Научная статья на тему 'ARAB TILINI O‘QITISHDA AUDIO MATERIALLARIDAN FOYDALANISH USULLARI'

ARAB TILINI O‘QITISHDA AUDIO MATERIALLARIDAN FOYDALANISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
9
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
arab tili / audiomaterial / ta’lim texnologiyasi / interfaol metod / tinglash / matn / savol / javob. / Arabic language / audio material / educational technology / interactive method / listening / text / question / answer.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Begmatova, Buzahro Ma’rufjanovna

Chet tillarini o‘qitish va bu tilda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash uchun an’anaviy uslublar bilan bir qatorda, zamonaviy pedagogik uslublar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish davr talabi bo‘lib, mazkur maqolada ham arab tilini o‘qitishda audio va videomateriallardan foydalanish, o‘tilgan materialni mustahkamlash hamda talabalarda tinglash, so‘zlashish kompitensiyalarini rivojlantirishda qo‘llaniladigan ayrim audio uslublar haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF USING AUDIO MATERIALS IN TEACHING ARABIC

In addition to traditional methods for teaching foreign languages and training specialists who can speak fluently in this language, modern pedagogical methods, effective use of information and communication technologies are the demand of the times, and in this article, audio and the use of video materials, reinforcement of the learned material, and some audio methods used in the development of listening and speaking skills of students are given.

Текст научной работы на тему «ARAB TILINI O‘QITISHDA AUDIO MATERIALLARIDAN FOYDALANISH USULLARI»

International scientific-practical conference on the (E)ISSN:2181-1784 topic of "Problems and perspectives of modern www.oriens.uz

technology in teaching foreign languages" 3(22) Nov 2023

ARAB TILINI O'QITISHDA AUDIO MATERIALLARIDAN FOYDALANISH USULLARI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10182365

Buzahro Ma'rufjanovna Begmatova

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti "Xorijiy tillar" kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya. Chet tillarini o'qitish va bu tilda erkin so'zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash uchun an 'anaviy uslublar bilan bir qatorda, zamonaviy pedagogik uslublar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish davr talabi bo 'lib, mazkur maqolada ham arab tilini o 'qitishda audio va videomateriallardan foydalanish, o 'tilgan materialni mustahkamlash hamda talabalarda tinglash, so 'zlashish kompitensiyalarini rivojlantirishda qo 'llaniladigan ayrim audio uslublar haqida ma 'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: arab tili, audiomaterial, ta'lim texnologiyasi, interfaol metod, tinglash, matn, savol, javob.

Abstract. In addition to traditional methods for teaching foreign languages and training specialists who can speak fluently in this language, modern pedagogical methods, effective use of information and communication technologies are the demand of the times, and in this article, audio and the use of video materials, reinforcement of the learned material, and some audio methods used in the development of listening and speaking skills of students are given.

Keywords: Arabic language, audio material, educational technology, interactive method, listening, text, question, answer.

Turli millat va elatlar iqtisodiy-madaniy va yana boshqa sohalarda o'zaro hamkorlik qilishlarida til asosiy aloqa vositasi hisoblanadi. Shuning uchun qadimdan turli millat vakillari bir-birlarining tillarini o'rganishga harakat qilganlar. Yigirma birinchi asrga kelib bir kishining kamida uch tilda bemalol so'zlasha olishi oddiy hol bo'lib qoldi. Ayni paytda davlatlararo hamkorliklar rivojlanayotgani sayin chet tillarini o'rganishga ehtiyoj o'sib, malakali mutaxassislarga talab kuchayib bormoqda.

Chet tillarini mukammal egallagan, bu tilda erkin so'zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash uchun zamon talabiga javob beruvchi darsliklar yaratilishi jarayonida an'anaviy uslublar bilan birga zamonaviy pedagogik uslublar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish davr talabiga aylandi.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

Ma'lumki, har qanday texnologiya ta'limning yangi mazmunini shakllantiruvchi ta'lim tamoyillariga asoslanadi va ta'lim oluvchi shaxsini tarbiyalash, unda mehnat va muayyan yo'nalishlarda kasbiy ko'nikmalarni hosil qilishga yo'naltiriladi. Ta'lim jarayonining faol sub'yektlari o'qituvchi va talabalar bo'lib, ularning hamkorlikdagi faoliyatlari muayyan mavzu bo'yicha kam kuch va vaqt sarflangan holda nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o'zlashtirish imkonini beruvchi jarayonning umumiy mohiyatini tavsiflaydi.

