"FARHOD VA ShIRIN" DOSTONI OYBEK TALQINIDA
Mohigul Uralovna Mavlonova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi mavlonovamohigul @gmail .com
Ushbu maqola Alisher Navoiy qalamiga mansub "Farhod va Shirin" dostonining qiyosiy tahliliga bag'ishlanadi. Unda o'zbek xalqining sevimli adibi, akademik ustoz Oybekning "Farhod va Shirin" dostoni haqidagi ilmiy qarashlari, fikr-mulohazalari tahlil etiladi.
Kalit so'zlar: qiyosiy tahlil, obraz, doston, Farhod, Shirin, Xusrav,"Xamsa", ustoz Oybek, ilmiy qarashlar, asar tili.
This article is devoted to a comparative analysis of the epic "Farhod and Shirin" by Alisher Navoi. It analyzes the scientific views of the beloved writer of the Uzbek people, academician Oybek on the epic "Farhod and Shirin".
Keywords: comparative analysis, image, epic, Farhod, Shirin, Khusrav, "Khamsa", teacher Oybek, scientific views, language of the work.
Ma'lumki, XX o'zbek navoiyshunosligi rivojini shoir, adib va olim Oybek tadqiqotlarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Adibning "Navoiy" romani ulug' shoir badiiy siymosini gavdalantirgan o'ziga xos ijod namunasi sanalsa, "Alisher Navoiy","Navoiyning hayoti va faoliyati"," Navoiy g'azaliyoti", "Dostonlar", "Navoiyning dunyoqarashi masalasiga doir", "Navoiyning adabiy merosi masalasiga doir", "Navoiyning "Majolis un-nafois" asari haqida" kabi bir qator maqolalari o'zbek adabiyotshunosligida alohida ahmiyatga ega. Biz mazkur maqolada ana shu -Navoiy hayoti va ijodiga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlarga to'xtalamiz.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Masalan, ustoz Oybek "Farhod va Shirin" dostonining tahliliga kirishar ekan, avvalo, asarning qisqacha mazmuniga o'rin
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
beradi. Dostonning mavzu ko'lamini atroflicha o'rgangan
March, 2022
Abdurauf Fitrat Farhod sirli ko'zguda Shirinni ko'rgach, Arman o'lkasiga otlanganda otasi uni o'zi olib bormoqchi bo'lganligini misollar orqali asoslagan. Oybek ham buni quyidagicha ko'rsatgan: Farhod ko'zguda Shirinni ko'rgach, hushidan ketadi va ishq dardiga mubtalo bo'ladi. Hakimlar, tabiblar uni davolamoqchi bo'lib katta dengizda bo'lgan salqin bir jaziraga istirohat uchun yuborishni ma'qul ko'rishadi va otasi ham u bilan birga jo'naydi. Ammo Oybek asarning syujeti xalq adabiyoti xazinasidan olinganini va bu dostonning bir afsona ekanini Navoiyning o'zi ham yashirmasligini alohida ta'kidlaydi: "Navoiy bu asarni yaratishda xalq ijodidan foydalangan. Zotan, aksar yuksak badiiy asarlarning negizida xalq ijodi yotadi. Xalq adabiyotidagi obrazlar qaytadan ishlanadi, qahramonlar boshqa yangi ideyalarni tafsil etuvchi shaxslarga aylanadi. Shoir xalqning badiiy to'qimasiga rango-rang fikr gullarini chizib, asarning butun qismlarini ma'lum falsafiy g'oya bilan bog'lab, katta problematik doston yaratgan".
