Научная статья на тему 'FILOLOGIK TA‟LIMDA ONA TILI VA ADABIYOT FANLARINING INTEGRATSIYA ASOSIDAGI O„QITISH MASALALARI'

FILOLOGIK TA‟LIMDA ONA TILI VA ADABIYOT FANLARINING INTEGRATSIYA ASOSIDAGI O„QITISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FILOLOGIK TA‟LIMDA ONA TILI VA ADABIYOT FANLARINING INTEGRATSIYA ASOSIDAGI O„QITISH MASALALARI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

FILOLOGIK TA'LIMDA ONA TILI VA ADABIYOT FANLARINING INTEGRATSIYA ASOSIDAGI O'QITISH MASALALARI

F. O. Jumayev

TIPI dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, O'zbekiston

Ta'lim jarayonidagi har qanday o'zgarish ayniqsa ona tili ta'limida ham bevosita ham bilvosita o'quvchilar nutqini o'stirishga qaratilgan bo'ladi.

Masalan, ona tili ta'limida o'qish texnikasi, o'zgalar fikrini va matn mazmunini aniqlash malakasi, fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi kabi xususiyatlarni shakllantirish bosh maqsadlarning biri hisoblanadi.

DTS ning asosiy talablari ham o'quvchilarni ijodkorlikka, ijodiy-kreativ fikrlashga o'rgatishdir. Albatta, fikr bayon etishda nutqninig og'zaki va yozma shakllari ham inobatga olinadi.

Ona tili o'qitish ta'limida so'zning grammatik jihatlariga, ma'no ottenkalariga ko'proq ahamiyat berilsa, adabiyot oqitishda esa so'z ma'nosida turfaligiga, badiiyatiga e'tibor qaratiladi "...badiiyat bu go'zallikning nutqiy ko'rinishidir... Ma'lum bo'ladiki, tilning ikki jihatdan badiiy ahamiyati bor ekan. Birinchidan, til insondagi, tabiat va borliqdagi, mavjud go'zallikni aks ettirish vositasi bo'lsa, ikkinchisidan, tilning o'zi go'zallikni vujudga keltiradi", - deydi so'zshunos, akademik Alibek Rustamov [A. Rustamov. So'z xususida so'z T.1987/ 8-9-betlar].

Ona tili ta'limining leksikologiya bo'limida omonim, sinonim, antonim kabi mavzular o'tilib, unda so'zlardan shakl va ma'no munosabatlari tahlil etiladi.

So'zlarning shakl va ma'no munosabatlari bilan bog'liq adabiyotlarda, to'g'rirog'i, adabiyotshunoslikda ham badiiy san'atlar yoki she'riy san'atlar degan tushunchalarni anglatuvchi atamalar mavjud.

Masalan, shakldosh so'zlar - omonimlar bo'lib, ular ona tili darsliklarida shakli bir xil, ma'nolari har xil so'zlar deb izohlanadi.

Adabiyot ta'limida, xususan, mumtoz adabiyotda tajnis san'ati deb mazkur tushuncha o'qitiladi.

Ma'lumki, xalq og'zaki ijodida "Ravshan" dostoni bor. Dostonda Hasanxonning o'g'li Ravshanga aytgan

so'zlarini tajnis san'ati misolida tushuntirish maqsadga muvofiq bo'lardi:

Qo'lingdan kelguncha chiqar yaxshi ot,

224

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot.

Nasihatimni yod olgin, farzandim,

Yolg'iz yursa, chang chiqarmas yaxshi ot.

Yuqoridagi lirik kontekstda "ot" leksemasi uch xil ma'noda qo'llanadi. Birinchi misrada "nom" ma'nosida, ikkinchi misrada "uloqtirmoq" ma'nosida, uchinchi misrada esa "hayvon" ma'nolarida qo'llanilgan.

Ko'rinadiki, ona tili va adabiyot fanlarining mutanosiblikda integratsiya asosida o'qitish orqali o'quvchilarda so'zga bo'lgan qiziqishi ortishi barobarida ular so'zning ma'no qirralarini yaxshi tushunib boradilar.

Shuningdek, ona tilidan DTS asosidagi ish rejasida 5-sinflar uchun "Antonim so'zlar" mavzusi berilgan. Qoidalarda "zid ma'noli so'zlar" deb izoh beriladi. Masalan:

Oq-qora — Yaxshi-yomon Ko'p-oz

Bordi-keldi Antonimlar

Sekin-tez

Dono-nodon

Bu mavzularda yana bir jihatini - shuni e'tiborga olib borish kerakki, antonimlik nafaqat so'zlar o'rtasida, balki iboralar, qo'shimchalar o'rtasida ham yuz beradi: Aqlli-beaql kabi

Hosildor-hosilsiz

Yoki frazeologik birliklar o'rtasidagi antonimlar:

boshi osmonga yetdi - hafsalasi pir bo'ldi kabi tupkaning tagi - burnining tagi

Antonim so'zlar adabiyotshunoslikda badiiy san'at sifatida ta'zod san'ati deb yuritiladi.

