INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
FARIDUDDIN ATTOR IJODI VA TASAVVUF TARIQATI
Aslanova Hafiza Abduraximovna
Samarqand davlat chet tillar instituti dotsenti, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori
Annotatsiya. Ushbu maqolada Fariduddin Attor ijodida naqshbandiya tariqatining o'ziga xos talqini tahlil etilgan. Badiiy obrazlarning klassifikatsiyasi yuzasidan fikr yuritilgan. Qolaversa, mumtoz adabiyotda kichik epikjanrlar nazariyasi haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: obraz, tariqat, tasavvuf, ijod, inson, borliq, dunyo, janr, hikoya, rivoyat, afsona.
https://doi.ors/10.5281/zenodo.14060864
Аннотация. В данной статью анализируется специфика трактовки секты Накшбанди в творчестве Фаридуддина Аттора. Сделано размышление о классификации художественных образов. Кроме того, речь идет о теории малых эпических жанров в классической литературе.
Ключевые слова: образ, секта, мистика, творчество, человек, бытие, мир, жанр, рассказ, повествование, миф.
Annotation. This article analyzes the specific interpretation of the Naqshbandi sect in the work of Fariduddin Attor. A reflection was made on the classification of artistic images. In addition, it is about the theory of small epic genres in the classical literature.
Keywords: image, sect, mysticism, creativity, human, being, world, genre, story, narrative, myth.
Sharq mumtoz adabiyotida, forsiy adabiyotda ham, turkiy adabiyotda ham qadim zamonlardan boshlab kichik janrlar, xususan, hikoya, hikoyat, rivoyat, qissa kabi nasr namunalari o'ziga xos o'rin tutib kelgan.
Kichik janrlardan biri rivoyat bo'lib, unga shunday ta'rif beriladi: "Avloddan avlodga o'tib kelayotgan og'zaki hikoya, hikoya naql, afsona" .
Yana bir manbada esa, rivoyatga quyidagicha izoh beriladi: "Rivoyat (arab-hikoya qilmoq)-voqea va hodisalarni, inson faoliyatini ba'zan real tasvirlovchi og'zaki hikoya, folklor janri. Hajmi qisqa 2 yoki 3 epizoddan tashkil topadi, an'anaviy uslubiy shaklga ega bo'lmaydi. Odatda, oddiy bir hikoyachi bayonidan boshlanib, og'izdan-og'izga o'tish jarayonida erkin talqin qilinadi. Rivoyat asosida voqelik va tarixiy shaxs bilan bog'lik hodisalar yotadi. G'oyaviy mazmuniga, tarixiy rivoyat hamda toponim rivoyatlarga bo'linadi. Tarixiy rivoyatda biror shaxs faoliyati va xalq qahramonlari bilan bog'liq hodisalar hikoya qilinadi, axloq va odobning ideal me'yorlari tashviq etilib, muayyan faktlar haqida axborot beriladi. Bunday rivoyatlar Navoiy, Ulug'bek, Ibn Sino, Beruniy, Mashrab, Amir Temir, Sulton Mahmud va boshqalar hayoti bilan bog'liq voqea va hodisalar asosida ham yaratilgan.
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Toponim rivoyatlarda shahar, qishloq, qo'rg'on, saroy, maqbaralar nomi hamda ularning yuzaga kelish sabablari bilan bog'liq voqealar hikoya qilinadi. Xotimasida, odatda, hikoyadan maqsad ta'kidlanadi va muayyan fakt izohlanadi. Rivoyatlar bizgacha ko'proq og'zaki, qisman yozma shaklda yetib kelgan. Vosifiyning "Badoyi ul-vaqoyl", Xondamirning "Makorim ul-axloq" va boshqa asarlarda rivoyatlarning qadimiy namunalari keltirilgan .
O'zbek xalq og'zaki poetik ijodida rivoyatga: "Hayotiy voqealarni hayotiy uydirmalar vositasida aks ettiruvchi og'zaki ijod janrlaridan biri rivoyatdir" deb ta'rif berilgan .
