Научная статья на тему 'FENSID SINERGITIK ARALASHMALI PREPARATNING TOVUQLAR EYMERIOZIGA QARSHI SAMARALI MIQDORINI VA FAOLLIGINI ANIQLASH'

FENSID SINERGITIK ARALASHMALI PREPARATNING TOVUQLAR EYMERIOZIGA QARSHI SAMARALI MIQDORINI VA FAOLLIGINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yangi O‘zbekiston ustozlari
Область наук
Ключевые слова
Eymerioz / jo’ja / guruh / saqlanuvchanlik / foiz / EQI / tirik vazn / kultura / suspenziya.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Ibragimova F.D, Daminov A.S, Mamadullayev G.X

Maqolada ferulen asosida tayyorlangan fensid sinergitik aralashmali preparatning tovuqlar eymerioziga qarshi optimal dozasi va organizmda kasallikka qarshi hosil bo’ladigan immunitetga ta’sir doiralari o’rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FENSID SINERGITIK ARALASHMALI PREPARATNING TOVUQLAR EYMERIOZIGA QARSHI SAMARALI MIQDORINI VA FAOLLIGINI ANIQLASH»

UDK: 636.5-6196:515.9

FENSID SINERGITIK ARALASHMALI PREPARATNING TOVUQLAR EYMERIOZIGA QARSHI SAMARALI MIQDORINI VA FAOLLIGINI

ANIQLASH

Ibragimova F.D. asssistent., Daminov A.S. v.f.d., professor.

Mamadullayev G.X., v.f.d., katta ilmiy xodim.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnolgiyalar

universiteti

Annotatsiya. Maqolada ferulen asosida tayyorlangan fensid sinergitik aralashmali preparatning tovuqlar eymerioziga qarshi optimal dozasi va organizmda kasallikka qarshi hosil bo'ladigan immunitetga ta'sir doiralari o'rganilgan.

Abstract. In the article, the optimal dose of the drug with a synergistic mixture of phencid, prepared on the basis of ferulen, against eimeria of chickens and the spheres of influence on the immunity formed in the body against the disease are studied.

Kalit so'zlar. Eymerioz, jo'ja, guruh, saqlanuvchanlik, foiz, EQI, tirik vazn, kultura, suspenziya.

Keywords. Eimeria, chicken, group, preservation, percentage, EQI, live weight, culture, suspension.

Mavzuning dolzarbligi. Respublika Prezidenti va Vazirlar mahkamasining ishlab chiqqan qarorlaridan kelib chiqib aholini parhez tovuq go'shti hamda, vitaminlarga boy bo'lgan tuxum mahsulotlarini ishlab chiqarishni jadallashtirish borasida ko'pgina qarorlar ishlab chiqilgan. Ammo, tovuqchilik amaliyotida ko'p uchraydigan protozoy kasalliklardan biri bo'lgan eymerioz hamda uning kolibakterioz kasalligi bilan birga kechish holatlari tovuqchilik xo'jaliklariga katta iqtisodiy zarar yetkazib kelmoqda. Ularni davolash yoki oldini olish maqsadida preparatlar alohida-alohida ishlatiladi [1.170-179].

Hozirgi vaqtda bu kasalliklarga qarshi samaradorligi past preparatlar tanlab olinib ulardan sinergizm xususiyatiga ega bo'lgan ya'ni bir birining ta'sir doiralarini oshiruvchi preparatlar tayyorlash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri bo'lib hisoblanadi [2-3. 18-19.2015].

Materiallar va metodlar. Ilmiy tadqiqot ishlarni bajarish maqsadida "Loman LSL Klassik" zotiga ma'nsub bir kunlik 120 bosh jo'jalar tovuqchilik xo'jaligidan olib kelinib to'shamalar ustiga umumiy gala qilib joylashtirildi va 14 kunligida 20 boshdan qilib oddiy tarozida tirik vaznlari o'lchanib 6 ta guruh tuzildi, tirik vazndagi farq ±3 gr bo'lib, ulardan birinchisi qiyosiy toza nazorat guruhi ular tajriba oxirigacha xo'jalik ratsioni asosida oziqlantirildi. Ikkinchi qiyosiy zararlantirilib davolanmagan nazorat

