Научная статья на тему 'FIRDAVSIYNING “SHOHNOMA” ASARI AYNIY TALQINIDA'

FIRDAVSIYNING “SHOHNOMA” ASARI AYNIY TALQINIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FIRDAVSIYNING “SHOHNOMA” ASARI AYNIY TALQINIDA»

FIRDAVSIYNING "SHOHNOMA" ASARI AYNIY TALQINIDA

M. Shomurodova

O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tadqiqotchisi, O'zbekiston

Sadriddin Ayniy zamondoshlari uchungina emas, balki bugungi kunda ham ijodining serqirraligi bilan boshqadan ajralib turadigan, haqiqatan adabiyotda betakror hodisa sanalgan simoylardandir. Ayniqsa, klassik adabiyotga ba g' ishlangan katta-kichik barcha tadqiqotlari o'zining anchagina puxtaligi va, asosiysi, undagi xulosalar hozirgi adabiyotshunoslik yutuqlariga asos bo'layotgani bilan diqqatga molikdir. Abulqosim Firdavsiyning 1000 yillik yubileyi 1934-yilda jahon hamjamiyatida, shuningdek, O'zbekistonda ham katta tayyorgalik bilan nishonlangan. Xususan, "Shohnoma"dan parchalar yoki alohida dostonlar, Firdavsiy hayoti va ijodiga doir ishlar bevosita Ayniy kuzatuvi ostida chop etilgan. Ayniyning o'zi esa turli jurnallarda "O'rta Osiyo va Eronning adabiy munosabatlariga doir", "Firdavsiy va uning "Shohnoma"si to'g'risida" kabi maqolalari bilan chiqish qilgan. 1940-yilda esa tojik tilida "Firdavsiy va uning "Shohnoma"si to'g'risida" nomli alohida risolasi nashr etilgan.

Xalq durdonalari zamirida vujudga kelgan "Shohnoma" har jihatdan salmoqli asar bo'lib, jahon eposlarining gultoji hisoblanadi va unda qariyb to'rt ming yilni tashkil qiluvchi juda katta tarixiy davrni o'z ichiga oladi. Bu esa muallifning ijodiy salohiyati nechog'li yuksakligini ko'rsatuvchi omillardan faqat birigina, xolos. Shunday bo'lsada, asar muallifi o'z vaqtida munosib taqdirlanmagan. Firdavsiyning 1930-yillarga qadar to'la ijodiy biografiyasi yaratilmagan edi. Chunki shoirning hayoti va ijodiy yo'li xususida turli rivoyat, afsonalar shu darajada ko'pki, ba'zi ishonchli deb hisoblangan manbalardagi ma'lumot va qaydlarning o'zi ham bir-biriga zid bo'lgan. Bu haqda adabiyotshunos Hamid Homidov "Ayniy-firdavsiyshunos" nomli maqolasida atrolicha mulohazalar bildirgan. Jumladan, Ayniy: "Shohnoma"ning yozilishi bilan bog'liq bo'lgan afsona va rivoyatlarni qiyosiy usulda tanqidiy nuqtayi nazardan o'rganib chiqqan... Firdavsiyning xiyla mukammal tarjimai holini yaratgan"1, - deydi. Adabiyotshunos Ayniyning aynan "Sovet adabiyoti" jurnalidagi ilmiy maqolasini tahlil etib "maxsus o'zbek kitobxonlari uchun yozgan"ligini takidlaydi. Ayniyning sakkiz jildlik asarlariga esa Firdavsiy

1 Ayniy zamondoshlar xotirasida. G'afur g'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, -T. 1978. 164-169- betlar.

470

haqidagi tojikcha maqolasining Rustam Komilov tomonidan qilingan tarjimasi kiritilgan1.