Tarixiy rivoyatlarni u yoki bu tarixiy shaxs yoki voqealar guvohi bo'lganlarning esdaliklari asosida yuzaga kelgan - deyish mumkin. Bu narsa rivoyat janrining o'ziga xos xususiyatini belgilaydi. Ba'zi tarixiy riloyatlarda esa, faktik voqealardan asar ham qolmay faqat shaxs nomigina saqlanib qolshishi ham mumkin. Ba'zan esa tarixiy shaxs sayyor syujetlar qolipida hikoya qilinadi. Shunga qaramay, tarixiy shaxslarning ishtirok etishi, syujetda hayotiy uydirmaning mavjudligiga qarab bunday asarlarni tarixiy rivoyat deyaveramiz. Alisher Navoiy bilan bog'liq tarixiy rivoyatlar buning misoli bo'la oladi. Navoiy bilan bog'liq bir rivoyatda Husayn Mirzo shipga qarab yotib, vazirlariga "olib kelinglar" dedi. Shu kuni Alisher Navoiy saroyda yo'q ekan. Vazirlar nimani olib kelishni bilmabdilar. Oxiri ular Alisherni topib, bo'lgan voqeani aytibdilar. Alisher ularga shoh oldiga arra, tesha bilan usta olib kiringlar, debdi.
Ko'rinadiki, bu afsona xalq orasida qadimdan mashhur bo'lgan bir ertakning syujeti asosida yaratilgan. Mazkur syujet Alisher Navoiyning donishmand vazirligini, uning tadbirkorligini izohlash uchun xizmat qildirilgan. Demak, qahramonlar tarixiy shaxs, ularning munosabati faktik hodisalarga mos, biroq asar voqealari esa to'qima xarakterga ega bo'ladi.
Tarixiy shaxs va tarixiy voqealar bilan bog'liq rivoyatlar yozib olingan davr e'tibori bilan ikki xil tipda namoyon bo'ladi. Ular bir-biridan shakl va mazmun hamda tarixiy faktni talqin qilish xususiyati bilan farqlanadi. Birinchi tip rivoyatlarga xalq orasida paydo bo'lgan davrdayoq yozib olingan rivoyatlar kiradi. Bunday rivoyatlarda tasvirlangan voqea va hodisalar o'sha davr shart-sharoiti, guruhiga mos keladi. Bu jihatdan tarixiy janrlar haqida yoki uning ta'sirida yaratilgan "To'maris", "Shiroq", "Zariadr va Odatida", "Guldursun" kabi rivoyatlar ahamiyatidir. Bu rivoyatlar keltirilgan faktlarning aniq va to'liqligi bilan ajralib turadi. Xondamirning "Makorim ul-axloq", Vosifiyning "Badoe'ul-vaqoyiq" asarlarida keltirilgan rivoyatlar ana shu tipdagi rivoyatlar turkumini tashkil etadi. Ikkinchi tipdagi rivoyatlar esa, yaratilgandan keyin uzoq zamonlar o'tgach, yozib olingan rivoyatlar kiradi. Bu rivoyatlarda tarixiylik, faktik hodisalar xiralashgan. Ular hayotiy uydirmalar bilan qorishib ketgan bo'ladi. Bu tipdagi rivoyatlar afsonalarga yaqinlashib qolganliklariga qaramay, voqea va hodisalar haqida tushuncha yoki ma'lumot berishi jihatidan ahamiyatlidir.
Xalq og'zaki ijodida keng tarqalgan rivoyat janri yozma adabiyotga ham kirib boradi. Turli tarixiy shaxslar, xususan shohlar payg'ambarlar, avliyolar va shayxlar, din vakillari haqidagi rivoyatlar yozma adabiyotlarda "naql qiladurkim", "andoq rivoyat qilurlarkim" shaklidagi an'anaviy birikmalar orqali boshlanadi va hikoya qilinadi.
Mumtoz adabiyotda hikoyat nomi bilan yurituvchi hikoya janriga shunday ta'rif beriladi: mumtoz hikoya - qadim o'zbek nasrining bir shakli. Ko'pincha hikoya deyilganga, payg'ambarlar, yarim tarixiy, yarim afsonaviy shaxslar, pir-murshidlar, hukmdorlar, fan-
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
madaniyat, adabiyot sohalarining mashhur arboblari hayoti, ular bilan bog'liq turli-tuman hodisalar haqida bitilgan qisqa, ixcham jajji nasriy lavhalar ko'zda tutiladi. Mumtoz hikoyalarning birinchi belgisi ibrat xususiyatining mavjudligidir. Ikkinchi belgisi esa, tugal mazmunga ega bo'lishidir. Uchinchi xususiyat, hikoyalarning tili murakkab bo'lmasdan, oddiy, sodda va ravon bo'lishidir, yani ifoda xalq og'zaki ijodida yaqin turmog'i lozimligidir. To'rtinchidan, hikoyalarda she'riy parcha bo'lishi shart emas. To'g'ri, ko'pchilik hikoyalar she'riy parcha bilan yakun topadi. Lekin, bu parcha bilan tugatish hikoyaning ahamiyati uchun erkin bo'lib, buni qo'llamaslik ham mumkin.