O'qituvchining faol, samarali faoliyat ko'rsatishiga yo'naltirilgan ta'lim jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda, ta'lim jarayonini faollashtirish va jadallashtirishga yo'naltirilgan pedagogik texnologiyalar ta'lim oluvchilarga qaratiladi, shuningdek, ularning shaxsiy va o'qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda o'quv materialini o'zlashtirishga sharoit yaratadi, o'rganuvchining aqliy faoliyatini, ongini, fikriy tashabbuskorligini o'stirishga xizmat qiladi. Talabalarning his-tuyg'ularini shakllantirishga, ayniqsa ularning sezgi a'zolarini faollashtirishga yordam beradi. Miyani "mashq" qilishga, tafakkurini teranlashtirishga o'rgatadi [1]. Ilg'or pedagogok texnologiyalarni tanlashda avvalo uning g'oyaviy mazmuniga, ma'naviy va axloqiy qimmatiga ahamiyat berish lozim. Shuningdek, har bir jamoaning saviyasi, o'ziga xos hususiyatlari, ta'lim muassasasining shart-sharoitlari, imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Chunki bir sharoitda yaxshi natija bergan metod, o'zga bir sharoitda yaxshi samara bermasligi mumkin.

Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan uslub va metodlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo'nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular talabalarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o'lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq o'stirish, til o'rgatish, yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi. Mana shunday metodlar arab tili darslaridagi ayrim mavzularni tushuntirish hamda o'tilgan darslarni mustahkamlashda juda katta yordam beradi. Talabalarni jamoa yoki guruhda ishlay olish ko'nikmasini hosil qiladi.

Chet tillarini o'rganishda talaffuz, tinglash, o'qish, yozish va og'zaki nutq ko'nikmalarini birday rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir. Bu ko'nikmalarni egallashda audio va videomateriallaridan unumli foydalanish orqali ko'zlangan natijaga erishish mumkin. Chunki axborot texnologiyalari tez sur'atlarda rivojlanib borayotgan asrimizda hayotimizni biror texnikasiz tasavvur qila olmaymiz. Yangi texnik vositalar barcha ishimizni yengillashtirib bermoqda. Shuningdek chet tillarini o'rganishda ham turli texnika vositalari o'rganish jarayonini ham osonlashtirib ham tezlashtirib berayapti.

International scientific-practical conference on the (E)ISSN:2181-1784 topic of "Problems and perspectives of modern www.oriens.uz

technology in teaching foreign languages" 3(22) Nov 2023

Arab tili ikkinchi til sifatida o'qitiladigan yo'nalishlarda grammatik qoidalarni chuqur o'rganish uchun emas, balki talabalarning shu tilda kundalik mazularda suhbat qura olishlariga kerak bo'luvchi dialog va matnlar o'qitiladi. Albatta bu jarayonni amalga oshirishda audio va video materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi.