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ma'lumki, "Farhod va Shirin" mavzusiga ko'ra, ishqiy-romantik dostondir. Aslida ulug' shoirning "hamma she'rlarida deyarli ishqiy bir uzilish, intizorlik tuyg'ulari tarannum etiladi. Shoirning asosiy ilhom manbayi "ishq"dir. Maqolada Farhodning Shiringa bo'lgan ishqi inkishofida Navoiy muhim ijtimoiy, hayotiy va insoniyat taraqqiyoti uchun zarur masalalarni hal qilishga intilgani, shu bilan birga dostondagi bosh g'oya ma'naviy ozodlikka, axloqiy kamolotga erishish, qora kuchlarga qarshi kurash, maqsad uchun toj-taxtdan, hayot lazzatidan va hatto o'z umridan kecha oladigan kuchli iroda sohibi bo'lish kerakligi aytilgan. Tadqiqotning diqqatga sazovor jihati shundaki, muallif asar qahramonlariga o'ziga xos ta'riflar beradi. Ularga oddiy insonlarga xos bo'lgan o'lchovlar orqali yondashish hech qanday natija bermasligini, shaxsiyatlarida buyuk g'oyalarni ifoda qiluvchi qahramonlarning ishlari, intilishlari oddiy insoniy o'lchovlar doirasiga sig'masligini alohida ta'kidlaydi. Muallif bir o'rinda dostondagi qahramonlikni "shuurli, billuriy toza va ideal" deb ta'riflaydi. (Hamid Olimjon esa Farhodni insonning billur obrazi, deb atagan edi) Farhod - kurashuvchan, faol shaxs. U tinch, shohona hayot kechirishdan ko'ra maqsadini amalga oshirishda ming bir mashaqqatni afzal biladi. Undagi har bir harakat olijanoblikka, qahramonlikka va asil intilishlarga guvohlik beradi. O'z sevgisi yo'lida hatto jonidan kechishga ham tayyor. Oybek Farhodni "Xamsa"ning yana bir obrazi - Majnun bilan o'zaro taqqoslaydi."Majnun kurashchan ruhga ega emas.U o'zining
qudratli irodasini maqsad yo'lida, Layliga erishish yo'lida
March, 2022
harakatga keltirmaydi.Uning kuchi, irodasi taqdirning dahshatli zarbalariga ajoyib mardona tob berishga qaratilgan. Uning stixiyasi allaqanday xayoliy ishq bo'lib qoladi. Baxtsiz ishqning dard-hasrati unga g'izo, ayriliq azoblari unga rohat va orom bo'lib qoladi. Majnun o'z sevgisi yo'lida uchragan to'siqlaTga qarshi kurashmadi. U jabr-zulmni qa^'adi, lekin uni poymol qilish uchun qo'l ko'taTmadi. Ojiz va tanho oshiq shoir haqsizliklarni bartaraf qilish imkoniyatidan mahrum qolgach,o'zining faji' vaziyatini o'z qismati, o'z "yozmishi" kabi qabul etdi". To'g'гi, maqola muallifi Majnun tabiatidagi sof ishq g'alabotini yetaricha baholay olmagan. Ammo ijtimoiy, maishiy hayot tasviri nuqtayi nazaridan Oybekning Majnunga tavsifi o'zini oqlaydi. Biroq biz bu o'rinda davr, mafkuraviy qarashlar va siyosiy muhit bilan bog'liq ma'naviy bo'hranlami ham unutmasligimiz kerak. Shu ma'noda, maqolada Farhod siymosi biroz idellashtiriladi. Oybek Farhod botinidagi sifatlarni juda chiroyli tasvirlaydi."Farhodda buyuk ishq natijasida egoizm tamom yo'qolgan. Unda digarkomlik tuyg'ulari kuchli". Farhod shaxsiyatidagi olijanoblik uning kanal qazuvchilarga bergan beminnat yordamida, samimiyatida yaqqol ko'rinadi. Navoiy o'z umri davomida ilm, san'at va hunar egalarini qattiq hurmat qilgan, e'zozlagan. O'z asarlarida ham shu masalalarga katta е'йЫг qaratgan. Dostonning chuqur tahliliga kirishgan Oybek ham ulug' shoir asarlarida hunar va san'at odamlari juda samimiy va chuqur sevgi bilan tasvirlanganini qayd etadi. Farhod, Shopur, Qoran, Moniy, Boniy, Mehinbonu, Shirin va uning atrofidagi o'n kanizak zimmalariga ana shunday buyuk vazifa yuklatilganini ko'rishimiz mumkin. Ular ilmni, hunarni shunchaki o'гganishmadi. Xalqning koriga yaraydigan, uning og'iгini yengil qiladigan, yaratuvchilik, obodonchilik ishlarini amalga oshirishda ulardan unumli foydalandi. Oybekning yozishicha, Sharq mamlakatlari, jumladan, O'rta Osiyo xalqlari uchun hayot masalasi tog' qazib, tosh kesib suv keltirish - hayot yaratishdir. Shuning uchun ham Navoiy Farhodni ishqiy sarguzasht ketidan quvadigan oddiy ishq bolasi qilib qo'ymagan, uning zimmasiga shoirning orzu-istaklari, ozod va obod mamlakat qurish motivlari yuklatilgan.
Shirin esa faqat go'zallik timsoli emas, balki asil ma'naviy fazilatlarga sohib bir malika. Unda go'zallik va nazokat, iffat, pokiza qalb, jasorat va imon bor. Shirin, Mehinbonu obrazlari orqali shoir jasur, urfonli va toza kibor xonimlar siymosini ko'reatishga harakat qilganligi hamda ular saroy hayotidan ham allaqanday yoqimli bo'yoqto topganligini qayd etadi. Bu yoqimli bo'yoqto esa ilm, fan, san'atda tengi yo'q kanizaklarning terilganidir. Maqolada fikr isboti uchun quyidagi parcha keltiriladi:
Bu majlis ichra hozir o'n dilorom,
March, 2022
Bori ham sarv qomat, ham gulandom; Bo'lib Shirin bisotining nadimi, Alardin xush Mihinbonu harimi...