"Tazod" arabcha so'z bo'lib, o'zbekchada "zid" degan ma'noni anglatadi. Mahoratli shoir Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon ijodiga misol tariqasida murojaat qilamiz:

Kulgam boshqalardir, yig'lagam menman, O'ynagan boshqalar, ingragan menman. Erk ertaklarin eshitgan boshqa, Qullik qo'shig'ini tinglagan menman. Shoirning yuqoridagi she'rida: Kulmoq - yig'lamoq, O'ynamoq - ingramoq[ tazod

225

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

Erk - qullik

Shuningdek, umumta'lim maktablarining ona tili ta'limida "asosdosh so'zlar" mavzusi quyi sinflarda o'qitiladi.

Ona tilining bu mavzusida bir asosdan yasalgan asosdosh yasama so'zlar nazarda tutiladi. Masalan: ishchi

ishchan _ Bular "ish" asosli o'zakka asosdosh so'zlar

hisoblanadi

ishsiz —. ishxona ishla

"Ishtiqoq" so'zining badiiy termin bo'lishiga uning grammatik ma'nosi asos bo'lgan. So'z yasalishi ishtiqoq deyiladi. Shunga asosan gapda bir o'zakdan yasalgan so'zlarni keltirishni, "ishtiqoq" deb ataganlar", - deydi tilshunos olim, akademik A.Rustamov [A.Rustamov. So'z xususida so'z. T.1997. 21-bet]. Masalan:

Alisher Navoiyning "Xamsa" asaridan olingan ushbu misralarni misol qilib keltirishimiz mumkin:

Ganja ganjurikim chekib ko'p ranj, Qo'ymish erdi jahonda besh ganj.

Bu baytda "Ganj" (xazina) leksemasi asosdoshlik asosida yasalgan til birligi hisoblanadi.

Ona tili ta'limida alleteratsiya tushunchasi va atamasi mavjud bo'lib, unda asosan undosh tovushlar takrori nazarda tutiladi.

Masalan: Sochilgan sochingday sochilsa siring (Cho'lpon) Adabiyotshunoslikda bu "tavzi" san'ati deb ataladi. Ohangdoshlikka asoslangan mazkur san'atda bir undosh tovush misra yoki baytda ko'p bora takrorlanib kelishiga guvoh bolamiz.

Masalan, O'zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidovning quyidagi she'ri bunga yaqqol misol bo'la oladi:

Qaro qoshing, qalam qoshing, qiyiq qayrilma qoshing qiz, Qilur qatlimga qasd qayrab, qilich, qotil, qarashing qiz. Qafasda qalb qushin qiynab qanot qoqmoqqa qo'ymaysan, Qarab qo'ygil qiyo qalbimni qizdirsin quyoshing qiz.

226

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

Shoir Erkin Vohidovning yuqoridagi ushbu she'rida 34 marta "q" tovushi qo'llangan, ammo she'rning asosiy ma'nosiga aslo ta'sir qilmagan. Bu esa shoirning mahoratini ko'rsatadi.

Yuqoridagi misollardan ko'rinadiki, ona tili ta'limi bilvosita adabiyot o'qitish ta'limi bilan uzviy bog'liqdir. Ta'limda bu integratsiyaning ahamiyatli jihatlari shundaki, adabiyotning quroli so'z bo'lar ekan, ona tili ana shu so'zlarning o'z va ko'chma ma'nolarini o'quvchilar puxta bilishlari asnosida og'zaki va yozma nutqlarida bulardan unumli foydalanishlari talab etiladi. Zero, Ona tili ta'limin ing asosiy maqsadi ham aslida ana shulardan iboratdir/

References / Adabiyotlar

1. A. Rustamov. So'z xususida so'z. -Toshkent, 1987

2. M. Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G'ulomova, Sh.Yo'ldosheva. Ona tili (darslik). -Toshkent: Moliya-Iqtisod, 2007-yil.

3. H. Jamolxonov. Hozirgi o'zbek adabiy tili. ). -Toshkent: Talqin, 2005-y.

4. M. Yo'ldoshev Badiiy matn lingvopoetikasi. -Toshkent: O'zbekiston, 2019.

227

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.