Ayniyning firdavsiyshunoslikka kirishishda o'ziga xos talablari bo'lgan. Bunda fors tili va adabiyotini bilish va Sharq manbalaridan foydalana olishning o'zi yetarli emasligini aytarkan, Yevropa xalqlari tilini bilish va G'arb sharqshunoslarining Firdavsiy haqida yozgan asarlaridan ham bevosita foydalana olish imkoniyati bo'lishi lozimligini ta'kidlaydi. Sadriddin Ayniy chin olimlarga xos jasorat sohibi edi. Unda shuhrat qayg'usi emas, ma'rifat tarqatish orzusi bo'lgan. O'z iqrori bo'yicha: "men bo'lsam yevropacha tillarning hech birini, hatto rus tilini ham bilmayman" , - deydi. Shunday bo'lsa-da, "Shohnoma"ning o'zidan talay ma'lumotlarni yig'ishga kiriashadi. Turli xil tazkiralar, tarixiy va ilmiy manbalarni qiyosiy, tanqidiy va tahliliy usulda solishtirib asardagi ma'lumotlarga asoslanib o'z xulosalarini bayon etadi. Jumladan, "Namunai adabiyoti Eron" , "Majma'ul-fusaho", Shamsiddin Somiybekning "Qomusul-a'lam"4, Nizomiy Aruziy Samarqandiyning "Chor maqola"5si, Shahriyorning "Otashkada" tazkiralaridan foydalanadi. O'zi esa xulosalarni berishda "Shohnoma"ning 1874 yil, Kaunpur, toshbosma nusxasini tahlil manbasi etib tanlaydi. Ayniy dastavval Firdavsiy haqidagi afsona-rivoyatlar va o'sha paytgacha chiqarilgan ilmiy xulosalarni keltirib o'tadi, so'ngra "Shohnoma"ning asl matnidagi shoirning ishora va qaydlari bilan solishtirib chiqqach u yashagan davr, asarni qachon, qancha muddat ichida yozgani, sultonlar bilan, Asadiy Tusiy, Daqiqiy, vazir Fazl binni Ahmad bilan munosabatlari, asardagi g'oyalar haqida fikr yuritadi. Diqqatlisi shundaki, har bir xulosaga kelishdan oldin asardan unga ishora qiluvchi bir nechta fakt va dalilni keltirib o'tadi. Jumladan, ko'pchilik olimlarning "Shohnoma"ni shoir g'aznaviy hukmdor bo'lmish sulton Mahmud topshirg' i bilan yozgan, degan fikrlariga zid o'laroq, Firdavsiy "Shohnoma"ni sulton Mahmud talabi bilan yozmay, balki asarni yozib bo'lgach, bu kitobni qadrlaydigan munosib kishi topilishini kutganini tasdiqlovchi quyidagi baytni tahlil qiladi: Man in noma farrux griftam ba fol, Hame ranj burdam ba bisyor sol, Nadidam sarafrozi baxshandae,

1 Sadriddin Ayniy. Asarlar. 8 tomlik, 8-tom. -Toshkent, 1967. 43-96-betlar. Bu asar dastlab muxtasar holda 1934 yilda "Baroi adabiyoti sotsialistik" jurnalining sakkizinchi sonida (sahifalar 13-22) bosilib 1940 yilda alohida kitobcha shaklida nashr etilgan.

2 Sadriddin Ayniy. Asarlar. 8 tomlik, 8-tom. -Toshkent, 1967. 43-bet.

3 "Namunai adabiyoti Eron" -Ozarbayjon universiteti Eron(fors-tojik) adabiyoti tarixi mudarrisi Mirzo Muhsin Ibrohimiy asari. Ibrohimiyning bu kitobi 1923 yilda Bokuda nashr etilgan.

4 "Qomusul-a'lom" -tarix, adabiyot tarixi, geografiyaga oid umumiy ensiklopedik asar, Shamsiddin Somiybek degan turk olimi tomonidan yozilgan va so'nggi V jildi 1898-yilda Konstantinopl (Istanbul)da bosilgan

5 Nizomiy Aruziy Samarqandiy - hijriy 550 yil (1156-yil milodiy)larda yozilib, Abulhasan Hisomiddin Ali G'uriyga bag'ishlangan mashhur "Chor maqaola" kitobining muallifi. Nizomiy Aruziyning to'la nomi Abulhasan Ahmad Samarqandiy bo'lib o'z zamonasining ustoz shoiri va adiblaridan edi.

May 3, 2024

471

Ba gohi kayon-bar duraxshandae. ... Suxanro nigoh doshtam soli bist, Bad-on, to sazovori in ganch kist. Chahondor Mahmud bo farri jud, Ki o'ro kunadMohu Kayvon suchud. Biyomad, naishast az bari taxti dod; Chahonidor chun u ky dorad bay od? Sari pomaro nomi u toj gasht, Bafarrash dili tiyra chun och gasht...1 Mazmuni: Men bu kitobni ("Shohnoma"ni) yaxshi fol deb, o'z zimmamga oldim, ko'p zahmat chekdim, lekin birorta shahriyorni bu "Shohnoma"ga xaridor bo'lganini ko'rmadim: birorta munosib odam topilguncha bu so'z ganjini yigirma yil asradim, sulton Mahmud kelib taxtga o'tirdi va uning nomi bu kitob (ustida ko'p zahmat chekilib, yigirma yil saqlangan "Shohnoma")ga toj bo'ldi.

"Firdavsiy ham uni bu kitobga loyiq odam bilib, nomini asariga "toj" qilgan, ya'ni tayyor "Shohnoma"ni Mahmud nomiga aylantirgan" va oltmish olti yoshida kitobni sulton Mahmud nomiga moslamoqchi bo'ladi. Ayniy bu ish uchun, ya'ni sulton Mahmud nomini "Shohnoma"ning turli o'rinlariga kiritish, munosib yerlarda sultonni madh etish va umuman, asarni Mahmud G'aznaviy saroyiga munosib qilib yaratish uchun ham yana o'n-o'n ikki yil mobaynida mehnat qilganini, "Shohnoma"ni yozish uchun jami o'ttiz-o'ttiz besh yil zahmat chekkanini dostondagi matlar asosida dalillaydi. Bundan tashqari, asarning nima uchun sulton Mahmudga manzur kelmagani, shoirning G'aznin shahridan qochgani va keyinchalik nega sulton oxirida Firdavsiyni afv etgani kabi savollarga yechimlarni ham asar matniga tayanib tahlil qiladi.