Amaliy mashg'ulot davomida talaba dastlab berilgan dialogni audio shaklini tinglab, uni daftarda yozma ifodalaydi, so'ngra uning kitobdagi nusxasi bilan solishtirib, o'z xatolari ustida mustaqil ishlaydi, so'ng yangi so'z va iboralarni o'zlashtiradi. Dialogni to'liq o'zlashtirib bo'lgach, uni o'qib diktofonga yozishi jarayonida o'z nutqi va talaffuzi ustida ishlash ko'nikmasi shakllanadi. Audio materiallaridan foydalanganda biror mavzudagi dialog o'rganilgach, uning leksikasini o'zlashtirish, talabada shu mavzuda suhbat qura olish malakasini hosil qilish uchun bir necha usullardan foydalanish mumkin. yeyingi jarayonda o'tilgan dialog so'zlari asosida boshqa mazmundagi matn beriladi. Yangi matn so'zlari talaba uchun 100 foiz tanish bo'lishi kerak. Talaba matnni tinglab, uni tarjima qiladi. Keyingi bosqichda ushbu matnni diktant shaklida yozadi. So'ngra o'z tarjimasi va diktanti qiyoslanganida o'zining xatolarini topib to'g'rilashi mumkin. Bu jarayonda talaba tinglash, yozish kompetensiyalarini bajaradi. Keyingi bosqichda o'sha mavzu bo'yicha boshqa matn eshittiriladi, talaba matnni tinglagach, uning mazmunini so'zlab beradi. So'zlab berish uchun matn mazmuni tasvirlangan rasmlardan ham foydalanish samaralidir. Chunki talaba rasmni tasvirlar jarayonida o'z fikrini qo'shimcha elementlar ya'ni so'zlar bilan ham boyitishi mumkin. Talabalarga biror mavzuni tasvirlayotganda uning xatolarini ko'rsatish uchun to'xtatmaslik kerak. Chunki talaba o'z fikrini yo'qotib qo'ysa, o'z xatolarini to'g'rilashdan ko'ra faol bo'lmaslikka harakat qiladi.

Audio material bilan ishlanadigan keyingi jarayonda talabaga matn mazmunidan kelib chiqilgan jumlalar beriladi. Talaba matnni tinglash jarayonida undagi fikr to'g'ri yoki noto'g'riligini belgilab boradi. Vazifa so'nggida matnda aynan o'qilmagan lekin matnga oid jumlalar berilishi talabaning mustaqil fikrlashiga turtki bo'ladi. Masalan:

SA^, .SA». ^i JJA* ¿ijl^. .SA^, Jj t^laul .Alu^ AJA* AIA*J .AIA*J ALAX ^jl^

Sj^xJl ^IAV Jj ¿ijl». (_ i»Äjj .JÄJJI Jj Ajj^il ^jl^ .'A^. Alj^j SJJJS AJJAX

. 1JJJ3J SA»JJ Ael^i ^Jj SA^, ^X A^JJI ^JTI uJ .^IJAJI Aau^Jt ^i S^^aJlj

Ushbu audio matnga quyidagi vazifani berish mumkin:

Matnni tinglab, "Ha" yoki "Yo'q" javobini belgilang[2]

AIA*J AJJAX ¿Ijl». ^JJ 1

aIAÍJ Jj tlaojl 2

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

y .JIAXJ ^i JJAX ¿ijL». 3

A Ij^yj AJJAX oA^, 4

5

6

l^jo« d^hull i i^ij 4r-.hu 4<X H S.W Al^jll jjiunj 7

ajljuilh ASx Jj ¿ijl». <. Ajj 8

oA^. ^i jVI ^jl^ 9

JljxJl ^i ^jU SjJ 10

Talaba o'tilgan audiomaterialni to'liq tushunsa, oxirgi 3 ta jumlaga matn mazmunidan kelib chiqib javob beradi.

Audiomaterialga quyidagicha vazifa ham berish mumkin: Talaba dialogni tinglab, nuqtalar o'rnini kerakli so'z bilan to'ldirib boradi. Bu jarayonda vazifada fe'lning shaxsi o'zgarishi mumkin, ya'ni dialogdagi javob beruvchi 3 shaxs ko'rinishida ifodalanadi.

.(jllm^lj jx Ûj^^. - ?jAj Lj Û J.^ jlí jx -

?JAXU Û J^^ JA -

.AJJAAJI ^i jS^I ^xj - ?AJJAJI ^i jS^j JA -

.Aiil^Jb ^»ÁÍ -

Aijïll i Ig.íÍ «1LJI .uÄ j,l

...........jx jAJ J.^ 1

.......J jAJ J. 2

.....^i jS^j jAJ 3

^ Axxl^Jl Jl jAJ t Ajj 4

i AlLJl jm .ïi 5

Audio material bilan ishlashni yana bir vazifa bilan mustahkamlash mumkin. Bunda talabaga bir nechta qisqa dialog shakllari beriladi. So'ngra o'sha dialog mazmuni ak etgan jumlalar o'qiladi. Talaba jumlalarni tinglab qaysi dialogga tegishli ekanini belgilab borishi kerak. Masalan:

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

.^IjaJl jx ^Jjâ (jJdâ ^i oj^VI ^JSJ .ojx*l] Ijjj^ AJj^' . 1

.^J^X AJJS^JI ^i .AJJS^JI jai ^j^^ijj jx y^la .2

.jSIjoiij ji"jI CiIjj^. Jai .tjjUjjx jx ^la .3

.Sjljjiî ^la ^HU jx^x]3] .4

Dialoglar:

jjl jx - 3 ?ajx*i] cj JA- 1

.ljjjjlx jx ul - .cUii ^ ijl cv -

Ç^jsj jjl - i Im*

,W"x\I jx ' nj* (jVii i jM^ix i

4 2

Ojii^H l'vVsi

ÇAJJS^JI ^i |jlx -

J jS"jj Clljj^. - .^HL Ul -

Eshitish orqali topishmoq (Audio - lingval) metodi.

Interfaol metod ham barcha mavjud metodlarning yutuqlaridan keng foydalanishni tavsiya etadi. Ayniqsa audio-lingval metod o'ziga xos o'qitish yo'llari va usullariga asoslanib ish ko'radi, jumladan, til mashqlari va sof nutq mashqlari bilan ish ko'rish ushbu metodning asosini tashkil etadi.

Bunday metod, barcha didaktik prinsiplarni, jumladan ko'rgazmalik va texnik vositalardan unumli foydalanish prinsiplarini ham o'z ichiga oladi, jumladan, darslarda zamonaviy texnik vositalar, kompyuter, video, audio -vositalarni ham keng qo'llanilishini taqozo etadi.

Bu metodni qo 'llash quyidagicha amalga oshirildi[4]:

Avvaldan tayyorlangan matn talabalarga eshittirildi, so'ngra o'sha matnni yozma varianti tarqatildi. Ammo eshitilgan matnning yozma variantida o'tilgan mavzuga oid grammatik xatolar mavjud. Endi talaba qulog'i bilan eshitgan matnni, ko'zi bilan tekshirishi va mavjud xatolarni topib, ularni to'g'irlashi kerak.

Albatta o'tilgan mavzuni yaxshi o'zlashtirgan talaba, mavjud grammatik xatolarni tezda topib bartaraf etadi. Talabalar har bir bartaraf etilgan xatoni tahlil qildilar va fikr almashdilar.

Ko'rib turganimizdek, darsda qo'llanilgan barcha medotlar yangi mavzuni tushuntirish, o'tilgan mavzuni yanada mustahkamlash uchun foydalidir. Yuqorida tahlil qilingan har bir metod o'z davri uchun o'ziga xos ahamiyatga molik bo'lgan va til o'rganishdagi hayotiy ehtiyojlardan kelib chiqib shakllangan va qo'llanilib

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

kelayotgan metodlar bo'lib, ular bir - birini o'zaro to'ldiradi, boyitadi. Shuningdek, bu metodlar tanlangan mavzuni talabalar tez va samarali o'zlashtirishlari hamda og'zaki nutqda qo'llay olish ko'nikmasiga ega bo'lishlariga yordam beradi.

Xulosa qilib aytganda, audiomateriallari bilan ishlash talabalarda til o'rganishda talab qilinuvchi barcha kompetensiyalarni birday shakllanishida katta ahamiyatga ega. Audiomateriallari bo'yicha beriladigan turli ochiq va yopiq test turlari o'tilgan mavzuni to'liq o'zlashtirish va mustahkamlashda yaxshi samara beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Abdujabborov A. Arab tili. - T.: TIU, 2007.

2. Avliyakulov N.X. Zamonaviy o'qitish texnologiyalari. O'quv qo'llanma. -T: 2001. - 68 s.

3. Azizxo'jayeva N.N.. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. T., 2006.

4. Avlayev O.U., Jo'rayeva S.N., Mirzayeva S.R. Ta'lim metodlari. -T.: Navro'z, 2017.

5. Klychnikova Z.I. Psixologicheskiye osobennosti obucheniya chteniyu na inostrannom yazike. / Posobiye dlya uchitelya. 2 izd. - M: Prosveshyeniye, 1973.

1993 JJ£ '^J*-^ I^JJ^I ^aL, ^ .6

2003 <>UJJI '¿¿¿II J

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.