Shirin faqat go'zalligi bilan emas, balki aqli, pokiza qalbi, jasorati, so'zdagi qat'iyati va boshqa ma'naviy fazilatlari bilan yorqin siymodirki, undagi bu sifatlarning amaldagi izohi Xusravning sovchilari ketgandan so'ng Mehinbonu va Shirin o'rtasidagi suhbatda ham namoyon bo'ladi. U sevgisiga xiyonat qilgandan ko'ra, o'limni afzal biladi va har qanday holatda ham,avvalo, inson bo'lib qolishni istaydi:
Maqolada bu yuksak pafos, daqiq nigoh bilan keng tahlil qilnngan. Oybek Navoiy ijodiyotiga oid "Layli va Majnun" dostoni tahlilida Farhod bilan Majnun, Shirin bilan Layli xarakteriga xos sifatlarni qiyosan tekshiradi. Jumladan, Farhoddagi nekbin ruh Shirin obrazida ham mujassam bo'lgan. Layli esa Shirindan bir qadar sust: "Majnunning ma'shuqasi ham husnda , sevgida, sadoqatda Shirin kabi nodir va ideal bir siymodir. Layli yoshlikdan boshlab o'z muhitining zolimona odat va an'anasi yuki ostida qoladi. U o'z ishqi haqida "churq" etib og'iz ocholmaydi. Ayriliq iztiroblarida jimgina yonishdan boshqa hech qanday iloj topolmaydi. Layli o'z nomusi haqida har nav g'iybat va bo'htonlarning yoyilishidan qo'rqadi. Shuning uchun bechora qiz toza, shoirona muhabbatini o'z qalbining qa'rida yashirishga majbur"
Oybek dostondagi Xusrav obraziga ham alohida to'xtaladi. Uning yozishiga ko'ra, Navoiy Xusrav obrazida zulmni gavdalantiradi. Uning muz nafasi ikki sevishgan gulni so'ldiradi. U qo'pol shaxsiy tamoyillarini qondirmoq uchun zo'ravonlikni ishga soladigan, shavkat ovozasi bilan mag'rur bir podshoh. Shuningdek, u Farhodning oliy intilishlarini anglashga kodir bo'lmagan bir shaxs. Oybek e'tibor qaratgan yana bir jihat shuki, Xusrav zolimligining haddan oshishi natijasida xalq undan yuz o'girib Shiruya tomoniga o'tadi va taqdirning Shiruya qo'li bilan Xusravni o'ldirishi maqola muallifi tomonidan zarur va qonuniy bir hodisa deb ko'rsatiladi.
Maqolanavis dostonning til xususiyatlariga ham to'xtaladi. Asar tili arab va fors unsurlarini mo'l hazm etgan og'ir tildir, deb baholaydi. So'ngra Oybek yana Navoiy dahosiga murojaat kiladi. Uning takrorlanmas, buyuk iste'dod, har qanday sohada kuchli bilim sohibi ekani, undagi
Menga ne yoru, ne oshiq havasdur, Agar men odam o'lsam ushbu basdur!
March, 2022
hayot haqidagi fikr va ma'lumotlarning mo'lligi, nafaqat shoir, balki donishmand sifatida ham ulug'ligini e'tirof etadi.
Xulosa qilib aytganda, navoiyshunoslik ilmida ustoz Oybekning xizmatlari cheksiz e'tirofga loyiqdir. Uning badiiy-poetik fikrlari, navoiyshunoslik haqidagi qarashlarining nufuzi bugun xam so'ngan emas, balki katta ilmiy ahamiyatga ega bo'lib qolmoqda.
REFERENCES
1. Oybek. Asarlar. 9-tom -Toshkent:G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti,1974.
2. Oybek. Asarlar.13-tom -Toshkent: FAN nashriyoti,1979.
3. Abdurauf Fitrat .Tanlangan asarlar.- Toshkent: Ma'naviyat,2000.
4. Hamid Olimjon. Mukammal asarlar to'plami.- Toshkent: Fan,1982.
5. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2020
6. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin(To'liq nasriy tabdili). - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2021.
7. Abdurashid Abdug'afurov.Buyuk beshlik saboqlari.- Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1995.
XULOSA
March, 2022