Umuman olganda, fors va turkiy mumtoz adabiyotda tasavvufiy hikoyatlar muhim o'rin tutadi. Negaki, Sharq mumtoz adabiyotining asosini islom dini aqidalari, undagi ishni muqaddas manba - Quroni karim va hadisi sharif tashkil etadi. Shunga ko'ra, islom dini asosida yuzaga kelgan va o'zining yuksak aholisiga etishgan tasavvuf ta'limot asrlar moboynida badiiy ijodga ham o'zining katta ta'sirini o'tkazib kelgan. Shu bois, mumtoz adabiyotining xoh nazmiy, xoh nasriy janri bo'lsin unda albatta tasavvufiy g'oyalarning bo'lishi tabiiy bir holdir.
Fariduddin Attor - Muhammad Abu Bakr bin Ibrohim jahon she'riyati falsafasi, tasavvuf olamining buyuk namoyandasi, eronlik shoir va mutafakkirdir. Uning "Devon"i g'azallardan iborat bo'lib, ularga masnaviylardagi tasavvufiy g'oyalari lirik tarzda bayon qilingan. "Javohirnoma", "Xusravnoma", "Asrornoma", "Mantiq ut-tayr", "Musibatnoma", "Valadnoma" va hokazo ko'plab asari mavjud bo'lib, buyuk so'fiyning asarlaridagi asosiy g'oyalar tasavvufiy qarashlar, borliq va inson munosabatlari, inson zotining o'zligini anglashi, Shu orqali yaratuvchining mohiyatini anglashi kabi mulohazalar bayon etiladi.
"Mantiq ut-tayr" asari Fariduddin Attorning eng mashhur masnaviysidir. Asar bir hikoyat bilan hoshiyalanib orada yana ko'p kichik hikoyatlar keltirilgan. Hoshiya hikoyaning asli Muhammad G'azzoliyga nisbat beriladigan "Risolat ut-tayr"ga borib taqaladi. Ibn Sinoning ham "Tayr qissasi" tasavvufiy asari bor. Bu risolada qushlar Anqoni podshoh etib saylash uchun uni izlab, uzoq orolga-jaziraga borishga ahd qilishadi. Yo'lda ularning ko'pi halokatga uchraydi. Yo'lning oxirigacha borishga muvaffaq bo'lganlari Anqoga: "Seni o'zimizga podshoh saylash uchun keldik",-deydilar. Anqo istig'no ko'rsatib podshoh bo'lmoq uchun ularga muhtoj emasligini aytadi va kelgan joylaringizga qayting, deb buyuradi. Nihoyat, ularning ahvoliga achinib, podshohlikni qabul qiladi. Attor bu hikoyani ko'plab tafsilotlar bilan ziynatlagan. Turli-tuman qushlarning Hudhud bilan suhbatlarida Attor husni ta'lil san'atidan foydalanib, g'oyat yangi bir tarzda tasavvufiy, hikmatli fikrlarni ifoda etgan.
Fariduddin Attorning "Mantiq ut-tayr" asari tasavvufiy asarlari ichidagina emas, balki jahon adabiyoti, falsafasi nuqtai nazaridan qaraganda ham yuksak asarlardan biri hisoblanadi.
Adibning bu asarini taniqli adabiyotshunos olimlar - Najmiddin Komilov va Mahkam Mahmudovlar forsiydan o'zbek tiliga tarjima qildilarl . "Mantiq ut-tayr" 45-maqolotdan iborat bo'lib, asar "Ulug'vor va qudrat sohibi tangri taolo madhida" nomli bo'lim bilan boshlanadi. Shundan keyin asarning birinchi hikoyati - "Ojiz va dilxasta odam" boshlanadi. Undan keyin Hazrati Rasul Sallolohi alayhi vasallam na'tida va u kishining sifat-fazilatlari shafoatxohligi, nihoyasida yosh bolasi suvga tushgan ona hikoyati beriladi. Asarning
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
davomida choryorlar ya'ni to'rt halifa - Abu Bakr Siddiq, Umar Foruq, xalifa Usmon va xalifa Ali xususida madh, ta'rif berilgan. Doston boshlanmasiga kirgan xalifalar va ularning fazilatlari bayon qilingan hikoyalar qoliplovchi sifatida beriladi.
"Mantiq ut-tayr" dostoni esa, "Qushlarning sifati" bilan boshlanadi. Asarning uchinchi maqolasidan boshlab qoliplovchi hikoyalar beriladi. Umumiy hikoyalar soni -76 ta bo'lib, ularning hajmi turlicha. Asardagi barcha hikoyatlar tasavvufiy mavzuda bo'lib, hikoyatlardagi mavzu-mohiyat hammasi muallifning ana shu maqsadini amalga oshirgan.