46

guruhidagi jo'jalar oldin O'D50-75 dozasi titrlangan, sporalangan oosistalar (E.aservulina 250000, E.maksima 15000, E. tenella 5000 1mm3 suspenziyada) bilan shprits zond orqali har bir jo'janing zobiga 1 ml dan jo'natilib ular tajriba oxirigacha preparatsiz oziqa bilan boqildi. Uchinchi tajriba guruhidagi jo'jalar koksidiy kulturasi bilan zararlantirilib fensid sinergitik aralashmali preparatdan (tarkibi: ferulen 40 mg, levomitsetin 250 mg, ftalazol 100 mg) 390 mg/kg oziqaga aralashtirilib 10 kun davomida berildi. To'rtinchi tajriba guruhi jo'jalar eymerioz qo'zg'atuvchilari bilan zararlantirilib birdaniga ularga ham fensid sinergitik aralashmali (tarkibi: ferulen 30 mg, levomitsetin 188 mg, ftalazol 70 mg) preparatdan 288 mg/kg oziqasiga qo'shib 10 kun davomida berildi. Beshinchi tajriba guruhidagi jo'jalar ham eymerioz kulturasi bilan zararlantirilb birdaniga fensid sinergitik aralashmali preparatdan (tarkibi: ferulen 25 mg, levomitsetin 120 mg, ftalazol 50 mg) 195 mg/kg oziqa bilan 10 kun davomida berildi. Oltinchi tajriba guruhidagi tovuqlarga esa kasallikga qarshi qo'llanilgan fensid sinergitik aralashmali preparatlarning faolligini taqqoslab o'rganish maqsadida zararlantirilishi bilan spektra zuril-T koksidiostatikdan 1 ml/l suvga aralashtirilib 2 kun davomida berildi.

Tajribada qo'llanilgan preparatlarning eymeriozga qarshi samaradorligini M.V.Krilovning (1969) takomillashgan usulida aniqlandi.

Qo'llanilgan koksidiostatiklarning kasallikga qarshi organizmda hosil bo'lgan immunitetga ta'sir doiralarini o'rganish uchun barcha guruhdagi jo'jalar birinchi marta zararlantirilgan koksidiy kulturasini 2 O'D100 dozasi bilan qayta zararlantirilib aniqlandi.

Olingan natijalar. Olib borilgan laboratoriya natijalar shuni ko'rsatdiki, fensid sinergitik aralashmali preparatni 390 mg/kg oziqa bilan 10 kun davomida berilganda jo'jalarning saqlanuvchanlik darajasi 100% ni, o'rtacha bir bosh jo'ja tirik vaznining o'sishi 137,0% ni va EQI esa 187,0 ballni tashkil qildi. (3-guruh). To'rtinchi tajriba guruhidagi jo'jalar koksidiy kulturasi bilan zararlantirilib fensid sinergitik aralashmali preparatdan 288 mg/kg oziqa bilan 10 kun davomida berilganda jo'jalarning kasallikdan saqlanuvchanlik darajasi 100% ni, tajriba oxirigacha o'rtacha bir bosh jo'ja tirik vaznining o'sishi 150,0% ni tashkil qilgan bo'lsa, EQI 195,0 ballga yetdi.

Beshinchi tajriba guruhidagi jo'jalar fensid sinergitik aralashmali preparatdan 195 mg/kg oziqa bilan 10 kun davomida berilganda jo'jalarning saqlanuvchanligi 100% ni, tajriba oxirida o'rtacha bir bosh jo'ja tirik vaznining o'sishi 122,0% ni va EQI esa 177,0 ballni tashkil qildi. Oltinchi tajriba guruhidagi jo'jalar kasallik qo'zg'atuvchilari bilan zararlantirilib Spekra Zuril-T koksidiostatigidan 1 ml/l suv bilan 2 kun davomida berilganda jo'jalarning saqlanuvchanlik darajasi 100% larni tashkil qilibgina qolmasdan tirik vaznini 146,2 foyizlarga, EQI esa 192,3 ballarga oshirar ekan.

Olingan natijalar 1-jadvalda keltirilgan

1-jadval

Fensid sinergitik aralashmali preparatlarning tovuqlar eymeriozidagi

faolligi

t/r Guruhlar nomi Preparatla r nomi Dozasi (mg/kg, ml/l) Jo'jalar bosh soni Tajriba boshlanishi dan oldingi o'rtacha 1 bosh jo'janing tirik vazni (g) Saqlanuv chanlik (%) Tajribadan keyingi o'rtacha 1 bosh jo'ja tirik vazni (g) Tirik vazninin g o'sish foizi (%) EQI (200 ball)

