Научная статья на тему 'FIZIOLOGIYADAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH'

FIZIOLOGIYADAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
laboratoriya / kompetensiya / axborot bilan ishlash kompetensiyasi / shaxs sifatida rivojlantirish kompetensiyasi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — L.M.Qaraxonova, Tursinboyeva Halima Otabekovna

Mazkur maqolada laboratoriya mashg‘ulotlarida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarnini rivojlantirish asosiy tamoyillari mazmun va mohiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FIZIOLOGIYADAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH»

FIZIOLOGIYADAN LABORATORIYA MASHG'ULOTLARIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH 1L.M.Qaraxonova, 2Tursinboyeva Halima Otabekovna

1O'zPFITI, "Tabiiy fanlarni o'qitish texnologiyalari" bo'limi mudiri, p.f.f.d.(PhD) katta ilmiy

xodim, 2O'zPFITI tayanch dоktоranti https://doi.org/ 10.5281/zenodo.10678001

Annotatsiya. Mazkur maqolada laboratoriya mashg 'ulotlarida bo 'lajak o 'qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarnini rivojlantirish asosiy tamoyillari mazmun va mohiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: laboratoriya, kompetensiya, axborot bilan ishlash kompetensiyasi, shaxs sifatida rivojlantirish kompetensiyasi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-oktyabrdagi F-4724-son farmoyishi bilan tashkil qilingan Ishchi guruh tomonidan oliy ta'lim tizimidagi holatni o'rganish natijalariga ko'ra, bir qator oliy ta'lim muassasalarida hali ham ilmiy-pedagogik salohiyatning pastligi, ta'lim jarayonlarini axborot-uslubiy va o'quv adabiyotlari bilan ta'minlash zamonaviy talablarga javob bermasligi, ularning moddiy-texnika bazasini tizimli yangilashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.

2017-2021-yillarda oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o'quv-ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash kompleks chora-tadbirlari ko'rib chiqilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to'g'risida" 2019-yil 15-avgustdagi PQ-4419-son qarorida ham aytib o'tilgan. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o'quv jarayonini kompyuterlashtirish, o'quv uslubiy, ilmiy ta'minotini rivojlantirishga qaratilgan poydevor islohotlar, talabalarni aniq va tabiiy fanlar bo'yicha tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashda axborot texnologiyalarini qo'llash imkoniyatlarini kengaytirdi.

Bugungi kun fani, texnikasi va ishlab chiqarishning rivojlanishi, ta'limda nazariya bilan amaliyot birligi hamda ta'limni ishlab chiqarish bilan integrasiyalashuvi talablari talabaning mustaqil faol va ongli mehnatiga asoslangan, uning ijodiy faoliyatini rag'batlantiradigan, tafakkurini rivojlantiradigan, vaqtini tejaydigan, bilim o'rganishini yengillashtiradigan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va o'quv jarayoniga tadbiq etishni taqozo etadi. Aslida oliy ta'lim muassasalarida laboratoriya ishlari talabalar guruhi tomonidan o'qituvchining bevosita rahbarligida bajarilishi kerak, ammo bu jarayon hamma vaqt ham shunday bo'lib qolmagan, laboratoriya darslari seminar yoki ma'ruza darslari kabi o'tib ketmoqda. Laboratoriya darslari talabalar faoliyatini individuallashtirishga, muammolarni ularning o'zlari mustaqil va ijodiy hal etishiga, laboratoriya mashg'ulotlarini bajarish faoliyati va olgan bilimlarini ularning o'zi nazorat qilib borishi va baholashiga imkon berishi kerak. Laboratoriya mashg'ulotlari uchun o'z-o'zini baholash orqali bilimini uzluksiz nazorat qilib borish vositalarining ishlab chiqilishi ta'lim tizimining demokratik tamoyillarini rivojlantirish, talabalarning mustaqil ishlarini faol tashkil etish va rag'batlantirishga imkon beradi.