Nizomiy Aruziy Samarqandiy Firdavsiyning avlodlari haqida gap ketganda bir qizdan bo'lak farzand ko'rmagan deydi. Ayniy esa Firdavsiyning o'zi guvohlik bergan ushbu baytlarni keltirib:

Maro sol bigzasht bar shasti panch, Na neku buvad gar biyozam ba ganch. .. .Chovanro chu shud sol dar sivvu haft Na bar orzu raft geti-yu, raft.

(Mazmuni: yoshim oltmish beshdan oshdi, yaxshi bo'lmasa, boylikka hirs qo'ysam. ...yigit (o'g'lim) yoshi o'ttiz beshga yetganda, orzusi ortidanmas bu olamdan ketdi.) Ilmiy xulosa berishda asosli manbani tanlash Sadriddin Ayniyning

Sadriddin Ayniy. Asarlar. 8 tomlik, 8-tom. -T.:Badiiy adabiyot nashriyoti. 1967. 58-bet. Sadriddin Ayniy. Asarlar. 8 tomlik, 8-tom. -Toshkent: Badiiy adabiyot nashriyoti. 1967. 59-bet.

May 3, 2024

472

izlanishlarida aniqlik, xolislik va ishonchlilikni ta'minlaydi. Firdavsiy oltmish besh yoshda bo'lganida o'ttiz yetti yoshli o'g'li olamni tark etgani haqidagi xulosasi ham olimning manbani teran tanlashi va anglashi natijasidir.

Ayniyning adabiyotshunoslikdagi muvaffaqiyatlarining omillaridan biri so'z sehrini anglashida ko'rinadi. U ma'lum ma'noda yetuk tilshunos edi. Asarning g'oyasi, badiiyatidan bahs yuritarkan, "Shohnoma"ning tiliga ham diqqat qaratadi. Doston tili Eron klassiklarining eng sodda va sof tillaridan biriligini ta'kidlaydi. Ba'zi mo'bad, pizishk, po'zish, romishgar, daj, dajhim singari qadimiy fors tilidan qolgan va ba'zi ko'makchilarni e'tiborga olmasak, "...avvaldan oxirigacha tojiklarga tushunarligina emas, balki ularning ko'plari tojiklarning hozirgi jonli tilida ishlatiladi; hatto "Shohnoma"da shunday forsiy lug'atlar va shunday talaffuz etiladigan so'zlar uchraydiki, ular hozirgi Eron adabiy tilida ishlatilmaydi, ammo tojiklar orasida iste'moldan chiqmagandir", deydi. "Shohnoma"ni shu jihatdan tadqiq qilgan Ayniy tojik jonli tilida va asarda aynan uchraydigan so'zlarni bir qanchasini keltiradi. Jumladan:

Javonmard - saxiy Sarosar chahon peshu o' xor bud, Javonmard budu vafodor bud. Ko'dak - chaqaloq

Chu ko'dak lab az shiri modar bishust. Duro'ya - ikki taraflama Duro'ya buzurgon kashida rada Ba tavqu ba zanjiri zarrinzada Jangu jo'sh - shiddatli jang Az in pas baromad zi Eron xurush Padid omad az har so'e jangu jo'sh.

Ma'lum bo'ladiki, Ayniyning Firdavsiy va uning "Shohnoma"si haqida olib borgan tadqiqoti o'zining teran ilmiy xulosalarga boyligi, asar matni bilan ishlanganligi va aniq dallillarga tayanganligi jihatidan o'zbek va tojik adabiyotshunosligida katta ilmiy yutuq bo'lgan. Ayniy "Shohnomma"ning tub mohiyatini to'g'ri anglab, Vatanni jondan sevish, xalqning o'zaro birlik va yakdilligini targ'ib qilish, urush va notinchliklarga qarshi kurash, xalq kuch-qudratini, qahramonligini olqishlashga qaratilganligini alohida ta'kidlaydi. Ayniyshunoslikda fors-tojik adabiyoti namunalarining Ayniy talqinida mavzusi alohida katta izlanish talab etadi. Bu orqali, nafaqat, Ayniyning adabiyotshunoslik

473

salohiyatiga, balki bir o'zandan suv ichgan, ta'sir manbayi yagona bo'lgan qardosh adabiyotlar haqidagi tasavvurlar ham oydinlashadi.

References / Adabiyotlar

1. Sadriddin Ayniy. Asarlar. 8 tom. 8-tom. -Toshkent: Badiiy adabiyot nashriyoti, 1965.

2. Ayniy zamondoshlar xotirasida. -Toshkent: Adabiyot va san'at nashriyoti. 1978.

3. Ibrohim Haqqul. Taqdir va tafakkur. -Toshkent: Sharq, 2007.

4. Shomuhammedov Sh. Fors-tojik adabiyoti klassiklari. -Toshkent: Badiiy adabiyot nashriyoti. 1963.

5. Kamoliddin Sadriddinzoda Ayniy. Bist guftor az ma'naviyat. -Dushanbe: Adib, 2004.

474

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.