1 Qiyosiy toza nazorat - - 20 120 100 310 158,3 200

2 Zararlantirili b davolanmag an nazorat - - 20 122 35 157 29,0 35,2

3 Tajriba Fensid Ferulen-40 mg/kg Levomitset in-250 mg/kg Ftalazol-100 mg/kg 20 123 100 292 137,4 187,0

4 Tajriba Fensid Ferulen-30 mg/kg Levomitset in-188 mg/kg Ftalazol-70 mg/kg 20 120 100 300 150,0 195,0

5 Tajriba Fensid Ferulen-25mg/kg Levomitset in-120 mg/kg Ftalazol-50mg/kg 20 122 100 271 122,0 177,0

6 Tajriba Spektra Zuril-T 1 ml/l suv bilan 2 kun 20 121 100 298 146,2 192,3

Ikkinchi kasallik qo'zg'atuvchilari bilan zararlantirilib davolanmagan nazorat guruhidagi jo'jalarda eymerioz kasalligining alomatlari namayon bo'lib ular bir joyga to'plangan, patlari hurpaygan, ko'zning shilliq pardalari anemiyalangan, oziqaga nisbatan ishtaha pasaygan, kuchli chanqash hosil bo'lgan, axlatlari bilan qon ajiralgan. Bu guruhdagi jo'jalarning saqlanuvchanlik darajasi 35% ni tashkil qildi. Tajriba oxirida bir bosh jo'ja tirik vaznining o'sishi 157 % ni, EQI esa 35,2 ballni tashkil qildi [4. 307-308.2007].

48

Tajribada qo'llanilgan preparatlaming tovuqlar organizmida eymerioz kasalligiga qarshi hosil bo'ladigan immunitetga ta'sir qilish yoki qilmasligini aniqlash maqsadida oltita guruhdagi barcha jo'jalar eymerioz qo'zg'atuvchilarining 2 O'D100 foizi bilan shprits zond orqali zobiga jo'natilib zararlantirildi. 2-6 guruhlardagi jo'jalar orasida eymeriozning klinik alomatlari namoyon bo'lmasdan saqlanuvchanlik 100% larni tashkil qilgan bo'lsa, birinchi qiyosiy toza nazorat guruhidagi jo'jalar orasida eymeriozga xos klinik belgilari hosil bo'lib, jo'jalarning saqlanuvchanlik darajalari 35% ni tashkil qildi. Olingan natijalar 2- jadvalda keltirilgan.

2- jadval

Jo'jalarning eksperimental eymeriozida qo'llanilgan fensid sinergitik

t/r Guruhlar nomi Preparatlar nomi Dozasi (mg/kg ml) Qayta zararlantiri- lgandagi jo'jalar bosh soni Eymeriozdan o'lgan jo'jalar bosh soni Saqlanuvchanlik (%)

1 Qiyosiy toza nazorat - - 20 13 35

2 Qiyosiy zararlantirilib, davolanmagan nazorat - - 7 - 100

3 Tajriba Fensid 390 20 - 100

4 Tajriba Fensid 288 20 - 100

5 Tajriba Fensid 195 20 - 100

6 Tajriba Spektra zuril-T 1 ml/l suv bilan 2 kun 20 - 100

Xulosa. Jo'jalarning eksperimental eymeriozida qo'llanilgan fensidning turli xil miqdorda tayyorlangan vitaminli, antioksidantli sinergitik aralashmali preparatlarning barchasi jo'jalarni eymerioz kasalligida to'lig'icha saqlab qolish xususiyatiga ega ekan. Lekin 288 mg/kg oziqa bilan berilgan to'rtinchi guruhidagi jo'jalar tirik vazninig o'sishi va EQI boshqa guruhlarning ko'rsatkichlariga nisbatan yuqori bo'lganligi uchun uni tovuqchilik amaliyotida protozoy kasalliklarining oldini olishda yoki davolash maqsadida yoki, kasallikga qarshi organizmda hosil bo'ladigan immunitetga salbiy ta'sir qilmasligini inobatga olib, bu preparatni broyler yo'nalishida yoki tuxum beruvchi zotdagi tovuqchilik xo'jaliklarida ishlatish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Бессарабов Б.Ф.и.др. Болезни птиц. Москва. Изд. "Лань" 2007. С. 170-179.

2. Белова, Л.М. Кокцидиозы кур / Л.М. Белова, М.Б. Крилов // Актуальные вопросы ветеринарной биологии, 2013. -№ 3(19). -С. 43-48.

3. Davlatov R.B., Xudjamshukurov A. "Tovuq eymeriozi va pullorozining aralash shaklida qo'llanilgan preparatlarning sinov natijalari". Zooveterinariya. Toshkent. 2015 yil. 18-19 bet.

4. Asadullo, D. (2016). Morphological and biochemical indexes of trematodos in cattle's blood. IJAR, 2(6), 467-470.

5. Ivan Mrzel. Эффективность монлара 10% гранулята (монензина) в контроле за эймериозной инвазией на птицеводческих предприятиях. //Материалы научно-практической конференции, посвященной памяти В.Н.Коровина//. Санкт-Петербург 2007.С. 307-307.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.