Kompetensiya - ma'lum bir sohada samarali faoliyat olib borish uchun zarur bo'lgan mutaxassisning ta'limiy tayyorgarligiga qo'yilgan talabdir. U davlat ixtiyorida bo'lgan, oldindan belgilangan ijtimoiy talab bo'lib, u o'quvchi (ishchi)ning muayyan sohada samarali faoliyat ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan ta'limiy (professional) tayyorgarligiga nisbatan qo'yiladi. Kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim - o'quvchilarning egallangan bilim,

ko'nikma va malakalarini o'z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo'llay olish imkoniyatidir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim o'quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o'z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog'lom raqobat hamda umummadaniy ko'nikmalarini shakllantiradi.

Laboratoriya darslari, asosan, talabalar o'zlari mustaqil ma'ruzadan olgan bilimlari asosida faoliyat bajarishlari, muammolarni o'zlari hal qilishlari, o'zlari olgan bilim va ko'nikmalarini o'zlari baholay olishlari kerak. Ammo laboratoriya darslarida asbob-anjomlar yetishmasligi, yoki fiziologiya darslarida har xil hayvonlar (quyon, kalamush, baqa) ustida tajriba o'tkazilishi, shu hayvonlarning yetishmashligi tufayli darslar seminar darslari kabi o'tib ketmoqda.

Yuqorida keltirilgan muammolarni kelib chiqish sabablarini o'rganish va ularni bartaraf qilish bo'yicha izlanishlar shuni ko'rsatadiki, talabalar axborot texnologiyalar kommunikatsiyalaridan to'g'ri foydalanish, har xil metodlardan foydalanish, talabalar uchun laboratoriya ish daftari ishlab chiqish hozirgi kunda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bo'lajak biologiya o'qituvchilari axborot bilan ishlash kompetensiyasida o'quvchini biologiya fanining yangiliklari, rivojlanishi bo'yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma'lumotlarni ilmiy-ommabop materiallardan foydalanib, zarur ma'lumotlarni izlab topa olishini o'rgatadi.

Bundan tashqari, media manbalardan izlab topilgan ma'lumotlarni saralab olish, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish. Bo'lajak biologiya o'qituvchisi o'quvchilarda axborot bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish maqsadida mavzuga oid o'quv filmlaridan foydalanish, qo'shimcha adabiyotlar internet saytlaridagi ma'lumotlarni saralashi, shu asosda o'quvchilarga referat, ma'ruza va taqdimot materiallari tayyorlash yuzasidan topshiriqlar berish orqali ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishi uchun dars, darsdan tashqari ishlar, ekskursiyalar va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda samarali va o'z o'rnida foydalanish zarur. Biologiya o'qituvchisidan o'quvchilarning shaxs sifatida rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish maqsadida, o'quvchilarning mustaqil ishlari va ta'limiga e'tibor qaratish, o'quvchilarning o'z-o'zini baholash uchun mavzular bo'yicha standart va nostandart o'quv va test topshiriqlari bazasini yaratish, uni kompyuter xotirasiga joylashtirib adaptiv test topshiriqlariga aylantirish, shuningdek, o'quvchilar bilan o'tkaziladigan ma'naviyat daqiqalarida jismoniy, ma'naviy, ruhiy va intellektual kamolotga erishishga yo'naltirish talab qilinadi. Bo'lg'usi biologiya o'qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashdan maqsad ularni bilimlarni egallash bilan birga yangilikka intiluvchanligini, mustaqil o'z ustida ishlash ko'nikmasi va malakasini shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanib, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida dars, darsdan va sinfdan tashqari oliy ta'lim muassasalarida esa, auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg'ulotlarni o'tkazish malakasini takomillashtirish bilan bir qatorda ularda kasbiy-pedagogik kompetentlilikni shakllantirishdan iborat. Bundan ko'rinib turibdiki, innovatsion faoliyat, albatta, muayyan innovatsion muhitni tarkib topishni talab etadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. - T., 2023. - 06/23/107/0441-son.

2. https://uz.vvikipedla.com/wiki/programme_for_international_student_assesment

3. Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To'rayev A.B. Innavatsion ta'lim texnologiyalari: O'quv metodik qo'llanma. - T., 2015. - 208 b.

4. Xudayqulova F.B. Bo'lajak pedagoglarda kasbiy kompetentlilikni shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari // Pedagogik ta'lim klasteri: muammo va yechimlar: Xalqaro konferensiya materiallari. - Chirchik, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.