llarining semantik tahlili», Культурология, исскуствоведение и филология: современные взгляды и научные исследования., Москва,2022 г. Сборник статей по материалам LVI международной научно-практической конференции. ISSN 2541- 9870

8. Khodiyeva N.T., Akhmedova D.R., Khabibova M.R.Hozirgi zamon fors tilida fel asosida tuzilgan fe'llarning struktur tahlili».,Oriental Renaissance:Innovative, Educational, naturel and social sciences» scientifie journal.volume 2/issue 4/2

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.