Asarda keltirilgan hikoyatlar qahramonlarini bir necha turkumga bo'lish mumkin:
a) din vakillari obrazi - Hasan Basriy, Robia Adviya, Mansur Xalloj, Junayd Bag'dodiy, Abubakr Shibliy, Zunnun Misriy, shayx Xaraqoniy, Ahmad Yassaviy, Ahmad Hanbal, shayx Sanson, Habib Azamiy singari avliyolar, shayxlar timsoli mavjud, darvesh va zohidlar;
b) hukmdorlar obrazi - Mahmud G'aznaviy, Namrud, Fir'avn, Horin ar-Rashid;
v) payg'ambarlar obrazi - Xizr alayhissalom, Iso alayhissalom, Yusuf alayhissalom, Yoqub alayhissalom, Dovud alayhissalom, Muso alayhissalom, Muhammad (s.a.v), Ibrohim alayhissalom, Sulaymon alayhissalom;
g) xotin-qizlar obrazi - Robia Advia, kanizak, tarso qizi;
d) oddiy xalq vakillari obrazi - novvoy, baliqchi, gulxaniy rind, dehqon, savdogar, bog'bon;
ye) jonzodlar obrazi - o'rgimchak, it, qaqnus, simurg', boyqush, pashsha, burga.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan obrazlar vositasida Attor o'zining hikoyalarida tasavvufiy g'oyalarni beradi.
Misol tariqasida bir necha obrazlar asosida berilgan tasavvufiy hikoyatlardan ko'rib chiqamiz. "Devona va Xizr" hikoyati . Bir oliy maqom devona bor edi. Xizr unga qarab debdi: "Ey komil mard, menga do'st bo'lishni xohlaysanmi?" Devona dedi: ... Sen bilan mening ishim yo'q. Negaki sen saningni uzoq saqlash, ya'ni abadiy umr ko'rish uchun tiriklik suvni ichgansan. Men esa, jonni tark etishni istab turibman, chunki, jononsiz jonimdan halovat topmayapman. Sen kabi jonni saqlashga tirishmayman, balki, har kun jonni fido qilishga tayyorman. Yaxshisi, shuki, qushlar tuzoqdan qochganday, men va sen bir-birimizdan uzoqlashaylik, vassalam".
Bu hikoya chuqur tasavvufiy ma'noga ega bo'lib, unda Xizr alayhissalom obrazi boshqacha qarash asosida tasvir etiladi.
Ma'lumki, mumtoz adabiyotda Xizr alayhissalom timsoli doimo yuksak e'tiqod va hurmat bilan tasvirga olinadi. Ammo, Attorning bu hikoyasida yuqoridagi qarashdan asar ham yo'q. Xizr alayhissalom timsoli mangu tiriklikni bildirib, kimki hayotda unga ro'baro' kelsa, uning har qanday tilagi, murodi amalga oshadi, degan diniy qarash mavjud. Ammo, bu hikoyada biz Xizr obraziga, uning mangu trikligiga havas qilishning unchalik to'g'ri emasligini tushinib qolamiz. Asl yor-ma'shuqa visolidan uzoq ayriliqda yashash - bu oshiq uchun juda og'ir ayriliq. Oshiq ma'shuqa ishqida yonar ekan, qanchalik bu dunyoda ko'p yashasa, shunchalik azoblanadi. Chunki, oshiqning maqsadi boshqa insonlar singari uzoq umr kechirish emas, aksincha tezroq yor qoshiga etishish. Shu bois, Xizr alayhissalomning: "Menga do'st bo'lishni istaysanmi? degan taklifiga javoban u devona darvesh: Jononsiz jonimdan halovat topmayapman, deydi.
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Bu hikoyatda ishqi ilohiy tasvirga olinadi. Muallif o'zining panteistik qarashlari xulosasini shu yo'sin ixcham va lo'nda ifoda etadi.
"Sulaymon va uzuk" hikoyatida ham tasavvufiy qarashlardan asosiysi: - zohiriylikka berilmay, botinni-asl mohiyaatini anglab yetish lozimligi haqida fikr yuritadi.
Hikoyatda aytilishicha, Sulaymon uzugida juda qimmatbaho gavhar tosh qo'yilgan bo'lib, bu gavhar tufayli yer yuzi unga qaram bo'ldi. Sulaymon butun yer yuzini o'ziga qaram ekanini bilgach, uzunligi qirq farsax (taxminan 280 km)li soyabon yasattirdi va shamolni ham o'z farmoniga bo'ysindirdi. Lekin, bularning barchasi o'sha gavhar toshli uzuk sababli edi. Shu bois, Sulaymon Podshoh (Alloh)ga dedi:-Men o'z ko'zim bilan ko'rdimki, bu mulku boylikning ofati muqarrardir. Bundan keyin hech kimga bunday boylik berma. Bu gavhar Sulaymondek shohga nima qildiki, senga vafo qilib, xotirjam etsa?... Ey gavhartalab, toshdan bo'lgan gavhardan ko'nglingni uz va doimo yagona javhar talabgori bo'l!
Farididdin Attor tushunchasiga ko'ra, poyonsiz borliq Zoti mutlaq (javhari zoti)ning ijodi bo'lib, uning nuri bilan harakatda, faoliyatdadir. Javhari zot o'zgarmas, azaliy va adabiy vujud (vojibul vujud), biroq u yaratgan olam tinimsiz harakatda va o'rganishda, ichki ziddiyatlarga to'la, eskiradi va yangilanadi. Olam o'sha Javhari zotning suratlanishi, uning qudratining ming-ming shakllarda ayonlashib ko'rinishi, uning nomlari, sifatlaridir... Ammo, kasrat olami yangi ko'plik olami (bizning dunyo) o'z-o'zicha yashay olmaydi, u yaratilgan bo'lgani uchun Javhari Zot tufayli mavjuddir .
Farididdin Attorning Go'zal shoh hikoyatida, uning tasavvufiy qarashlari butun mazmun-mohiyati bilan aks etgan.
Husni jamolda tengsiz bir podshoh bor edi. Olamning go'zalligi nafosati uning asroridan bir sahifa, zeboligu dilbarlikda uning diydoridan bir oyat kabi edi: Podsho yuziga parda tutib yurardi, agar yuzuni ochsa odamlar uning quyoshday husniga toqat qilolmasdilar. Jahon xalqlari uning yo'lida majnunday ovora bo'ldilar, barchaning yodida-xayolida o'sha edi.
Podsho bu holni ko'rib, ulkan bir ko'zgu yasashni buyurdi. Ko'zgu tayyor bo'lgach, shoh kelib unga qarar, yuzining Shulasi ko'zguda aks etib, bu aksdan nur atrofga tarqaldi va odamlar shu nurdan bahramand bo'lib, shodu xursand edilar...
Bu bepoyon olam shahrosida vujudga kelgan har bir surat, har bir libos g'azal Semurg'ning soyasidir. Agar Simurg'ga yetishsang, parda ichida oftobni ko'rasan, shunda soya bilan Semurg' birlashadi, sen o'zingni ham quyosh o'rnida ko'rasan .
Demak, olam uning jamoli va kamoli aks etgan ko'zgu, uning ilm-hikmati, mo'jizakorlik qudrati va shukuhining xonasidir. Shu tariqa, vahdat va kasrat olami birlashib, yagona vujudni tashkil etadi. Olam yagona ruh vujudining tajallisigina emas, balki shu ruhning o'zidan iborat.
Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" asaridagi har bir hikoyat tasavvuf falsafasining u yoki bu qirrasini ochishga qaratilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Абулкосим Мухаммад Бокир ибн Мухаммад Али. «Бахоуддин Балогардон». Т.: «Ёзувчи», 1993 й.
2. Алишер Навоий. Лисонут тайр. - Тошкент: Гафур Гулом номидаги
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Нашриёт-матбаа бирлашмаси, 1991 й.
3. Aslanova Kh. Genre features of the first turkic divans and artistic composition of Gadoi divan // The Way of Science. International scientific journal. Volgograd, 2019-№ 5 (63). -P.33-37. (Global Impact Factor 0.543).
4. Мухиддинов М. Комил инсон-адабиёт идеали.-Тошкент: Маънавият, 2005
й.
5. Комилов Н.Тасаввуф. Иккинчи китоб. Тавх,ид асрори. -Тошкент, 1999 й.
6. Фариддин Аттор. Манти; ут-тайр.- Тошкент 2006 й.
7. Узбек тилининг изошли лугати.1-том,-Москва: Рус тили, 89,81. 624-бет.
8. Узбекистон миллий энциклопедияси. 11 том, - Тошкент, 2005. 323-бет.
9. Узбек хал; огзаки поэтик ижоди. -Тошкент; Укитувчи, 1990. 179-180-бетлар.
10. Султонмурод Олим. Накшбанд ва Навоий.-Тошкент; 1996 й.